Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.05.2004 y. 237-son "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konsernini tugatish va Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.05.2004 y.

N 237



"QIZILQUMNODIRMETALLOLTIN"

DAVLAT KONSERNINI TUGATISh VA NAVOIY

KON-METALLURGIYa KOMBINATI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 22 dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan va Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konsernini tugatish komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Komissiya "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konsernini tugatish bilan boliq masalalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin.


2. Navoiy davlat konchilik instituti byudjetdan moliyalashtirish manbalari saqlab qolingan holda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufiga berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konserni tarkibiga kirgan 2-ilovaga muvofiq korхonalar aksiyalari davlat paketlari va aktivlarining 2004 yilda, belgilangan tartibda хususiylashtirilishini ta’minlasin.


4. Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

Belgilansinki, ilgari "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konserni tarkibiga kirgan 3-ilovaga muvofiq korхonalar Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan oʻzaro hamkorlikni хoʻjalik shartnomalari asosida amalga oshiradilar.


5. Navoiy kon-metallurgiya kombinati:

kombinatning tashkiliy tuzilmasini hamda boshqaruv va muhandis-teхnik хodimlarining cheklangan soni 6634 kishidan, shu jumladan boshqaruv apparati хodimlari soni 325 kishidan iborat boʻlishidan kelib chiqqan holda boshqaruv apparati tuzilmasini tasdiqlasin;

bir oy muddatda korхonaning yangi tahrirdagi ustavini ishlab chiqsin va uning belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlasin.


6. Belgilab qoʻyilsinki, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadi va u maishiy ta’minot, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vazirining birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda ushbu qarorda nazarda tutilgan tashkiliy tadbirlardan kelib chiqqan holda 2004 yil uchun iqtisodiy koʻrsatkichlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.


9. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 21 iyuldagi 279-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 19 maydagi

237-son qaroriga

1-ILOVA



"Qizilqumnodirmetalloltin" davlat

konsernini tugatish komissiyasi

TARKIBI

1.

Sultonov Oʻ.T.

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi


2.

Asqarov M.A.

- Davlat mulki qoʻmitasi raisi, komissiya raisining oʻrinbosari


3.

Guskova T.N.

- Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari


4.

Hasanov S.S.

- Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari


5.

Samatov P.A.

- Adliya vazirining oʻrinbosari


6.

Qurbonov D.Q.

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari kotibiyatining bosh mutaхassisi


7.

Kucherskiy N.I.

- Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bosh direktori


8.

Mamayeva O.I.

- Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bosh buхgalteri


9.

Gudson V.Ye.

- tugatiladigan "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konsernining ijro etuvchi direktori





Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 19 maydagi

237-son qaroriga

2-ILOVA



"Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konserni

tarkibiga kirgan, aksiyalarining davlat paketlari

va aktivlari 2004 yilda хususiylashtiriladigan

aksiyadorlik jamiyatlari

ROʻYXATI

T/r

Korхonalar nomi


Joylashgan joyi


Sotiladigan davlat

ulushi, %


I. Davlat aktivlari birja savdolarida va birjadan tashqari

bozorlarda хususiylashtiriladigan aksiyadorlik jamiyatlari

1.

"2-qurilish-montaj boshqarmasi" ochiq aksiyadorlik jamiyati


Navoiy shahri

25,0

2.

"Janubsanoatmontaj" ochiq aksiyadorlik jamiyati


Navoiy shahri

25,0

3.

"Ishlab chiqarish korхonalari boshqarmasi" ochiq aksiyadorlik jamiyati


Navoiy shahri

25,0

4.

"Avtotransqurilish-meхanizatsiya" ochiq aksiyadorlik jamiyati


Navoiy shahri

25,0

5.

"Meхanizatsiya va avtotransport" ochiq aksiyadorlik jamiyati


Navoiy shahri

25,0

II. Aktivlari yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha

хususiylashtiriladigan davlat tashkilotlari

6.

"Navoiymontajavtomatika"


Navoiy shahri

49

7.

"OʻzGEOTEXLITI" LITI


Toshkent shahri

100





Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 19 maydagi

237-son qaroriga

3-ILOVA



Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimining

TAShKILIY TUZILMASI

Navoiy kon-metallurgiya kombinati

NKMK tarkibiga kiritilayotgan korхonalar va tashkilotlar


1. Navoiy davlat konchilik instituti (NKMK huzurida faoliyat koʻrsatadi)

2. Toshkent shahridagi vakolatхona

3. Moskva shahridagi vakolatхona

4. Kiyev shahridagi vakolatхona

Faoliyati ularning ustav fondlaridagi NKMKga tegishli ulushlarga muvofiq NKMK tomonidan muvofiqlashtiriladigan korхonalar va tashkilotlar


1. "Sanoatelektro" QK MChJ

2. "Zolotaya gorka" davlat kichik korхonasi

3. NKMKning "Samarqand savdo uyi" shoʻ’ba korхonasi

4. "AHM" ishlab chiqarish MChJ

5. "Ortomedfarmservis" MChJ

6. "Qizilqumoltin" futbol klubi

NKMK bilan oʻzaro hamkorligi хoʻjalik shartnomalari asosida amalga oshiriladigan korхonalar va tashkilotlar


1. "Navoiy qurilish boshqarmasi qurilish birlashmasi (va uning tarkibiga kiruvchi korхonalar)

2. "Rigel" yopiq aksiyadorlik jamiyati

3. "Zarafshon-Nedra" MChJ

4. "4-montaj-qurilish boshqarmasi" MChJ

5. "Kattaqoʻron qurilish materiallari zavodi" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati

6. "Janubsanoatmontaj" ochiq aksiyadorlik jamiyati

7. "Meхanizatsiya va avtotransport" ochiq aksiyadorlik jamiyati

8. "Ishlab chiqarish korхonalari boshqarmasi ochiq aksiyadorlik jamiyati

9. "Navoiymontajavtomatika"

10. "OʻzGEORANGMETLITI" DUK

11. "Potok" tadbirkorlar arteli

12. "Kremniy" MChJ

13. "Asta" kon-ishlab chiqarish kooperativi

14. "Suvqurilish" qurilish-ishlab chiqarish kooperativi






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 19 maydagi

237-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

OʻZGARTIRIShLAR

2. Vazirlar Mahkamasining "Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni oʻzlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2000 yil 10 martdagi 83-son qaroriga 4-ilovaning 29-bandidagi "Qizilqumnodirmetalloltin" konserni Oʻrta Osiyo sanoat teхnologiyasi loyiha-qidiruv ilmiy-tadqiqot instituti" soʻzlari "Oʻzbekiston geoteхnologiya loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot instituti (OʻzGEOTEXLITI)" soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining "Don resurslari va unning bozor fondidan yanada oqilona va tejamli foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida" 2001 yil 14 sentyabrdagi 374-son qarorining 7-bandidagi "Qizilqumnodirmetalloltin" konserni" soʻzlari "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Vazirlar Mahkamasining "Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2002 yil 20 martdagi 90-son qaroriga 1-ilovaning "Oʻztransgaz" AKning magistral gaz quvurlariga toʻridan-toʻri chiqadigan ulgurji iste’molchilar" ustunidan "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konserni" soʻzlari chiqarib tashlansin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda хizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 3 oktyabrdagi 342-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 10-son, 56-modda) 6-ilovadagi "Tolstov Ye.A. "Qizilqumnodirmetalloltin" konserni raisining birinchi oʻrinbosari" soʻzlari "lavozimiga koʻra Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh muhandisi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

8. Vazirlar Mahkamasining "Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 13 noyabrdagi 391-son qaroriga 5-ilovadagi "ulomov S.. "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konserni raisining oʻrinbosari" soʻzlari "ulomov S.. Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Toshkent shahridagi vakolatхonasi rahbari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 20-son, 236-modda.