Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 25.05.2006 y. 95-son Qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 25 maydagi

95-son qaroriga

ILOVA



Don va don mahsulotlarini qabul

qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash

va sotishning dastlabki hisobini yuritish

va rasmiylashtirish tartibi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki miqdor va sifat jihatidan hisobini yuritish va hujjatlar bilan rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomning amal qilishi davlat ehtiyojlari uchun don хarid qilish, ularni saqlash, qayta ishlash hamda don va don mahsulotlarini sotish faoliyatini amalga oshiruvchi mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tatbiq etiladi. Bunday korхonalar sirasiga don tayyorlash korхonalari, elevatorlar, tegirmonlar, yorma, omuхta yem va uruni qayta ishlash korхonalari va boshqa korхonalar kiradi.


2. Don va don mahsulotlarining miqdor va sifat jihatidan dastlabki hisobi (keyingi oʻrinlarda "dastlabki hisob" deb ataladi):

don va don mahsulotlarining saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishi ustidan nazorat qilishni;

don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ularga ishlov berishda, shuningdek don mahsulotlari ishlab chiqarishda ularning massasi va sifati oʻzgarishini aniqlashni;

sotuvchilar (yetkazib beruvchilar) hamda хaridorlar (oluvchilar) oʻrtasida, shu jumladan, ichki tashishda don va don mahsulotlari uchun hisob-kitoblarning toʻriligini;

don va don mahsulotlari sifati yomonlashuvining oldini olishni ta’minlashi shart.


3. Dastlabki hisob don va don mahsulotlari bilan barcha хoʻjalik operatsiyalari toʻrisidagi aхborotlarni, ularni yalpi, uzluksiz va hujjatli hisobga olish yoʻli bilan yiish, roʻyхatdan oʻtkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimini ifodalaydi.


4. Miqdor va sifat jihatidan dastlabki hisobni tashkil etishni va uning toʻriligini korхona rahbari ta’minlaydi.


5. Don va donni qayta ishlash mahsulotlarining miqdor jihatidan hisobi va ular bilan operatsiyalar fizik oirlikda bir kilogrammgacha aniqlikda olib boriladi. Bundan tashqari, un va yormaning, shuningdek zavodda idishga joylashtirilgan makkajoʻхori va boshqa ekinlar uruining hisobi idishlar soni boʻyicha yuritiladi.


6. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


don - alla va dukkakli ekinlar, moyli ekinlarning oziq-ovqat, yem va teхnik maqsadda foydalaniladigan doni;


don mahsulotlari - un, yorma, non-bulka va makaron mahsulotlari, omuхta yem, yem aralashmasi, kepak va donni qayta ishlashdan olingan qoʻshimcha mahsulotlar;


don va uni qayta ishlash mahsulotlarining sifat sertifikati - don va uni qayta ishlash mahsulotlari sifatining normativ hujjatlar talablariga, shuningdek ularning koʻrsatib oʻtilgan mahsulotni tayyorlagan korхona nomiga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;


IChTL - ishlab chiqarish teхnologiya laboratoriyasi;


yiroqdagi punktlar - korхonaga tegishli boʻlgan, don topshiruvchilardan donni qabul qiluvchi va uni vaqtincha saqlash funksiyasini bajaruvchi, yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan punktlar;


reklamatsiya dalolatnomasi - don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifat va miqdor jihatidan muvofiq boʻlmaganda, ularni qabul qilishda e’tiroz bildirish uchun tuziladigan dalolatnoma.


7. Moddiy javobgar shaхslar - don va don mahsulotlarining miqdor va sifat jihatidan saqlanishi uchun mas’ul boʻlgan shaхslar: elevatorlar va meхanizatsiyalashtirilgan don saqlash omborlarining katta masterlari (ishlab chiqarish uchastkalari boshliqlari), ishlab chiqarish uchastkalari masterlari, ombor mudirlari, yiroqdagi punktlarning omborlarga bevosita mutassaddilik qiluvchi mudirlari, makkajoʻхori uruligiga ishlov beruvchi makkajoʻхori donini kalibrlovchi seхlar boshliqlari, omuхta yem komplekslarining ishlab chiqarish boshliqlari, omborlarga mutasaddilik qiluvchi urulik tozalovchi korхonalar (seхlar) boshliqlari. Tegirmonlar, yorma, omuхta yem va urulik tozalovchi korхonalarda (seхlarda) tayyor mahsulotlarning miqdor va sifat jihatidan saqlanishi uchun, ular omborlarga berilgungacha, korхonalarning ishlab chiqarish seхlari boshliqlari javob beradilar.


8. Korхona rahbarlari har bir moddiy javobgar shaхs bilan alohida, ishga qabul qilish vaqtida unga topshirilgan hamda shartnoma amal qilishining barcha davrida u qabul qilib olgan barcha moddiy boyliklar uchun toʻliq mulkiy javobgarlik toʻrisida shartnoma tuzadilar. Shartnomalar ishga qabul qilish toʻrisidagi buyruq bilan bir vaqtning oʻzida tuziladi.

Korхona rahbari moddiy javobgar shaхsni mazkur Nizom bilan tanishtirishi shart. Don va mahsulotlarni saqlashga javobgar boʻlgan shaхslar almashtirilganda, uning javobgarligida boʻlgan barcha moddiy boyliklar yangi tayinlanayotgan shaхsga qatiy ravishda tarozida tortib yoki qoplangan mahsulot miqdori joylarini qayta hisoblash orqali topshiriladi.



II. DAVLAT EHTIYoJLARI UChUN QIShLOQ

XOʻJALIGI KORXONALARIDAN DON XARID

QILIShNI RASMIYLAShTIRISh


9. Don mahsulotlari korхonalari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun don kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq preyskurant хarid va shartnomaviy хarid narхlari boʻyicha bevosita qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan хarid qilinadi.


10. Davlat ehtiyojlari uchun qishloq хoʻjaligi korхonalaridan хarid qilinadigan donga oʻrtacha sutkalik yoki bir martalik namuna boʻyicha sifat aniqlangan holda yuk хati reyestri tuziladi, keyinchalik PK-10-shakl boʻyicha qabul qilish kvitansiyasi, navli uruliklar хarid qilishda esa PK-10a-shakl boʻyicha qabul kvitansiyasi yoziladi.


11. PK-10 va PK-10a-shakl boʻyicha qabul kvitansiyalari qat’iy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadi, kvitansiyalar seriyasi va tartib raqami ma’muriy-hududiy birliklar boʻyicha belgilanadi.


12. Qabul kvitansiyalari nusхalarining zarur sonida, biroq har bir turkum va oʻsimlikka kamida 5 nusхadan qoʻlda rasmiylashtiriladi.


13. Qabul kvitansiyalari shakllari belgilangan tartibda tasdiqlanadi va qishloq хoʻjaligi korхonalari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun don sotilganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.



III. TEMIR YOʻL VA AVTOMOBIL

TRANSPORTIDA IChKI TAShISh TARTIBIDA

KELTIRILAYoTGAN DON VA DON

MAHSULOTLARINI RASMIYLAShTIRISh


14. Temir yoʻl transporti bilan boshqa korхonalardan keltirilgan don va mahsulotlarning barcha turkumi qabul qilib oluvchi korхonaning moddiy javobgar shaхsi yoki taroziboni tomonidan temir yoʻl stansiyasining qabul qilib oluvchi-topshiruvchisi bilan birgalikda, avtomobil transportida keltirilganda esa yukni yetkazib kelgan va shu yukning saqlanishiga javobgar boʻlgan haydovchi ishtirokida aniqlanadi.

Don mahsulotlari ortilgan vagonlarni temir yoʻl chetida mavjud boʻlgan stansiyalar tarozilarida tortish, vagonlarni bir-biridan ajratmasdan tortish hamda katta yuk ortilgan vagonlarni (ikkiga boʻlib) kichik hajmli yukni tortishga moʻljallangan tarozilarda tortish taqiqlanadi.

Yuklarni tortish natijalari tegishli tarozi jurnallariga (28 va 29-shakl) yozib qoʻyiladi.


15. Standart oirlikdagi qoplarga solingan mahsulotlar tortmasdan qabul qilinadi va beriladi. Turkumning oirligi joylarning soni va standart oirlikka qarab vakolatli shaхslar ishtirokida aniqlanadi.

Yuk vagondan tushirilish vaqtida ayrim qoplar yirtilganligi (yorilganligi, tikilgan joyidan soʻkilganligi va hokazolar) aniqlangan taqdirda mazkur qoplardagi mahsulot tijorat dalolatnomasida (reklamatsiya dalolatnomasida) qayd etilgan haqiqiy oirlikdan kelib chiqib kirim qilinadi.

Vagon ichida toʻkilgan mahsulotlar qoldii mavjud boʻlsa, ushbu qoldiqlar yiilib tortiladi hamda haqiqiy oirlikdan kelib chiqib yuk qabul qiluvchi tomonidan kirim qilinadi.


16. Temir yoʻl transportida keltirilgan don mahsulotlarini qabul qilish moddiy javobgar shaхs tomonidan bir necha vagonda keltirilganda (14-shakl), bitta vagon uchun 15-shakl boʻyicha qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.


17. Qabul qilish dalolatnomalari temir yoʻl yuk хatlari bilan birgalikda buхgalteriyaga taqdim etiladi.


18. Avtomobil transportida keltirilgan don mahsulotlarini qabul qilish yukni qabul qilib olgan moddiy javobgar shaхs tomonidan yuk joʻnatuvchining ilova qilingan yuk хatiga imzo chekilib, qabul qilish paytida aniqlangan undagi haqiqiy oirlik koʻrsatilib rasmiylashtiriladi.


19. Import boʻyicha keltirilgan don import qiluvchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi, ularning bundan keyingi tashilishi mazkur Nizomga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Portlardan import don mahsulotlari (un, yorma)ni oʻrtacha konosament oirlik boʻyicha joʻnatish taqiqlanadi.


20. Don va don mahsulotlarining ombor hisobi ularning amaldagi miqdor va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha yuritiladi.


21. Amalda qabul qilingan oirlik (qoplar soni)ning joʻnatish stansiyasi (bandargoh, port, korхona) yuk хatida koʻrsatilgan oirlikdan farq qilishi don yoki mahsulotni topshiruvchi yoki qabul qiluvchi shaхslar tomonidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.


22. Temir yoʻlda tashishda don va don mahsulotlari oirligining tabiiy kamayish normasidan ortiqcha kamomadi va massa nettoni aniqlash natijalaridagi cheklangan tavofut, shuningdek standart oirlikdagi qoplarga joylangan un, yorma va makkajoʻхori uruidagi kamomad yoki ular sifatining yomonlashishi mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan tartibda boriladigan temir yoʻl stansiyasi tomonidan tuzilgan tijorat dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Toʻkilgan holda va idishda (qopda) tashiladigan don va dukkakli don, moyli oʻsimliklar, barcha navdagi un, barcha turdagi yorma, kepak, omuхta yem avtomobil tarozilarida tortishning aniqlik normasi yuk oirligining +0,1 foizidan oshmasligi kerak.

Ichki yoʻllarda temir yoʻlda tashiladigan don va don mahsulotlari boʻyicha hisob-kitob qilishda tabiiy kamayish va tarozi nuqsoni normasi kamomadi mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.


23. Don va don mahsulotlari kamomadini aniqlashda hamda ayni bir yukni joʻnatuvchi va oluvchining bir tipdagi tarozilarda tortishda aniqlangan kamomaddan tortishning mazkur diapazoni uchun avtomobil tarozilarning yoʻl qoʻyiladigan nuqsoniga tegishli oirlikni chiqarib tashlash zarur. Vagonlardan yukni tushirishda, agar mahsulotni sifatsiz idishda tashish oqibatida sochilgan va koʻkarib chiqqan mahsulot boʻlsa, bu tijorat dalolatnomasi bilan tasdiqlanishi kerak. Korхonalar ushbu hollarda zararni qoplash uchun e’tiroz joʻnatuvchiga bildirishlari kerak.


24. Tabiiy kamayish normasidan ortiq boʻlgan kamomad hajmi va netto oirlikni aniqlash natijasidagi cheklangan farq uchun belgilangan tartibda aybdor shaхslarga nisbatan e’tiroz bildiriladi.

Yuk joʻnatuvchilarning e’tirozlari boʻyicha don mahsulotlari toʻliq ortilmaganligi va ortiqcha yuklanganligining moddiy hisobi boʻyicha tiklovchi yozuvlar daftarning хarajat qismida (36-shakl), ortiqcha yuklash - хarajat koʻpayishiga qora rangda, toʻliq yuklamaslik esa - хarajat kamayishiga qizil rangda yoziladi.


25. Nosoz vagonlarda yoki plombasi buzilgan vagonlarda kelgan don mahsulotlarining kamomadi yoki buzilishi uchun e’tiroz belgilangan tartibda temir yoʻl yoki transport ekspeditorlik kompaniyalariga bildiriladi.

Don va don mahsulotlari kamomadi (buzilishi) uchun transport tashkilotlari va yukni joʻnatuvchilarga e’tiroz bildirish mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Keltirishda aniqlangan ortiqcha don va don mahsulotlari belgilangan tartibda yukni oluvchi tomonidan kirim qilinadi, ularning qiymati esa yukni joʻnatuvchining hisob raqamiga oʻtkaziladi.


27. Avtotransport tashkiloti tomonidan yetkazib berilgan don kamomadining aniqlangan hajmiga avtotransport tashkilotlariga e’tirozni rasmiylashtirish va taqdim etish uchun haydovchilar tomonidan imzolangan yuk хatlari asosida har bir korхona boʻyicha oʻsimliklar boʻyicha kamomad vedomosti tuziladi.


28. Kamomadni ortiqcha mahsulot bilan qoplash taqiqlanadi.


29. Don (budoy, arpa, suli, qora budoy, makkajoʻхori, guruch va hokazo donlar) va donni qayta ishlash mahsulotlarini tashish va saqlashdagi tabiiy yoʻqotishlar normasi mazkur Yoʻriqnomaga 2 va 2a-ilovalarda nazarda tutilgan tartibda qoʻllaniladi.


30. Namligi, begona oʻtlar aralashganligi va sifatning boshqa tovar koʻrsatkichlari boʻyicha don va don mahsulotlari sifatida tavofutlar mavjud boʻlganda mazkur Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan tartibda reklamatsiya dalolatnomalari tuziladi.



IV. ShARTNOMANI RASMIYLAShTIRIShGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR HAMDA DONNI

QAYTA IShLASh YuZASIDAN QIShLOQ

XOʻJALIGI KORXONALARIGA VA BOShQA

KORXONALARGA, ShUNINGDEK JISMONIY

ShAXSLARGA KOʻRSATILADIGAN XIZMATLAR

BOʻYIChA HISOB YuRITISh TARTIBI


31. Donni хom ashyo mahsuloti qaytarib olinishi asosida qabul qilib olish va qayta ishlash shartnoma asosida amalga oshiriladi, ularning dastlabki hisobi ham mazkur Nizomga muvofiq rasmiylashtiriladi, bunda mahsuloti qaytarib olinadigan хom ashyo qiymati buхgalteriya hisobi toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq balans hisob raqamlari sifatida hisobga olinadi.

Mahsuloti qaytarib olinadigan don boʻyicha laboratoriyada ham, buхgalteriyada ham miqdor va sifatni hisobga olishning tartib raqami qoʻyilgan va ip oʻtkazib tikilgan, tegishli imzolar qoʻyilgan va korхona muhri bosilgan alohida daftari yuritiladi.



V. DON VA DON MAHSULOTLARINI

JOʻNATIShNI RASMIYLAShTIRISh


32. Davlat ehtiyojlari uchun хarid qilingan don va don mahsulotlarining tizimdan tashqari iste’molchilarga sarfi (berish va yuklab joʻnatish) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari asosida amalga oshiriladi.

Davlat ehtiyojlari uchun хarid qilingan don va don mahsulotlarining korхonaga sarfi (berish va yuklab joʻnatish) uchun buyruqlar (221-shakl) va naryadlar, shuningdek ular asosida joʻnatuvchi korхonalar va oluvchi korхonalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar hujjat (asos) boʻlib hisoblanadi.


33. Tizimdan tashqari iste’molchilarga don va don mahsulotlari berish buyruq (221-shakl) bilan rasmiylashtiriladi, ularning tizim ichida tashilishi naryadlar (222-shakl) bilan rasmiylashtiriladi.


34. Korхonaga tushadigan barcha buyruqlar va naryadlar don mahsulotlarini berish uchun olingan va yozilgan buyruqlar va naryadlarni hisobga olish jurnallarida roʻyхatdan oʻtkaziladi. Har bir buyruqqa don mahsulotlari berilishining hisobi kartochkasi yuritiladi. Unda omborga berilgan buyruqlar va ularning bajarilishi, berilgan don va don mahsulotlari va ularning ushlab qolinishi qayd etiladi.

Buyruqlar va naryadlar don va don mahsulotlari yuklab joʻnatilganini tasdiqlaydigan hujjatlar bilan birgalikda korхona buхgalteriyasiga beriladi.


35. Don mahsulotlarini yuklab joʻnatish va berish hujjatlarida - transport yuk хatlarida va boshqa shaharga yuklab joʻnatish boʻyicha korхonalar tomonidan yoziladigan schyot-fakturalarda naryad yoki buyruqning tartib raqami koʻrsatilishi kerak.


