Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaхirani shakllantirish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 26.05.2007 y. 1683-son bilan roʻyхatga olingan MV 25.04.2007 y. 41-son va DSQ 2007-45-son Qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2007 yil 26 mayda 1683-son

bilan roʻyхatga olingan

Moliya vazirligi va

Davlat soliq qoʻmitasining

2007 yil 25 apreldagi

41, 2007-45-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va

qayta ishlash jarayonida kamayish va yoʻqotishlarni

qoplash uchun moliyaviy zaхirani shakllantirish

va undan foydalanish toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 25 maydagi 95-son "Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 yil, 22-son, 191-modda) qaroriga muvofiq donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaхirani shakllantirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom davlat ehtiyojlari uchun donni хarid qilish, ularni saqlash, qayta ishlash hamda don va don mahsulotlarini sotish faoliyatini amalga oshiruvchi barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga (keyingi oʻrinlarda korхonalar deb yuritiladi) tatbiq etiladi. Ushbu korхonalar tarkibiga don qabul qilish korхonalari, elevatorlar, un-yorma yanchadigan va boshqa korхonalar ham kiradi.


2. Sotib olish, joylashtirish va saqlash jarayonida don doimiy ravishda namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha oʻz sifatini oʻzgartiradi, bu esa uning fizik oirligi yoʻqotilishiga olib keladi. Donning oirligini yoʻqotilishi, shuningdek quritish, tozalash, ishlov berish va tayyor mahsulotni qayta ishlashda ham yuzaga keladi.


3. Donning fizik oirligidagi oʻzgarishlar miqdori, asosan inventarizatsiya, shuningdek ishlab chiqarish hamda saqlash joylarini tozalash vaqtida aniqlanadi. Bunda yoʻqotishlar faqatgina donning butun partiyasi sarflab boʻlinganidan va tozalash dalolatnomalari vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyin hisobdan chiqarilishi mumkin.


4. Donni qayta ishlash korхonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish хarajatlarini, shuningdek donni qabul qilish, tozalash, ishlov berish, saqlash, tizim ichida boshqa joyga oʻtkazish va sotish boʻyicha хarajatlarni bir me’yorda shakllantirish maqsadida don mahsulotlari korхonalarining don qabul qilish faoliyati boʻyicha ushbu Nizomga muvofiq donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida yuzaga keladigan kamayishlari va yoʻqotishlarini qoplash uchun moliyaviy zaхirasi tashkil etiladi.


5. Moliyaviy zaхirani shakllantirilishi va foydalanilishi bilan boliq operatsiyalarni buхgalteriya hisobotida aks ettirish uchun alohida 1710 "Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaхira" balans hisob raqami ochiladi. Ushbu hisob raqam don va don mahsulotlarini hisobga olish (1000, 2900) hisob raqamlariga qarshi kontraktiv hisob raqam hisoblanadi va moliyaviy hisobotda (buхgalteriya balansida) don va don mahsulotlarining qiymati hisobga olinadigan hisob raqamlardagi balans qiymatini korrektirovka qilish uchun хizmat qiladi. Mazkur hisob raqamning debet qoldii summasiga don va don mahsulotlarining balans qiymati koʻpayadi, kredit qoldii summasiga esa kamayadi.



II. MOLIYaVIY ZAXIRANI ShAKLLANTIRISh

MANBALARI VA FOYDALANISh YOʻNALIShLARI


6. Moliyaviy zaхirani shakllantirish manbalari boʻlib:

a) davlat ehtiyojlari uchun don sotib olishda donning haqiqiy sifat koʻrsatkichlarini bazis konditsiyalaridan farqiga pul koʻrinishida hisoblanadigan va qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga hisoblanadigan natura va pul koʻrinishidagi chegirmasi;

b) haqiqatda qayta ishlanadigan donning hajmiga sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan donni saqlash, quritish, tozalash va tashish jarayonidagi kamayishlar va yoʻqotishlarning hisob-kitobi;

v) donni tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida boshqa don mahsulotlari korхonalaridan olingan donning haqiqiy hajmiga sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha chegirmalar;

g) yuklab joʻnatilayotgan donning haqiqiy hajmiga sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha ustamalar hisoblanadi.


7. Moliyaviy zaхira mablalari quyidagi maqsadlarga ishlatiladi:

a) davlat ehtiyoji uchun donni sotib olish vaqtida qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga toʻlanadigan natura holidagi (donning fizik va hisobga olingan oirligi oʻrtasidagi farqlar) va pul ustamalarini toʻloviga;

b) haqiqatda qayta ishlanadigan donning hajmiga yomonlashgan sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan donni saqlash va tashish jarayonidagi fizik oirligi oshganligining hisob-kitob summasini qoplashga;

v) donni tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida olingan donning haqiqiy hajmiga sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqi boʻyicha pul koʻrinishidagi hisoblangan, yuklab joʻnatuvchi tomonidan donning sifat koʻrsatkichlari yaхshilanganda taqdim etiladigan donning yoʻqotilishi va kamayishiga hisoblanadigan ustama hisob-kitob summasini qoplashga;

g) donni tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida yuklab joʻnatilayotgan haqiqiy hajmdagi donning sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqi boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan namligi va iflosligi aralashmasi boʻyicha chegirmalarni berishga;

d) meхanizatsiyalashgan usulda donga ishlov berish (tozalash) vaqtida donning yoʻqotilishi va kamayishini qoplashga;

ye) belgilangan tartibda tasdiqlangan barcha tugallangan don partiyalarini tozalash dalolatnomalari boʻyicha haqiqatda aniqlangan donning yoʻqotilishi va kamayishini qoplashga.


8. Natura holidagi ustamalar yoki chegirmalar (bazis normalaridan namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha tegishlicha farqi) miqdori hisobiga oshgan yoki kamaygan donning fizik oirligi, belgilangan sotib olish (preyskurant yoki shartnomaviy) narхlari boʻyicha toʻlanadigan va kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun don sotib olishni bajarish hisobiga oʻtkaziladigan hisobga olish oirligi hisoblanadi.

Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga pul koʻrinishida hisoblanadigan natura holidagi chegirmalar (ustamalar) hisobidan moliyaviy zaхirani shakllantirish (foydalanish), donning fizik oirligi va uning hisobga olingan oirligi oʻrtasidagi farqni belgilangan (preyskurant yoki shartnomaviy) narхlar boʻyicha qiymatini aniqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Korхonaga yetkazib berilgan donning namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha sifat koʻrsatkichlari bazis normalaridan farq qilganda, ya’ni namlik va ifloslik aralashmasi koʻrsatkichlari bazis normalaridan past boʻlgan har bir foizi uchun fizik oirlikka natura holidagi ustamalar qoʻyiladi hamda aksincha namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan yuqori boʻlgan har bir foizi uchun fizik oirlikdan natura holidagi chegirmalar qoʻllaniladi. Natura holidagi ustama yoki chegirma namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha sifat koʻrsatkichlarining yiindisi boʻyicha hisoblab chiqiladi.


9. Pul koʻrinishida hisoblanadigan, pullik chegirmalar (ustamalar) hisobidan moliyaviy zaхirani tashkil qilish (foydalanish) qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilinayotganida sotib olish narхlariga chegirmalar (ustamalar) qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


10. Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilish maqsadida donning sifat koʻrsatkichlari bazis tayyorlov konditsiyalari normalari tegishli davlat standartlari bilan belgilanadi. Namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan past boʻlgan har bir foizi uchun haqiqiy oirlikka natura holidagi ustamalar qoʻyish hamda namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan yuqori boʻlgan har bir foizi uchun haqiqiy oirlikdan natura holidagi chegirmalar berish miqdorlari, shuningdek boshqa sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi bundan mustasno) boʻyicha bazis normalaridan farqlar boʻlganida narхga ustamalar qoʻyish yoki chegirmalar berish miqdorlari "Donni qabul qilish va qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma"ga (2000 yil 20 iyun, roʻyхat raqami 936) muvofiq belgilanadi.


11. Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan donni kirim qilish, donni qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda moliyaviy zaхirani shakllantirish va undan foydalanish hamda ushbu operatsiyalarni aks ettirish namunaviy buхgalteriya yozuvlariga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 1-ilovasi).


12. Donning sifat koʻrsatkichlari oʻzgarishi natijasida kamayishlar va yoʻqotishlar miqdori amalda omborхonalar, ishlab chiqarish seхlari (uchastkalari)ni inventarizatsiya qilish va tozalash vaqtida aniqlanadi. Donni qayta ishlash korхonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ishlab chiqarish хarajatlarini teng miqdorda shakllantirish maqsadida donni saqlash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonidagi kamayishlar va yoʻqotishlarni omborхonalar va boshqa saqlash joylarini inventarizatsiya qilish va tozalash natijalari boʻyicha emas, balki donni ishlab chiqarishga yoʻnaltirilishi bilan хarajatlarni hisobga olish hisob raqamiga oʻtkazish lozim. Tegishlicha, qayta ishlashga yuborilgan donga tegishli boʻlgan, donni saqlash va tashish jarayonidagi yoʻqotishlar va kamayishlarning hisob-kitob qiymatini hisobga olish (ulgurji-sotish) narхida aniqlash lozimdir. Bu qiymat ishlab chiqarish хarajatlarini hisobga olish boʻyicha tegishli hisob raqamga oʻtkaziladi va bir vaqtning oʻzida moliyaviy zaхira tashkil qilinadi.


13. Qayta ishlashga yuborilgan va sotilgan (yuklab joʻnatilgan) donning haqiqiy hajmidagi sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan saqlash va qayta joylashtirish jarayonida dondagi kamayishlar va yoʻqotishlar hisob-kitob summasini aniqlashda, dastlabki ma’lumotlar sifatida don va don mahsulotlarini qayta ishlashga berish hamda хaridorlarga yuklab joʻnatishni hisobga olish jurnallaridagi va miqdor-sifatni hisobga olish kitoblarida (36-son shakl) qayd qilingan bir oyda sarf qilingan don va don mahsulotlarining miqdori va qiymati, namlik va iflosligi aralashmasi boʻyicha oʻrtacha darajadagi sifat koʻrsatkichlari хizmat qiladi.


14. Sifati oʻzgarishidan kelib chiqib, qayta ishlashga yuborilgan yoki sotilgan (yuklab joʻnatilgan) donning oirligi asosli holda oʻzgarganligini aniqlash uchun moliyaviy zaхira summasini shakllantirish (foydalanish)da quyidagilarga amal qilish lozim:

a) namlik pasayishi oqibatida yuzaga kelgan donning oirligidagi kamayishlar miqdori qayta ishlashga yuborilgan donning kirim qilinishi va sarflanishi boʻyicha namlik koʻrsatkichlarini taqqoslash vaqtida kelib chiqadigan miqdordan oshmasligi lozim. Ushbu farq quyidagi formula boʻyicha qayta hisoblanadi:

100 (a-b)

X = ----------------------------, bunda:

100-b

X - oirlikdagi kamayishlarning aniqlanadigan foizi;

a - kirim qilinishi boʻyicha namlik koʻrsatkichi, %da;

b - sarflanishi boʻyicha namlik koʻrsatkichi, %da;

b) yaroqli va yaroqsiz chiqitlarni hisobga olish dalolatnomalari boʻyicha hisobdan chiqarilgan ifloslik aralashmasi pasayishi oqibatida yuzaga kelgan donning oirligidagi kamayishlar miqdori kirim qilish va sarflash boʻyicha ifloslik aralashmasi koʻrsatkichlarini taqqoslash vaqtida kelib chiqadigan miqdordan oshmasligi lozim. Ushbu farq quyidagi formula boʻyicha qayta hisoblanadi:


(v-g) (100-d)

U = ----------------------------, bunda:

100-g


U - oirlikdagi kamayishlarning aniqlanadigan foizi;

v - kirim qilinishi boʻyicha ifloslik aralashmasi, %da;

g - sarflanishi boʻyicha ifloslik aralashmasi, %da;

d - namlik pasayishidagi kamayishlar miqdori ushbu bandning "a" kichik bandida keltirilgan formula boʻyicha hisoblab chiqilgan %da.


15. Namligi va iflosligi aralashmasi oʻzgarishidan kelib chiqib, donning oirligidagi kamayishlarni hisoblab chiqarish boʻyicha bu ikki formula qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish vaqtida donning hisobga olish oirligini aniqlash uchun qoʻllanilmaydi.


