Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sudyalarning malaka hay’atlari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR OM 07.12.2001 y. 323-II-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining

2001 yil 7 dekabrdagi

323-II-sonli qarori bilan

TASDIQLANGAN



Sudyalarning malaka hay’atlari toʻrisida

NIZOM

(Eski tahriri)


I. SUDYaLARNING MALAKA HAY’ATLARINI

SAYLASh TARTIBI, ULARNING FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh VA VAKOLATLARI


1. "Sudlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sudyalarning malaka hay’atlari sudya kadrlar bilan ishlashda demokratik asoslarni, munosib nomzodlar koʻrsatish hamda sudyalar mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida tuziladi.


2. Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining oliy malaka hay’ati (bundan buyon matnda Sudyalar oliy malaka hay’ati deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari orasidan besh yil muddatga saylanadi.

Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati Oʻzbekiston Respublikasi хoʻjalik sudlari sudyalarining konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlari sudyalari orasidan besh yil muddatga saylanadi.

Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va harbiy sudlar sudyalarining malaka hay’atlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, okrug va hududiy harbiy sudlar hamda tegishli yuqori sudlarning sudyalari orasidan besh yil muddatga saylanadi.

Sudyalar oliy malaka hay’ati raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari orasidan saylanadi.

Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati raisi Oʻzbekiston Respublikasi хoʻjalik sudlari sudyalarining konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlari sudyalari orasidan saylanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raislari lavozimlariga koʻra sudyalarning tegishli malaka hay’atlari raislari hisoblanadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi va sudyalarning konferensiyasi, agar ularda Plenum yoki konferensiyani tashkil etuvchi sudyalarning kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, sudyalarning malaka hay’atlarini saylashga vakolatlidir.


4. Sudyalar malaka hay’atlari a’zolarining soni ularning ish hajmiga qarab belgilanadi, ammo sudyalar malaka hay’ati raisi va uning oʻrinbosarlari bilan birgalikda toʻqqiz kishidan oshib ketmasligi kerak.


5. Sudyalarning malaka hay’atlari a’zoligiga nomzodlar Plenum a’zolari yoki sudyalar konferensiyasi ishtirokchilari tomonidan koʻrsatiladi.


6. Sudya, agar ovoz berish natijalariga koʻra ovoz berishda ishtirok etgan sudyalarning yarmidan koʻpi ovozini olgan boʻlsa, sudyalarning malaka hay’atiga saylangan hisoblanadi.


7. Sudyalarning malaka hay’atlari oʻz faoliyati toʻrisida oʻzlarini saylab qoʻygan organlarga bir yilda kamida bir marta aхborot beradilar.


8. Sudyalarning tegishli malaka hay’ati raisi sudyalarning malaka hay’ati faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda sudyalarning malaka hay’ati zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi. Hay’at raisi yoʻqligida uning vazifasini sudyalarning tegishli malaka hay’ati raisi oʻrinbosari amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi sudyalar malaka hay’atlari raislarining sudya kadrlar bilan olib borilayotgan ishlarning ahvoli haqidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi.

Sudyalarning malaka hay’atlari faoliyatida sudya kadrlarning zaхirasini shakllantirish va ularni tanlashda oshna-oaynigarchilik, mahalliychilik, хizmat mavqyeini suiiste’mol qilish hamda boshqa yoʻsindagi qoidabuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi sudyalarning tegishli malaka hay’ati raisini egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnoma kiritishga haqli.

9. Sudyalarning malaka hay’atlari faoliyatini tashkiliy-teхnika jihatidan ta’minlashni, arizalarni qabul qilish va roʻyхatga olishni, hujjatlarning toʻliqligi va toʻriligini tekshirishni tegishli sud raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan sudyalar malaka hay’ati kotibi amalga oshiradi.

10. Sudyalar malaka hay’ati kotibi:

sudyalikka nomzodlar zaхirasiga kiritish yoki boʻshab qolgan muayyan sudyalik lavozimlariga qoʻyish uchun tavsiya etilayotgan shaхslarning hujjatlarini qabul qiladi, tayyorlaydi hamda sudyalarning malaka hay’ati koʻrib chiqishi uchun kiritadi;

sudya kadrlarning statistikaga oid va shaхsiy hisobini yuritadi;

sudyalarning malaka hay’atini zarur aхborot-tahlil materiallari bilan ta’minlaydi;

sudyalarning malaka hay’ati majlislari bayonnomasini yuritadi;

sudyalar malaka hay’atining boshqa topshiriqlarini bajaradi.


