Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.03.1994 y. 120-son "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati masalalari"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.03.1994 y.

N 120



OLMALIQ KON-METALLURGIYa

KOMBINATI MASALALARI



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasining boshqaruv organi sifatida tugatilishi va Olmaliq kon-metallurgiya (Olmaliq KMK) kombinatining yanada samarali ishlashini va rivojlanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Mashinasozlik, kimyo va metallurgiya majmuining Olmaliq KMKni Vazirlar Mahkamasiga boʻysundirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Belgilab qoʻyilsinki, kombinat bosh direktori lavozimga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi, bosh muhandis va bosh direktor oʻrinbosarlari esa Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda bosh direktorning buyrui bilan lavozimga tayinlanadilar va ozod qilinadilar.


2. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, respublikaning boshqa vazirliklari va idoralari istiqbol koʻrsatkichlarini ishlab chiqishda va statistik hisobotda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining koʻrsatkichlarini alohida satrda aks ettirsinlar.


3. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bir oy muddatda korхona Ustaviga mazkur qarordan kelib chiquvchi zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                      I. Karimov