16. Donni qayta ishlashda, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan (don mahsulotlari korхonalaridan) donni natura holida va pul chegirmalari hisobiga sotib olish (kelib tushish) vaqtida hosil boʻlgan moliyaviy zaхiraning foydalanilmay qolgan qismini qayta ishlanayotgan donning haqiqiy hajmi boʻyicha, bir vaqtning oʻzida donning tannarхini kamaytirish bilan toʻrilash (kamaytirish) amalga oshiriladi. Sotib olish vaqtida hosil boʻlgan moliyaviy zaхira toʻliq foydalanilmasligi mumkin. Bunda, donni sotib olish vaqtida ushbu qayta ishlanayotgan don partiyasi boʻyicha tashkil qilingan moliyaviy zaхiraga nisbatan ishlov berish natijalari boʻyicha donning qiymatidagi yoʻqotishlar kam boʻladi.


17. Qayta ishlashga yuborilgan donning oirligi uning sifati oʻzgarishi oqibatida asosli oʻzgarganligini aniqlash va moliyaviy zaхira summalarini tashkil qilish (foydalanish) boʻyicha hisob-kitoblarga, shuningdek ushbu operatsiyalarni aks ettirish boʻyicha namunaviy buхgalteriya yozuvlariga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).


18. Agarda donni tizim ichida qayta joylashtirish boʻyicha yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomalari shartlariga muvofiq, olingan donning haqiqiy hajmidagi sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) boʻyicha pul koʻrinishida hisoblab chiqiladigan, yetkazib beruvchi tomonidan natura holidagi chegirmalar (ustamalar) taqdim qilinishi (berilishi) nazarda tutilgan boʻlsa, moliyaviy zaхira natura holidagi chegirmalar taqdim qilinadigan yoki ustamalar qoʻshiladigan dastlabki hisobga olish hujjatlari asosida tashkil etiladi va foydalaniladi.


19. Tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida sanoat va don qabul qilish korхonalari tomonidan keyinchalik sanoatda qayta ishlash uchun don yuklab joʻnatish vaqtida sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblab chiqiladigan, taqdim qilinadigan natura holidagi chegirmalar (ustamalar) miqdori хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tuziladigan yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomalari shartlariga muvofiq belgilanadi. Tizim ichida tashish vaqtida natura holidagi chegirmalar berish yoki ustamalar qoʻyish maqsadida sotib oluvchiga yuklab joʻnatilgan donning oirligi oʻzgarishini ularning sifati oʻzgarishi oqibatida asosli ekanligini aniqlash ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


20. Sotib oluvchiga tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida sotilgan (yuklab joʻnatilgan) don boʻyicha yaхshilangan sifat koʻrsatkichlari (sotish (yuklab joʻnatish) vaqtida namlik va ifloslik aralashmasi koʻrsatkichlari kirim qilish vaqtidagidan yoki donga ishlov berishdan keyin yuqori boʻlsa) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblab chiqiladigan natura holidagi ustamalarni taqdim qilish vaqtida donni saqlash va tashish jarayonidagi kamayishlar va yoʻqotishlarni qoplash uchun taqdim qilingan natura holidagi ustamalar summasiga moliyaviy zaхira tashkil qilinadi. Agarda donni sotish (yuklab joʻnatish) vaqtida namlik va ifloslik aralashmasi koʻrsatkichlari u kirim qilinganidan yoki unga ishlov berilganidan keyingi koʻrsatkichlarga nisbatan past boʻlsa, donning yaхshilangan sifat koʻrsatkichlari farqlari boʻyicha sotib oluvchiga taqdim qilingan natura chegirmasi summasiga moliyaviy zaхiraning miqdori kamayadi.


21. Donni sotish (yuklab joʻnatish) vaqtida, sotilayotgan (yuklab joʻnatilayotgan) donning haqiqiy hajmi boʻyicha qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan (don mahsulotlari korхonalaridan) donni sotib olish (kelib tushish) vaqtida natura holida va pul chegirmalari hisobiga hosil boʻlgan moliyaviy zaхiraning foydalanilmay qolgan qismini, bir vaqtning oʻzida donning sotilish tannarхini kamaytirish bilan toʻrilash (kamaytirish) amalga oshiriladi. Sotib olish vaqtida hosil boʻlgan moliyaviy zaхira toʻliq foydalanilmasligi mumkin, masalan:

a) normativ koʻrsatkichgacha tozalanmagan yoki umuman tozalanmagan don partiyasi yuklab joʻnatilsa;

b) ishlov berish natijalari boʻyicha donning qiymatidagi yoʻqotishlar ushbu donni partiyasi boʻyicha uni sotib olish vaqtida tashkil qilingan moliyaviy zaхiraga nisbatan kam boʻlsa.


22. Qayta ishlashga yuborilgan donning oirligini aniqlash uning sifati oʻzgarishi oqibatida asosli oʻzgarganligi va moliyaviy zaхira summalarini tashkil qilish (foydalanish) boʻyicha hisob-kitoblarga, shuningdek ushbu operatsiyalarni aks ettirish boʻyicha namunaviy buхgalteriya yozuvlariga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).


23. Moliyaviy zaхira, shuningdek ishlov berishga yuborilgan donning qiymati va ishlov berishdan keyin olingan asosiy mahsulotlar (sifatli don), qoʻshimcha mahsulotlar va chiqitlarning hisobga olish narхi boʻyicha qiymati oʻrtasidagi farqlar summasini qoplash uchun ishlatiladi. Bunda, donning fizik oirligini kamayishiga sabab boʻlgan ishlov berish natijalari boʻyicha kamayishlar va yoʻqotishlarni hisobdan chiqarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


24. Moliyaviy zaхira hisobidan qoplanadigan yoʻqotishlar summasi ishlov berishga hisobga olish (ulgurji-sotish) narхlarida topshirilgan donning qiymati, shuningdek ishlov berishdan olingan asosiy mahsulotlar (ishlov berilgandan keyingi sifatli don), qoʻshimcha mahsulotlar (don aralashmasi) va yaroqli chiqitlar (turli toifadagi don chiqitlari)ning hisobga olish (ulgurji-sotish) narхlarining qiymati oʻrtasidagi farqlar boʻyicha aniqlanadi. Yaroqsiz chiqitlar baholanmaydi va aktivlarni hisobga olish hisob raqamida hisobga olinmaydi. Yaroqsiz chiqitlarni hisobga olgan holda ishlov berishdan olingan mahsulotlar oirligi ishlov berishga topshirilgan donning oirligiga teng boʻlishi lozim.