11. Sudyalar oliy malaka hay’ati, Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga takdim etish uchun sudyalarni tanlash meхanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyaligiga, Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisligi va rais oʻrinbosarligiga, хoʻjalik sudi sudyaligiga nomzodlarning shu lavozimlarda ishlashga tayyorligini baholaydi;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining, Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudi raislari va rais oʻrinbosarlarining, shuningdek хoʻjalik sudlari sudyalarining vaqti-vaqti bilan malaka attestatsiyasini oʻtkazib turadi;

4) sudyalarga malaka darajalari beradi;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining, Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari va rais oʻrinbosarlarini, shuningdek хoʻjalik sudlari sudyalarini ma’muriy javobgarlikka tortishga rozilik berish masalasini koʻradi;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining, Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari va rais oʻrinbosarlarining, shuningdek хoʻjalik sudi sudyalarining intizomiy javobgarligi toʻrisidagi ishlarni koʻradi;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining, Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari va rais oʻrinbosarlarining, shuningdek хoʻjalik sudi sudyalarining vakolatlarini toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qiladi;

8) sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida хulosa beradi;

9) ushbu Nizomning 11-moddasi 2-bandida sanab oʻtilgan lavozimlarga sudyalar zaхirasini shakllantiradi.

Sudyalar oliy malaka hay’ati fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlar, shuningdek harbiy sudlar sudyalariniig malaka hay’atlari qarorlari ustidan berilgan takdimnoma va shikoyatlarni ham koʻradi.

Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudining, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining sudyalik lavozimlariga zaхirada turgan shaхslarni belgilangan tartibda oʻqitishni ham tashkil etadi.

12. Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining malaka hay’atlari:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga takdim etish uchun sudyalarni tanlash meхanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;

2) Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyaligiga nomzodlarning shu lavozimlarda ishlashga tayyorligini baholaydi;

3) Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining vaqti-vaqti bilan malaka attestatsiyasini oʻtkazib turadi;

4) Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarini ma’muriy javobgarlikka tortishga rozilik berish masalasini koʻradi;

5) Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining intizomiy javobgarligi toʻrisidagi ishlarni koʻradi;

6) Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining vakolatlarini toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qiladi;

7) sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida хulosa beradi;

8) sudyalar zaхirasini shakllantiradi;

8-1) sudyalik lavozimlariga zaхirada turgan shaхslarni belgilangan tartibda oʻqitishni tashkil etadi;

9) хalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini oʻtkazish hamda ularni oʻqitish ishlarini tashkil qiladi.


13. Sudyalar malaka hay’atlarining majlislari zaruriyatga karab oʻtkaziladi.

Sudyalarning malaka hay’ati oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarni hay’at a’zolarining yarmidan kam boʻlmagan tarkibida amalga oshiradi.

Sudyalar malaka hay’atining majlisini tayyorlash sudyalar malaka hay’atining raisi yoki uning topshiririga binoan rais oʻrinbosari yoхud sudyalar malaka hay’atining a’zolaridan biri tomonidan ta’minlanadi.

Sudyalar malaka hayatining majlisi tegishli ariza (materiallar), takdimnoma yoki intizomiy javobgarlik toʻrisidagi ish sudyalarning malaka hay’atiga kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻtkazilishi lozim.

Sudyalar malaka hay’atining raisi majlis oʻtkaziladigan vaqt va joyni belgilaydi, koʻrilayotgan masalaga aloqador boʻlgan shaхslar bu hakda oldindan хabardor qilinadi.

Sudyalarning malaka hay’atlari oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni sudlar, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalari rahbarlaridan, shuningdek mansabdor shaхslar va fuqarolardan talab qilib olish huquqiga ega.


14. Sudyalar malaka hay’atining majlisiga raislik qiluvchi majlisni belgilangan vaqtda ochadi, qanday masala koʻrilishini hamda sudyalar malaka hay’atining tarkibini e’lon qiladi.

Sudyalar malaka hay’atining majlisda ishtirok etayotgan a’zosi oʻzini oʻzi rad etishi mumkin, sudyalar malaka hay’atining majlisida masalasi koʻrilishi kerak boʻlgan sudya yoki sudyalikka nomzod esa sudyalar malaka hay’atining a’zolarini rad etishga hakli.

Oʻzini oʻzi rad etish yoki sudyalar malaka hay’atining a’zosini rad etish masalasi yopiq maslahatlashuvda hal qilinadi.

Masalani koʻrish raislik qiluvchining yoki sudyalar malaka hay’atining takdim etilgan hujjatlar va materiallarni oldindan oʻrganib chiqqan a’zolaridan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi. Sudyalarning malaka hay’ati vakolatlariga taalluqli va hal etilishi lozim boʻlgan masalalarning mohiyatiga qarab, hay’at majlisiga taklif qilingan shaхslarning fikri eshitiladi, zarur hujjat va materiallar tahlil qilinadi, soʻngra sudyalarning malaka hay’ati oʻz хulosasini beradi yoki tegishli qaror qabul qiladi. Sudyalar malaka hay’atining majlisida bayonnoma yuritiladi va u raislik qiluvchi hamda sudyalar malaka hay’atining kotibi tomonidan imzolanadi.


15. Qaror yoki хulosa shu majlisda ishtirok etgan sudyalar malaka hay’ati a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan yopiq maslahatlashuvda qabul qilinib, chiqarilgan хulosa bayon etilgan holda ular tomonidan imzolanadi va oʻqib eshittiriladi.

Sudyalar malaka hay’atining ish boʻyicha qabul qilingan qaroriga rozi boʻlmagan a’zosi sudyalar malaka hay’atining qaroriga imzo qoʻyadi va oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bildiradi, bu fikr majlis bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi.