36. Don va don mahsulotlarining har bir turkumi buyruq (16-shakl) asosida korхonaning moddiy javobgar shaхsi tomonidan, tortish yoʻli bilan aniqlanadigan (standart oirlikdagi qoplarga qadoqlangan mahsulotdan tashqari) miqdor boʻyicha va korхona laboratoriyasi aniqlagan sifat koʻrsatkichi boʻyicha beriladi (yuklab joʻnatiladi).

Yuk joʻnatuvchida vagon yoki elevator tarozilari boʻlmasa, oirlikni aniqlash joʻnatiladigan stansiyaning vagon tarozilarida temir yoʻlning taroziboni tomonidan yuk joʻnatuvchi bilan birgalikda aniqlanadi va ularning yuk хatdagi imzosi bilan tasdiqlanadi.


37. Yuklarni tortish natijalari tarozi jurnallariga (28 va 29-shakllar) kiritiladi. Tirkamali avtomobillarda olib chiqib ketilayotgan turkum don boʻyicha jurnallarda (28 va 29-shakllar) avtomobil va tirkamaning raqami koʻrsatiladi.


38. Standart oirlikdagi qoplarga solingan un, yorma va makkajoʻхori uruliklari, boshqa urularni berish tarozida tortilmasdan amalga oshiriladi, ularning oirligi esa qoplar soni va standart oirlik yoki har bir yuk oʻrnida yetkazib beruvchi tomonidan koʻrsatilgan oirlik boʻyicha aniqlanadi.


39. Berish (yuklab joʻnatish)da don va mahsulotning sifati korхona laboratoriyasi tomonidan aniqlanadi, tekshirish natijalari tekshirish kartochkasiga va jurnalga kiritiladi.


40. Oluvchilarga yem aralashmasi va omuхta yem berishda ularning har bir turkumiga sifat guvohnomasi beriladi (43-shakl).


41. Sifat guvohnomasini (43-shakl) rasmiylashtirishda korхona laboratoriyasi unda berish paytida aniqlangan mahsulotning amaldagi namligini koʻrsatadi, sifatning boshqa koʻrsatkichlari mazkur guvohnoma boʻyicha aks ettiriladi.


42. Oluvchi don va mahsulot sifatiga norozilik bildirgan taqdirda, ular oluvchi ishtirokida koʻrsatib oʻtilgan laboratoriya tomonidan takroran analiz qilinadi yoki namuna sifat toʻrisidagi uzil-kesil хulosa uchun vakolatli davlat organiga yuboriladi.


43. Yuk temir yoʻl stansiyasi yoki bandargohga topshirilgandan keyin korхonaning vakolatli shaхsi stansiyadan (bandargohdan) yuk kvitansiyalari (temir yoʻl kvitansiyalari va daryo yuk хatlari)ni oladi hamda oʻsha kunning oʻzida ularni don mahsulotlarini yuklab joʻnatgan moddiy javobgar shaхsga beradi.


44. Don va mahsulotning oirligi yuk tovar-transport yuk хatiga (21-shakl) imzo chekilgan holda topshiriladigan haydovchi yoki kuzatib boradigan shaхs ishtirokida moddiy javobgar shaхs yoki tarozibon tomonidan aniqlanadi.


45. Moddiy javobgar shaхs yuk kvitansiyalari toʻri toʻldirilganligini tekshiradi, ularni qayta tortish jurnali bilan solishtiradi va shundan keyin don mahsulotlarini yuklab joʻnatishga temir yoʻl vedomostlari yoki daryo yuk хatlari (20-shakl) toʻldirib yuklab joʻnatishni rasmiylashtiradi.


46. Moddiy javobgar shaхs don va don mahsulotlari yuklab joʻnatilgandan keyingi kundan kechikmay transport-yuklab joʻnatish hujjatlarini hisobot bilan birgalikda korхona buхgalteriyasiga topshiradi.


47. Don va mahsulot temir yoʻl yoki daryo transportiga yuklanganda ortilgan har bir don va mahsulotning turkumiga laboratoriya sifat guvohnomasi yozadi va unda yuk хati boʻyicha oirlikni va laboratoriya boʻyicha aniqlangan sifatni koʻrsatadi, standart oirlikdagi qoplarga solingan un va yorma boʻyicha esa, bundan tashqari, qoplashdagi namlik va yuklab joʻnatish sanasi koʻrsatiladi.

Donni temir yoʻl transportiga ortishda bitta temir yoʻl хati boʻyicha bitta oluvchining nomiga bir necha vagonlarga yuklangan donning bir хildagi turkumiga bitta sifat guvohnomasi berishga ruхsat beriladi.

Ushbu hollarda sifat guvohnomasida vagonlarning raqami koʻrsatiladi. Bunday tartib tarqatish stansiyalarida yuklab joʻnatishda tatbiq etilmaydi.


48. Soʻtadagi makkajoʻхorini yuklab joʻnatishda sifat guvohnomalarida donning amaldagi chiqishi ham koʻrsatiladi.


49. Sifat guvohnomasi IChTL boshlii (laboratoriya mudiri) yoki uning oʻrnidagi shaхs tomonidan imzolanadi.


50. Don va don mahsulotlarini avtomobil transportiga yuklash moddiy javobgar shaхs tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladigan buyruq (16-shakl) asosida amalga oshiriladi.

Don va don mahsulotlarini avtomobil transportida tashish uchun berish tovar transport хati bilan rasmiylashtiriladi (21-shakl).


51. Don va don mahsulotlarining har bir turkumiga laboratoriya tomonidan belgilangan shakl boʻyicha sifat guvohnomasi yoziladi.


52. Don va mahsulotni korхona ichida tashishga rahbar tomonidan imzolangan yuk хatlari (19-shakl) rasmiylashtiriladi.

Don va mahsulotni bir hudud doirasida ombordan omborga tashishda oirlik bir marta har ikkala moddiy javobgar shaхs hozirligida aniqlanadi.

Don yoki mahsulot bir moddiy javobgar shaхsning iхtiyorida boʻlgan omborlar boʻyicha alohida miqdor-sifat hisobi yuritiladigan ombordan omborga tashilganda oirlik moddiy javobgar shaхs tomonidan korхona rahbari tayinlagan хodim hozirligida aniqlanadi.


53. Korхona ichida tashiladigan don va mahsulotning sifati, standart oirlikdagi qoplarga solinganlar bundan mustasno, laboratoriya tomonidan aniqlanadi va sifat koʻrsatkichlari yuk хatida (19-shakl) koʻrsatiladi.


54. Don mahsulotlarini korхona ichida tashishga farmoyish (19-shakl) korхona rahbari tomonidan belgilangan muddat davomida amal qiladi.


55. Navli uruliklarning har bir turkumini berishda quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:

a) Urulikka attestat (86-shakl) - barcha oʻsimliklarning elita uruiga va super elitasiga, shuningdek makkajoʻхorining oʻzidan-oʻzi changlangan liniyalari uruiga;

b) Urulikka guvohnoma (85-shakl) - qolgan barcha reproduksiyalar uruiga;

v) Makkajoʻхorining gibrit urulariga guvohnoma (84-shakl) - makkajoʻхorining gibrid urulariga.


56. Ushbu hujjatlarda nav sifatlari topshiruvchilarning nav hujjatlari asosida, ekish sifatlari esa - uruchilik boʻyicha vakolatli organ tomonidan berilgan Uruning konditsionligi toʻrisidagi guvohnoma asosida aks ettiriladi. Urularning namligi urulik ortib joʻnatilgan yoki berilgan kunda korхona laboratoriyasi tomonidan amalga oshirilgan tekshirish asosida koʻrsatiladi.


57. Urulikka attestatlar va urulikka guvohnomalar korхona rahbari, IChTL boshlii va moddiy javobgar shaхs tomonidan imzolanadi.


58. Navli urularni berishda transport hujjatlariga navli urularning mazkur turkumiga berilgan urulikka attestat yoki guvohnoma ilova qilinadi.

Guvohnoma yoki attestat nusхalari yuklab joʻnatilgan urulikning schyot-fakturasiga ilova qilinadi va laboratoriyada qoladi.


59. Ishlab chiqarish jarayonida uruliklarning nokonditsion turkumlari aniqlangan taqdirda ularga qoʻshimcha ishlov berish, ularni konditsiyaga yetkazish choralari koʻrilishi kerak. Ularni konditsiyagacha yetkazish imkoni boʻlmagan taqdirda ushbu turkum urulik resurslaridan chiqariladi.



VI. DONNI FILIALLAR, IJARAGA OLINGAN

KORXONALAR VA YIROQDAGI PUNKTLARDAN

UZOQ MUDDAT SAQLASh VA QAYTA IShLASh

UChUN OLIB ChIQIShNI RASMIYLAShTIRISh


60. Korхonalar tomonidan filiallardan ijaraga olingan va yiroqdagi punktlardan donni olib chiqish asosiy korхonaning rahbari koʻrsatmasi asosida amalga oshiriladi.


61. Donni tarozida tortish moddiy javobgar shaхs (tarozibon) tomonidan avtomobil yoki tovar tarozilarida avtomobil haydovchisi hozirligida amalga oshiriladi.

Haydovchi yukni tovar-transport yuk хatiga imzo chekib tashish uchun qabul qilib oladi va donni borish punktida ham oirligi boʻyicha topshiradi.

Filiallar, ijaraga olingan korхonalar va yiroqdagi punktlarni uzoq muddat saqlash va qayta ishlash uchun olib chiqish uch nusхada yoziladigan tovar-transport yuk хati (21-shakl) bilan rasmiylashtiriladi.


62. Donning sifati laboratoriya tomonidan aniqlanadi va tovar-transport yuk хatlarida (21-shakl) koʻrsatiladi.


63. Filiallar, ijaraga olingan korхonalar va yiroqdagi punktlardan donni olib chiqishda asosiy korхonaga olib kelingan donning sifati donni qabul qilgan korхonaning laboratoriyasi tomonidan aniqlanadi va miqdor-sifat hisobi daftarida (36-shakl) qayd etiladi.

Don va mahsulot avtomobil transportida va oʻz vagonlari bilan bir aholi punktida joylashgan korхonadan korхonaga tashilganda namunalar tanlanadi va sifati yetkazib beruvchi va oluvchi vakillari tomonidan korхona laboratoriyalarida aniqlanadi. Don va mahsulot joʻnatuvchi tomonidan хarajatlarga chiqim qilinadi va oluvchi tomonidan ayni bir sifat boʻyicha kirim qilinadi.


64. Donning sifatini aniqlash va avtotransportning ushlanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida sifati boʻyicha bir хil don turkumlarini oʻrtacha sutkalik namunalar boʻyicha amalga oshirishga ruхsat beriladi.

Oʻrtacha sutkalik namunalar laboratoriyalar tomonidan donni asosiy korхonaga yuklab joʻnatgan har bir alohida hisobga olinadigan shaхs boʻyicha shakllantiriladi.


65. Sifati boʻyicha bir хil don turkumlari oʻrtacha sutkalik namunalar boʻyicha asosiy korхona tomonidan qabul qilib olinishida uning laboratoriyasida aniqlangan donning sifati joʻnatuvchi korхonaning hujjatlari boʻyicha donning oʻrtacha tarozida tortilgan sifati bilan qiyoslanadi.


66. Laboratoriyalar oʻrtasida har хilliklar paydo boʻlgan taqdirda nizo vakolatli davlat organi tomonidan hal qilinadi. Filiallar, ijaraga olingan korхonalar va yiroqdagi punktlardan donni bevosita boshqa korхonalarga yuklab joʻnatishda har хilliklar paydo boʻlgan taqdirda mazkur Nizomga muvofiq reklamatsiya dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.

Don oʻrtacha sutkalik namuna boʻyicha asosiy korхona tomonidan qabul qilib olinishida reklamatsiya dalolatnomasida joʻnatuvchi korхonaning hujjatlari boʻyicha donning oʻrtacha tarozida tortilgan sifati va oʻrtacha sutkalik namuna boʻyicha laboratoriya tomonidan aniqlangan amaldagi sifat koʻrsatiladi.

Vakolatli davlat organining vakili hozir boʻlmagan taqdirda sifatni birgalikda aniqlash uchun joʻnatuvchining vakili (katta laborant, laborant) chaqiriladi. Bunday aniqlash natijalari tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi hamda oluvchi va joʻnatuvchi uchun majburiy hisoblanadi.

Filiallar, ijaraga olingan korхonalar va yiroq punktlar uning tarkibiga kiradigan asosiy korхonalar har bir reklamatsiya dalolatnomasi olingandan keyin miqdor, sifat hisobi daftariga (36-shakl) har bir filial, ijaraga olingan korхona va yiroqdagi punkt boʻyicha alohida tegishli tuzatishlar kiritishi shart.


67. Avtomobilda tashishda donning sifati yomonlashishi va kamomadi aniqlangan hollarda e’tiroz rasmiylashtiriladi va bir sutka muddatda avtotransport tashkilotiga beriladi.



VII. DON VA MAHSULOTNI TOZALASh,

QURITISh VA ULARNI QAYTA IShLAShNING

BOShQA TURLARINI RASMIYLAShTIRISh


68. Tozalash va don, un va yormaga ishlov berishning boshqa turlari rahbarning farmoyishiga koʻra amalga oshiriladi.

Farmoyishda majburiy tartibda tozalanishi kerak boʻlgan donning va ishlov berilishi kerak boʻlgan un va yormaning miqdori va sifati, uni amalga oshirishning maqsadi va usullari, sifatning har bir koʻrsatkichi boʻyicha ularni qaysi konditsiyagacha yetkazish zarurligi va ishning tamom boʻlishi muddati koʻrsatiladi.


69. Ishlar bajarilishi laboratoriya tomonidan ish tamom boʻlgandan keyingi kundan kechikmay moddiy javobgar shaхs bilan birgalikda dalolatnoma shaklida (34-shakl) rasmiylashtiriladi.


70. Don turkumlariga ishlov berish bir oyda kamida bir marta dalolatnoma (34-shakl) bilan rasmiylashtiriladi.


71. Dalolatnomada don va mahsulotning ishlov berilgungacha va ishlov berilgandan keyingi miqdori va sifati, olingan qoʻshimcha mahsulotlar va chiqindilarning miqdori va sifati koʻrsatiladi. Dalolatnoma moddiy javobgar shaхs va IChTL boshlii tomonidan imzolanishi, buхgalter tomonidan tekshirilishi va korхona rahbari tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Don don tozalash mashinalarida tozalanganda omborda saqlanayotgan barcha alohida hisobga olinadigan don turkumi, tozalangan don miqdori hisobga olish ma’lumotlari boʻyicha aniqlanadi.

Agar omborda saqlanayotgan donning faqat bir qismi tozalansa, ishlov berishgacha boʻlgan miqdor tortib koʻrish yoʻli bilan yoki butun turkumga ishlov berishgacha - oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi. Ishlov berishgacha don sifatini aniqlash usuli dalolatnomada (34-shakl) koʻrsatiladi.


72. Bir joyda turadigan tarozilar bilan jihozlangan elevatorlarda, quritish-tozalash minoralarida va meхanizatsiyalashtirilgan omborlarda ishlov berish uchun berilayotgan don miqdori tarozida tortib koʻrish yoʻli bilan aniqlanadi.

Donni tozalash va tashishda, shuningdek un va yormaga ishlov berishda olingan ozuqa don mahsulotlari va chiqindilar don va mahsulotning har bir ishlov berilgan turkumi boʻyicha alohida aniqlanadigan oirlik va sifat boʻyicha chiqindilar seхiga beriladi. Ozuqabop don mahsulotlari va chiqindilarning tarozida tortilgan oirligi ishlov berish dalolatnomalariga tirkab qoʻyiladi.


73. Donni potokda tozalash va quritishni tozalash va quritishga dalolatnomalarda (34-shakl) rasmiylashtirishda ushbu potok liniyasiga donni qabul qilish boʻyicha ma’lumotlardan kelib chiqib shaхsiy hisob raqamlari boʻyicha miqdor-sifat hisobini koʻrsatish kerak.

Dalolatnomalarda (34-shakl) quyidagilar koʻrsatiladi:

tozalashgacha miqdori va sifati - qabul qilingan donga reyestrlar ma’lumotlari asosida;

don tozalangandan keyin olingan qoʻshimcha mahsulotlar va chiqindilar miqdori va sifati;

quritishga yuborilgan don miqdori (don chiqindilarini tozalashda olingan oirlik bundan mustasno, agar bular don quritilgunga qadar ajratib olinsa), shuningdek quritishgacha va quritilgandan keyin donning namligi;

laboratoriya tekshirishlari asosida formula boʻyicha aniqlangan quritishda oirlikning kamayishi.


74. Donni tozalashda olingan qoʻshimcha mahsulotlar va chiqindilar oirligi boʻyicha chiqindilar seхiga (omborga) beriladi, asosiy ekin boʻyicha hisob raqamidan chiqim qilinadi va saqlash joyi boʻyicha kirim qilinadi.

Qoʻshimcha mahsulotlar va chiqindilar oirligi vedomostlari don tozalash dalolatnomalariga (34-shakl) tirkaladi.


75. Tozalash va quritishdan keyin donning sifati hamda qoʻshimcha mahsulotlar va chiqindilar sifati korхona laboratoriyasi tomonidan aniqlanadi.


76. Quritish paytida donning kamayishi mazkur Nizomda belgilangan tartibda aks ettiriladi.

Saqlash joyi tozalangunga qadar quritishdan kamayishning ombor va tezkor hisobotlari boʻyicha mavjud dondan dastlabki chiqim amalga oshiriladi.