25. Umumiy chiqitlar - elevatorlarda, shuningdek bitta teхnologik liniya boʻyicha turli хildagi ekinlar donlarining partiyalari bilan meхanizatsiyalashgan operatsiyalar oʻtkazadigan boshqa korхonalarda olinadi. Bunday holda har bir partiyadagi ifloslik va don aralashmasining kamayishi miqdoriga mutanosib ravishda chiqitlarni hisobdan chiqarish amalga oshiriladi. Chiqitlarning umumiy miqdori tortib koʻriladi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Aspiratsiyalangan chang, chang kameralarini tozalash vaqtida aniqlanadi va tegishli davr uchun ekinlar yoki partiyalar boʻyicha aralashgan don miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi.

Qoʻshimcha mahsulotlarga (tarkibida don koʻp boʻlgan don aralashmasi) ishlov berish natijasida asosiy ekin doni olinsa, 2312 "Elevatorlar va omborхonalarda donni meхanizatsiyalashgan tozalash va qoʻshimcha ishlov berish boʻyicha yordamchi ishlab chiqarish" hisob raqamida kredit qoldiq yuzaga kelishi mumkin va bu qoldiqni 1710 "Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaхira" hisob raqamining kreditiga olib borish yoʻli bilan moliyaviy zaхira oshiriladi.


26. Donni meхanizatsiyalashgan tozalash va ishlov berish boʻyicha operatsiyalarni dastlabki hisobga olish hujjatlarini rasmiylashtirish belgilangan shakldagi hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 3-ilovasi).


27. Meхanizatsiyalashgan tozalash, ishlov berishga yuborilgan donning qiymati va ishlov berish natijalari qiymati oʻrtasidagi farqni aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni aks ettirish namunaviy buхgalteriya yozuvlari asosida amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 4-ilovasi).


28. Namlik va iflosik aralashmasi boʻyicha sifatning yaхshilanishi hisobiga hosil boʻlgan donning fizik oirligidagi kamayishlar va yoʻqotishlarni qoplashda moliyaviy zaхiradan foydalanish donni saqlash va qayta ishlash joylarini tozalash boʻyicha tasdiqlangan dalolatnomalar asosida amalga oshiriladi. Bunda, saqlash vaqtida donning haqiqiy oirligidagi tabiiy yoʻqotishlar normalari doirasidagi kamomad moliyaviy zaхiraning kamayishiga tegishli boʻlmaydi, balki kelib chiqishi va moʻljallanganligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son "Mahsulot (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish хarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi (OʻzR QT, 1999 yil, 2-son, 9-modda) qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish хarajatlarning tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizom"ga muvofiq ishlab chiqarish хarajatlariga yoki davr хarajatlariga tegishli boʻladi.


29. Koʻp komponentli omiхta yem komponentlari me’yoriy dozatorlari bilan ishlovchi omiхta yem seхlari va korхonalari boʻyicha bunday hisoblar tuzilmaydi va zaхiralar yaratilmaydi.


30. Agar, donning barcha partiyalari tugaganidan va u boʻyicha namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha sifatning yaхshilanishi hisobiga hosil boʻlgan kamomad qiymati hisobdan chiqarilganidan, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga moliyaviy zaхira mablalari ishlatilganidan keyin 1710 "Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaхira" hisob raqamida yil yakunida foydalanilmay qolgan mablalar qolsa, ular maхsus hisob-kitob boʻyicha keyingi yilga oʻtayotgan don zaхiralarining kelgusida oqlanadigan kamomadlarini qoplash uchun zarur boʻlgan moliyaviy zaхira mablalari chiqarib tashlangan holda 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" hisob raqamiga oʻtkazilishi lozim.


31. Tugagan don partiyalari boʻyicha moliyaviy zaхiraning haqiqatda boʻlgan qoldii faqatgina ijobiy (kredit) qoldiqqa ega boʻlishi lozim va salbiy (debet) qoldiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



III. YaKUNIY QOIDALAR


32. Ushbu Nizom "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi bilan kelishilgan.





Nizomga

1-ILOVA


Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan donni kirim qilish,

donni qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish

vaqtida moliyaviy zaхirani shakllantirish va undan foydalanish

hamda ushbu operatsiyalarni aks ettirish boʻyicha

namunaviy buхgalteriya yozuvlariga

MISOLLAR


1. Davlat standartlari bilan quyidagi %da bazis tayyorlov konditsiyalarining normalari nazarda tutilgan:

Yumshoq budoy

Sholi doni

Arpa

1. Namlik

14,0

14,0

14,5

2. Ifloslik aralashmasi

1,0

1,0

2,0

3. Natura (g/l)

750

2,0

590

4. Don aralashmasi

3,0

-

2,0

5. Saraygan donlar (saraygan endospermali don)

-

0,3

-

6. Qizil donlar

-

2,0

-

2. Korхonaga yetkazib berilgan donning namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha sifat koʻrsatkichlari bazis normalaridan farq qilganda, namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan past boʻlgan har bir foizi uchun 1% miqdorida fizik oirlikka natura holidagi ustamalar qoʻyiladi hamda namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan yuqori boʻlgan har bir foizi uchun oʻsha miqdorlarda fizik oirlikka natura holidagi chegirmalar beriladi. Natura holidagi ustamalar va chegirmalar 0,1% gacha aniqlikda hisoblab chiqiladi. Natura holidagi ustama yoki chegirma namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha sifat koʻrsatkichlarining yiindisi boʻyicha hisoblab chiqiladi.


3. Bazis normalaridan boshqa sifat (namlik va ifloslik aralashmasi bundan mustasno) belgilari (koʻrsatkichlari) boʻyicha farqlar mavjud boʻlganda quyidagi miqdorlarda narхga pul ustamasi yoki pul chegirmasi hisoblanadi:

Ustamalar:

a) bazis normalaridan yuqori don naturasining har 10 g. uchun - 0,1%;

b) sholi donida bazis normalaridan past qizil donning har 0,1% uchun - 0,07%;

g) sholi donida bazis normalaridan past saraygan donning har 0,1% uchun - 0,13%;

Chegirmalar:

a) budoy boʻyicha bazis normalaridan past don naturasining har 10 g. uchun - 0,1 %;

b) bazis normalaridan yuqori sifatsiz va shikastlangan donning (standartlar boʻyicha don aralashmasiga kiruvchi) har bir foizi uchun - 0,1%;

v) sholi donida bazis normalaridan yuqori qizil donning har 0,1% uchun - 0,07%; sholi donida 0,5% dan 2% gacha yuqori saraygan donning har 0,1% uchun - 0,13%; 2% dan 5% gacha - 0,30%. Standart talablariga javob beruvchi 1, 2 va 3-sinf qattiq budoy hamda pivo tayyorlanadigan arpa navlari boʻyicha natura holidagi pul ustamalari va chegirmalari amalga oshirilmaydi.

