Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.03.1995 y. 72-son "Mehnat qilish sharoitlari gʻoyat ogʻir va zararli, oʻta ogʻir ishlab chiqarishlarda ishlaydigan fuqarolarning ayrim toifalari daromadlaridan imtiyozli soliq olish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.03.1995 y.

N 72



MEHNAT QILISh ShAROITLARI

OYaT OIR VA ZARARLI, OʻTA OIR

IShLAB ChIQARIShLARDA IShLAYDIGAN

FUQAROLARNING AYRIM TOIFALARI

DAROMADLARIDAN IMTIYoZLI

SOLIQ OLISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqarolarning daromadlaridan olinadigan soliqlar darajasini kamaytirish toʻrisida" 1995 yil 24 fevraldagi PF-1083-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda mehnat qilish sharoitlari oyat oir va zararli, oʻta oir ishlab chiqarishlarda ishlaydigan fuqarolarning ayrim toifalarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 1, 2, 3-roʻyхatlariga kiruvchi mehnat qilish sharoitlari royat oir va zararli, oʻta oir ishlab chiqarchshlarda ishlaydigan хodimlarning daromadlaridan soliqlar olishning imtiyozli tartibi belgilansin.

Belgilab qoʻyilsinki, fuqarolarning yuqorida qayd etilgan toifalari daromadlarining ushlab qolinadigan darajasi 25 foizdan oshmasligi kerak.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qarorga muvofiq daromad soliini toʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni ta’minlasin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                     I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1995 y., N 3, 7-modda.