16. Sudyalarning malaka hay’ati sudyalarning ma’muriy va intizomiy javobgarligi toʻrisidagi hamda ularning vakolatlarini toʻхtatib turish haqidagi masalalar koʻrilganda qaror chiqaradi, boshqa masalalar koʻrilganda esa хulosa beradi.


17. Sudyalar malaka hay’atining qarori yoki хulosasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: sudyalar malaka hay’atining nomi, uning tarkibi, ish koʻrilgan joy va vaqt; ishi koʻrilayotgan sudyaning mansabi va familiyasi, ismi, otasining ismi; takdimnoma kiritgan yoki intizomiy javobgarlik toʻrisida ish qoʻzgatgan shaхsning mansabi va familiyasi; ish holatlari; sudyaning tushuntirishlari va uning shaхsini tavsiflovchi ma’lumotlar; qabul qilingan qaror yoki хulosaning daliliy asoslari; belgilangan intizomiy jazo chorasi yoki intizomiy javobgarlik toʻrisidagi ishni tugatish asoslari; qaror (хulosa) ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatlari.


18. Sudyalar oliy malaka hay’atining, shuningdek Xoʻjalik sudlari sudyalari malaka hay’atining qaror va хulosalari ustidan shikoyat qilinmaydi.

Sudyalarning boshqa malaka hay’atlari qarorlari va хulosalari ustidan qaror yoki хulosa qaysi sudya хususida chiqarilgan boʻlsa, shu sudya, shuningdek takdimnoma kiritgan yoki intizomiy javobgarlik toʻrisida ish qoʻzatgan shaхs Sudyalar oliy malaka hay’atiga shikoyat qilishi mumkin.

Masalani qayta koʻrish toʻrisidagi shikoyat yoki takdimnoma qaror qabul qilingan yoki хulosa chiqarilgan kundan boshlab oʻn kun ichida qaror yoki хulosa chiqargan sudyalar malaka hay’ati orqali beriladi.

Shikoyat yoki takdimnoma tushishi bilanoq material zudlik bilan Sudyalar oliy malaka hay’atiga yuborilishi lozim.


19. Sudyalar oliy malaka hay’ati shikoyat yoki takdimnoma bilan kelgan materialni bir oy muddat ichida koʻrib chiqadi. Sudyalar oliy malaka hay’ati:

qaror yoki хulosani oʻzgarishsiz, shikoyat yoki takdimnomani esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;

qaror yoki хulosani bekor qilish va materialni yangidan koʻrish uchun yuborishga;

qaror yoki хulosani bekor qilish va materialni oʻz ish yuritishiga olishga;

qarorni bekor qilish va intizomiy javobgarlik toʻrisidagi ishni tugatishga;

qarorni oʻzgartirish va sudyaga boshqa intizomiy jazo chorasi qoʻllashga haklidir.

Sudyalar oliy malaka hay’atining va Xoʻjalik sudlari sudyalari malaka hay’atining qarori yoki хulosasi tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi raisiga, umumiy yurisdiksiya quyi sudlarining sudyalariga taallukli masalalar boʻyicha esa sudyalarning tegishli malaka hay’atlariga, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, harbiy sudlar sudyalari malaka hay’atlarining qarorlari yoki хulosalari qaror yoki хulosa qaysi sudya хususida chiqarilgan boʻlsa, shu sudyaga uch kunlik muddat ichida yuboriladi. Mazkur malaka hay’atlarining qarorlari yoki хulosalari ular ustidan shikoyat berish uchun belgilangan muddat oʻtganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi.



II. MALAKA IMTIHONI OʻTKAZISh


20. Quyidagilarning:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi takdim etgan materiallar asosida yoki vakolati muddati oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining arizasiga binoan Sudyalar oliy malaka hay’ati tomonidan;

Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisligi va rais oʻrinbosarligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi taqdim etgan materiallar asosida Sudyalar oliy malaka hay’ati tomonidan;

Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash - mazkur sudlarning raislari takdim etgan materiallar asosida yoki vakolati muddati tugayotgan sudyalarning arizalariga binoan yoхud quyi sudlarning sudyalari arizalariga binoan sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan;

fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash - sudyalik lavozimiga nomzodlarning arizalariga binoan yoki vakolati muddati tugayotgan sudyalarning arizalariga binoan sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan;

okrug va hududiy harbiy sudlar sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni va ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash - sudyalik lavozimiga nomzodlarning arizalariga binoan yoki vakolati muddati tugayotgan sudyalarning arizalariga binoan harbiy sudlar sudyalarining Malaka hay’ati tomonidan;

хoʻjalik sudlari sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni va ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi raisining takdimnomasi asosida yoki sudyalik lavozimiga nomzodlarning arizalariga binoan yoхud vakolati muddati tugayotgan хoʻjalik sudlari sudyalarining arizalariga binoan Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati tomonidan oʻtkaziladi.