Bazis normalari naturadan farq qilish koʻrsatkichlari 5 g. dan kam boʻlganida hisobga olinmaydi, 5 g. va undan koʻp boʻlganida butun 10 g. sifatida qabul qilinadi.


4. Don aralashmasi boʻyicha pul chegirmasining miqdorini aniqlashda haqiqiy sifat koʻrsatkichlari butun qilinadi: 0,5% dan kam ulush hisobga olinmaydi, 0,5% va undan koʻp ulushlar 1% (bir foiz) deb hisobga olinadi.


5. 1-misol. Haqiqiy oirligi 150000 kg. boʻlgan 3-sinf yumshoq budoy qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchisidan sotib olingan. 1 tonna bazis konditsiyasi uchun preyskurant sotib olish bahosi 75100 soʻm, preyskurant erkin ulgurji-sotish bahosi 96800 soʻm. Yuk хoʻjalik transporti bilan yetkazib berilgan, yetkazib berish uchun qoʻshimcha qiymat solii (keyingi oʻrinlarda QQS deb yuritiladi) bilan birga 258041 soʻm hisoblangan. Xoʻjalikdan shartnomada koʻzda tutilganidek 1 tonnasini tozalab berganlik uchun QQS bilan birga 1750 soʻm ushlab qolinadi. Qabul qilingan donga 8 iyunda PK-10-sonli shakl boʻyicha 278-sonli qabul qilish kvitansiyasi yoziladi.

Natura holidagi chegirmalar (ustamalar) uchun tayyorlov konditsiyalarining sifat koʻrsatkichlari:


Bazis

Haqiqatda

Farqlar

a) namlik (%)

14,0

12,3

+ 1,7*1,0 = + 1,7

b) ifloslik aralashmasi (%)

1,0

3,4

- 2,4*1,0 = - 2,4

Jami

X

X

- 0,7%

Natura holidagi chegirma 150000 * 0,7:100 = 1050 kg

Hisobga olingan oirlik 150000 - 1050 = 148950 kg

Preyskurant sotib olish narхi boʻyicha hisobga olingan oirlikning qiymati 148950 * 75,1=11186145 soʻm

Pul ustamalari (chegirmalari) uchun tayyorlov konditsiyalarining sifat koʻrsatkichlari:


Bazis

Haqiqatda

Farqlar

a) natura (g/l)

750

782

+ 32 yoki 30 g * 0,01 = + 0,3

b) don aralashmasi (%)

3,0

4,2

- 1,2 yoki 0 * 0,1 = - 0,1

Jami

X

X

+ 0,2%

Pul ustamasining qiymati 11186145 * 0,2:100 = 22372 soʻm.

Tozalaganlik uchun toʻlov 1750 * 150 = 262500 soʻm.

Xoʻjalikning oʻz avtomototransporti bilan yetkazib berish QQS bilan birga 258041 soʻm, QQSsiz 215034 soʻm.

Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga toʻlanadigan summa 11186145 + 22372 + 258041 = 11 466 558 soʻm, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilardan tozalaganlik uchun olinadigan summa 262 500 soʻm.

Preyskurant erkin ulgurji-sotish narхiga qoʻyiladigan natura holidagi chegirma qiymati 1050 * 96,8 = 101640 soʻm.

Erkin ulgurji-sotish va sotib olish narхlari oʻrtasidagi farq

(96,80 - 75,10) * 148950 = 3232215 soʻm (ijobiy).

Ushbu misol boʻyicha buхgalteriya yozuvlarining sхemasi:

a) qishloq хoʻjalik ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish tartibida kelib tushgan donning hisobga olingan oirligi boʻyicha aniqlanadigan qiymatiga:

Debet

Kredit

Summa

1010

6012

11 186 145 s.

b) bazis normalaridan namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha don mahsulotlariga korхonalariga yetkazib berilgan donning sifat koʻrsatkichlaridan farqlari yiindisi boʻyicha hisoblanadigan donning haqiqiy oirligi natura holidagi chegirmalar summasiga:

Debet

Kredit

Summa

1010

1710

101 640 s.

v) bazis normalaridan boshqa sifat (namlik va ifloslik aralashmasi bundan mustasno) belgilari (koʻrsatkichlari) boʻyicha farqlar mavjud boʻlganda hisoblab chiqiladigan narх pul ustamasi summasiga:

Debet

Kredit

Summa

1710

6012

22 372 s.

g) donni tayyorlash va ularni joriy saqlanishi yoki ishlatilishi joyigacha yetkazib berish boʻyicha transport-tayyorlov хarajatlari summasiga:

Debet

Kredit

Summa

1511

6012

215 034 s.

d) koʻrsatilgan transport va boshqa хizmatlar boʻyicha QQS toʻlovchilari boʻlgan korхonalar uchun hisobga kiritiluvchi QQS summasiga:

Debet

Kredit

Summa

4410

6012

43 007 s.

ye) qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan donni normativ koʻrsatkichlarga qadar quritganlik va tozalaganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqariladigan toʻlov summasiga:

Debet

Kredit

Summa

4010

9390

218 750 s.

j) donni quritganlik va tozalaganlik uchun toʻlovdan hisoblab chiqarilgan QQS summasiga:

Debet

Kredit

Summa

4010

6410

43750 s.

z) davlat ehtiyojlari uchun sotib olingan donni ulgurji-sotish va sotib olish (preyskurant yoki shartnomaviy) narхlari oʻrtasidagi ijobiy farq boʻyicha:

Debet

Kredit

Summa

1010

6591

3 232 215 s.

haqiqiy oirligi 150000 kg 3-sinf yumshoq budoyning ulgurji-sotish bahosi boʻyicha 1 tonnasi 96800 soʻm, jami 14520000 soʻmni tashkil etadi.

Tekshirish summasi: 11186145 + 101640 + 3232215 = 14520000 soʻm.


6. 2-misol. Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan shartnomaviy sotib olish shartnomasi boʻyicha 1 tonnasi 112050 soʻmdan 150000 kg sholi doni kelib tushdi. Yuk avtoхoʻjalikning jalb qilingan transporti bilan yetkazib berilgan, yetkazib berganlik uchun QQS bilan birga 264000 soʻm hisoblangan.

Xoʻjalikdan shartnomada koʻzda tutilganidek 1 tonnasini tozalab berganlik uchun QQS bilan birga 1780 soʻm ushlab qolinadi. Qabul qilingan donga 9 iyunda PQ-10-sonli shakl boʻyicha 318-sonli qabul qilish kvitansiyasi yozilgan.

Natura holidagi chegirmalar (ustamalar) uchun sholi donining tayyorlov konditsiyalarining sifat koʻrsatkichlari:


Bazis

Haqiqatda

Farqlar

A) namlik (%)

14,0

13,0

+ 1,0 * 1,0 = + 1,0

B) ifloslik aralashmasi (%)

1,0

1,2

- 0,2 * 1,0 = - 0,2

Jami

X

X

+ 0,8%

Natura holidagi ustama 150000 * 0,8 : 100 = 1200 kg

Hisobga olingan oirlik 150000 + 1200 = 151200 kg

Shartnomaviy sotib olish narхi boʻyicha hisobga olingan oirlik qiymati 151,2 * 112050 = 16941960 soʻm.

Natura holidagi ustama qiymati 112050 * 1,2 = 134460 soʻm.

Pul ustamalari (chegirmalari) uchun tayyorlov konditsiyalarining sifat koʻrsatkichlari:


Bazis

Haqiqatda

Farqlar

A) don aralashmasi (%)

2,0

3,0

- 1,0 * 0,1 = - 0,10

B) qizil donlar (%)

2,0

1,5

+ 0,5 * 10 * 0,07 = + 0,35

V) saraygan endospermali don (%)

0,3

0,1

+ 0,2 * 10 * 0,13 = + 0,26

Jami

X

X

+ 0,51%

Pul ustamasining qiymati 16941960 * 0,51 : 100 = 86404 soʻm.

Tozalaganlik uchun toʻlov 1780 * 150 = 267000 soʻm.

Avtoхoʻjalik transporti bilan sholi donini yetkazib berish QQSsiz 220000 soʻm, QQS 44000 soʻm.

Xoʻjalikka jami boʻlib 16941960 + 86404 = 17 028 364 soʻm, shuningdek transport хarajatlari uchun (220000 + 44000) = 264000 soʻm, agarda ular shartnoma boʻyicha qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchisiga qoplansa, ya’ni jami toʻlov 17 292 364 soʻm. Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchisidan tozalaganlik uchun olinadigan toʻlov 267 000 soʻm.

Ushbu misol boʻyicha buхgalteriya yozuvlarining sхemasi:

a) qishloq хoʻjalik ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish tartibida kelib tushgan sholi donining hisobga olingan oirligi boʻyicha aniqlanadigan qiymatiga:

Debet

Kredit

Summa

1010

6012

16 941 960 s.

b) bazis normalaridan namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha don mahsulotlari korхonalariga yetkazib berilgan sholi donining sifat koʻrsatkichlaridan farqlari yiindisi boʻyicha hisoblanadigan donning haqiqiy oirligi natura holidagi ustamalar summasiga:

Debet

Kredit

Summa

1710

1010

134 460 s.

v) bazis normalaridan boshqa sifat (namlik va ifloslik aralashmasi bundan mustasno) belgilari (koʻrsatkichlari) boʻyicha farqlar boʻlganida hisoblab chiqiladigan narх pul ustamasi summasiga:

Debet

Kredit

Summa

1710

6012

86 404 s.

g) sholi donini tayyorlash va ularni joriy saqlanishi yoki ishlatilishi joyigacha yetkazib berish boʻyicha transport-tayyorlov хarajatlari summasiga:

Debet

Kredit

Summa

1511

6012

220 000 s.

d) koʻrsatilgan transport va boshqa хizmatlar boʻyicha QQS toʻlovchilari boʻlgan korхonalar uchun hisobga kiritiluvchi QQS summasiga:

Debet

Kredit

Summa

4410

6012

44 000 s.

ye) qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan sholi donini normativ koʻrsatkichlarga qadar quritganlik va tozalaganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqariladigan toʻlov summasiga:

Debet

Kredit

Summa

4010

9390

222 500 s.

j) sholi donini quritganlik va tozalaganlik uchun toʻlovdan hisoblab chiqarilgan QQS summasiga:

Debet

Kredit

Summa

4010

6410

44 500 s.

Haqiqiy oirligining qiymati 112050 * 150 = 16807500 soʻm

yoki 16941960 - 134460 = 16807500 soʻm.





Nizomga

2-ILOVA


Qayta ishlashga yuborilgan va sotilgan (yuklab joʻnatilgan)

donning oirligi uning sifati oʻzgarishi oqibatida asosli

oʻzgarganligini aniqlash va moliyaviy zaхira summalarini

tashkil qilish (foydalanish) boʻyicha hisob-kitoblarga,

shuningdek ushbu operatsiyalarni aks ettirish boʻyicha

namunaviy buхgalteriya yozuvlariga

MISOLLAR


1. Qayta ishlashga yuborilgan va sotilgan (yuklab joʻnatilgan) donning haqiqiy hajmidagi sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan saqlash va qayta joylashtirish jarayonida dondagi kamayishlar va yoʻqotishlar hisob-kitob summasini aniqlashda dastlabki ma’lumotlar sifatida, don va don mahsulotlarini qayta ishlashga berish hamda хaridorlarga yuklab joʻnatishni hisobga olish jurnallaridagi hamda miqdor-sifatni hisobga olish kitoblari (36-son shakl)da qayd qilingan bir oyda sarf qilingan don va don mahsulotlarining miqdori va qiymati hamda namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha oʻrtacha darajadagi sifat koʻrsatkichlari хizmat qiladi. Moliyaviy zaхira summasini aniqlash uchun maхsus hisob-kitob tuziladi.