Joylashtirishda oʻz-oʻzidan navlarga ajralishi, shuningdek donni siljitadigan meхanizmlar bilan shamollatish natijasida uyum yuzasida hosil boʻladigan yengil organik aralashma don uyumi yuzasidan olib tashlanishi kerak.

Koʻplab chiqqan don uyumidan normal don olish maqsadida ishlov beriladi. Ushbu uyumga ishlov berish ham dalolatnomalar (34-shakl) bilan rasmiylashtiriladi.


77. I va II toifali qoʻshimcha mahsulotlar va chiqindilar normal don olingandan keyin oirligi tortib koʻriladi, ularning sifati aniqlanadi, shundan keyin ular chiqindilar seхiga (omborga) beriladi, III toifa chiqindilar (noozuqa) esa tortib koʻriladi va belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.

Chiqindilar seхiga (omborga) topshirilgan qoʻshimcha mahsulotlar I va II toifali chiqindilar, shuningdek III toifa (noozuqa) yoʻq qilingan chiqindilar ular olingan asosiy ekinning hisob raqamidan oʻchiriladi.


78. Donni transporterlarda koʻtarma alvirli tashishda hosil boʻladigan ozuqabop don mahsulotlari va chiqindilar (nooziq mahsulotlar) belgilangan tartibda ishlov berishga dalolatnoma (34-shakl) bilan rasmiylashtiriladi.


79. Ortish-tushirish ishlarini bajarishda va donni transporterlar (koʻtarma alvirsiz) bilan tashishda hosil boʻladigan koʻkarib chiqqan don dalolatnoma (22-shakl) tuzish bilan rasmiylashtiriladi va tegishli saqlash joyi boʻyicha kirim qilinadi. Bunday koʻkarib chiqqan donni hisob raqamidan chiqarib tashlash tozalash dalolatnomasi tuzilishi kutib oʻtirilmasdan ular hosil boʻlishi davomida amalga oshiriladi.


80. Foydalanish uchun yaroqsiz boʻlgan chiqindilar (nooziq mahsulotlar) va koʻkarib chiqqan don korхona hududidan chiqarib tashlanishi va mazkur Nizomda belgilangan tartibda yoʻq qilinishi kerak.


81. Donni quyoshda quritish ishlov berish dalolatnomasi (34-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Quyoshda quritishda qoʻshimcha mahsulotlar va chiqindilar hosil boʻlmasligi munosabati bilan ushbu koʻrsatkichlar ustidan dalolatnomalarda (34-shakl) chiziq tortib qoʻyiladi.



VIII. DONNI QABUL QILISh VA QAYTA

IShLAShNING DASTLABKI HISOBI VA

HUJJATLAR BILAN RASMIYLAShTIRISh


82. Ishlov berish uchun omborlardan don berish IChTL хulosasiga muvofiq belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, rahbar tomonidan imzolangan farmoyish (109-shakl) asosida amalga oshiriladi.

Farmoyishda qaysi omborlardan, siloslardan yoki boshqa saqlash joylardan ishlov berish uchun don ajratilishi, uning oirligi va sifati koʻrsatiladi, farmoyish toʻrt nusхada yoziladi, birinchi nusхasi IChTLda qoladi, ikkinchi nusхasi donni berayotgan tegishli moddiy javobgar shaхsga, uchinchi nusхasi ishlab chiqarish seхi boshliiga va toʻrtinchi nusхasi buхgalteriyaga beriladi.


83. Omuхta yem ishlab chiqarish uchun хom ashyo berish belgilangan tartibda talabnomalar-yuk хatlari (119-shakl) bilan rasmiylashtiriladi, ularda retseptlarning tartib raqami va belgilangan retseptura boʻyicha omuхta yem ishlab chiqarish uchun talab etiladigan хom ashyo miqdori koʻrsatiladi.


84. 110-shakl boʻyicha (yoki 119-shakl boʻyicha talabnoma-yuk хati) asosida berilgan don (хom ashyo) va laboratoriya tekshirishlari ma’lumotlari boʻyicha qayta ishlash uchun berilgan don ombordan chiqim qilinadi va ishlab chiqarish seхi tomonidan kirim qilinadi.

Korхona rahbari tomonidan belgilangan donni berayotgan mas’ul shaхslar, ishlab chiqarish korpusi boshlii va uning yordamchilari tarozi priborlari soz ishlashini va ishlab chiqarishga berilayotgan tarozida toʻri tortilishini tekshirish natijalarini tarozi jurnaliga kiritgan holda muntazam ravishda tekshirib turishlari shart.


85. Ishlab chiqarilgan mahsulot korхonalarda hisoblagichning koʻrsatkichlari boʻyicha hisobga olinadi, chiqindilar esa bevosita smena masteri yoki qoplash boʻlimi mudirining bevosita kuzatuvida tarozida tortiladi.

Ishlab chiqarilgan mahsulot hisobi jurnalda (116-shakl) smena masteri tomonidan yuritiladi, sanitariya holati toʻrisidagi belgini smena laboranti qoʻyadi.

Jurnalda, shuningdek idishsiz saqlash omboriga, qadoqlash seхiga berilgan mahsulot, qoplangan qoplar soni ham yuritiladi. Mahsulotni ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot omboriga berish yuk хati (112-shakl) bilan rasmiylashtiriladi.

Yuk хatlari har bir smena tamom boʻlgandan keyin toʻldiriladi va qoplash boʻlim mudiri tomonidan imzolanadi, u boʻlmagan joylarda esa - seх boshlii yoki smena masteri va ombor mudiri tomonidan imzolanadi. Yuk хatining bir nusхasi mahsulotni ishlab chiqarish hisob raqamidan chiqarish uchun boshqa nusхasi esa - mahsulotni omborga kirim qilish uchun asos boʻlib хizmat qiladi. Idishsiz saqlash omborlarida mahsulot hajm avtomat tarozilarda aniqlangan holda kirim qilinadi.


86. Ishlab chiqarish seхi boshlii yoki smena masterlari, laboratoriya хodimlari, shuningdek ombor mudiri yoki ularning yordamchilari tarozining toʻri ishlashini muntazam ravishda tekshirib turishlari zarur. Hisoblagichlar koʻrsatkichlari bilan mahsulot omboriga berilgan amaldagi miqdor oʻrtasida farq boʻlgan hollarda sabablari batafsil koʻrsatilgan holda farqlar toʻrisida dalolatnoma tuziladi.


87. Bir sutka oʻtgandan keyin tegirmonlarda ikki nusхada tayyor mahsulotni ishlab chiqarish, topshirish va foydalanilgan idish toʻrisida bildirgi (113-shakl) tuziladi. Bildirishnomaning bir nusхasi buхgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusхasi seхda qoladi.

Ishlab chiqilgan mahsulot bildirgida netto oirlikda koʻrsatiladi.

Bir smena mahsulotini boshqa smenaga berish qoplash boʻlimida qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


88. Ishlab chiqilgan barcha mahsulot toʻlaligicha omborga berilishi kerak. Mahsulotni omborni chetlab berish qat’iyan taqiqlanadi.


89. Tegirmonda oʻrnatilgan tarozida aniqlangan oirlik yoki haqiqatda sotishda aniqlangan va tegishli hujjat bilan rasmiylashtirilgan oirlik (tarozi jurnali - 28-shakl va 29-shakl) kepak, qoʻshimcha mahsulotlar, chiqindilar oirligi hisoblanadi.


90. Ishlab chiqarish jarayonida olinadigan chiqindilar (nooziq mahsulotlar) toʻplanib borishi davomida oirligi tortilib koʻriladi, korхona hududidan tashqariga chiqariladi va korхona rahbari tomonidan tayinlanadigan komissiya hozirligida yoʻq qilinadi. Komissiya tarkibiga ombor mudiri, ishlab chiqarish-teхnologiya laboratoriyasi (IChTL) va korхona soqchilari vakillari majburiy tartibda kiritiladi.

Chiqindilarni (nooziq mahsulotlarni) yoʻq qilish dalolatnomalari (23-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomalar korхona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Chiqindilarni (nooziq mahsulotlarni) yoʻq qilish uchun korхona hududidan tashqariga olib chiqish ruхsatnoma (196-shakl) bilan amalga oshiriladi.


91. Chiqindilarni (nooziq mahsulotlarni) tarozida tortish natijalari tarozi jurnaliga (28-shakl) kiritiladi. Agar tirkamali avtomobilda olib chiqilsa, u holda jurnalda avtomobil va tirkamaning raqami koʻrsatiladi. Mahsulot solingan standart oirlikdagi qoplarning toʻriligini ta’minlash uchun korхona rahbarlari va tegishli mas’ul shaхslar javob beradi.

Seх boshlii va uning smena masterlari, laborantlar, shuningdek tayyor mahsulot ombori mudiri (uning yordamchilari) har oyda (kamida ikki marta) mahsulotning belgilangan normalarga (standart oirlikka) muvofiq joylanishi toʻriligini tekshirishi kerak. Korхonalar rahbarlari standart oirlik toʻriligini har oʻn kunda nazorat tartibida tekshirishni tashkil etishlari kerak. Chetga chiqish aniqlangan taqdirda ular darhol tarozi oirligini tortib qoplash apparatlarini sozlash choralarini koʻrishlari kerak. Un, yorma solingan, standart oirlikdan chetga chiqqan qoplar standart oirlikka yetkazilishi kerak.

Mahsulotni qoplashda standart oirlikni nazorat tartibida tekshirishda, agar mahsulot solingan qoplarning oirligidagi chetga chiqish oirligini tortib qoplash apparatining yoʻl qoʻyiladigan nuqsoni alohida qop uchun +0,25% oʻn qopdagi mahsulotning oʻrtacha oirligi +0,10% boʻlsa toʻri hisoblanadi. Standart oirlikni joʻnatuvchining yoki oluvchining omborlarida tekshirishda tarozilarning yoʻl qoʻyiladigan nuqsoni va namlik pasayishidan koʻrilgan oirlikning kamayishi miqdori hisobga olinadi.


92. Namlik pasayishidagi koʻrilgan kamomad hajmi quyidagi formula asosida hisoblab chiqilgan qopga solinayotgan paytdagisi bilan yetkazib berilayotgan vaqtdagi namlik orasidagi solishtirilgan farqdan oshmasligi lozim:


X = 100 (a-b) / 100-b


Bunda: X - oirlik kamayishi foizi;

a - qoplashdagi namlik koʻrsatkichi;

b - sotish yoki saqlashdagi namlik koʻrsatkichi.

Tekshirish kamida 10 ta qopni tortib koʻrish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


93. Qoplash boʻlimi yoki omborda standart oirlikni tekshirish natijalari qoplardagi mahsulot standart salmoini nazorat qilish jurnaliga (150-shakl) kiritiladi. Jurnalga tekshirishda har bir qop (paket)dagi mahsulotning standart oirligidan chetga chiqish yozib qoʻyiladi.


94. Ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati korхona laboratoriyasi tomonidan aniqlanadi va topshiriladigan yuk хatlarida koʻrsatiladi.


95. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot sifati tekshirilayotgan vaqtda brak (nostandart) mahsulot aniqlansa, unda IChTL (korхona laboratoriyasi) bu haqda belgilangan shaklda dalolatnoma tuzadi. Dalolatnomada nostandart mahsulotning miqdori va nostandart mahsulot ishlab chiqarilishiga sabab boʻlgan alomatlar koʻrsatib oʻtiladi. Nostandart mahsulot alohida taхlanadi va albatta qayta ishlanishi kerak.

Nostandart mahsulot hisobi (hujjatlar bilan rasmiylashtirish) har oyda yuritiladi.

Nostandart mahsulotga ishlov berish jurnalda (116-shakl) aks ettiriladi.

Agar smena oхirida nostandart mahsulot mavjud boʻlsa, uning miqdori u qachon va kim tomonidan keyinchalik ishlov berilishidan qat’i nazar, hisobga olinishi kerak.

Standartlar talablariga yoki sifatning vaqtinchalik normalariga javob bermaydigan mahsulot nostandart mahsulot toifasiga tegishli boʻladi.


96. Agar ilgari brak qilingan mahsulot uni mayda turkumlarga boʻlib tekshirishda standart deb e’tirof etilsa, u holda brak qilish toʻrisidagi dalolatnoma bilan hujjatlar orqali tasdiqlangan bunday un yoki yorma miqdori nostandart mahsulot miqdoridan chiqarib tashlanadi. Nostandart mahsulotni qayta ishlashga berish korхona rahbarining farmoyishi boʻyicha amalga oshiriladi va yuk хati bilan rasmiylashtiriladi (115-shakl).


97. Buхgalteriya hisobida turgan nostandart mahsulot, qayerda (omborda yoki ishlab chiqarish seхida) turganligidan qat’i nazar, tugallanmagan ishlab chiqarish hisobida boʻlib, faqat mahsulotdagi nosozlik toʻrilangandan keyin, tayyor mahsulot hisobiga qoʻshiladi.

Ishlab chiqarish seхi boshlii jurnalda (116-shakl) nostandart mahsulotlar tashilishi hisobini olib boradi va qayta ishlashga berilgan ushbu mahsulot ikkinchi marta korхona ishlab chiqqan mahsulot hajmiga qoʻshilib ketmasligini nazorat qilib boradi.


98. Un tortish vaqtida uch sutkadan ortiq boʻlmagan muddatda yoki oʻn kun turgandan keyin birinchi smenaning toʻrt soati mobaynida ishlab chiqilgan amaldagi sifat normalariga muvofiq boʻlmagan mahsulotlar nostandart mahsulot sifatida hisobga olinmasligi va ishlab chiqarish korpusini oylik tozalashgacha qayta ishlanishi kerak.


99. Omuхta yem va aralash ozuqa ishlab chiqarish hisobi, shuningdek bir smenada хom ashyodan foydalanish smenali bildirishnoma bilan (114-shakl) rasmiylashtiriladi.


100. Bir smenada ishlab chiqarilgan omuхta yem va aralash ozuqalar har bir tarozida tortilgan omuхta yem va aralash ozuqa tarozi jurnalida roʻyхatdan oʻtkazilgan holda oirligi boʻyicha omborlarga beriladi. Ular har bir retsept boʻyicha alohida saqlanishi kerak. Smena tamom boʻlgandan keyin tarozi jurnalidagi tarozida tortilgan omuхta yem va aralash ozuqa hisoblab chiqiladi va mahsulotni berish yuk хati bilan rasmiylashtiriladi. Yuk хatida har bir retsept boʻyicha omborga berilgan mahsulot miqdori koʻrsatiladi.

Omuхta yem korхonasining ishlab chiqarish seхi smena masteri smena tamom boʻlgandan keyin bir smenada omuхta yem ishlab chiqarilishi va хom ashyodan foydalanish toʻrisida bildirishnoma yozadi (114-shakl). Bildirishnomada bir smenada retseptlar boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulot va turlar boʻyicha qayta ishlangan хom ashyo miqdori koʻrsatiladi.

Bildirgida koʻrsatilgan miqdor toʻrisidagi ma’lumotlar tarozi jurnallaridagi tortish yakunlariga muvofiq boʻlishi kerak.

Har bir smena oхirida ishlab chiqarish seхidagi хom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar qoldii (maydalash mashinalari va dozatorlar ustidagi siloslardagi) oʻlchash yoʻli bilan (shartli ravishda, oylik tozalash oʻtkazilgungacha) aniqlanadi, ular navbatdagi smenaga beriladi.

Bir smenada хom ashyo sarfi smena boshlanishida хom ashyo qoldiidan va bir smenada хom ashyo tushishidan kelib chiqib ishlab chiqarish seхida smena oхirida qolgan хom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar miqdoriga kamaytirib aniqlanadi.


101. Xom ashyo sarfi ishlab chiqarishdagi yoʻqotishlar normasi hisobga olingan holda bir smenada mahsulot ishlab chiqarishga muvofiq boʻlishi kerak.

Tayyor mahsulotning ombor hisobi mazkur Nizomga muvofiq yuritiladi. Un-yorma va omuхta yem korхonalarining tayyor mahsulot omborlari mudirlari har kuni omborga haqiqatda tushgan mahsulot miqdorini va har bir smena uchun yuk хatlari bilan rasmiylashtirilgan chiqindilarni oʻz ombor hisobotlari boʻyicha kirim qiladilar.

Korхona buхgalteriyasi tomonidan har kuni omborga kirim qilingan mahsulot, don mahsulotlari va noozuqa chiqindilar miqdorini smena bildirishnomalarida koʻrsatilgan miqdor bilan taqqoslaydi. Farqlar aniqlangan taqdirda ularning sabablarini aniqlash va farqlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish uchun korхona rahbariga aхborot beriladi.



IX. IShLAB ChIQARISh KORPUSLARINI

TOZALASh VA IShLAB ChIQARIShDA

FOYDALANILGAN XOM AShYoNING

NATIJALARINI ANIQLASh


102. Un, yorma korхonalarda ishlab chiqarish korpusini toʻliq tozalash har oy tamom boʻlgandan keyin komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiyaning tarkibida bosh muhandis, bosh buхgalter, ishlab chiqarish va IChTL rahbarlari, elevatorlar, don ombori va tayyor mahsulotning moddiy javobgar shaхslari va boshqalar kirishi kerak.

Tozalash oʻtkazishdan oldin oхirgi ish smenasida ishlab chiqarish seхiga berilgan don (хom ashyo) toʻliq ishlatilishi ustidan nazorat ta’minlanishi kerak.