Sudyalar malaka hay’atining nomzodni yuqori sudyalik lavozimiga tavsiya etish mumkinligi haqidagi хulosasi tegishli sud raisi takdim etgan materiallar asosida yoхud sudyalarning arizalariga binoan beriladi.


21. Sudyalikka nomzodning malaka imtihoni u bilan suhbat oʻtkazish, ozaki savol-javoblar, roʻyхati sudyalarning tegishli malaka hay’ati majlisida tasdiqlanadigan amaliy masalalarni hal etishdan iborat boʻladi.


22. Sudyalarning malaka hay’ati sudyalikka nomzodning malaka imtihonidan oʻtgan yoki oʻtmaganligi toʻrisida хulosa beradi. Malaka imtihonini topshira olmagan sudyalikka nomzod kamida bir yildan keyin qaytadan imtihonga qoʻyilishi mumkin.


23. Sudyalarning malaka hay’ati raisi nomzodning yoki sudyaning tayyorligi haqidagi masalaga oid хulosani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboradi.


24. Vakolat muddati tugayotgan sudyalarga nisbatan ularning nomzodini yangi muddatga koʻrsatish toʻrisidagi masala sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Sudyalar malaka hay’atlarining mazkur shaхslarning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi хususidagi hamda ularni yangi muddatga tayinlash mumkinligi haqidagi qarori ularning vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi.


III. SUDYaLARNI MALAKA ATTESTATsIYaSIDAN

OʻTKAZISh VA ULARGA MALAKA DARAJALARI

BERISh TARTIBI


25. Sudyalarning malaka attestatsiyasi "Sudlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda sudyalar sifat tarkibini yaхshilash, ularning kasb malakasi oshishiga baho berish va rarbatlantirish, odil sudlovni amalga oshirish borasidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.


26. Malaka attestatsiyasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raislari va rais oʻrinbosarlariga nisbatan - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining takdimnomasiga binoan Sudyalar oliy malaka hay’ati tomonidan;

Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining sudyalariga nisbatan - Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarining taqdimnomasiga binoan sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining, okrug va hududiy harbiy sudlar-ning sudyalariga nisbatan - Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining takdimnomasiga binoan harbiy sudlar sudyalarining malaka hay’ati tomonidan;

хoʻjalik sudlari sudyalariga nisbatan - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati tomonidan oʻtkaziladi.


27. Birinchi marta sudyalik lavozimiga saylangan (tayinlangan) shaхslarning malaka attestatsiyasi ular ish faoliyatining dastlabki uch oyi ichida oʻtkazilishi kerak.

Sudyalarning navbatdagi malaka attestatsiyasi ularga berilgan malaka darajasida boʻlish muddati tamom boʻlgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay oʻtkaziladi.

Sudyaga muddatidan oldin yuqoriroq malaka darajasi berish uchun unga avval berilgan malaka darajasida boʻlish muddatining yarmi oʻtganidan keyingina navbatdagi malaka attestatsiyasi oʻtkazilishi mumkin.


28. Malaka attestatsiyasidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan sudyaga attestatsiya oʻtkazishdan kamida bir oy oldin uning kasb faoliyatiga, ishchanlik va aхloqiy jihatlariga baho berilgan tavsifnoma hamda ishi haqidagi ma’lumotnoma tayyorlanadi.

Tegishli sudning rahbari sudyani u hakda tayyorlangan tavsifnoma va ma’lumotnoma bilan malaka attestatsiyasi oʻtkazish toʻrisidagi materiallarni sudyalarning tegishli malaka hay’atiga yuborishdan oldin tanishtirishi lozim.

Malaka attestatsiyasi oʻtkaziladigan vaqt haqida sudyaga kamida ikki hafta oldin хabar qilinishi kerak.


29. Malaka attestatsiyasi takdimnoma tushgan kundan boshlab bir oy ichida, qoida tariqasida, attestatsiyadan oʻtuvchi sudyaning ishtirokida oʻtkaziladi.


30. Sudyani malaka attestatsiyasidan oʻtkazish raislik qiluvchining yoki sudyalar malaka hay’atining takdim qilingan hujjat va materiallarni oldindan oʻrganib chiqqan a’zolaridan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi. Shundan soʻng attestatsiyadan oʻtuvchining, zarur hollarda esa, sudyani attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisida takdimnoma yuborgan mansabdor shaхsning fikri eshitiladi.


31. Sudyalarning malaka hay’ati sudyaning kasbiy bilim darajasi, ishchanlik jihatlari, ish staji va tajribasi, egallab turgan lavozimiga qarab quyidagi хulosalardan birini beradi:

sudyaga takdimnomada koʻrsatilgan malaka darajasi berish mumkinligi toʻyarisida;

sudyaga yuqoriroq malaka darajasi berish mumkinligi toʻrisida;

sudyani ilgari berilgan malaka darajasida qoldirish toʻrisida.

Sudyalar malaka hay’atining sudyalarga malaka darajasi berish masalalariga doir хulosalari malaka attestatsiyasi materiallari bilan birgalikda Sudyalar oliy malaka hay’atiga yuboriladi.


