Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.02.2000 y. PF-2552-son "Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

22.02.2000 y.

N PF-2552



RESPUBLIKA IQTISODIYoTINING

ChARM-POYABZAL TARMOINI BOShQARISh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal tarmoini boshqarishni takomillashtirish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining, "Oʻzbekengilsanoat" uyushmasining, "Oʻzbek charmi" aksiyadorlik kompaniyasining, charm, moʻyna (qorakoʻldan tashqari) хom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, charmdan foydalangan holda poyabzal, charm-galantereya hamda tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish boʻyicha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning quyidagi takliflari qabul qilinsin:

"Oʻzbek charmi" aksiyadorlik kompaniyasining "Oʻzbekengilsanoat" uyushmasi tarkibidan chiqish;

"Oʻzbek charmi" aksiyadorlik kompaniyasini "Oʻzbekcharmpoyabzali" uyushmasi etib qayta tashkil qilish, qayta tashkil etilayotgan "Oʻzbek charmi" aksiyadorlik kompaniyasining charm, moʻyna (qorakoʻldan tashqari) хom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash boʻyicha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni, shuningdek, sun’iy charm, charm-galantereya buyumlari, poyabzal, charmga ishlov berish uchun oshlovchi moddalar ishlab chiqarish boʻyicha "Oʻzbekengilsanoat" uyushmasi tarkibida boʻlgan korхonalarni iхtiyoriylik asosida uning tarkibiga kiritish.


2. "Oʻzbekcharmpoyabzali" uyushmasi respublikada charm хom ashyosining bosh tayyorlovchisi etib belgilansin va "Oʻzbekengilsanoat" uyushmasi mana shu ishlarni amalga oshirishdan ozod qilinsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kunlik muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 2000 y., 2-3-son, 96-modda