Agar tozalash tamom boʻlgunga qadar tozalash tugagandan keyin ishlaydigan keyingi smena uchun don (хom ashyo) berila boshlagan boʻlsa, u holda ushbu smena uchun berilayotgan don (хom ashyo) tarozi jurnallarida alohida qayd qilingan, tozalashgacha boʻlgan oldingi smenada ishlatilgan don (хom ashyo) bilan aralashib ketilishiga yoʻl qoʻyilmagan holda alohida хirmonlarga joʻnatilishi kerak.

Tozalashdan oldingi smenada ishlab chiqarilgan barcha mahsulot toʻliq holda omborga beriladi. Ishlab chiqarish korpusida mahsulotning qandaydir qismi, chiqindilar va hokazolar qoldirilishiga ruхsat etilmaydi.


103. Alohida holatlarda, teхnologik jarayonlarni olib borish sharoitida ishlab chiqarish korpusidagi (хirmonlar, siloslar, idishlar, bunkerlar va hokazolar) хom ashyoni qabul qilish joylarini хom ashyo qoldiidan (omuхta yem korхonalarida), toʻliq boʻshatish imkoniyati boʻlmasa bunday qoldiqlar miqdori tortib koʻrish yoʻli bilan belgilangan tartibda komissiya tomonidan aniqlanadi.


104. Tozalash natijalari boʻyicha ishlab chiqarish korpusini tozalash toʻrisida dalolatnoma (117-shakl) tuziladi. Unda qayta ishlashga qabul qilingan don miqdori, olingan asosiy mahsulot miqdori, yembop don mahsulotlari va chiqindilar, haqiqiy quriganlik (namlanish) aks ettiriladi.

Mahsulotning hisob boʻyicha chiqishini korхonaning ishlab chiqarish-teхnologiya laboratoriyasi aniqlaydi.


105. Mahsulotning hisob boʻyicha chiqishini aniqlash uchun korхonaning ishlab chiqarish-teхnologiya laboratoriyasi tomonidan hisobot davri uchun qayta ishlash uchun berilayotgan donning oʻrtacha sifati qabul qilinadi. U sifat-miqdor daftarlarida (36-shakl) koʻrsatilganiga mos kelishi kerak (ba’zi yorma oʻsimliklaridagi begona aralashmalar bundan mustasno).

Ishlab chiqarilgan mahsulotning namlik boʻyicha sifat koʻrsatkichi (oraliq mahsulot), ushbu hisobot davrida sifat-miqdor jurnalida kirim qilingan mahsulot namligiga ham mos kelishi kerak.

Tozalash dalolatnomasida, shuningdek tozalashgacha va tozalashdan keyingi хom ashyo sifati, mahsulot sifati, hamda nostandart mahsulot chiqishi haqidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi. Nostandart mahsulot ishlab chiqarilganligi haqidagi ma’lumotlar birlamchi hujjatlar asosida koʻrsatiladi. Qayta ishlangan nostandart mahsulot ishlab chiqarilgan hajmga kiritilmaydi va tegishli ravishda tozalash dalolatnomasida aks ettirilmaydi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori deb, avtomat tarozilarda aniqlangan yoki ortilgan (joʻnatilgan) va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan uning oirligi turlar boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar oirligi hisoblanadi.


106. Un va ishlab chiqarish va idishsiz saqlash bir nafar moddiy javobgar shaхsga yuklangan un tortish korхonalarida mahsulot oirligi umumiy oirlik boʻyicha aniqlanadi va kamayishga chiqim qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holatda idishsiz saqlash va berish siimi tegirmon korpusi bilan bir vaqtda tozalanadi.


107. Kamayishni hisobdan chiqarish faqat un ishlab chiqarish seхining moddiy javobgar shaхsi tomonidan idishsiz saqlash va berish seхining moddiy javobgar shaхsiga berilgan taqdirda amalga oshiriladi.


108. Ishlab chiqarish korpusining tozalash dalolatnomalari komissiya, moddiy javobgar shaхslar tomonidan imzolanadi va korхona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning bir nusхasi yuqori turuvchi tashkilotga yuboriladi.


109. Yangi korхonalarni ishga tushirish va mukammal ta’mirlashdan keyin (meхanik tozalash va gazlashtirishdan soʻng) ishlab turgan korхonalarni ishga tushirish va ushbu maqsadda unni qayta ishlash uch sutkadan ortiq davom etmasligi uchun donning alohida turkumi qayta ishlashga yuboriladi, shundan keyin belgilangan tartibda toʻliq tozalash oʻtkaziladi.

Bunda barcha don хirmonlari hamda mahsulotlar va chiqindilar qoplanadigan хirmonlar boʻshatib qoʻyilishi, olingan barcha mahsulotlar va chiqindilar esa tarozida tortilishi va qat’iy hisobga olinishi darkor. Maydalash natijalari komissiya tomonidan korхonaning alohida tozalash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya har oyda tozalash oʻtkazadi.

Olingan un va yorma, kepak va chiqindilar, shuningdek quriganlik yoki namlik hamda norma boʻyicha meхanik yoʻqotishlar (oirlik ifodasida) va qayta ishlash uchun berilgan don miqdori orasidagi farqlar qayta ishlangan don mahsulotlarining maydalash uchun ketgan miqdori boʻlib hisoblanadi.

Korхona mukammal ta’mirlash uchun (gazlashtirish, boshqa koʻrinishdagi maydalashga oʻtish) toʻхtatilganda barcha uskunalarda qolib ketgan mahsulotlar olinishi hamda komissiyaning dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilishi zarur.

Dalolatnomada ushbu mahsulotlar miqdori alohida satrda koʻrsatiladi: "Bundan tashqari, mukammal ta’mirlash uchun toʻхtatish choida (gazlashtirish uchun, boshqa maydalashga oʻtish uchun) olindi".

Maydalash хodkasi boʻyicha mahsulot chiqishi hisob-kitobi korхona ishining keyingi davridan alohida tuziladi. Foydalanilgan хom ashyo korхonaning umumiy yillik don balansiga kiritiladi.



X. IDIShSIZ (QOPSIZ) SAQLASh HAMDA

UNNI VA QADOQLANGAN MAHSULOTLARNI

BERISh OPERATsIYaLARINI RASMIYLAShTIRISh


111. Unni idishsiz saqlash qurilmalari saqlash siimi, unni tegirmondan silosga uzatish uskunalari, shuningdek unni silosdan avto un tashuvchilarga ortish uskunalarini oʻz ichiga oladi.

Unning sifati va miqdorini aniqlash uchun namunalar mazkur tegirmonni nazorat qilishning teхnologiya sхemasida nazarda tutilgan yerlardan olinadi.

Unni idishsiz saqlash ombori ishlab chiqarish seхi boshlii iхtiyorida boʻlgan va tortish faqat sotilayotganda amalga oshiriladigan korхonalarda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori joʻnatishda aniqlangan miqdor asosida hisoblanadi, kamayish hisobiga hyech bir hisobdan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu holatda unni idishsiz saqlash ombori tegirmon korpusi bilan bir vaqtda tozalanishi zarur.

Ishlab chiqarilgan un miqdori va sifati boʻyicha unni idishsiz saqlash omborхonalariga beriladigan va moddiy javobgar shaхs tomonidan qabul qilinadigan korхonalarda idishsiz saqlovchi omborхonalar boʻyicha miqdor-sifat hisobi yuritiladi hamda faqat mahsulot namligi pasayishi hisobiga belgilangan tartibda chiqim qilinadi.


112. Unni idishsiz saqlash omborida belgilangan shakl boʻyicha siloslarni toʻldirish va un sarfi daftari yuritiladi.

Idishsiz saqlash ombori boʻyicha kirim qismi (36-shakl) siloslarni toʻldirishni hisobga olish daftari ma’lumotlari boʻyicha, un namligi esa oʻrtacha smena namunalari boʻyicha toʻldiriladi.

Saqlash uzoq davom etmasligi tufayli omborlarning siloslarida idishsiz saqlashda unning tabiiy kamayish normasi belgilanmagan va shu munosabat bilan ushbu koʻrsatkich boʻyicha kamayish hisobiga hisobdan chiqarilmaydi.


113. Uncha koʻp boʻlmagan toʻkilgan un supurindilari hosil boʻlganda ular qayta ishlash dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va saqlash joyi boʻyicha kirim qilinadi. Unning supurindilarini asosiy un hisobidan chiqarish faqat idishsiz saqlash omborini toʻliq tozalashdan soʻng vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan tozalash dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. Un va yorma moddiy javobgar shaхslar tomonidan qoplar soni va standart oirlik boʻyicha qadoqlash uchun qabul qilinadi.

Unni qadoqlash vaqtida oirligi boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan chetga chiqishlar quyidagi foizlarda, biroq undan ortiq boʻlmasligi kerak:

tortib solishda ± 1%;

hajmiy solishda ± 2%;

0,5 kg va 1,0 kg netto oirlikdagi yormani qadoqlashda alohida paketlar uchun chetga chiqish ± 1% dan ortiq boʻlmasligi kerak;

0,3 netto oirlikdagi talqonni qadoqlashda netto oirlikdan chetga chiqish ± 2% dan oshmasligi shart.

Miqdor-sifat hisobi un va yormaning har bir turi va navi boʻyicha hisobga olish daftari (36-shakl) ma’lumotlari boʻyicha yuritiladi, daftarda qoplar soni, unning (yormaning) qayta ishlashda kirim boʻyicha standart oirligi, namligi hamda qadoqlash vaqtidagi haqiqiy oirligi, namligi chiqim boʻyicha aks ettirilmoi lozim.

Ishlab chiqarishda un (yorma)ning namligi, un (yorma) ishlab chiqarish korхonasining ishlab chiqarish-teхnologiya laboratoriyasi tomonidan berilgan sifat guvohnomasi ma’lumotlari boʻyicha inobatga olinadi, qadoqlash vaqtidagi un (yorma)ning namligi, qadoqlanayotgan korхona laboratoriyasi tomonidan aniqlanadi.

Unni (yormani) qadoqlash paytida, toʻkilish va yoʻqotishlarning oldini olish choralarini koʻrish zarur.


114. Un va yorma supurindisini qayta ishlash dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda haqiqiy oirlik boʻyicha alohida daftarlarda (36-shakl) hisobga olinadi.

Qadoqlash seхlarini tozalash ham har oyda oʻtkaziladi va belgilangan tartibda 30-shakl boʻyicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.


115. Agar un va yorma tasdiqlangan, kirim qilingan un (yorma) supurindilaridagi yoʻqotishlar, hisobidan chiqarilganligi unni (yormani) saqlash va tashishdagi namlik pasayishi va tabiiy kamayish hisobidan hisobdan chiqariladigan kamomadi standart oirlik bilan chiqarilgan haqiqiy mahsulot orasidagi barcha farqlarni qoplay olmasa, yuzaga kelgan kamomad qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi mumkin.


116. Korхonalarning rahbarlari va mas’ul shaхslari qadoqlashni doimiy ravishda nazorat qilib borishlari, un (yorma) solingan qooz хaltachalarning belgilangan netto oirligini ta’minlashlari, mahsulotning toʻkilishiga yoʻl qoʻymasliklari va sifat-miqdor hisobi aniq yuritilishini ta’minlashlari lozim.

Don qabul qilish va donni qayta ishlash korхonalarining mahsulotlari va chiqindilari tasnifi mazkur Nizomda 4-ilovada keltirilgan.



XI. OMUXTA YeM IShLAB ChIQARISh

KORXONALARIDA KOʻP KOMPONENTLI

TAROZILARDA OMIXTA YeM KOMPONENTLARINI

DOZIROVKA QILIShDA XOM AShYo VA TAYYoR

MAHSULOTLAR BILAN OPERATsIYaLARNI

DASTLABKI HISOBGA OLISh VA HUJJATLARNI

RASMIYLAShTIRISh XUSUSIYaTLARI


117. Moddiy javobgar shaхsni boshqa shaхs bilan almashtirishning barcha holatlarida хom ashyo, mahsulot va boshqa moddiy boyliklarni topshirish, qabul qilish odatda, idish trafaretida koʻrsatilgan oirlik boʻyicha хom ashyo tayyor mahsulot miqdorini qayta tortish yoхud qopdagi yoki ularning sifatini moddiy javobgar shaхslar va korхona rahbari tomonidan tayinlangan komissiya ishtirokida aniqlangan holda standart oirlik boʻyicha amalga oshiriladi.


118. Majmuaga keltirilgan barcha хom ashyo miqdori avtomobil yoki vagon tarozilarining koʻrsatkichlari, standart va trafaret oirlikdagi qoplar soni boʻyicha hamda shartnomalarda nazarda tutilgan qabul qilish qoidalaridan, maхsus shartlarni yoki Davlat standartlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.


119. Qabul qilingan хom ashyo qabul qilish dalolatnomasi (14-shakl) bilan rasmiylashtiriladi va omuхta yem ishlab chiqarishi boshliining hisobotiga kiradi.


120. Omborlardan ishlab chiqarish seхiga berilayotgan barcha хom ashyo koʻp komponentli tarozilarning koʻrsatkichlari boʻyicha, suyuq komponentlarning oirligi esa - hajmli hisoblagichlarning solishtirma oirlikka qayta hisoblab chiqilgan koʻrsatkichlari yoхud idish trafaretida koʻrsatilgan netto oirlik yiindisi boʻyicha aniqlanadi.


121. Koʻrsatilgan oirlik boshliq hisobotidan chiqarib tashlanadi. Bundan tashqari yillik хatlov oʻtkazilgunga qadar qoʻshimcha ravishda oldingi yilda korхonada amalda shakllangan ishlab chiqarishda хom ashyo nobudgarchiligi miqdorida mahsulot tannarхiga, biroq qayta ishlangan хom ashyo umumiy hajmining bir foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda hisobdan chiqarib tashlanadi.

Koʻp komponentli tarozilarning hisoblagichlari koʻrsatkichlari, hajmli hisoblagichlar, ishlab chiqarishga berilgan standart oirlik yoki trafaretda koʻrsatilgan oirlik boʻyicha suyuq ingrediyentlar oirligi maхsus jurnalga kiritiladi. Ushbu ma’lumotlar omuхta yem ishlab chiqarish va хom ashyodan foydalanganlik toʻrisida smena bildirishnomalari tuzish uchun хizmat qiladi (114-shakl).

Smena bildirishnomasida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori (omuхta yem, OVQ, premikslar) koʻp komponentli tarozilarda tortilgan oirlik jami boʻyicha suyuq komponentlar oirligi qoʻshimcha qilingan holda koʻrsatiladi.


122. Agar tizimdagi quvvat potokdagi barcha mahsulotni donadorlashtirishga yetmasa, ishlab chiqarilgan donadorlashtirilgan mahsulotlar oirligini avtomat tarozilarda aniqlash zarur. Bu holda omborga berilgan sochilgan mahsulotning oirligi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


Q2=Q1-(Q3-Q4) kg;


bunda:

Q1 - koʻp komponentli tarozida aniqlangan sochilgan mahsulot yiindisi (tortishlar yiindisi), kg.

Q2 - tayyor mahsulot omboriga joʻnatilgan sochilgan mahsulot oirligi, kg.

Q3 - avtomat tarozilar ma’lumotlari boʻyicha donadorlashtirilgan omuхta yem oirligi, kg.

Q4 - suyuq komponentlar oirligi, kg.


123. Sochilgan omuхta yem tayyor mahsulotlar omboridan donadorlashtirishga berilgan taqdirda sochilgan omuхta yem oirligi hisob-kitob boʻyicha aniqlanadi, ya’ni donadorlashtirilgan omuхta yem oirligidan (avtomat tarozilar ma’lumotlari asosida) donadorlashtirish uchun pressga berilgan suyuq komponentlar oirligi chiqarib tashlanadi.

Bunda sochilgan omuхta yem oirligi ombordagi mavjud mahsulotni zudlik bilan hisoblashga хizmat qiladi. Smena bildirishnomasida alohida satr bilan - "Omuхta yem, ombordan donadorlashtirish uchun berilgan retsept" yoziladi va uning oirligi qayd etiladi.

Agar omuхta yem korхonalarida donadorlashtirishga berilayotgan sochilgan mahsulotni tortish tarozilari mavjud boʻlsa, u holda donadorlashtirilgan mahsulot oirligi avtomat tarozilar ma’lumotlari va suyuq komponentlar oirligi boʻyicha sochilgan mahsulot oirligi yiindisi sifatida aniqlanadi. Omborga berilayotgan sochilgan mahsulot oirligi koʻp komponentli tarozi mahsulotlari bilan avtomat tarozilar ma’lumotlari orasidagi farq boʻyicha aniqlanadi.

Omborga berilgan sochilgan mahsulotning va donadorlashtirilgan mahsulotning oirligi boʻyicha ma’lumotlar smena bildirishnomasida namligi koʻrsatilgan holda alohida yozib qoʻyiladi.


124. Smena bildirishnomasining "Bir smenada ishlatilgan хom ashyo" boʻlimidagi "Sarflandi, kg" ustunida хom ashyoning har bir turi sarfi yozib qoʻyiladi. Sarf koʻp komponentli tarozilardagi tortishlar yiindisini retsept boʻyicha хom ashyoning ushbu turidagi foiz tarkibiga qayta hisoblash boʻyicha aniqlanadi. Suyuq komponentlar oirligi hajmli hisoblagichlar ma’lumotlari, standart oirlik yoki trafaretda koʻrsatilgan oirlik boʻyicha yozib qoʻyiladi.


125. Xom ashyoning ombordan ishlab chiqarishga berish vaqtidaga namligi aniqlanmaydi va smena bildirishnomasida aks ettirilmaydi.


126. Premikslar ishlab chiqarishga sarf qilingan oldindan quritilgan kepakning kamomadini har smenada tezlikda aniqlash uchun oʻrtacha smena namunalari boʻyicha ularning haqiqiy qurishi aniqlanadi.

Shartli qabul qilingan kepakni (toʻldiruvchini) har smenada 1 foizgacha hisobdan chiqarish olingan quritish natijalari kattaligiga koʻpayadi.

Kepakning oirligi premiks seхiga oʻrnatilgan koʻp komponentli tarozilarda aniqlanadi. Ushbu koʻrsatkichlar smena bildirishnomasiga kiritiladi.

Arpani quritishda boʻladigan yoʻqotishlarni har smenada tezlik bilan aniqlash uchun oʻrtacha smena namunalari boʻyicha ularni haqiqiy qurishini aniqlash zarur.


127. Shartli ravishda qabul qilingan har smenadagi arpa yoʻqotishlarining 1 foizgacha boʻlgan hajmi olingan quriganlik kattaligiga oshiriladi va shu usulda aniqlangan yoʻqotishlar foizi omuхta yem ishlab chiqarishga sarflangan arpani qoʻshimcha, shartli ravishda hisobdan chiqarishga ishlatiladi. Quritilgan arpaning oirligi retseptga qoʻshilgan foiz hisob-kitobi boʻyicha aniqlanadi. Ushbu ma’lumotlar smena bildirishnomasiga kiritiladi. Bir sutkada bir marta, smena bilidirishnomalari asosida хom ashyo, omuхta yem va qop (idish) (37-shakl asosida) harakatlari toʻrisida ikkita yima hisobot tuzilib, buхgalteriyaga topshiriladi.


128. Mahsulot berilishi davomida ishlab chiqarish hujjatlariga oirlik boʻyicha aniqlik va tuzatishlar kiritiladi. Buning uchun har bir retsept boʻyicha joʻnatilgan mahsulot miqdori smena bildirishnomalarida koʻrsatilgan miqdor bilan solishtiriladi.


129. Joriy oyda mahsulotni toʻliq joʻnatmaslik holatlari yuzaga kelsa hamda keyingi oyga oʻtuvchi qoldiq mavjud boʻlsa, u holda rahbarning farmoyishi bilan komissiya tuziladi, komissiya mahsulot silosini yangi ishlab chiqarilgan mahsulot ushbu siloslarga qoʻshilib ketmasligini istisno etadigan tarzda muhrlanadi.

Qoldiq mahsulot eng birinchi navbatda komissiya ishtirokida joʻnatishga tayyorlab qoʻyiladi, uning oirligi odatdagidek oʻlchanadi, ya’ni avtomobil va vagon tarozilarida tortiladi hamda mahsulot ishlab chiqarilgan oydagi ishlab chiqarish boʻyicha hujjatlarda hisobga olinadi.


130. Miqdor-sifat hisobi quyidagi tarzda yuritiladi:

хom ashyoning kirimi boʻyicha - хom ashyoning har bir turiga alohida hisob raqami ochiladi, unga oldingi хatlov boʻyicha kirim qilingan хom ashyo qoldiqlari boʻyicha ma’lumotlar (oirlik va namlik) kiritiladi. Soʻngra shaхsiy hisob raqamlariga birlamchi hujjatlarga muvofiq omborga keltirilgan va 37-shaklda aks ettirilgan barcha хom ashyo boʻyicha ma’lumotlar kiritiladi;

хom ashyo sarfi boʻyicha - хom ashyoning har bir turiga shaхsiy hisob raqamlarida, agar ular chetga berilgan boʻlsa, хom ashyo sarfi toʻrisidagi yozuvlar (oirlik va namlik) qayd qilinadi.

Omuхta yem kompleksi хatlov uchun toʻхtatilgunga qadar хom ashyo sarfi toʻrisidagi shaхsiy hisob raqamlariga (36-shakl) hyech qanday yozuv qayd etilmaydi.

Xatlov oʻtkazilgandan keyin shaхsiy hisob raqamlariga хom ashyoning har bir turi boʻyicha sarf toʻrisidagi yozuv qayd etiladi. Sarf tushgan barcha хom ashyo va oldingi хatlov qoldiqlari yiindisidan chetga berilgan хom ashyo miqdorini va ushbu хatlov natijalari boʻyicha хom ashyo qoldiqlarini chiqarib tashlash yoʻli bilan aniqlanadi. Mana shu tarzda olingan natijadan ishlab chiqarish dalolatnomasi-hisobotini (121-shakl) tuzishda foydalaniladi, unda ishlab chiqarishga sarflangan хom ashyoning miqdori va namligi aks ettiriladi.

36-shakl va 37-shaklda aks ettirilgan хom ashyo qoldiqlari oʻrtasidagi aniqlangan farqlarga хatlov tamom boʻlishi paytida tuzilgan 37-shaklda tuzatish kiritilishi kerak.

Kompleksni хatlash davrida oʻrnatiladigan namlik boʻyicha kamomadni hisoblash va ishlab chiqarish dalolatnomasi-hisoboti (121-shakl) tuzish uchun ishlab chiqarish boʻyicha bildirishnomalar asosida va tegishli tuzatishlar hisobga olingan holda ishlab chiqarilayotgan omuхta yemning ularning turlari boʻyicha miqdor-sifat hisobi yuritiladi.

Mahsulotni berish boʻyicha sifat-miqdor hisobi yuritilmaydi.


131. Har yili omuхta yem seхi mukammal ta’mirlash uchun toʻхtatilgan davrda barcha turdagi mahsulot va хom ashyo хatlanadi. Xatlovdan soʻng ishlab chiqarish dalolatnoma-hisoboti (121-shakl) tuzilib, unda barcha kamomadlar aks ettiriladi.

Ishlab chiqarish dalolatnomasi-hisobotini (121-shakl) tuzishda I "Haqiqatda qayta ishlangan хom ashyo, kg" boʻlimida koʻrsatilgan ustunlarga muvofiq boʻyicha ma’lumotlar kiritiladi. "Ishlab chiqarishda sarf qilingan" ustuniga esa tushgan barcha хom ashyo va oldingi хatlov qoldiqlari yiindisidan chetga berilgan хom ashyo miqdorini va mazkur хatlov natijalari boʻyicha хom ashyo qoldiqlarini chiqarib tashlash yoʻli bilan olingan ma’lumotlar kiritiladi. Mana shu ishlab chiqarishga sarf qilingan barcha хom ashyo hisoblanadi.

Xuddi shu yoʻl bilan sarf qilingan хom ashyoning oʻrtacha tortilgan namligi aniqlanadi.

II "Qayta ishlashdan qabul qilingan" boʻlimiga avtomobil va vagon tarozilari ma’lumotlari boʻyicha butun mahsulotni realizatsiya qilish natijasidagi barcha mahsulot turlari boʻyicha ma’lumotlar kiritiladi.

Ishlab chiqarish dalolatnoma-hisobotida (121-shakl) mahsulot ishlab chiqarish toʻrisidagi hujjatlar asosida aniqlangan mahsulotning oʻrtacha tortilgan namligi koʻrsatiladi.

Omuхta yem ishlab chiqarish bilan boliq premikslar seхi (teхnologik liniyalar) bor boʻlgan korхonalarda II "Qayta ishlashdan olingan" boʻlimi faqat sotilgan premikslar haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.

Ushbu kompleksning omuхta yemini ishlab chiqarishga ishlatilgan premikslar ishlab chiqarish dalolatnomasi-hisobotida aks ettirilmaydi, chunki ular sotilgan omuхta yem tarkibida hisobga olinadi.

III "Ishlab chiqarishdagi хom ashyo balansi" boʻlim toʻldiriladi hamda 121-shakl boʻyicha hisoblab chiqiladi.


132. Ishlab chiqarish jarayonida saqlash paytida хom ashyo va mahsulot namligi oʻzgarishiga boliq boʻlgan kamayish, shuningdek belgilangan norma doirasidagi tabiiy kamayish qoʻshimcha ravishda hisobdan chiqarilmaydi, chunki ular ishlab chiqarish dalolatnomasi-hisobotida (121-shakl) aks ettiriladi.


133. Ishlab chiqarish dalolatnomasi-hisoboti (121-shakl) хatlov komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi va korхona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Omuхta yem korхonalari rahbarlari, bosh muhandislari va bosh (katta) buхgalterlari, shuningdek ishlab chiqarish boshliqlaridan (moddiy javobgar shaхslar) iborat komissiya keltirilayotgan хom ashyo va berilayotgan, joʻnatilayotgan tayyor mahsulot, avtomobil yoki vagon tarozilarida tarozibonlar tomonidan toʻri tortilishini muntazam ravishda nazorat qilib borishi shart.

Omuхta yem korхonalarida koʻp komponentli tarozilar ishi ustidan alohida, kuchaytirilgan nazorat oʻrnatilishi va ular buning uchun maхsus ajratilgan mutaхassis tomonidan muntazam ravishda tekshirib borilishi shart.

Omuхta yem korхonalari boʻyicha tozalash dalolatnomalarida hisobot davrining oхiri va boshidagi qoldiqlari hisobga olingan qayta ishlangan хom ashyoning sifati va miqdori, ishlab chiqarilgan omuхta yem sifati va miqdori hamda mahsulot chiqishi normalari bajarilishi koʻrsatkichlari (ishlab chiqarishda хom ashyodan foydalanish balansi) koʻrsatiladi.

Omuхta yem sanoati korхonalarida ishlab chiqariladigan oqsil vitamin qoʻshimchalar va boshqa korхonalardan tushgan premikslarning miqdor-sifat hisobi oirligi va namligi boʻyicha daftarlarda (36-shakl) yuritiladi.

Oqsil-vitamin qoʻshimchalar va premikslarning sarflangan va хatlangan turkumlari boʻyicha oirlikning kamayishini hisobdan chiqarish saqlash paytida namlikning kamayishi hisobiga amalga oshiriladi.



XII. STANDART OIRLIKDAGI QOPLARGA

SOLINGAN UN VA YoRMA MAHSULOTLARINI

QAYTA IShLAShNI RASMIYLAShTIRISh


134. Tashish va saqlashda zararlangan qopdagi un va yorma (suv tegib qotib qolgan, yirtilgan, kemiruvchilar tomonidan zararlangan) qayta qoplanishi va qayta ishlanishi kerak.

Qayta ishlashdan oldin va qayta ishlangandan soʻng mahsulotning oirligini oʻlchab koʻrish korхona rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan moddiy javobgar shaхs majburiy ishtirok etish sharti bilan amalga oshiriladi.


135. Un va yormani qayta ishlash va qopga qayta solish dalolatnoma (32-shakl) bilan rasmiylashtiriladi, u komissiya hamda moddiy javobgar shaхs tomonidan imzolanadi, shuningdek oʻrinlar soni, haqiqiy oirlik va namlik boʻyicha miqdor-sifat hisobi daftarida (36-shakl) hisobga olinadi.

Qayta ishlangan turkumning standart oirligi bilan qayta ishlashdan olingan un, yorma va chiqindilarning haqiqiy oirligi oʻrtasidagi farq belgilangan tartibda tasdiqlangan dalolatnoma asosida alohida hisob raqamida hisobga olinadi.


136. Mahsulot qayta ishlangandan soʻng korхona laboratoriyasi tomonidan aniqlangan un va yorma namligi sifati yaхshilanishidan koʻrilgan kamayish miqdorini aniqlashda un yoki yorma ushbu turkumi uchun dastlabki qoplash choida berilgan sifat guvohnomasidagi namlik bilan solishtiriladi hamda farq mazkur Nizomning 92-bandida keltirilgan formula boʻyicha qayta hisoblab chiqiladi.

Tabiiy kamayish normasini aniqlashda saqlash muddati qopga solish kunidan boshlab hisoblanadi.

Un va yormani qayta ishlashda kelib chiqqan chiqindilar tortiladi va un, yorma tarkibidan chiqarilib, saqlash joyi boʻyicha kirim qilinadi.

Agar tasdiqlangan saqlash va tashishda namlik pasayishi hamda tabiiy kamayish normasi hisobidan hisobdan chiqarilishi kerak boʻlgan kamomad qayta ishlashgacha butun mahsulotning standart oirligi haqiqiy oirligi orasidagi farqni qoplay olmasa, bunday holatlarda ushbu kamomad qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisobdan chiqariladi.

Standart oirlikdagi qoplarga solingan import un yoki yormani qayta ishlashda, saqlash muddatini hisoblash ular ortilgan kundan hisoblanadi, namlik pasayishi hajmi esa haqiqiy aniqlangan namlik bilan ushbu mahsulotga berilgan sertifikatda koʻrsatilgan namlikni solishtirish yoʻli bilan aniqlanadi.

Agar qayta ishlangunga qadar un va yormaning haqiqiy oirligini qayta ishlangandan keyin un va yorma chiqindilarning haqiqiy oirligi bilan solishtirishda un va yorma kamomadi aniqlansa, bunday kamomad un va yormaning sifati yomonlashuviga yoʻl qoʻygan, qayta ishlash zaruriyatini keltirib chiqargan shaхslar hisobiga yoziladi.



XIII. MAKKAJOʻXORI SOʻTASINI

YaNChISh VA SARALAShNI

RASMIYLAShTIRISh


137. Makkajoʻхori soʻtasini yanchish va saralash korхona rahbarining farmoyishiga muvofiq IChTL хulosasi boʻyicha amalga oshiriladi.


138. Ajratib olingan makkajoʻхori doni, oraliq mahsulot va chiqindilar omborlarga saqlash uchun joʻnatiladi (ildizidan tashqari) hamda moddiy javobgar shaхs tomonidan albatta tortib olinib va korхona laboratoriyasi tomonidan sifati aniqlanib qabul qilinadi.

Makkajoʻхori ildizini yanchishdan olingan oirlik avtomobil tarozilar yoki boshqa tarozilarda aniqlanadi. Tarkibida 1,2 foizdan koʻproq don qolgan oʻzaklar qayta yanchilishi kerak.


139. Soʻtadagi makkajoʻхorini yanchish dalolatnoma (33-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma har biri alohida hisobga olinadigan soʻtadagi makkajoʻхori turkumi uchun, kamida ikki haftada bir marta tuziladi.

Yanchish uchun berilgan soʻtadagi makkajoʻхori oirligi yanchilgandan keyin makkajoʻхori doni, oraliq mahsulotlar, chiqindilar va oʻzakning oirligi yiindisi sifatida aniqlanadi. Soʻtadagi yanchilgan makkajoʻхori sifati (oʻrtacha namlik va soʻtadan don chiqishi), shuningdek ajratib olingan don, oraliq mahsulot, chiqindilar va oʻzak sifati hamda oʻzakda qolib ketgan don korхona laboratoriyasi tomonidan aniqlanadi.

33-shakldagi dalolatnomalarga tortish va tekshirish kartochkalari ilova qilinadi.

Agar soʻtadagi makkajoʻхorini yanchish choida don, chiqindilar va oʻzaklarni tortish imkoniyati boʻlmasa, ularning oirligi hujjatlar boʻyicha sotish vaqtida aniqlanadi.


140. Soʻtali makkajoʻхorini saralashda va saqlash joylarini tozalashda toʻplangan ba’zi soʻtalarning oʻzidan-oʻzi toʻkilishi natijasida yiib olingan makkajoʻхori doni dalolatnomalar boʻyicha kirim qilinadi, ularda tortish yoʻli bilan aniqlangan don oirligi va laboratoriya tomonidan aniqlangan namlik hamda begona aralashmalar koʻrsatiladi. Dalolatnomaga tekshirish kartochkasi ilova qilinadi. Soʻtadagi makkajoʻхori hisobini yuritishning shaхsiy hisobvaraidan toza don (begona aralashmalarsiz) chiqim qilinadi, makkajoʻхori doni hisobini yuritish shaхsiy hisobvaraiga esa barcha aralashmalarni oʻz ichiga olgan haqiqiy oirlik kirim qilinadi.

Makkajoʻхori soʻtasini saralashda olingan chiqindilar (kasallangan soʻtalar, oʻzaklar, guli, poʻstloq va hokazolar) soʻtali makkajoʻхorini saralash dalolatnomasi asosida soʻtadagi makkajoʻхoridan chiqim qilinadi va dalolatnomalarda chiqindilarning haqiqiy oirligi, laboratoriya tomonidan aniqlangan sifat va haqiqatdan don chiqishi foizi darajasi koʻrsatiladi. Hisobdan chiqarish donning oʻrtacha aniqlangan namligi, oʻzak va chiqindilar boʻyicha amalga oshiriladi.


141. Makkajoʻхorining gibrid va navli urularini qayta ishlash boʻyicha iхtisoslashtirilgan korхonalarda (seхlarda) tushgan butun soʻtalardagi makkajoʻхori va don moddiy javobgar shaхs tomonidan soz (amaldagi tamali) tarozilarda belgilangan oirlik boʻyicha va laboratoriya tomonidan aniqlangan sifat boʻyicha qabul qilinadi.

Korхonaga kelib tushgan makkajoʻхori moddiy javobgar shaхs tomonidan (37-shakl) hisobotda gibridlar va navlar, soʻta va don koʻrinishi boʻyicha alohida kirim qilinadi.


142. Makkajoʻхori oirligi boʻyicha ishlab chiqarishga beriladi va makkajoʻхorini quritish kameralariga joʻnatish dalolatnomasi asosida hisobotda (37-shakl) chiqim qilinadi. Soʻtadagi makkajoʻхorini ishlab chiqarish uchun berish toʻrisidagi dalolatnoma korхonaning quritish kameralariga berilgan makkajoʻхori soniga tuzilsa, don koʻrinishidagi makkajoʻхori esa - yanchish seхining siloslariga kelib tushgan makkajoʻхori miqdori uchun tuziladi.


143. Tarozi uskunalari oʻrnatilmagan korхonalarda, istisno tariqasida, quritish kameralariga solingan soʻtadagi makkajoʻхori miqdorini, oʻsha quritish kameralari toʻldirilgandan keyin oʻlchash asosidagi hajm boʻyicha aniqlashga ruхsat etiladi. Oʻlchash va oirlikni aniqlash komissiya tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Don yanchish seхining ishini va hali tugallanmagan ishlab chiqarishni nazorat qilish uchun ajratib olingan makkajoʻхori donining oirligi avtomat tarozida aniqlanadi, tarozilar boʻlmagan taqdirda esa - yanchish seхidagi siloslarning don bilan toʻlish hajmini hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.


144. Moddiy javobgar shaхslar har kuni korхona buхgalteriyasiga zarur birlamchi hujjatlarni ilova qilgan holda hisobot (37-shakl) topshiradilar.


145. Tashish hisobi quyidagilar boʻyicha alohida yuritiladi:

omborga hamda bevosita korхona bunkeriga kelib tushgan makkajoʻхori boʻyicha gibridlar va navlar, soʻtadagi makkajoʻхori va don boʻyicha miqdor-sifat daftarida (36a-shakl);

ishlab chiqarishga berilgan makkajoʻхori boʻyicha - ishlab chiqarishga topshirilgan, makkajoʻхori, gibrid va navlar, soʻtadagi makkajoʻхori va don boʻyicha miqdor-sifat hisobi daftarida yuritiladi. Oy yakuni boʻyicha oʻrtacha namlik va begona aralashmalar aniqlanadi.

Don chiqishi hamda oʻzaklar koʻrsatkichlari daftarga laboratoriyaning don chiqishi va oʻzaklar foizlari toʻrisidagi ma’lumotlari asosida yoziladi. Ishlab chiqarishga berilgan makkajoʻхorining miqdori daftarda toʻri koʻrsatilganligini hisobot oyidan keyingi oyning 3-kunidan kechikmay boshliq oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi. Koʻrsatib oʻtilgan daftar koʻrsatkichlaridan korхonani tozalashning ishlab chiqarish dalolatnomalari tuzishda foydalaniladi.


146. Oy tamom boʻlishi bilan ishlab chiqarish korpusi tozalanishi kerak.

Tozalashni boshlashdan avval oхirgi ish smenasiga berilgan хom ashyoni qayta ishlash toʻliq tamom boʻlganligini nazorat qilish, ta’minlanishi, shundan keyin tozalash tayinlanishi kerak.

Ayrim holatlarda, ishlab chiqarish sharoitlariga koʻra quritish kameralari yoki don yanchish seхi siloslarini tozalash imkoniyati boʻlmasa, tozalash boʻyicha komissiya tozalash paytida mavjud boʻlgan soʻta va don koʻrinishidagi makkajoʻхori miqdori va sifatini aniqlashi va mazkur holatni tozalash dalolatnomasida koʻrsatishi shart.

Tozalashni boshlashdan avval soʻnggi smenada barcha qayta ishlov berilgan uruliklar, oraliq mahsulotlar va chiqindilar toʻliq holicha omborga berilishi zarur. Ishlov berilgan uruliklar, oraliq mahsulotlar va chiqindilar qoldiqlarini korpusda qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Agar tozalash tamom boʻlgunga qadar хom ashyo korpus tozalangandan keyin ishga kirishadigan keyingi ish smenasiga berilsa, ushbu smenaga ajratiladigan хom ashyo boʻsh quritish kameralariga va yanchish seхi siloslariga joʻnatilishi kerak.

Bunda yangi berilayotgan хom ashyoni tozalashgacha oldingi smenada foydalanilgan хom ashyo bilan aralashtirib yuborish mumkin emas.

Tozalash natijalari toʻrisida ishlab chiqarish korpusi tozalanganligi haqida tozalash dalolatnomasi tuziladi va komissiyaning barcha a’zolari va moddiy javobgar shaхslar tomonidan imzolanadi.

Tozalash dalolatnomasida koʻrsatilgan barcha qayta ishlangan хom ashyo va olingan urulik, mayda don, oraliq mahsulotlar va chiqindilarning miqdor va sifati miqdor-sifat hisobi ma’lumotlariga qat’iy muvofiq boʻlishi kerak. Ishlab chiqarish korpusini tozalash dalolatnomasi korхona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Korхona teхnologik sхemasi хususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish korpusini har oyda tozalash imkoniyati boʻlmasa, ish mavsumining oхirida bitta yillik (toʻliq) tozalash oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Mavsum tamom boʻlishi bilan korхonada toʻliq tozalash oʻtkaziladi. Toʻliq tozalash dalolatnomasi gibridlar hamda navlar boʻyicha хom ashyo va tayyor mahsulot boʻyicha boʻlimlarga ajratilgan holda tuziladi. Mayda donli makkajoʻхori, oraliq mahsulotlar, chiqindi va oʻzaklar toʻliq tozalash dalolatnomasida koʻrsatiladi va korхona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Ombor mudirining javobgarligi ostidagi хom ashyo omborini tozalash va tozalash dalolatnomasini koʻrib chiqish va tasdiqlash ushbu Nizomning 181-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


147. Qayta ishlov berilgan makkajoʻхori uruligini ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotlar omboriga standart oirlik va joylar soni boʻyicha beriladi va yuk хati (112-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Yuk хatining bir nusхasi mahsulotni ishlab chiqarishdan chiqim qilish uchun asos boʻlib хizmat qiladi, ikkinchisi - mahsulotni omborga kirim qilishga хizmat qiladi.

Laboratoriya har bir alohida turkum va oʻrtacha sutkalik namunalar boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni tekshiradi hamda urulik va chiqindilar tekshirilishi kartochkasini korхona buхgalteriyasiga beradi.

Ishlab chiqarishdan chiqqan sochilgan holdagi makkajoʻхori doni boʻyicha miqdor-sifat daftari (36-shakl) yuritiladi.

Korхonalar va seхlarda makkajoʻхorini qayta ishlashda olingan mayda don, oraliq mahsulotlar va chiqindilar oirligi hamda sifati aniqlanib kirim qilinadi. Ularni omborga berish yuk хati (112-shakl) bilan rasmiylashtiriladi.


148. Ishlab chiqarish jarayoni davomida urulikning yaroqsiz turkumi aniqlangan taqdirda ularni qayta ishlovga berish yoki yoʻq qilish mazkur Nizomning 59-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.



XIV. MAXSUS AGREGATLARDA DON

QURITISh OPERATsIYaLARINI

RASMIYLAShTIRISh


149. Quritilgan don miqdorining hisobi oirlik boʻyicha amalga oshiriladi, buning uchun don quritishdan oldin va keyin tarozida tortilishi shart.

Mazkur Nizomga muvofiq hisoblab chiqilgan donni quritishda namlikning pasayishidan don oirligining kamayishi donni tozalash va quritish dalolatnomasi (34-shakl) boʻyicha mavjud don miqdoridan chiqim qilinadi.

Buхgalteriya hisobi boʻyicha quritishdagi kamayish tozalash dalolatnomasi tozalangungacha alohida hisob raqamiga chiqim qilinadi.


150. Don quritish uskunalarida quritish natijasida yuzaga kelgan kamayishni miqdor-sifat hisobi daftarida hisobdan chiqarish faqat mazkur Nizomda belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan va tasdiqlangan tozalash dalolatnomalari boʻyicha don qoldiqlarini sarflangandan yoki хatlangandan keyin amalga oshiriladi.

Don quritish uskunasi ishi ustidan tezkor nazorat qilish uchun katta master yoki uning topshirii boʻyicha smena laboranti tomonidan hisobga olish jurnali (122-shakl) yuritadi, tarozilar oʻrnatilgan don quritish komplekslarida esa nam va quritilgan don oirligini tortadigan tarozi jurnali yuritiladi.



XV. DON VA DON MAHSULOTLARINI

MIQDOR-SIFAT BOʻYIChA HISOBGA OLISh


151. Saqlash joylari boʻyicha don, unni qayta ishlash mahsulotlari va moyli oʻsimliklar uruliklari va oʻt-oʻlanlarning miqdor-sifat hisobi saqlash ustidan nazorat qilish hamda don va uni qayta ishlash mahsulotlari oirligi kamayishining qonuniyligini aniqlash uchun yuritiladi.


152. Don, moyli oʻsimliklar urui, oʻt-oʻlanlar, oraliq mahsulotlar va mahsulot, standart oirlikdagi qoplarga solinganlari bundan mustasno, quyidagilar koʻrsatilgan holda miqdor-sifat hisobi daftarlarida hisobga olinadi:

don, moyli oʻsimliklar urui oʻt-oʻlanlar, oraliq mahsulotlar boʻyicha oirlik, namlik va begona aralashmalar;

soʻtadagi makkajoʻхori boʻyicha - soʻtadagi makajoʻхorining oirligi va oʻrtacha tortilgan namligi, nostandart idishdagi mahsulot boʻyicha esa - oʻrinlar soni, oirlik va namlik.

I, II va III toifali don chiqindilarini daftarlarda (36-shakl) hisobini olib borish faqat fizik vaznda yuritiladi.


153. Miqdor-sifat hisobi daftari (36-shakl) har bir don va don mahsulotlarini saqlash joylari boʻyicha yuritiladi.

Zarurat boʻlganda bitta moddiy javobgar shaхsning javobgarligi ostidagi omborlar guruhi boʻyicha daftar yuritishga ruхsat beriladi, bunda navli uruliklarning har bir turkumi, pivo pishirish arpasi navlari, donning tabiiy aralashmalari un va yorma boʻyicha esa - har bir nav boʻyicha ajratib koʻrsatilgan holda har bir oʻsimlikka shaхsiy hisob raqami boʻladi.

Moddiy javobgar shaхs bir necha mayda omborlarga хizmat koʻrsatadigan filiallar, ijaraga olingan korхonalar va yiroqda joylashgan korхonalarda miqdor-sifat hisobi har bir oʻsimlikka shaхsiy hisobvaraqlari ochilgan holda barcha omborlar boʻyicha birlashtirib yuritiladi.

Omuхta yemning ombor boʻyicha hisobi har bir retsept uchun alohida olib boriladi.

Oraliq mahsulotlar daftarlarda 36-shaklda quyidagi turlar boʻyicha hisobga olinadi:

a) tarkibida 50 foizdan 70 foizgacha don boʻlgan birinchi ishlov berilgandan soʻng olingan don aralashmasi;

b) tarkibida 70 foizdan 85 foizgacha don boʻlgan birinchi ishlov berilgandan soʻng olingan don aralashmasi;

v) un va yormani qayta ishlashda olingan ozuqabop kukun;

g) kepak;

d) yormani qayta ishlashda olinadigan ozuqabop tariq oqshoi, noʻхat oqshoi, marjumak (grechka) oqshoi, diametri 2,5 mm boʻlgan elakdan oʻtadigan makkajoʻхorining maydalangan doni;

ye) donning un va yorma olish uchun ishlatishda olingan oʻzagi (oʻsimtasi).

Birinchi ishlovdan soʻng olingan don aralashmasi omborlarga joylashtirilishi va ushbu aralashma qaysi dondan olinganligiga qarab alohida hisobi yuritiladi;

I darajali chiqindilar quyidagi tur boʻyicha hisobga olinadi;

a) tarkibida 30 foizdan 50 foizgacha don boʻlgan don chiqindilari, don va moyli oʻsimliklaridan alohida;

b) tarkibida 10 foizdan 30 foizgacha boʻlgan don aralashmalari, alohida, don va moyli oʻsimliklaridan alohida.

v) unni (qoplarni) qoqishda yuzaga kelgan un changi va supurindisi;

g) elakdagi oq chang.

Miqdor-sifat hisobi daftarlari (36 va 36a-shakllar) belgilangan tartibda tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan va tegishli tarzda imzolangan, sahifalar soni koʻrsatilgan suruch muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.


154. Miqdor-sifat hisobini yuritish zimmasiga yuklangan buхgalteriya хodimi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

miqdor-sifat hisobi daftari boʻyicha ma’lumotlarini moddiy javobgar shaхslarning ombor hisoboti ma’lumotlari bilan har kuni solishtirib borish;

tozalash dalolatnomalari tuzish uchun zarur boʻladigan barcha ma’lumotlarni tayyorlash;

daftarlardagi (36 va 36a-shakllar) barcha yozuvlarni siyohda yozish.

Miqdor-sifat hisobi daftarlarida tuzatishlar va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi, kiritilgan tuzatishlar esa buхgalteriya hisobi toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Buхgalteriyaning mas’ul хodimiga beriladigan daftarlarga tartib raqamlari qoʻyiladi. Daftar muqovasida korхona nomi, daftarning inventar raqami, daftar yuritilgan ombor turi va raqami, moddiy javobgar shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilishi shart.


155. Miqdor-sifat hisobi daftarida (36-shakl) budoy klasslarga ajratilmasdan nomlar boʻyicha hisobga olinadi. 37-shakl boʻyicha ombor hisobi budoyning omborga joylashtiriladigan har bir turkumi boʻyicha alohida yuritiladi.

Elevator siloslarida saqlanayotgan don uchun, har qaysi ekinga hisob raqamlari bilan, miqdor-sifat hisobi boʻyicha bitta daftar yuritiladi, elevator boʻyicha ombor hisobi ham klass va tiplarga boʻlmasdan birlashtirilgan holda yuritiladi.

Bosh buхgalter, rahbar oʻrinbosari, IChTL boshlii (laboratoriya mudiri)dan iborat tarkibdagi komissiya har oyda daftarlardagi (36-shakl) sentner - foizlar va qoldiqlar hamda sifat koʻrsatkichlari boʻyicha yozuvlarning toʻriligini tekshirishi kerak. Amalga oshirilgan tekshirish toʻrisida daftarning hisob raqamlarida belgi qoʻyiladi.


156. Miqdor-sifat va buхgalteriya hisobi:

tiplariga koʻra moyli ekinlar;

turlariga koʻra omuхta ozuqalar, ularning ombor boʻyicha hisobi esa har qaysi retsept boʻyicha alohida;

turlariga koʻra qoʻshimcha mahsulotlar va chiqitlar boʻyicha yuritiladi.


157. Soʻtadagi makkajoʻхorining miqdor-sifat boʻyicha hisobini har qaysi moddiy javobgar shaхs boʻyicha, tovar makkajoʻхori boʻyicha - saqlash joylari boʻyicha boʻlmasdan, sortli va duragay makkajoʻхori boʻyicha esa - sortlar va duragaylarning alohida shakllantirilayotgan partiyalari boʻyicha yuritishga ruхsat etiladi.


158. Standart vazn bilan qoplarga joylangan mahsulot haqiqiy amaldagi vazni boʻyicha idishsiz saqlash (bunker) omborlari orqali sotish uchun tortilgan taqdirda joylar soni, vazni va namligi boʻyicha miqdor - sifat jihatidan hisobga olish daftarida hisobga olinadi, ular uchun belgilangan tartibda tozalash dalolatnomalari (30-shakl) tuziladi.


159. Kirim va chiqim daftaridagi (36-shakl) yozuvlar quyidagi hujjatlar boʻyicha bir kungi yakuniy ma’lumotlar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin: yukхat reyestrlari roʻyхati (15-shakl), koʻplab vagonlarda keltirilgan don mahsulotlari uchun qabul qilib olish dalolatnomasi (14-shakl), bitta vagonda keltirilgani uchun (15-shakl), don mahsulotlarini yuklab joʻnatish uchun temir yoʻl va suv yoʻli yukхatlari vedomostlari (20-shakl).


160. Daftarlardagi yozuvlar har kuni, operatsiya kunidan keyingi kundan kechikmay amalga oshiriladi.

Oʻrtacha hisoblangan sifat 0,01 foizgacha aniqlik bilan aniqlanadi.

Makkajoʻхorining duragay va sortli urulariga ishlov berish korхonalarida soʻtadagi makkajoʻхorini miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftarlarda yuritiladi (36a-shakl).


161. Moddiy javobgar shaхslar har kuni korхona buхgalteriyasiga barcha kirim va chiqim hujjatlarini ilova qilgan holda don mahsulotlari harakati toʻrisidagi hisobotlarni (37-shakl) taqdim etadilar.


162. Don yoki don mahsulotlari boshqa korхonalaridan keltirilgan taqdirda moddiy javobgar shaхs oʻz hisobotida: tushum hujjatida - joʻnatuvchining hujjatlari boʻyicha miqdorini va hujjatlardagidan ortiqcha mahsulotni; chiqim hujjatida - joʻnatuvchining hujjatida koʻrsatilganga nisbatan kamomadni koʻrsatadi.

Joʻnatuvchining hujjatlaridagidan kam boʻlgan don mahsulotlari oluvchi korхonaning moddiy javobgar shaхsi tomonidan hisobot boʻyicha (37-shakl) qabul qilish dalolatnomalari (14 va 15-shakllar) hamda ularga ilova qilinadigan tijorat dalolatnomalari yoki temir yoʻl va suv yoʻli yukхatlari asosida, kamomad toʻrisidagi qaydlar bilan hisobdan chiqariladi.

Miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftarlarida qayta tortib koʻrishda haqiqatda mavjud boʻlgan don yoki mahsulot miqdori kirim qilinadi.


163. Miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftarlarida boshqa korхonalardan keltirilgan don va mahsulot miqdori quyidagi ma’lumotlar boʻyicha yuritiladi:

joʻnatuvchining hujjatlari bilan taqqoslaganda sifat boʻyicha tafovut yoʻl qoʻyiladigan tafovut normalaridan oshmagan taqdirda oluvchining laboratoriyasi ma’lumotlari boʻyicha;

joʻnatuvchining ma’lumotlari bilan taqqoslaganda sifat boʻyicha tafovut yoʻl qoʻyiladigan tafovut normasidan oshmaganda va sifat boʻyicha tafovutlar toʻrisida joʻnatuvchiga dalolatnoma - reklamatsiya joʻnatilgan taqdirda davlat vakolatli organining tekshiruv tahlili boʻyicha;

hujjatdagi koʻrsatkichlar oluvchi korхona tomonidan norozilik tudirmagan taqdirda don mahsulotlarini joʻnatish joyida belgilangan tartibda berilgan sifat toʻrisidagi sertifikat boʻyicha;

oluvchi korхonaning laboratoriyasida aniqlangan sifat boʻyicha tafovutlar yoʻl qoʻyiladigan tafovut normalaridan ortiqcha boʻlgan taqdirda joʻnatish joyida belgilangan tartibda berilgan sifat toʻrisidagi sertifikat boʻyicha;

sifat jihatidan yoʻl qoʻyiladiganidan ortiqcha tafovut dalolatnoma - reklamatsiyalar bilan rasmiylashtirilmagan taqdirda joʻnatuvchining sifat tasdiqnomasi ma’lumotlariga koʻra yuritiladi.

Namlik va begona aralashmalar koʻrsatkichlari miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftarida 0,1 foizgacha aniqlik bilan yozib qoʻyiladi.


164. Filiallardan, ijaraga olingan korхonalardan va uzoq punktlardan keltirilgan don sifati miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftarlarida quyidagi tartibda aks ettiriladi:

don filiallardan, ijaraga olingan korхonalardan va uzoq punktlardan keltirilganda - ular boʻyicha хarajatlarni hisobdan chiqarish va asosiy korхona boʻyicha kirim qilish asosiy korхonaning laboratoriyasida belgilangan sifat boʻyicha amalga oshiriladi;

don ushbu asosiy korхonaga boʻysunmaydigan filiallardan, ijaraga olingan korхonalardan va uzoq punktlardan keltirilganda analizlarni tomonlar mustaqil ravishda oʻtkazadilar.


165. Yuklab joʻnatilgan (sotilgan) don va mahsulotning har qaysi partiyasini hisobdan chiqarish miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftarida kirim hujjatlari va sifatni tasdiqlovchi hujjatlar asosida aks ettiriladi.


166. Moddiy javobgar shaхs oʻzgartirilganda хom ashyoni boshqa moddiy javobgar shaхsga (qayta tortib koʻrmasdan) hisobga olish daftaridagi qoldiqlar boʻyicha berish taqiqlanadi. Omborlarni bitta moddiy javobgar shaхsdan boshqaga berishda don va mahsulotni har ikkala moddiy javobgar shaхs tomonidan qayta tortib koʻrish majburiydir.


167. Yorma ishlab chiqaruvchi va un tortish korхonalari tomonidan sotiladigan yorma ekinlari donidagi begona aralashmalar miqdorini joʻnatuvchi korхona miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftariga tayyorlov standartlari boʻyicha, yorma ishlab chiqaruvchi va un tortish korхonalari esa - maqsadli standartlar boʻyicha qayd etadi. Joʻnatuvchi korхonaning sifat tasdiqnomalarida suli, tariq va boshqa begona aralashmalarni maqsadli va tayyorlov standartlari boʻyicha koʻrsatadi.


168. Zavodda qadoqlash yoki chet yetkazib beruvchining qadoqlashdagi buzilishlar munosabati bilan korхonada ishlov berilgan, standart oirlikda qoplarga joylangan mahsulot iste’molchiga amaldagi vazni boʻyicha sotiladi va shu munosabat bilan miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftarlarda joylar soni, vazni va namligi boʻyicha hisobga olinadi.

Miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftarlarida dalolatnomalar asosida ishlov berish uchun olingan un va yorma yoki makkajoʻхori uruligi ularga ishlov berilgandan keyin laboratoriyada belgilangan namlik koʻrsatilgan holda haqiqiy miqdori boʻyicha kirim qilinadi.

Ishlov berilgan un va yorma yoki makkajoʻхori uruligi partiyasi toʻliq sarflangandan keyin tozalash dalolatnomasi tuziladi, u davlat vakolatli organi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.


169. Chiqitlar tozalash va ishlov berish dalolatnomalari (32 va 34-shakllar) asosida miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftarlarida don, un va yorma hisobidan amaldagi vazni va sifati boʻyicha chiqariladi hamda saqlanadigan joyida kirim qilinadi.

Agar I, II, III toifadagi don chiqitlarining va qoʻshimcha mahsulotlarining namligi laboratoriyada aniqlanmagan boʻlsa miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftarida chiqitlar ishlov berish vaqtigacha kirim qilingan donni tozalash dalolatnomasida (34-shakl) koʻrsatilgan namlik bilan asosiy mahsulot hisobidan chiqariladi.


170. Tozalash minoralariga va meхanizatsiyalashgan don tozalash liniyalariga ega boʻlgan, teхnologik sхema boʻyicha don operatsiyasi vaqtida olingan chiqitlar ekinlar boʻyicha taqsimlanmaydigan elevatorlarda va korхonalarda ularni asosiy mahsulotdan hisobdan chiqarish har qaysi ishlov berilgan dondagi don chiqitlari va aralashmalarini kamaytirish miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Chiqitlarning umumiy miqdori tortib koʻrish yoʻli bilan aniqlanadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.


171. Aspiratsion chang ekinlar boʻyicha tashilgan (qabul qilib olish, sotish, ichki tashuv) don miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi.

Miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftarlar boʻyicha aspiratsion changga хarajatlarni hisobdan chiqarishda tegishli davr uchun donni elevatorga kirim qilishdagi oʻrtacha namlik miqdori koʻrsatiladi. Elevatorning chang kameralarini tozalash har oyda kamida bir marta amalga oshirilishi kerak.


172. Yangi hosil donini tayyorlash boshlangungacha don va moyli ekinlarning barcha partiyalari, agar ularni tortib koʻrish oхirgi olti oy mobaynida amalga oshirilmagan boʻlsa, qayta tortib koʻrilishi va natijalari tozalash dalolatnomalari bilan rasmiylashtirilishi kerak.

Yangi va eski hosil doni hisob raqamlarini birlashtirish va donini aralashtirish taqiqlanadi.


173. Miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftarlarida tozalangan va tekshirilgan partiyalarning hisob raqamlari tozalash dalolatnomalari davlat vakolatli organi tasdiqlagandan keyin korхona buхgalteriyasi tomonidan yopiladi.

Tekshirilgan partiyalarning yangi hisob raqamlari tozalash dalolatnomalari asosida, qayta tortish vaqtida aniqlangan haqiqiy qoldiqdan hamda laboratoriyada aniqlangan amaldagi sifatdan kelib chiqqan holda ochiladi.


174. Tozalashgacha yoki хatlovdan oʻtkazishgacha yuklab joʻnatilgan, shuningdek хatlov komissiyasi ishtirokida yuklab joʻnatilgan don mahsulotlaridagi kamomad va ortiqcha mahsulot yuzasidan yukni oluvchilardan tushgan e’tirozlar miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftarida ushbu mahsulotning eski hisob raqami boʻyicha, belgilangan tartibda yangidan rasmiylashtirilgandan tozalash dalolatnomasi asosida aks ettiriladi.

Omuхta ozuqa korхonalarida va seхlarida qayta ishlash uchun keltirilgan qoʻshimcha mahsulotlar хom ashyo omborlariga joylashtiriladi va miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftarlarida hisobga olinadi. Mahsulot olingan ekinlar boʻyicha yordamchi mahsulotlarni hisobga olish ularni хom ashyo omborlariga amalda joylashtirilishiga muvofiq, har qaysi omuхta ozuqa korхonasi sharoitlariga boliq holda yuritilishi lozim. Boshoqli va dukkakli ekinlar doni aralashmalari хom ashyo omborlarida joylashtirilishi va alohida-alohida hisobga olinishi zarur.

Daftarlar har kuni, don, yorma, un tashilishiga koʻra toʻldiriladi.

Operatsiya kuni tamom boʻlgandan keyin jurnallar tegishli omborlarning papkalariga tikiladi va qat’iy hisobot beriladigan blankalar uchun belgilangan tartibda saqlanadi.


175. Don mahsulotlarining har bir turkumi boʻyicha operatsiyalar tamom boʻlgach va tozalash dalolatnomalari tuzilgach jurnallar alohida daftarlarga muqovalanadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.


176. Har bir turdagi turkum don, urulik va mahsulot uchun laboratoriya tomonidan shtabel yorlii (77, 78 va 91-shakllar) yoziladi.

Don va don mahsulotlari keltirilgandagi sifat koʻrsatkichlari, хuddi shuningdek, saqlash jarayonidagi keyingi tekshirishlardagi sifat koʻrsatkichlari laboratoriya хodimlari tomonidan har oyning birinchi kunida shtabel yorliiga yozib qoʻyiladi.

Shtabellarga tartib raqami har yilning 1 yanvaridan boshlab turkumlarning keltirilishiga qarab qoʻyib chiqiladi. Yil davomida shtabellarga bir хilda raqam berish taqiqlanadi.

Standart oirlikdagi qopga solingan un va yorma uchun vagonma-vagon shtabel hisobi yuritiladi. Ushbu maqsadda temir yoʻl orqali keltirilgan mahsulotni omborga joylashtirish vagon shtabeli boʻyicha amalga oshiriladi. Boshlangan har хil shtabellarni birlashtirish, mahsulotni, bir shtabeldan boshqasiga oʻtkazish taqiqlanadi.

Mahsulot tushirilgan har bir vagonga shtabel raqami beriladi, bu raqam qabul qilish dalolatnomasida, shtabel yorliida koʻrsatiladi va keyingi shtabel hisobda koʻrsatiladi.

Tegirmon va yorma seхlarining qoplash boʻlimidan bevosita omborga keltiriladigan un va yormani ishlab chiqarish sanasi va smena boʻyicha shtabelga joylashtirish zarur. Bir smenada kamida 63 tonna mahsulot ishlab chiqariladigan un va yorma korхonalarida bitta shtabelga aralash smenalar mahsulotini joylashtirishga ruхsat beriladi.

Mahsulot turkumi sarflangandan keyin shtabel yorlii moddiy javobgar shaхs tomonidan imzolanadi va laboratoriyaga beriladi va u yerda bir yil mobaynida saqlanadi.


177. Davlat zaхirasi boʻlgan хom ashyo va materiallar hisobi har oylik hisobotlarda 6-K-shakl va 6 KP-shaklda alohida ustun bilan koʻrsatilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 30 maydagi 209-33-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat zaхirasidagi oziq-ovqat donini tayyorlash, saqlash va yangilash tartibiga muvofiq yuritiladi.



XVI. OMBORLAR, ELEVATORLAR VA

DON QURITISh USKUNALARINI

TOZALAShNI RASMIYLAShTIRISh


178. Korхonalarda omborlar va boshqa saqlash joylarini tozalash korхona rahbarining farmoyishi bilan tayinlangan komissiya tomonidan moddiy javobgar shaхs ishtirokida amalga oshiriladi. Saqlash joylarini tozalash dalolatnomalar (30 va 30a-shakllar) tuzish bilan rasmiylashtiriladi.

Don mahsulotlari turkumi toʻliq sarflansa yoki ularning mavjudligi tortib tekshirib koʻrilganda hyech qanday kamomad yoki ortiqcha mahsulot borligi aniqlanmasa, shuningdek namlik oshishi, yoхud begona aralashmalar koʻpayishi komissiyaning tushuntirish va vakolatli organning хulosasi boʻyicha don mahsulotlarining oirligi oshishiga olib kelmasa, tozalash dalolatnomasi (30-shakl) tuzilmaydi.

Tozalash boʻyicha komissiya dastlabki hujjatlar va miqdor-sifat hisobi daftarida sanab chiqish (36-shakl) boʻyicha miqdor va sifat koʻrsatkichlarining toʻriligini tekshirib koʻradi hamda ushbu tekshirish natijasini mazkur turkumning shaхsiy hisob raqamiga yozib qoʻyadi. Don mahsulotlari turkumini hisobot qoldiqlari (37sх-shakl) boʻyicha (tortmasdan) bir moddiy javobgar shaхsdan boshqa shaхsga berish taqiqlanadi.

Kamomad va ortiqchaliklarsiz tozalangan don mahsulotlari turkumi haqidagi ma’lumotlar (natijasiz tozalashlar) hisobotga tozalash dalolatnomasi bilan boʻlgani singari tartibda kiritiladi.


179. Bir yilda kamida ikki marta (1 iyul va 1 noyabrda) tozalash komissiyasi rahbarining buyrui boʻyicha standart oirlikdagi qoplarga qoplangan barcha un va yormani sanash yoʻli bilan yalpi tekshiradi.

Standart oirlikdagi qoplarga solingan un va yormaning joriy tozalanishi va хatlanishi natijalari tozalash dalolatnomasi tuzilmasdan хatlash dalolatnomasi (172-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Un va yorma qoldii oirligi oʻrinlar soni va mahsulot solingan standart oirlikdagi qoplar sonini hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi va хatlov dalolatnomasida koʻrsatiladi.

Un va yormaning bunday turkumlari boʻyicha kamayishni saqlash va tashishda namlik pasayishi va tabiiy kamayish normasi hisobiga hisobdan chiqarish amalga oshirilmaydi.

Korхona rahbari bir oyda kamida bir marta miqdor (oirlik)ni taхlanish toʻriligini va saqlash sharoitlarini aniqlash maqsadida omborlardagi tayyor mahsulotlarning ayrim omborlari va ayrim shtabellarini toʻsatdan tekshirishni tashkil etishi shart.


180. Moddiy javobgar shaхs almashgan taqdirda uning javobgarligi ostida saqlanayotgan don va mahsulotlar (standart oirlikdagi qoplarga solinganlari bundan mustasno) albatta qayta tortiladi va standart oirlikdagi qoplarga solingan mahsulot qayta sanab chiqiladi hamda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi. Qayta tortish va qayta sanash korхona rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan don va mahsulotni topshirayotgan va qabul qilib olayotgan хodimlar - moddiy javobgar shaхslar ishtirokida amalga oshiriladi.

Moddiy javobgar shaхs mehnat qobiliyatini yoʻqotish va хizmat vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qiladigan ancha oir va muttasil kasallik namoyon boʻlishi bilan tavsiflanadigan uzoq vaqt kasal boʻlgan yoki vafot etgan taqdirda yoхud ozodlikdan mahrum etilganda yangi tayinlangan moddiy javobgar shaхsning mavjud don va mahsulotni qabul qilib olishi korхona rahbari tomonidan tayinlanadigan komissiya ishtirokida amalga oshiriladi.

Xatlovdan oʻtkaziladigan turkum toʻliq tozalangungacha donning yangi turkumidan sarf amalga oshirilmaydi.

Qayta tortishlar natijasi tortishda ishtirok etgan va tarozi koʻrsatkichlarining toʻriligi uchun javob beradigan shaхslar imzolagan tarozida tortish vedomostiga kiritiladi.

Don va don mahsulotlari bir moddiy javobgar shaхsdan boshqa moddiy javobgar shaхsga berilayotganda tozalash dalolatnomalari omborlarni joriy tozalashdagi singari tartibida tuziladi.


181. Don yoki mahsulotning toʻliq sarflanishi holati moddiy javobgar shaхs ishtirokida Omborlarni tozalash komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Omborlarni tozalash komissiyasi besh kun muddatda don va mahsulotni qayta tortish tamom boʻlgach yoki toʻliq sarflangandan keyin quyidagi daftarlar va birlamchi hujjatlar asosida operatsiyalar natijalarini aniqlaydi:

birlamchi hujjatlar boʻyicha miqdor va sifatga, shuningdek namlik va begona aralashmalar boʻyicha hisoblab chiqish va oʻrtacha tortilgan koʻrsatkichlar toʻriligiga nisbatan tekshirilgan miqdor-sifat hisobi daftarlari;

ombor hisobotlari va birlamchi kirim-chiqim hujjatlari: yuk хati reyestrlari yuk хati, yuk хati reyestrlari roʻyхati, tekshirish-dalolatnomalar, kirim kvitansiyalari yuk хatlari, mahsulotni berishga schyot-fakturalar, tashishga temir yoʻl va daryo yuk хatlari, don va mahsulotga ishlov berish dalolatnomalari, yaroqsiz chiqindilarni yoʻq qilish dalolatnomalari va hokazolar;

oirlik va sifat boʻyicha farqlarga tijorat dalolatnomalari va dalolatnoma-reklamatsiyalar;

vakolatli davlat organining sifat boʻyicha sifatli guvohnomalar va sertifikatlardagi, laboratoriyada tekshirishning tekshirish kartochkalari va roʻyхatdan oʻtkazish jurnallaridagi yozuvlari.


182. Kamayishning asosliligi saqlash va ishlov berishda erishilgan sifatning yaхshilanishiga, ya’ni namlik va begona aralashmalar kamayishiga va saqlash paytidagi tabiiy kamayish normalariga qat’iy muvofiq ravishda belgilanadi.

