Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sudyalarning malaka darajalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR OK 02.09.1993 y. 927-XII-sonli qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻzR Oliy Kengashining

1993 yil 2 sentyabrdagi

927-XII-sonli Qarori bilan

TASDIQLANGAN



Sudyalarning malaka darajalari toʻrisida

NIZOM

(Eski tahriri)


1. Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi sudyalariga malaka darajasi joriy etish va berish tartibini belgilaydi.


2. Oltita malaka darajasi joriy etiladi:

Oliy malaka darajasi

Birinchi malaka darajasi

Ikkinchi malaka darajasi

Uchinchi malaka darajasi

Toʻrtinchi malaka darajasi

Beshinchi malaka darajasi


3. Malaka darajalari quyidagi tartibda beriladi:

a) umumiy sudlar sudyalariga:

Oliy malaka darajasi

Birinchi malaka darajasi

Ikkinchi malaka darajasi


-

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy sudi sudyalariga;



Birinchi malaka darajasi

Ikkinchi malaka darajasi

Uchinchi malaka darajasi

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, Qurolli Kuchlar harbiy sudi sudyalariga;


Uchinchi malaka darajasi

Toʻrtinchi malaka darajasi

Beshinchi malaka darajasi

-

tuman (shahar) sudlari, garnizon harbiy sudlari sudyalariga;

b) хoʻjalik sudlari sudyalariga:

Oliy malaka darajasi

Birinchi malaka darajasi

Ikkinchi malaka darajasi

Uchinchi malaka darajasi

Toʻrtinchi malaka darajasi


-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi sudyalariga;

Birinchi malaka darajasi

Ikkinchi malaka darajasi

Uchinchi malaka darajasi

Toʻrtinchi malaka darajasi

Beshinchi malaka darajasi

-

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining sudyalariga.

4. Oliy malaka darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi, Oliy хoʻjalik sudi Raisi taqdimnomasiga asosan beriladi.

Boshqa malaka darajalari Oliy malaka hay’ati va Xoʻjalik sudi sudyalarining malaka hay’ati tomonidan beriladi.

Birinchi marotaba saylangan yoki tayinlangan sudyalarga malaka darajasi ish faoliyatining birinchi uch oyi mobaynida beriladi.


5. Har bir malaka darajasida boʻlish muddati ijobiy malaka attestatsiyasi mavjud boʻlgan taqdirda tubandagicha belgilanadi:

beshinchi malaka darajasida - 3 yil.

toʻrtinchi malaka darajasida - 5 yil.

uchinchi malaka darajasida - 5 yil.

ikkinchi malaka darajasida - 5 yil.

Birinchi malaka darajasida boʻlish muddati belgilanmaydi.

Yuqori malakali sudyalarga ish tajribalarini hisobga olib, koʻrsatib oʻtilgan qaysi mansabni egallashidan qat’i nazar, ketma-ketlikka rioya etmagan holda, lekin unga berilgan malaka darajasidan ikki darajadan ham yuqori boʻlmagan malaka darajasi berilishi mumkin.


6. Sudyalar odil sudlovni amalga oshirish vaqtida qonunni qoʻpol buzgan, obroʻsini toʻkadigan хatti-harakat sodir etgan taqdirda, shuningdek, ularga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi boʻlganda, malaka darajasidan mahrum etilishlari mumkin.

Malaka darajasidan mahrum etish shu darajani bergan mansabdor shaхs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi.


7. Malaka darajasiga ega boʻlgan sudyalarning mansab maoshlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda qoʻshimcha haq tayinlanadi.


8. Sudyalarni malaka attestatsiyasidan oʻtkazish tartibi Sudyalar malaka hay’atlari toʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi.