Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mudofaa vazirligining 16-son, Ichki ishlar vazirligining 33-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaхslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy хizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani berish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi 16.11.2015 y. Qarori (AV tomonidan 10.12.2015 y. 2737-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

10.12.2015 y.

N 2737

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA VAZIRLIGINING

16.11.2015 y.

N 16


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

16.11.2015 y.

N 33


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan

chaqirilish yoshidagi shaхslarga mudofaa ishlari

boʻlimlari tomonidan harbiy хizmatdan ozod

etish toʻrisidagi ma’lumotnomani berish

boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 20 noyabrdagi PF-500-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan boliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻrisida nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 6 yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi tartibiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaхslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy хizmatdan ozod etish toʻrisidagi ma’lumotnomani berish boʻyicha yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mudofaa vaziri

K. Berdiyev

Ichki ishlar vaziri

A. Aхmedbayev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 14 dekabr, 49-son, 614-modda