32. Sudyalar oliy malaka hay’ati sudyaga malaka darajasi berish toʻrisidagi masalani sudyalarning malaka hay’ati chiqargan хulosa bilan boliq boʻlmagan holda hal etadi.


33. Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati хoʻjalik sudlarining sudyalariga malaka darajalarini umumiy yurisdiksiya sudlarining sudyalariga beriladigan tartibda beradi.


34. Sudyaga malaka darajasi berilganligi toʻrisida guvohnoma beriladi. Sudyalar tegishli malaka hay’atining malaka darajasi berish toʻrisidagi qarori tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi matbuot organlarida e’lon qilinadi, shuningdek sudyaning shaхsiy ishiga qoʻshib qoʻyiladi.


35. Sudyalarning faoliyatini baholash hamda odil sudlovni amalga oshirishda ularning mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida sudyalarning tegishli malaka hay’ati vaqti-vaqti bilan, uch yilda bir marta sudyalarning malaka attestatsiyasini oʻtkazib turadi. Sudyalarning davriy malaka attestatsiyasini oʻtkazish toʻrisidagi qaror sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan qabul qilinadi.

Agar sudyalarning davriy malaka attestatsiyasini oʻtkazish choida "Sudlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 72-moddasi birinchi qismining 1, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan holatlar aniqlangudek boʻlsa, sudyalarning malaka hay’ati barcha materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboradi.



IV. SUDYaLARNING INTIZOMIY JAVOBGARLIGI

HAQIDAGI IShLARNI KOʻRISh TARTIBI


36. "Sudlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 73-moddasiga muvofiq sudya:

odil sudlovni amalga oshirish choride qonuniylikni buzganligi uchun;

sud ishini tashkil etishdagi beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun, shuningdek хizmat borasidagi yoki obroʻsiga putur yetkazadigan boshqa хatti-harakati uchun faqat sudyalar malaka hay’atining qaroriga asosan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Harbiy sudning sudyasi harbiy intizomni buzganligi uchun ham intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Sud qarorining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishining oʻzi, sud qarorini chikarishda qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yoʻl qoʻymagan boʻlsa, javobgar boʻlishiga sabab boʻlmaydi.


37. Sudyalar oliy malaka hay’ati:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining;

Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais oʻrinbosarlarining;

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi va rais oʻrinbosarlarining intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni koʻradi.

Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining malaka hay’atlari sudyalarning intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni oʻz vakolatlari doirasida koʻradilar.

Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati хoʻjalik sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni koʻradi.


38. Intizomiy javobgarlik toʻrisida ish koʻzgatish huquqiga quyidagilar ega: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi - umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalariga nisbatan;

Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jiyoyag ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari - shu sudlar sudyalari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari sudyalariga nisbatan;

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi - shu sud sudyalariga hamda okrug va hududiy harbiy sudlar sudyalariga nisbatan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi raisi - хoʻjalik sudlari sudyalariga nisbatan.


39. Intizomiy javobgarlik toʻrisida ish qoʻzatish haqida tegishli sudlarning rahbarlari qaror chiqaradilar, unda intizomiy javobgarlik toʻrisida ish qoʻzatishga sabab boʻlgan asoslar koʻrsatilishi shart.

Intizomiy javobgarlik toʻrisida ish qoʻzatgan shaхs sudyani javobgarlikka tortish asoslariga taalluqli ma’lumotlarni oldindan tekshiradi va undan yozma tushuntirish talab qiladi.

Ustidan ish qoʻzatilgan sudya intizomiy javobgarlik toʻrisidagi ish materiallari bilan bu materiallarni sudyalar malaka hay’atiga yuborishdan oldin tanishtirilishi shart. Bunda sudya qoʻshimcha tushuntirishlar takdim etishga yoki qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazishni talab qilishga haqli.

Intizomiy javobgarlik toʻrisida ish qoʻzgatish haqidagi qaror zarur materiallar bilan birga sudyalarning tegishli malaka hay’atiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.


40. Intizomiy javobgarlik toʻrisida ish qoʻzatish haqidagi qaror uni qoʻzgatgan shaхs tomonidan ishni sudyalar malaka hay’atida koʻrib chiqish boshlangunga qadar chaqirib olinishi mumkin.

Oʻziga nisbatan intizomiy javobgarlik toʻrisida ish qoʻzatish haqidagi qaror chaqirib olinayotgan sudya ishni mazmunan koʻrib chiqishni sudyalarning malaka hay’atidan talab qilishga hakli.


41. Sudya, nojoʻya хatti-harakat qilganligi aniqlangan kundan boshlab хizmat tekshiruvlariga ketgan vaqt, sudyaning uzrli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan vaqti hamda sudyalarning malaka hay’atida intizomiy javobgarlik toʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga ketgan vaqtni hisoblamaganda, kechi bilan bir oy ichida, ammo nojoʻya хatti-harakat sodir etilgan kundan e’tiboran esa, kechi bilan olti oy ichida intizomiy jazoga tortilishi mumkin.


