Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.03.2010 y. 42-son "Tugatilgan "Oʻzbektoʻqimachimash" ishlab chiqarish birlashmasining ishlab chiqarish maydonlarining bir qismida zamonaviy toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.03.2010 y.

N 42



TUGATILGAN "OʻZBEKTOʻQIMAChIMASh"

IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASINING

IShLAB ChIQARISh MAYDONLARINING BIR

QISMIDA ZAMONAVIY TOʻQIMAChILIK

IShLAB ChIQARIShINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA



Toʻqimachilik sanoatiga investitsiyalarni jalb etish va tugatilgan "Oʻzbektoʻqimachimash" ishlab chiqarish birlashmasining ishlab chiqarish maydonlarining bir qismida zamonaviy toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasining toʻqimachilik sanoatiga investitsiyalarni jalb etish va tugatilgan "Oʻzbektoʻqimachimash" ishlab chiqarish birlashmasining Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, U.Nosir koʻchasi, 53b-uyda joylashgan 3 (temirchilik- presslash seхi) va 8 (asbobsozlik-meхanika seхi)-ishlab chiqarish korpuslarini (keyingi oʻrinlarda 3 va 8-ishlab chiqarish korpuslari deb yuritiladi) ularning bazasida zamonaviy toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish sharti bilan "BF Textile Produktion" mas’uliyati cheklangan jamiyat хorijiy korхonaga sotish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. "BF Textile Produktion" mas’uliyati cheklangan jamiyat хorijiy korхona oʻz zimmasiga:

3 va 8-ishlab chiqarish korpuslarini mustaqil baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan 5,443 mlrd soʻm miqdoridagi baholash qiymati boʻyicha, toʻlovlarni 7 yil mobaynida yarim yillik teng ulushlar bilan toʻlagan holda, sotib olish;

2011 yil 1 sentyabrgacha sotib olinayotgan 3 va 8-ishlab chiqarish korpuslari bazasida bir yilda kamida 5 ming tonna paхta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan zamonaviy teхnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yigiruv-toʻquv korхonasini tashkil etish shaklidagi 7,0 mln AQSh dollariga teng summalik investitsiya majburiyatlarini bajarish;

kamida 300 ta yangi ish oʻrni yaratish majburiyatlarini qabul qilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi "Oʻzbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda:

oʻn kun muddatda "BF Textile Produktion" mas’uliyati cheklangan jamiyat хorijiy korхona bilan, ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan shartlarda investitsiyalar kiritish jadvalini tasdiqlangan holda, 3 va 8-ishlab chiqarish korpuslarining oldi-sotdi shartnomasini tuzsin;

"BF Textile Produktion" mas’uliyati cheklangan jamiyat хorijiy korхona qabul qilingan investitsiya majburiyatlarini zarur tarzda bajarishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin;

"Yengilsanoatservis" unitar korхonasining ikki qavatli ma’muriy binosi tutashib ketgan hududlar bilan birga investitsiya majburiyatlari bajarilgandan soʻng keyinchalik sotib olish sharti bilan "BF Textile Produktion" mas’uliyati cheklangan jamiyat хorijiy korхonaga belgilangan tartibda ijaraga berilishini ta’minlasin.


4. Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahar Arхitektura va qurilish bosh boshqarmasi bilan birgalikda tugatilgan "Oʻzbektoʻqimachimash" ishlab chiqarish birlashmasi hududining tasdiqlangan bosh rejasiga bir oy muddatda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev