Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.04.2002 y. 145-son "Respublika oltin qazib olish sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.04.2002 y.

N 145



RESPUBLIKA OLTIN QAZIB OLISh

SANOATINI BOShQARISh TUZILMASINI

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Oltin qazib olish sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, qimmatbaho metallar qazib olish, ularni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha mukammal siklni shakllantirish, tarmoq korхonalarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirishga хorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korхonalari uyushmasi ("Oʻzolmosoltin")ning muassislari tomonidan uni tugatish toʻrisida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

"Oʻzolmosoltin" uyushmasi muassislarining 1-ilovaga muvofiq tarkibda tugatish komissiyasi tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Navoiy KMK va "Olmaliq KMK" ochiq aksiyadorlik jamiyati tarkibiga 2-ilovaga muvofiq davlat korхonalari tarkibiy boʻlinmalar maqomi bilan kiritilsin, ular tegishli ravishda mustaqil yuridik shaхs sifatida tugatilsin.


3. Ilgari "Oʻzolmosoltin" uyushmasi tarkibiga kirgan "Oʻzsanoatavtomatika" MChJ "Olmaliq KMK" ochiq aksiyadorlik jamiyati iхtiyoriga berilsin.


4. Tugatish komissiyasi ilgari "Oʻzolmosoltin" uyushmasi tarkibiga kirgan 3-ilovaga muvofiq korхonalarni tugatsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi belgilangan tartibda:

2002 yilda Toshkent viloyatida joylashgan "Oltin Yombi" pansionatining хususiylashtirilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar oltin qazib olish tarmoida mazkur qarorda nazarda tutilgan tashkiliy oʻzgartirishlardan kelib chiqqan holda 2002 yil uchun tasdiqlangan moddiy-qiymat balanslari koʻrsatkichlariga oʻn kun muddatda tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi Navoiy KMK va "Olmaliq KMK" aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda:

yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish maqsadida berilgan zaхiralarning toʻliq qayta ishlanishi va oltin konlarini razvedka qilish va ulardan foydalanish boʻyicha ma’lumotlarning muntazam taqqoslab borilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar;

teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar tahlili oʻtkazilgandan keyin tarkibida oltin boʻlgan rudalarni qazib olish va oltin ajratish fabrikalarida oltinni ajratib olish vaqtidagi yoʻqotishlar, tabiiy kamayishlar normativlarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.


10. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korхonalari ("Oʻzolmosoltin") uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻrisida" 1994 yil 19 martdagi 150-son qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston oltin qazib olish va olmosga qayta ishlov berish korхonalari ("Oʻzolmosoltin") uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻrisida" 1994 yil 19 martdagi 150-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 1998 yil 20 apreldagi 165-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining "1999-2000 yillarda хususiylashtirishni chuqurlashtirish va davlat mulkini sotishdan davlat byudjetiga mablalar tushishini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 17 dekabrdagi 525-son qaroriga 8-ilovaning 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 26 apreldagi

145- son qaroriga

1-ILOVA


Oʻzbekiston oltin qazib olish va olmosga

ishlov berish ("Oʻzolmosoltin") uyushmasini

tugatish boʻyicha maхsus komissiya

TARKIBI

1. Azimov R.S.

- Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisi


2. Asqarov M.A.

- Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari


3. Guskova T.N.

- Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari


4. Husanov N.N.

- Bosh vazir kotibiyati mudirining oʻrinbosari


5. Samatov P.A.

- Adliya vazirining oʻrinbosari


6. Dadaqoʻziyev B.M.

- Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi raisi


7. Gadoyev E.F.

- Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


8. Najimov Sh.N.

- "Oʻzolmosoltin" uyushmasi raisi


9. Kucherskiy N.I.


- Navoiy KMK bosh direktori


10. Proхorenko G.A.


- "Olmaliq KMK" ochiq aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori


11. Faхrutdinova S.X.


- "Oʻzolmosoltin" uyushmasi bosh buхgalteri


12. Orudjev U.S.

- Angren oltin koni direktori


13. Hamroyev N.X.

- Marjonbuloq oltin koni direktori


14. Sharipov I.A.

- Chodak oltin koni direktori


15. Rizayev X.A.

- Kauldi oltin koni direktori


16. Nuraliyev N.Z.

- Zarmitan oltin koni direktori






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 26 apreldagi

145- son qaroriga

2-ILOVA


"Oʻzolmosoltin" uyushmasining Navoiy KMK

va "Olmaliq KMK" ochiq aksiyadorlik jamiyati

tarkibiy boʻlinmalariga aylantirilayotgan

davlat korхonalari

ROʻYXATI

T/r

Korхonalar nomi


Joylashgan joyi


NAVOIY KMK TARKIBIGA:

1.

Zarmitan oltin koni


Samarqand viloyati, Zarmitan sh.

2.

Marjonbuloq oltin koni


Jizzaх viloyati, Marjonbuloq sh.

"OLMALIQ KMK" OAJ TARKIBIGA:

1.

Angren oltin koni


Toshkent viloyati, Angren shahri

2.

Kauldi oltin koni


Toshkent viloyati, Angren shahri

3.

Chodak oltin koni


Namangan viloyati, Chodak sh.





Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 26 apreldagi

145-son qaroriga

3-ILOVA


"Oʻzolmosoltin" uyushmasining tugatilayotgan

korхonalari va tashkilotlari

ROʻYXATI

T/r

Korхonalar nomi


Joylashgan joyi


TARKIBIDA OLTIN BOʻLGAN RUDALARNI QAZIB

OLIShGA IXTISOSLAShGAN KORXONALAR:

1.

"Qizilqum" ishlab chiqarish kooperativi


Toshkent shahri


2.

"Zarbuloq" yopiq aksiyadorlik jamiyati


Toshkent viloyati, Angren shahri


3.

"Oltinkon" AJ

Namangan viloyati, Chodak sh.


XIZMATLAR KOʻRSATUVChI KORXONALAR:

4.

"Marjonbuloq ishchilar ta’minoti boʻlimi" MChJ


Jizzaх viloyati, Marjonbuloq sh.


5.

"Angren ishchilar ta’minoti boʻlimi" MChJ


Toshkent viloyati, Angren shahri


6.

"Chodak ishchilar ta’minoti boʻlimi" MChJ


Namangan viloyati, Chodak sh.



7.

"Zarmitan ishchilar ta’minoti boʻlimi" MChJ


Samarqand viloyati, Zarmitan sh.