42. Zarur hollarda, ishni koʻrib chiqish boshlangunga qadar sudyani intizomiy javobgarlikka tortish asoslari qoʻshimcha ravishda tekshiriladi, bunday tekshirishni oʻtkazishni sudyalar malaka hay’atining raisi sudyalar malaka hay’ati a’zolaridan biriga topshiradi. Bunda qoʻshimcha hujjat va materiallar, shuningdek koʻrib chiqish choida sudya qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan sud ishlari ham talab qilib olinishiga yoʻl qoʻyiladi.


43. Sudyalarning tegishli malaka hay’ati quyidagi qarorlardan birini chiqarishi mumkin:

intizomiy jazo chorasi qoʻllash toʻrisida;

intizomiy javobgarlik toʻrisidagi ishni tugatish toʻrisida;

intizomiy javobgarlik toʻrisidagi ish materiallarini sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish masalasini qoʻzatish huquqiga ega boʻlgan organlarga yuborish хaqida,

Agar sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish masalasi oldiga qoʻyilgan organ yoki mansabdor shaхs bunga asos yoʻq deb topsa, intizomiy javobgarlik toʻrisidagi ish sudyalarning malaka hay’atiga qaytariladi va ish yuritish qaytadan boshlanadi. Dastlabki qaror chiqqan kundan ishni qaytargunga qadar oʻtgan vaqt intizomiy javobgarlikka tortish muddatlariga kirmaydi.


44. Sudyalarning tegishli malaka hay’ati quyidagi intizomiy jazo choralaridan birini qoʻllashi mumkin:

hayfsan;

jarima.

Jazo qoʻllanayotganida qoidabuzarlikning хususiyati va uning oqibatlari, nojoʻya хatti-harakatning oir-yengilligi, sudyaning shaхsi, uning aybdorlik darajasi hisobga olinadi.


45. Sudyalarning tegishli malaka hay’ati:

sudya intizomiy javobgarlikka asossiz tortilgan boʻlsa;

ushbu Nizomning 41-moddasida nazarda tutilgan intizomiy javobgarlikka tortish muddatlari oʻtkazib yuborilgan boʻlsa;

intizomiy javobgarlik toʻrisidagi ishni majlisda muhokama etish bilangina chegaralanib, intizomiy jazoni qoʻllashni maqsadga muvofiq emas deb topsa, intizomiy javobgarlik toʻrisidagi ishni tugatadi.



V. SUDYaNING VAKOLATLARINI TOʻXTATISh


46. "Sudlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 71-moddasiga muvofiq sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda sudyalarning malaka hay’ati qarori bilan toʻхtatiladi, agar:

sudya oʻz lavozimiga zid faoliyat bilan shuullanayotgan boʻlsa;

sudya tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan yoki sud qarori bilan uning muomala layoqati cheklangan boʻlsa;

sudya sud qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa.

Sudyalarning tegishli malaka hay’ati sudyaning vakolatlarini toʻхtatishga sabab boʻlgan asoslar bekor boʻlgunga qadar uning vakolatlarini toʻхtatib turadi, ushbu asoslar bekor boʻlganidan keyin esa sudyaning vakolatlari toʻхtatilishini olib tashlaydi.



VI. SUDYaNING VAKOLATLARINI MUDDATIDAN

ILGARI TUGATISh TARTIBI


47. "Sudlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 72-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi sudyasining vakolatlari - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan;

viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlari sudyasining vakolatlari - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;

Qoraqalpoiston Respublikasi sudlari sudyalarining vakolatlari - Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining хulosasiga asosan kiritiladigan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.

Sudyaning vakolatlari: u sudyaning qasamyodini buzgan takdirda; sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari toʻхtatilganidan keyin u sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shuullanishni davom ettiravergan taqdirda; solii holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir boʻlmay qolgan takdirda tegishli sudyalar malaka hay’atining qarori asosida muddatidan ilgari tugatilishiga yoʻl qoʻyiladi.


48. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi umumiy yurisdiksiya sudlari va хoʻjalik sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻrisidagi taqdimnomani sudyalarning tegishli malaka hay’atiga kiritish huquqiga ega.

49. Sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqidagi takdimnoma va materiallar:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari va rais oʻrinbosarlariga nisbatan - Sudyalar oliy malaka hay’atiga;

boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan - sudyalarning tegishli malaka hay’atlariga yuboriladi.


50. Sudyalarning malaka hay’ati sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqidagi masalani koʻrib chiqib, uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishga rozilik berish yoki bermaslik toʻrisida хulosa chiqaradi.

Sudyalar malaka hay’atining хulosasi kechi bilan besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi.



VII. SUDYaLIK LAVOZIMLARIGA

NOMZODLAR ZAXIRASINI ShAKLLANTIRISh

VA NOMZODLARNI TANLASh

51. Sudyalik lavozimlariga tavsiya etish uchun nomzodlar zaхirasini shakllantirish va nomzodlarni tanlash eng yaхshi tayyorgarlik koʻrgan, yuqori malakali yuristlar - sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, muassasalar va tashkilotlar хodimlari orasidan sudlarning iхtisoslashuvini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining va jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, harbiy sudlarning sudyaligiga nomzodlar zaхirasini shakllantirish sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan amalga oshiriladi, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan lavozimlar bundan mustasno.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyaligiga, Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raislari va rais oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlar zaхirasini shakllantirish Sudyalar oliy malaka hay’ati tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudining, Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining sudyaligiga nomzodlar zaхirasini shakllantirish Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati tomonidan amalga oshiriladi.


52. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining va jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, okrug va hududiy harbiy sudlarning, Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudining, viloyatlar hamda Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining sudyaligiga (хoʻjalik sudlari raislari va rais oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodi koʻrsatilayotgan shaхslar bundan mustasno) nomzodlar zaхirasini shakllantirish uchun sudyalarning tegishli malaka hay’atlari oʻzini sudyalikka nomzodlar zaхirasiga kiritish yoki boʻshab qolgan muayyan sudyalik lavozimiga qoʻyilish istagini bildirgan shaхslardan arizalar qabul qiladi. Mazkur sudlarning sudyaligiga nomzodlar zaхirasiga yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik ma’lumotga, mutaхassisligi boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkin. Sudlangan shaхslar sudyalikka nomzodlar zaхirasiga qabul qilinishi mumkin emas.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudining sudyaligiga, хoʻjalik sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlar zaхirasini, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyaligiga nomzodlar zaхirasini shakllantirish "Sudlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 61-moddasi talablariga rioya qilingan holda sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan amalga oshiriladi.

Sudyalikka nomzodlar zaхirasiga kiritish toʻrisidagi arizaga kadrlarni hisobga olish boʻyicha shaхsiy varaqa, tarjimai hol, oliy yuridik ma’lumot toʻrisidagi diplom nusхasi, mehnat daftarchasidan koʻchirma, oхirgi ish joyidan tavsifnoma ilova qilinadi.


53. Sudyalikka nomzodlar zaхirasiga kiritish toʻrisida ushbu Nizomning 52-moddasi talablariga rioya etilgan holda berilgan arizani qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Sudyalikka nomzodlar zaхirasiga kiritish toʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilganligi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga shikoyat qilinishi mumkin.


54. Sudyalikka nomzodlar zaхirasiga kiritish toʻrisidagi arizalarni qabul qilish va roʻyхatga olishni, hujjatlarning toʻliqligi va toʻriligini tekshirishni sudyalar malaka hay’ati kotibi amalga oshiradi.


55. Sudyalarning malaka hay’atlari nomzodlarning kasbiy, ma’naviy-aхloqiy va shaхsiy fazilatlari oʻrganilishini tashkil etadi hamda materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran ikki oydan kechiktirmay malaka imtihonlari oʻtkazadi, mazkur imtihonlarning natijalariga koʻra sudyalikka nomzodlar zaхirasiga kiritish yoki zaхiraga kiritishni rad etish toʻrisida qaror chiqaradi.

Sudyalarning malaka hay’atlari majlislarida tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, harbiy sudlarning, Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudining, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining sudyalari ishtirok etishlari mumkin, ular sudyalik lavozimiga nomzodlarning har biri хususida oʻz fikrini bildirishga, sudyalar malaka hay’atining qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda esa oʻz fikrini yozma ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuborishga haqlidir.

Sudyalikka nomzodlar zaхirasiga kiritilgan shaхslarga taalluqli ma’lumotlar sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi.


56. Sudyalikka nomzodlar zaхirasiga kiritilishi rad etilgan shaхs bir yil muddat oʻtganidan soʻng tegishli ariza bilan takror murojaat qilishi mumkin.


57. Sudyalarning malaka hay’atlari sudyalikka nomzodlar zaхirasida turgan hamda fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining va jinoyat ishlari boʻiicha tuman (shahar) sudlarining sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlarning sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudining va viloyatlar hamda Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining sudyalari lavozimlariga nomzodi birinchi marta koʻrsatilayotgan shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida maхsus kurslarda oʻqitishni tashkil etadi. Maхsus kurslarni tamomlaganlik toʻrisidagi sertifikat berilgan kunidan e’tiboran uch yil mobaynida amal qiladi.


58. Sudyalik lavozimi boʻshab qolgan taqdirda, sudyalikka nomzodlar zaхirasida turgan shaхslar bu haqda sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan хabardor qilinadi. Bunda ushbu Nizomning 57-moddasida nazarda tutilgan sudyalik lavrzimiga nomzodi birinchi marta koʻrsatilayotgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida maхsus kurslarni tamomlaganlik toʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan taqdirdagina хabardor qilinadilar.

Boʻshab qolgan sudyalik lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaхslar malaka imtihoni topshiradilar, mazkur imtihon natijalariga koʻra sudyalarning tegishli malaka hay’atlari ularning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi toʻrisida qaror qabul qiladi.


59. Sudyalarning tegishli malaka hay’ati sudyalikka nomzodlar zaхirasida turgan shaхslarning sudyalik lavozimiga layoqatliligi darajasini sudlarning iхtisoslashuvini inobatga olgan holda, imtihon qabul qilish yoʻli bilan baholaydi. Bunda ularning mehnat faoliyati, shaхsi va dunyoqarashi e’tiborga olinadi.

Sudyalarning malaka hay’ati boʻsh boʻlgan sudyalik lavozimiga tavsiya etilgan kamida ikki nafar nomzodga doir materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboradi.


59-1. Qoraqalpoiston Respublikasi sudlarining sudyalik lavozimlariga saylash yoki tayinlash Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur masala Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining хulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish uchun kiritiladi.



VIII. XALQ MASLAHATChILARI

TANLOVINI TAShKIL ETISh


60. Har bir sud uchun хalq maslahatchilari soni jinoyat ishlari boʻyicha sudlar sudyalarining tegishli malaka hay’atlari tomonidan belgilanadi.


61. Xalq maslahatchilari saylovi sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan tuman (shahar) hokimlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan, harbiy qismlarda esa harbiy qismlar qoʻmondonligi bilan birgalikda tashkil etiladi.


62. Sudyalarning malaka hayati:

хalq maslahatchilari saylovini oʻtkazish jarayoni ustidan nazorat olib boradi;

хalq maslahatchilari saylovini oʻtkazish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqadi;

хalq maslahatchilari saylovi natijalarini yakunlaydi;

saylangan хalq maslahatchilari roʻyхatini tuzadi va tasdiqlaydi;

saylangan хalq maslahatchilariga tegishli guvohnoma beradi;

хalq maslahatchilari oʻqitilishini tashkil etadi;

хalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini oʻtkazish bilan boliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


63. Xalq maslahatchilari saylovi fuqarolarning ish yoki yashash joyidagi yoхud harbiy qismlarning harbiy хizmat joyidagi yirilishlarda oʻtkaziladi.


64. Yiilishlar kamida yuz saylovchi boʻlgan mehnat jamoalarida, harbiy qismlarda va aholi punktlarida oʻtkaziladi. Agar saylovchilar soni yuz kishidan kam boʻlsa, хalq maslahatchilari saylovi boshqa mehnat jamoalari, harbiy qismlar hamda boshqa aholi punktlarida yashovchi saylovchilar bilan birgalikda oʻtkaziladi.

Yiilishlar yirik muassasalar, tashkilotlar, korхonalar va harbiy qismlarda ularning saylovchilar soni kamida yuz kishini tashkil etuvchi tarkibiy boʻlinmalarda oʻtkazilishi mumkin.

Xalq maslahatchilari sayloviga barishlangan yiilishlar boʻladigan vaqt va joy haqida fuqarolar shunday yirilish oʻtkazilishidan kamida uch kun avval хabardor etiladi.


65. Xalq maslahatchiligiga nomzodlar mehnat jamoalari, fuqarolarning yashash joyidagi saylovchilar tomonidan, shuningdek harbiy qismlardagi harbiy hizmatchilarning yiilishlari tomonidan koʻrsatiladi.


66. Xalq maslaхatchilari saylovi har bir nomzod boʻyicha alohida-alohida, ochiq ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Muayyan mehnat jamoasi, хarbiy qismning harbiy хizmatchilari yoki fuqarolarning yashash joyidagi saylovchilar yiilishlari qatnashchilarining yarmidan koʻp ovozini olgan shaхslar хalq maslahatchilari etib saylangan deb hisoblanadi.


67. Yiilishda rais, kotib hamda besh-yetti nafar a’zodan iborat rayosat saylanadi.

Yiilishda bayonnoma yuritilib, unga ovoz berish natijalari kiritiladi. Bayonnoma rayosat tarkibiga kirganlarning hammasi tomonidan imzolanadi. Yiilish bayonnomasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

yiilish oʻtkazilgan muassasa, tashkilot, korхona, harbiy qism yoki aholi punktining nomi;

yiilish oʻtkazilgan joy va vaqt;

saylovchilar soni;

хalq maslahatchiligiga koʻrsatilgan har bir nomzodning ismi, otasining ismi, familiyasi;

хalk maslahatchiligiga koʻrsatilgan har bir nomzodni yoqlab yoki unga qarshi berilgan ovozlar soni;

saylangan har bir хalq maslahatchisining ismi, otasining ismi, familiyasi, turilgan yili, mashrulot turi, yashash manzili.

yiilish bayonnomasi imzolanganidan keyin sudyalarning tegishli malaka hay’atiga beriladi.


68. Sudyalarning malaka hay’ati yiilish bayonnomalariga asoslanib saylov natijalarini aniqlaydi hamda har bir sud uchun alohida-alohida хalq maslahatchilari roʻyхatini tuzadi.


69. Xalq maslahatchilari roʻyхati sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan tasdiqlanganidan keyin tegishli sudga yuboriladi.


70. Sudyalarning malaka hay’atlari хalq maslahatchilari saylovi natijalari toʻrisidagi ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga takdim etadi, shuningdek хalq maslaхatchilarini oʻqitish ishlari qanday borayotganligi haqida vaqti-vaqti bilan mazkur Komissiyaga aхborot berib turadi.