Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.02.1999 y. PF-2212-son "Rangli metallar parchalari va chiqindilari eksportini tartibga solish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

05.02.1999 y.

N PF-2212



RANGLI METALLAR PARChALARI

VA ChIQINDILARI EKSPORTINI

TARTIBGA SOLISh TOʻRISIDA


Rangli metallar ichki bozorini himoya qilish, vatanimizdagi ishlab chiqaruvchilarni хom ashyo bilan ta’minlash maqsadida:


1. 1999 yil 15 fevraldan boshlab rangli metallar parchalari va chiqindilarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish taqiqlansin.

2. "Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi" AJga har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan hajmlarda rangli metallar parchalari va chiqindilarini eksport qilish huquqi berilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi olib chiqib ketilishi taqiqlangan tovarlar, buyumlar va mahsulotlarning respublikadan tashqariga chiqarilishi choida belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                    I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1999 yil, 2-son, 51-modda