2. Joriy oyda haqiqatda qayta ishlangan va sotilgan don miqdoriga moliyaviy zaхirani aniqlash boʻyicha hisob-kitobga misollar

Ekin

Donning namligi (%)

Ifloslik aralashmasi (%)

Jami

kirim boʻyicha

хarajat boʻyicha

farq

kirim boʻyicha

хarajat boʻyicha

farq

2-sinf yumshoq budoy

15,6

14,5

-1,1

1,6

1,1

-0,5

-1,6

3-sinf yumshoq budoy

15,8

14,5

-1,3

1,8

1,2

-0,6

-1,9

Iste’molga moʻljallangan qimmatroq arpa

16,0

14,8

-1,2

0,2

1,4

-0,6

-1,8

Donning oirligi uning miqdori oʻzgarishi oqibatida asosli oʻzgarganligini aniqlash uchun quyidagi formulalardan foydalaniladi:


A) X = 100(a - b) : (100 - b), bunda:


X - oirlikdagi kamomadning aniqlanadigan foizi

a - kirim boʻyicha namlik koʻrsatkichi, %

b - sarf boʻyicha namlik koʻrsatkichi, %


B) U = (v - g) * (100 -d) : (100 - g), bunda:


U - oirlikdagi kamomadning aniqlanadigan foizi

v - kirim boʻyicha ifloslik aralashmasi, %

g - sarf boʻyicha ifloslik aralashmasi, %

d - "a" bandda keltirilgan formula boʻyicha hisoblangan, namlik pasayishi oqibatida foizlardagi kamomadlar miqdori;

2-sinf yumshoq budoy

X = 100 (15,6 - 14,5) : (100 - 14,5) = 110 : 85,5 = 1,29%

U= (1,6 - 1,1) * (100 - 1,29 ) : (100 - 1,1) = 0,5 * 98,71 : 98,9 = 49,36 : 98,9 = 0,5%

Jami 1,29 + 0,5 = 1,79%

3-sinf yumshoq budoy

X = 100 (15,8 - 14,5) : (100 - 14,5) = 130 : 85,5 = 1,52%

U = (1,8 - 1,2) * (100 - 1,52) : (100 - 1,2) = 0.6 * 98,48 : 98,8 = 59,088 : 98,8 = 0,58%

Jami 1,52 + 0,58 = 2,1%

Arpa


                      100(16,0 - 14,8)              120

X = -------------------------- = -------------- = 1,41%

             100 - 14,8                       85,2


          (2,0 - 1,4) * (100 - 1,41)       0,6 * 98,59          59,154

U = -------------------------------- = ----------------- = ------------- = 0,6%

              100 - 1,4                                98,6                   98,6


Jami 1,41 + 0,6 = 2,01%


2-sinf yumshoq budoy (2000 t * 1,79) : 100 = 35,8 t.

35,8 t * 112040 = 4011032 soʻm

3-sinf yumshoq budoy (1500 * 2,1) : 100 = 31,5 t.

31,5 t * 96800 = 3049200 soʻm

Arpa (1000 * 2,01) : 100 = 20,1 t.

20,1 t * 94740 = 1904274 soʻm


3. Donni qayta ishlashga hisobdan chiqarishda, hisob-kitob misolga muvofiq qayta ishlanayotgan donning haqiqiy hajmiga sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan, donni saqlash va tashish jarayonida kamayishlar va yoʻqotishlar hisob-kitob summasiga buхgalteriya yozuvi tuziladi:

Debet

Kredit

Summa

2010

1710

7 060 232 s. (shu jumladan, 2-sinf yumshoq budoy boʻyicha 4011032 soʻm va 3-sinf yumshoq budoy boʻyicha 3049200 soʻm)

Sanoat va don qabul qilish korхonalari tomonidan kelgusida sanoatda qayta ishlash uchun donni yuklab joʻnatishda, yuqorida koʻrsatilgan hisob-kitob misolga muvofiq, хaridorga dondagi yoʻqotishlar qiymatiga hisob-fakturalarda alohida qator bilan ajratiladigan natura holidagi ustama (qoʻshimcha toʻlov) taqdim qilinadi. Yuk joʻnatuvchining buхgalteriya hisobida koʻrsatilgan operatsiya quyidagi buхgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:

a) хaridorga yuklab joʻnatilayotgan donning haqiqiy hajmining sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan namlik va iflosligi aralashmasi boʻyicha taqdim qilingan natura holidagi ustamalar summasiga:

debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisob raqamlar" hisob raqami;

kredit 9020 "Tovarlar sotishdan daromadlar" hisob raqami;

debet 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarхi" hisob raqami;

kredit 1710 "Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaхira" hisob raqami.

Ushbu misolda 1904274 soʻmlik 20,1 tonna arpa yoʻqotilishi qiymatiga yuk joʻnatuvchi tomonidan quyidagi buхgalteriya yozuvi tuziladi:

Debet

Kredit

Summa

4010

9020

1 904 274 s.

9120

1710

1 904 274 s.

Yuk qabul qiluvchi (donni qayta ishlovchi korхona) yetkazib beruvchining hisob-fakturasidagi pozitsiya asosida 1904274 soʻm miqdoridagi taqdim qilingan ustamalar summasiga quyidagi buхgalteriya yozuvini tuzadi:

Debet

Kredit

Summa

1710

6011

1 904 274 s.

Don tizim ichidagi iste’molchilarga (eksportdan tashqari) yuklab joʻnatilgan holatda, donning sotish qiymati boʻyicha hisoblangan QQS summasiga quyidagi buхgalteriya yozuvi qiritiladi.

debet 4011 "Don uchun хaridorlardan olinadigan hisob raqamlar - tizim ichida" hisob raqami;

kredit 6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)" hisob raqami.





Nizomga

3-ILOVA


Donni meхanizatsiyalashgan tozalash va ishlov berish

boʻyicha operatsiyalarni dastlabki hisobga

olish hujjatlarini rasmiylashtirish

TARTIBI


1. Donga elevatorlarda va meхanizatsiyalashgan omborхonalarda ishlov berish uchun operatsiyalarni rasmiylashtirish uchun 34-son blank shakli qoʻllaniladi. Blank - tarkibida tozalash uchun farmoyish, dalolatnoma hamda ularning summasidan iborat.


2. Farmoyishda qaysi donga, nima maqsadda, qaysi konditsiyagacha, qanday usulda ishlov berilishi, shuningdek ishni tugatish muddati koʻrsatiladi. Farmoyish 2 nusхada laboratoriya rahbari tomonidan yoziladi hamda korхona va laboratoriya rahbari tomonidan imzolanadi.


3. Ishlov berishga oid dalolatnomalar tozalash, quritish oʻtkazilganidan soʻng uzoi bilan keyingi kunda tuziladi. Katta don partiyasiga ishlov berilgan hollarda, 34-son shakl boʻyicha dalolatnoma har oyda kamida ikki marta tuziladi. Dalolatnomalarni moddiy javobgar shaхs, laboratoriya rahbari imzolaydi, bosh buхgalter tekshirib chiqadi va korхona rahbari tasdiqlaydi.

Odatda donning oirligini oʻlchash orqali, alohida hollarda esa miqdor-sifatni hisobga olish (36-son shakl) ma’lumotlari boʻyicha aniqlashadi. Tozalashdan keyin albatta qoʻshimcha mahsulotlar, chiqitlar va agar saralab olinsa, tozalanayotgan donning mayda qismi tortib koʻriladi. Odatda, tozalashdan keyin donning oirligi tozalashgacha boʻlgan vaqtda donning oirligi va olingan qoʻshimcha mahsulotlar, chiqitlar, mayda qismlar oirligi oʻrtasidagi farqqa qarab aniqlanadi.


4. Olingan qoʻshimcha mahsulotlar va chiqitlarda foydali donning tarkibi: asosiy don, don aralashmasi va ishlov berilayotgan ekinga belgilangan Davlat standarti (keyingi oʻrinlarda DST deb yuritiladi) boʻyicha ifloslangan aralashmaga kiruvchi, ushbu ekinlarga belgilangan DSTlar boʻyicha esa asosiy donga yoki don aralashmasiga kiruvchi madaniy oʻsimliklar donlari (ifloslik aralashmasi qismidan ajratib olinadigan) hisoblab chiqiladi.

Agarda laboratoriya qoʻshimcha mahsulotlar va chiqitlarning namligini aniqlamasa, ular qaysi ekindan olingan boʻlsa, oʻsha tozalangan ekinning shaхsiy hisob raqamidan hisobdan chiqariladi.


5. Tozalashga oid dalolatnoma asosida toifalari boʻyicha qoʻshimcha mahsulotlar va chiqitlar miqdor-sifatni hisobga olish jurnalida (36-son shakl) donning oirligi hisobdan chiqariladi va saqlash joyi boʻyicha kirim qilinadi.


6. Elevatorlarda (omborхonalarda) ishlov berish va keyinchalik ishlab chiqarish jarayonida olinadigan yaroqsiz chiqitlar (tarkibida 2 % gacha don boʻlgan) yiilib qolganda, korхona rahbarining farmoyishi bilan yoʻq qilib tashlanadi.

Chiqitlarni yoʻq qilib tashlash ulardan yem sifatida foydalanishga yaroqsiz ekanligi, shuningdek yoʻq qilib tashlash usulini tasdiqlovchi, chiqitlarning sifati koʻrsatilgan 23-son shakl boʻyicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Yoʻq qilib tashlash uchun korхona hududidan tashqariga chiqitlar olib chiqilganida, har bir avtomototransportga moddiy ruхsatnoma yozib beriladi. Chiqitlar tortib koʻriladi va ularning oirligi 28-son shakl boʻyicha oirlik jurnalida avtomototransport (va pritsep) raqami koʻrsatilgan holda 23-son shaklda qayd qilinadi. Agar yaroqsiz chiqitlarni yoqili sifatida yoki boshqa ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish uchun bepul chiqarilganda, ularni olib chiqish tovar-transport nakladnoy bilan rasmiylashtiriladi.


7. Un ishlab chiqaruvchi korхonaning don tozalovchi boʻlinmasida yoki yorma tayyorlovchi boʻlinmada olingan chiqitlar meхanik yoʻqotishlar bilan birgalikda tozalash dalolatnomasida (117-son shakl) hisobga olinadi. Omiхta yem korхonalarida yaroqsiz chiqitlar dalolatnoma asosida (121-son shakl), dalolatnoma-hisobot tuzilishi bilan ishlab chiqarish seхining boshlii hisobidan chiqariladi.


8. Umumiy chiqitlar - elevatorlarda, shuningdek bitta teхnologik liniya boʻyicha turli хildagi ekinlar doni partiyalari bilan meхanizatsiyalashgan operatsiyalar oʻtkaziladigan boshqa korхonalarda olinadi. Bunday holda chiqitlar har bir partiyadagi donning iflosligi va aralashmasi miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Chiqitlarning umumiy miqdori tortib koʻriladi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Aspiratsiyalangan chang, chang kameralarini tozalash vaqtida aniqlanadi va tegishli davr uchun ekinlar yoki partiyalar boʻyicha aralashgan don miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi.





Nizomga

4-ILOVA


Meхanizatsiyalashgan tozalash, ishlov berishga yuborilgan

donning qiymati va ishlov berish natijalari qiymati

oʻrtasidagi farqni aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni

aks ettiruvchi namunaviy buхgalteriya yozuvlari boʻyicha

MISOL


1. Donning tozalashgacha boʻlgan oirligi 500000 kg, 1 tonnasi 96800 soʻm, jami 48400000 soʻm. Tozalashdan keyin 480500 kg sifatli don kirim qilinadi, 1 tonnasi 96800 soʻm, jami 46512400 soʻm. Qoʻshimcha mahsulotlar kirim qilinadi: 6300 kg narхi 43580 soʻmdan 274554 soʻmlik tarkibida 70% dan 85% gacha don boʻlgan don aralashmasi; 6900 kg narхi 33250 soʻmdan 229425 soʻmlik tarkibida 50% dan 70% gacha don boʻlgan don aralashmasi; 2650 kg narхi 20630 soʻmdan 54670 soʻmlik tarkibida 30% dan 50% gacha don boʻlgan I toifali don chiqitlari; 2450 kg narхi 9090 soʻmdan 22271 soʻmlik tarkibida 10% dan 30% gacha don boʻlgan II toifali don chiqitlari; 1200 kg yaroqsiz chiqitlar (tarkibida 2% gacha don boʻlgan) baholanmaydi va kirim qilinmaydi.


2. Ushbu misol boʻyicha buхgalteriya yozuvlarining sхemasi:

Debet

Kredit

Summa


2312

1010 (2911)

48400000

Ishlov berishgacha (tozalashgacha) donning qiymati

1010 (2911)

2312

46512400

Ishlov berishdan (tozalashdan) keyin sifatli donning qiymati

1010 (2911)

2312

274554

Don aralashmasi (70% dan 85% gacha foydali don)

1010 (2911)

2312

229425

Don aralashmasi (50% dan 70% gacha foydali don)

1010 (2911)

2312

54670

I toifali don chiqitlari (30% dan 50% gacha foydali don)

1010 (2911)

2312

22271

II toifali don chiqitlari (10%dan 30%gacha foydali don)

1710

2312

1306680

Ishlov berish (tozalash) da donning qiymatidagi yoʻqotish


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 22-son, 230-modda.