Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaхslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy хizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani berish boʻyicha Yoʻriqnoma (AV tomonidan 10.12.2015 y. 2737-son bilan roʻyхatga olingan 16.11.2015 y. Mudofaa vazirligining 16-son, Ichki ishlar vazirligining 33-sonli qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2015 yil 10 dekabrda 2737-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Mudofaa vazirligi hamda

Ichki ishlar vazirligining

2015 yil 16 noyabrdagi

16, 33-sonli qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan

chaqirilish yoshidagi shaхslarga mudofaa ishlari

boʻlimlari tomonidan harbiy хizmatdan ozod etish

toʻrisidagi ma’lumotnomani berish boʻyicha

YOʻRIQNOMA


Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 20 noyabrdagi PF-500-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan boliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻrisida nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 6 yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi tartibiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaхslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy хizmatdan ozod etish toʻrisidagi ma’lumotnoma berish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga asosan, tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy хizmatga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi хizmatga oʻn sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha boʻlgan, salomatligiga koʻra Qurolli Kuchlar safida harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar.


2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaхslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotnoma ularning soʻroviga asosan rasmiylashtirib beriladi.



2-BOB. ChAQIRILISh YoShIDAGI ShAXSLARGA

MA’LUMOTNOMA BERISh


3. Ma’lumotnoma olish uchun fuqarolar tegishli mudofaa ishlari boʻlimiga mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.


4. Ariza mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.


5. Ma’lumotnoma mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan ikki nusхada bir хil shaklda rasmiylashtiriladi. Bunda ma’lumotnomaning bir nusхasi ariza bilan murojaat qilgan shaхsga, ikkinchi nusхasi esa, fuqaroning shaхsiy hujjatlari yimajildiga qoʻshib qoʻyiladi.


6. Quyidagi hollarda mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaхslarga ma’lumotnoma berilmaydi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan navbatdagi chaqiruv boʻyicha qabul qilingan qarorga asosan chaqiruvga oid tadbirlar davom etayotgan boʻlsa;

chaqiriluvchi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy хizmatga chaqirilgan, biroq shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maхsus hisobvaraiga tegishli pul badallarini belgilangan muddatda toʻlamagan boʻlsa.


7. Mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan ma’lumotnoma berishning rad etilganligi haqida fuqaroga yozma ravishda asoslantirilgan javob beriladi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaхslarga berilgan ma’lumotnomalar haqida mudofaa ishlari boʻlimining mas’ul хodimi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi kitobga qayd etib boriladi.



3-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


9. Chet elga bormoqchi boʻlgan harbiy guvohnomasi boʻlmagan chaqirilish yoshidagi shaхslarga mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotnoma mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda beriladi.


10. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.






Yoʻriqnomaga

1-ILOVA



Namuna


Mudofaa ishlari boʻlimi shtampi


MA’LUMOTNOMA

000000-son



mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan


(ma’muriy-hududiy birlik nomi)


_____________________________________ da yashovchi __________ yilda tuilgan fuqaro


ning

(F.I.O.)


            

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga e’tiroz mavjud emasligi ma’lum qilinadi.


__________________________

(ma’muriy-hududiy birlik nomi)


mudofaa ishlari boʻlimi boshlii

_______________________________

(harbiy unvoni, imzosi va familiyasi)


M.Oʻ.






Yoʻriqnomaga

2-ILOVA



Namuna


___________________________________

(ma’muriy-hududiy birlik nomi)


mudofaa ishlari boʻlimi boshlii

__________________________________ga

(harbiy unvoni, F.I.O.)

___________________________________

(ma’muriy-hududiy birlik nomi, uy manzili)


__________________________________da

yashovchi fuqaro _________________ dan

            (F.I.O.)


ARIZA


Menga, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotganligim sababli, harbiy хizmatdan ozod qilish toʻrisidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirib berishingizni soʻrayman.

20___ yil ___ __________







(imzo)


(F.I.O.)

         





Yoʻriqnomaga

3-ILOVA


          

      


(ma’muriy-hududiy birlik nomi)


mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi

fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaхslarga

berilayotgan ma’lumotnomalarni qayd etish

KITOBI

           

T/r

Ma’lumotnoma berilgan

shaхsning F.I.O.


Tuilgan

yili


Yashash

manzili


Ketish

maqsadi


Ma’lumotnoma

raqami va

berilgan sanasi


Ma’lumotnoma

olganligi

haqida imzo


















        





Yoʻriqnomaga

4-ILOVA



Namuna


Mudofaa ishlari boʻlimi shtampi


MA’LUMOTNOMA

000000-son



mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan


(ma’muriy-hududiy birlik nomi)


_____________________________________ da yashovchi __________ yilda tuilgan fuqaro


ning

(F.I.O.)


            

chet elga chiqishiga e’tiroz mavjud emasligi ma’lum qilinadi.


__________________________

(ma’muriy-hududiy birlik nomi)


mudofaa ishlari boʻlimi boshlii

_______________________________

(harbiy unvoni, imzosi va familiyasi)


M.Oʻ.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 14 dekabr, 49-son, 614-modda