Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 31.12.2013 y. 400-mh-son "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 31.12.2013 y. 2547-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

31.12.2013 y.

N 2547




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

31.12.2013 y.

N 400-mh


BUYRUI



Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish

organlarida ish yuritish tartibi toʻrisidagi

yoʻriqnomani tasdiqlash haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 29-son, 329-modda) muvofiq BUYuRAMAN:


1. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 2006 yil 22 apreldagi 10-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlarida ish yuritish tartibi toʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi (roʻyхat raqami 1564, 2006 yil 22 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 17-son, 142-modda) va 2009 yil 1 iyuldagi 16/09-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlarida ish yuritish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 27-son, 322-modda) (roʻyхat raqami 1564-1, 2009 yil 1 iyul) qarorlari Adliya vazirligi Hay’atining 2013 yil 30 dekabrdagi 25/13-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) hamda Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatning barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari O. Murodov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                           N. Yoʻldoshev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 6 yanvar, 1-son, 10-modda