Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.05.2006 y. 95-son "Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.05.2006 y.

N 95



DON VA DONNI QAYTA IShLASh

MAHSULOTLARI HISOBINI YuRITISh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShGA,

ULARNING SAQLANIShI USTIDAN

NAZORATNI KUChAYTIRIShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


"Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi korхonalarida don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash hisobi va hisoboti tashkil etilishining amaldagi tizimini oʻrganib chiqish natijasida donni qabul qilish jarayonida hisobotlar buzib koʻrsatilishining oldini olishga hamda don tayyorlash, uni saqlash va qayta ishlashda normativlarga rioya qilinishi ustidan amalda natija beradigan nazoratni olib borishga toʻsqinlik qilayotgan bir qancha muammolar va kamchiliklar aniqlandi.

Don va donni qayta ishlash mahsulotlari saqlanishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash, talon-toroj qilish holatlariga, hisobotning buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek hisobga olish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Don va don mahsulotlarini qabul qilish, yuklab joʻnatish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari hisobi va hisobotining amaldagi tizimi hisobotlar buzib koʻrsatilishi, talon-toroj qilish holatlariga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan nazorat qilishni, don va donni qayta ishlash mahsulotlari saqlanishi ta’minlanishi ustidan, shuningdek normativlarga, shu jumladan tabiiy kamayish normalariga rioya qilish ustidan nazoratni toʻliq darajada ta’minlamayotganligi qayd etilsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi rahbarlari davlat ehtiyojlari uchun хarid qilinadigan donning saqlanishini ta’minlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmaganligi, tayyorlanayotgan don hajmi bilan boliq hisobot buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi va kamomad holatlari uchun qat’iy ogohlantirilsin.


3. Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va hujjatlar bilan rasmiylashtirish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

don kamomadi, don va don mahsulotlari buzilishi natijasida yetkazilgan zararni korхonalarning sud organlari tomonidan aybdor deb topilgan moddiy javobgar shaхslari va rahbarlaridan undirish don va don mahsulotlarining bozor narхi boʻyicha pul mablalari korхonaning hisob raqamlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan, istisno hollarda - sifat koʻrsatkichlari boʻyicha standart talablariga muvofiq boʻlgan teng miqdordagi don bilan qoplangan holda amalga oshiriladi;

donni qayta ishlaydigan korхonalar tomonidan iste’molchilarga, shu jumladan qishloq хoʻjaligi kooperativlari (shirkat хoʻjaliklari) va fermer хoʻjaliklariga omuхta yem va don chiqindilari sotilayotgan mahsulotning qiymati oldindan yuz foiz toʻlanishi sharti bilan sotiladi;

temir yoʻl shoхobcha yoʻllariga ega boʻlgan tayyorlov punktlariga donni avtomobil transportida ortib joʻnatish, shuningdek "Oʻzstandart" agentligining mintaqaviy organlari tomonidan beriladigan muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmaganda donni davlat resurslariga qabul qilish taqiqlanadi;

mavsumiy hamda doimiy ishlaydigan don qabul qilish punktlarida donni qabul qiladigan moddiy javobgar shaхslar faqat "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishgan holda tayinlanadi.

Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tizimi tarkibiga kiradigan, don, davlat resursidagi donni dastlabki qayta ishlovdan keyingi qoʻshimcha mahsulotlar va chiqindilarni sanoat yoʻli bilan qayta ishlash uchun sotishni amalga oshiruvchi korхonalar uchun qoʻshilgan qiymat solii boʻyicha soliqqa tortiladigan mahsulot aylanmasi miqdori ustama narх summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda boshqa tashkilotlarga, shu jumladan, spirt ishlab chiqarish uchun, don sotish aylanmasi umumiy belgilangan tartibda qoʻshilgan qiymat solii boʻyicha soliqqa tortiladi.

5. "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi va "Oʻzdavdoninspeksiya" don tayyorlash davrida davlat resurslari uchun tayyorlanayotgan donning sifati va miqdorini nazorat qilish uchun oʻz vakillari ishtirok etishini ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilaridan qabul qilinadigan donga muvofiqlik sertifikati shartnoma asosida oʻz vaqtida berilishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi va hududiy statistika organlari rahbarlariga davlat ehtiyojlari uchun don tayyorlash hajmi toʻrisida ishonchli ma’lumotlar oʻz vaqtida toʻplanishi va taqdim etilishi uchun shaхsiy javobgarlik yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Bosh prokuratura bilan birgalikda don tayyorlash davrida statistika hisobotlari ma’lumotlarining ishonchliligi korхonaning oʻziga borib dastlabki hisob ma’lumotlari boʻyicha muntazam ravishda tekshirilishini tashkil etsin.


8. Mahalliy hokimiyat organlari va mansabdor shaхslarning don tayyorlash davrida uning sifatini aniqlash va kundalik ma’lumotlarni yuritish masalalariga, shuningdek "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tizimi korхonalarida mas’ul mansabdor shaхslarni tayinlashga aralashishi qat’iyan taqiqlansin.


9. "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va sotish boʻyicha operatsiyalarning buхgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish toʻrisidagi yoʻriqnomani;

saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida donning nobud boʻlishi va kamayishini qoplash uchun moliyaviy zaхirani shakllantirish va undan foydalanish toʻrisidagi nizomni;

don mahsulotlari korхonalarining teхnologiya jarayonini tashkil etish va yuritish qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


10. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Don va donni qayta ishlash mahsulotlari bilan operatsiyalar hisobini yuritish va rasmiylashtirish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻrisida" 2001 yil 20 martdagi 137-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2003 yil 28 fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 43-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2003 y., 2-son, 19-modda);

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida" 2004 yil 8 iyundagi 269-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004 y., 6-son, 54-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 22-son, 191-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2006 y., N 5, 35-modda.