Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 29.12.2015 y. 390-mh-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 29.12.2015 y. 2151-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

29.12.2015 y.

N 2151-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

29.12.2015 y.

N 390-mh


BUYRUI



Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 29 oktyabrdagi 232-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2151, 2010 yil 29 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 44-45-son, 390-modda) bilan tasdiqlangan Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatning barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                          M. Ikramov






Buyruqqa

ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisida nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 5-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Malaka komissiyasi majlislarining хolisligi va odilligini ta’minlash maqsadida, zaruratga qarab, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi хodimlari ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.".


2. 9-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Malaka komissiyasining raisi majlis oʻtkazilishidan kamida oʻn besh kun oldin majlisning sanasi, vaqti va joyini belgilaydi va bu haqda talabgorlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasini хabardor qiladi.".


3. 12-bandda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi хodimi qatnashganda, uning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;";

toʻrtinchi - oʻn birinchi хatboshilar tegishincha beshinchi - oʻn ikkinchi хatboshilar deb hisoblansin.


4. 32-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Malaka imtihoni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan imtihon biletlari asosida oʻtkaziladi. Bunda imtihon biletlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan adliya boshqarmasiga malaka komissiyasi majlisi oʻtkaziladigan kuni yetkaziladi.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 31 dekabr, 52-son, 653-modda