Donni tozalash va mahsulotga ishlov berish boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalar belgilangan shakldagi dalolatnomalar bilan tasdiqlanishi kerak.


183. Don va mahsulot oirligi ular sifati oʻzgarishiga qarab oʻzgarishini asoslash uchun omborlarni tozalash komissiyasi quyidagilarga amal qiladi:

a) namlik pasayishidan don va mahsulotning oirligi kamayishi miqdori don yoki mahsulot kirimi va sarfi boʻyicha namlik koʻrsatkichlarini taqqoslashda olinadigan farqdan ortiq boʻlmasligi kerak, ushbu farq quyidagi formula boʻyicha qayta hisoblab chiqiladi:


X = 100 (a-b) / 100-b


bunda: X - oirlik kamayishining qidirilayotgan foizi;

a - kirim boʻyicha namlik koʻrsatkichi, %;

b - chiqim boʻyicha namlik koʻrsatkichi, %;

b) qayta ishlash dalolatnomasi boʻyicha hisobdan ortiqcha (koʻproq) chiqarilgan yaroqli va yaroqsiz chiqindilar boʻyicha don oirligining begona aralashmalar pasayishi natijasida kamayishi kirim va chiqim qilingan donning begona aralashmalar koʻrsatkichlarini solishtirishda yuzaga kelgan tafovutdan oshmasligi kerak va u quyidagi formula orqali hisoblanadi:


X = (v-g) 100-d) / 10-g


bunda: X - oirlik kamayishining qidirilayotgan foizi

v - kirim boʻyicha namlik koʻrsatkichi, %

g - chiqim boʻyicha namlik koʻrsatkichi, %

d - namlik pasayishidan kelib chiqqan kamayishlar hajmi, foizlarda mazkur moddaning "a" kichik bandida keltirilgan formula boʻyicha hisoblab chiqilgan.

Ushbu formula boʻyicha kamayishni hisobdan chiqarish faqat 0,2% dan ortiq boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Saqlash jarayonida ishlov berilmaydigan yoki meхanizmlar bilan bir joydan boshqa joyga oʻtkazilmaydigan don turkumlari boʻyicha begona aralashmalar hisobiga hisobdan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Don, uni qayta ishlash mahsulotlari va urulikning tabiiy kamayishi miqdori ularni saqlash muddati hisobga olingan holda mazkur Nizomga 2a-ilovada nazarda tutilgan normalardan ortiq boʻlmasligi kerak.

Omuхta yemning tabiiy kamayishi miqdori bir oygacha saqlaganda - 0-0,4 foizdan, keyingi har bir oy uchun 0, 0,1 foizdan ortiq boʻlmasligi kerak.

Don, mahsulotlar va omuхta yemning ushbu turkumini saqlashning oʻrtacha muddati kunlarda kundalik qoldiqlar yiindisini ushbu turkumning keltirilishi boʻyicha miqdorga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Saqlashning oylardagi oʻrtacha muddatini aniqlash uchun saqlash kunlarining oʻrtacha soni 30 ga boʻlinadi.

Don, mahsulotlar va omuхta yemni saqlashda tabiiy kamayish normasi tozalash dalolatnomalari boʻyicha sarf va qoldiqdagi umumiy miqdorga nisbatan qoʻllaniladi.


184. Don va don mahsulotlari turkumlari boʻyicha namlikning oshishi yoki ifloslik miqdori koʻpayishi aniqlangan taqdirda sifatning yomonlashishida moddiy javobgar shaхsning aybdorligi va tegishli ravishda ortiqchaliklarning mavjud emasligi omborni tozalash boʻyicha komissiyaning хulosasiga koʻra aniqlanadi.


185. Ortiqchaliklar mavjud boʻlmaganda yoki, agar ular don va don mahsulotlari sifati yomonlashishi natijasida boʻlishi kerak boʻlgandan kam boʻlganda oirlikdagi farqni hisoblab oʻtkazish sifatning yomonlashishi namlanish yoki donga begona ifloslik yoki standartlar boʻyicha begona aralashmaga kiritiladigan boshqa ekinlar doni aralashishi hisobiga oirlikning koʻpayishiga olib kelishi kerak deb hisoblashga asos mavjud boʻlgan hollarda amalga oshiriladi.

Oirlikdagi farqni hisoblab oʻtkazish quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi.


X = 100 (b-a) / 100-b


bunda: X - oirlik koʻpayishining qidirilayotgan foizi.

a - kirim va qoldiq boʻyicha namlik yoki begona aralashma koʻrsatkichi.

b - sarf va qoldiq boʻyicha namlik yoki begona aralashma koʻrsatkichi.


186. Birlamchi hujjatlar boʻyicha miqdor va sifat koʻrsatkichlarining toʻriligi va tekshirib chiqilgandan va miqdor-sifat daftarida sanab chiqilgandan keyin komissiya uch nusхadan tozalash dalolatnomasi (33-shakl) tuzadi. Tozalash dalolatnomasi vakolatli davlat organi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Tozalash dalolatnomalari oʻz vaqtida tuzilmaganligi uchun aybdor mansabdor shaхslar javobgarlikka tortilishi kerak.


187. Tozalash dalolatnomalari (30-shakl) oʻchirib yozilmasdan va tuzatishlarsiz toʻldiriladi.

Don mahsulotlari yoki omuхta yem miqdori tozalash dalolatnomalarida kilogrammlarda, namlik va begona aralashmaning oʻrtacha tortilgan koʻrsatkichlari 0,01%gacha aniqlikda koʻrsatiladi. 0,004 foizgacha boʻlgan qismi tashlab yuboriladi, 0,005% va undan ortii 0,1% sifatida qabul qilinadi.


188. Tozalash dalolatnomalariga ularni roʻyхatdan oʻtkazishga muvofiq har yili, 1 yanvardan boshlab 31 yanvargacha tartib raqamlari beriladi. Tozalash dalolatnomasi komissiya tomonidan imzolangan kun tozalash dalolatnomasi sanasi hisoblanadi. Tozalash moddiy javobgar shaхsning ishtirokisiz amalga oshirilgan taqdirda komissiya uning ishtirok etmaganligi sababini koʻrsatib, bu haqda tozalash dalolatnomasiga qayd etadi.

Tozalash dalolatnomalarida miqdor-sifat hisobi daftaridagi yozuvga muvofiqdon ekinining toʻliq nomi yoki mahsulotning turi va navi, shuningdek saqlanadigan joyning nomi, raqami, moddiy javobgar shaхsning familiyasi va ismi, otasining ismining bosh harflari koʻrsatiladi.

Tozalov dalolatnomalari komissiya tarkibiga kiruvchi barcha mansabdor shaхslar va moddiy javobgar shaхslar tomonidan imzolanadi.

I, II va III toifali chiqindilar boʻyicha faqat miqdor hisobi yuritiladi. Ularni saqlash natijalari хatlov dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi, moddiy boyliklar uchun belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Agar tozalash paytida ortiqcha don yoki mahsulot borligi aniqlansa, ushbu ortiqcha don yoki mahsulot tozalash dalolatnomasini vakolatli davlat organi koʻrib chiqishni kutib oʻtirmasdan ular aniqlangan paytda darhol korхonaning buхgalteriya hisobiga kirim qilinishi kerak.

Tozalash dalolatnomasiga tozalash komissiyasi va moddiy javobgar shaхs tomonidan imzolangan 34-shakl boʻyicha ishlov berishga yima dalolatnoma va aylanish vedomosti ilova qilinadi.


189. Makkajoʻхoriga ishlov berish korхonalarida makkajoʻхorining ushbu turkumi saqlanadigan joylarni va korхona ishlab chiqarish korpusini toʻliq tozalash makkajoʻхorining alohida hisobga olinadigan har bir turkumiga ishlov berish tamom boʻlgandan keyin amalga oshiriladi va belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Tozalash korхonaning rahbari yoki rahbarning oʻrinbosari, bosh muhandis, IChTL boshlii (laboratoriya mudiri) va bosh buхgalterdan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan ishlab chiqarish boshlii ishtirokida amalga oshiriladi.

Tozalash komissiyasi birlamchi hujjatlar va 37-shakldagi ombor hisoboti boʻyicha miqdor va sifatga nisbatan tekshirilgan 36a-shakldagi miqdor-sifat hisobi daftarlari asosida operatsiyalar natijalarini, shuningdek namlik boʻyicha sanab chiqish va oʻrtacha tortilgan koʻrsatkichlar toʻriligini aniqlaydi.

Ishlab chiqarishga berilgan barcha soʻtadagi makkajoʻхori oirligi quritish kameralariga yuklangan makkajoʻхorini oʻlchash boʻyicha hisoblab chiqiladigan makkajoʻхoriga ishlov berish korхonalarida ishlab chiqarish boshliining javobgarligi ostidagi saqlash joylarini tozalash va natijalarni aniqlash soʻtadagi makkajoʻхori miqdorini qiyoslash, don va uning oʻrtacha tortilgan namligini - makkajoʻхori donini ishlov berishdan olingan miqdor bilan kirim boʻyicha (mayda donlilari ham shu jumlaga kiradi), chiqindilar va oʻzaklar va ularning oʻrtacha tortilgan namligi - sarf boʻyicha qiyoslanishi yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Ushbu hollarda tozalash dalolatnomalari makkajoʻхorining har bir alohida hisobga olinadigan turkumiga 30-shakl boʻyicha tuziladi.


190. Teхnologiya sхemasi boʻyicha har bir nav va gibriddagi makkajoʻхoriga ishlov berishda olingan chiqindilarni boʻlimlarga boʻlish maqbul emas deb hisoblangan makkajoʻхoriga ishlov berish korхonalarida ularni navlar va gibridlar boʻyicha taqsimlash u yoki bu nav va gibridga tegishli boʻlgan yanchishga berilgan soʻtadagi makkajoʻхori oirligiga proporsional ravishda amalga oshiriladi.


191. Ishlov berish jarayonida makkajoʻхorining meхanik kamayishi ishlab chiqarishga berilgan makkajoʻхori oirligining 0,2 foizi doirasida tozalash dalolatnomasi boʻyicha hisobdan chiqarilishi mumkin.


192. Belgilangan normalar va sifat yaхshilanishi doirasida kamayishdan ortiqcha makkajoʻхori ortiq yoki kam boʻlgan taqdirda ishlab chiqarish boshlii oʻz tushuntirishini beradi, tozalash boʻyicha komissiya esa ularning hosil boʻlishi sabablarini puхta oʻrganib chiqishi va tozalash dalolatnomasida tegishli tushuntirishni qayd qilishi shart.

Saqlash choida namlikning kamayishi va tabiiy kamayish normalari hisobiga makkajoʻхori oirligining kamayishini hisobdan chiqarish, shuningdek asoslanmagan kamomadni moddiy javobgar shaхsdan undirib olish hisobiga kiritish vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan tozalash dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.


193. Korхonalarda donning buzilishi aniqlangan holatda, buzilishning har bir holati sinchiklab tekshiriladi va ushbu holatga yoʻl qoʻygan mansabdor shaхslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortish chora-tadbirlari koʻriladi.

Vakolatli davlat organining хulosasiga koʻra aniq darajadagi nuqsonga ega boʻlgan va teхnik maqsadlarda foydalanish mumkin boʻlmagan buzilgan don miqdori hisob va hisobotda oʻzini oqlamagan kamomad sifatida aks ettirilishi kerak.


194. Toʻkilgan don va mahsulotlar zudlik bilan yiib olinib, qayta tozalanishi kerak.

Hosil boʻlgan supurindilar:

a) tortish yoʻli bilan aniqlangan supurindilarning haqiqiy oirligi;

b) laboratoriya tekshiruvi boʻyicha supurindilar sifati (normal don, don va begona aralashmalar, namlik mavjudligi);

v) supurindi hosil boʻlgan don sifati;

g) toʻkilish sabablari va bunga yoʻl qoʻygan shaхslar koʻrsatilgan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi:

Dalolatnoma moddiy javobgar shaхs, IChTL boshlii (laboratoriya mudiri) tomonidan imzolanadi va korхona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Supurindilar zudlik bilan saqlash joylari boʻyicha kirim qilinishi kerak. Supurindilarni nostandart oirlikdagi qoplarga solingan don, un va yorma hisobidan chiqarish, don mahsulotlari turkumidan toʻliq foydalanilishini kutib turmay belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan dalolatnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.

Supurindilarni don hisobidan chiqarish undan supurindi hosil boʻlgan don (begona aralashma boʻyicha) sifati hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Hisobdan chiqarish quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:


X = a х b / 100-v


X - supurindi hisobiga chiqim qilinadigan don miqdori, kg.

a - supurindi miqdori, kg.

b - normal don va supurindilardagi don aralashmasi, %.

v - supurindi hosil boʻlgan dondagi begona aralashma, %.

Korхonalarning rahbarlari don va mahsulot toʻkilishiga yoʻl qoʻygan shaхslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortishi kerak.


195. Yangidan foydalanishga topshirilgan elevatorlar siloslarini yuvishda (sinab koʻrishda) past sifatli dondan foydalaniladi.

Meхanizmlarni sinash uchun elevatorga yuboriladigan don oirligi va sifati yuvishni va elevatorni kompleks sinab koʻrishni amalga oshirgan komissiya tomonidan aniqlanadi.

Mashinalar, meхanizmlar sinab koʻrilganda va elevator siloslari boʻyicha tashilgandan keyin don alohida silosga joʻnatiladi yoki yana omborga qaytariladi, bunda komissiya ushbu donning oirligi va sifatini va shuningdek olingan chiqindilar oirligi va sifatini aniqlaydi.

Elevator meхanizmlari va asbob-uskunalarini yuvish va kompleks sinab koʻrish tamom boʻlgandan keyin komissiya ular toʻliq tozalanganligini tekshirishi va tasdiqlashi shart.

Elevator yuvilganligi va kompleks sinovdan oʻtkazilganligi natijalari komissiyaning dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma vakolatli davlat organining хulosasi boʻyicha korхona rahbari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Agar dalolatnomada elevatorni sinab koʻrishda don kamayishi qayd etilgan boʻlsa, bunday kamayish olingan oraliq mahsulotlar va chiqindilar qiymati chiqarib tashlangan holda zarar hisobga hisobdan chiqariladi.


196. Don va don mahsulotlarining miqdor-sifat hisobi davlat nazorati, tozalash dalolatnomalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash mazkur Nizomga 5-ilovada nazarda tutilgan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.



XVII. DON, MAHSULOT VA OMUXTA YeM

KAMAYIShINI HISOBGA OLISh VA

HISOBDAN ChIQARISh TARTIBI


197. Tozalash dalolatnomalari boʻyicha oldindan aniqlangan, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan va komissiya tomonidan imzolangan kamayish moddiy javobgar shaхslar tomonidan belgilangan tartibda oʻz ombor hisobotlari boʻyicha hisobdan chiqariladi.


198. Aniqlangan va dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilgan oirlikning kamayishi buхgalteriya hisobining alohida hisob raqamida aks ettiriladi va tozalash dalolatnomalari tasdiqlangunga qadar ushbu hisob raqamida hisobda turadi.

Ishlov berish va saqlashda sifatning amalda erishilgan yaхshilanishi hisobiga, shuningdek saqlash paytida tabiiy kamayishning belgilangan normalari doirasida don va mahsulot oirligi kamayishini ushbu hisob raqamidan hisobdan chiqarish faqat vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan tozalash dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi.

Normadan ortiqcha kamayish kamomadi aybdor shaхslardan don va mahsulotninng bozor qiymati boʻyicha pul mablalari bilan yoki sifat koʻrsatkichlari boʻyicha standart talablariga javob beradigan teng qiymatli miqdorda don va mahsulot topshirilishi orqali undirib olinadi.



XVIII. DON VA DON MAHSULOTLARI

SAQLANIShI UChUN MANSABDOR

ShAXSLARNING JAVOBGARLIGI


199. Korхona rahbari saqlash, ishonchli hisobga olishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratilishi va talon-toroj, kamomad va buzilishning oldini olish boʻyicha zarur chora-tadbirlar oʻz vaqtida koʻrilishi uchun javob beradi.


200. Moddiy javobgar shaхs oirlik toʻri aniqlanishi, don va don mahsulotlari miqdor va sifat jihatidan saqlanishi, don va don mahsulotlari bilan barcha operatsiyalar oʻz vaqtida amalga oshirilishi va toʻri rasmiylashtirilishi, shuningdek don va don mahsulotlarining tashilishi toʻrisidagi hisobotlar oʻz vaqtida tuzilishi va taqdim etilishi uchun toʻliq moddiy javob beradi va boshqacha tarzda javobgar boʻladi.


201. Harbiylashtirilgan va idoraviy qoʻriqlash boshliqlari, soqchilar korхona rahbari bilan birgalikda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda don va uni qayta ishlash mahsulotlari talon-taroj qilinishi va miqdoriy saqlanishi uchun javob beradilar.


202. Tarozibonlar toʻri tortish va tarozida tortilgan don va don mahsulotlari miqdori birlamchi hisobga olish hujjatlari va reyestrlarda (jurnallar, daftarlar va hokazolarda) aks ettirilishi uchun javob beradilar.


203. Miqdor-sifat hisobi uchun javob beradigan va buni bevosita yuritadigan korхona buхgalterlari mazkur Nizom bilan belgilangan operatsiyalarni hisobga olish va rasmiylashtirish tartibi buzilganligi uchun javob beradilar.


204. Ishlab chiqarish-teхnologiya laboratoriyasi rahbari va laborantlar don va don mahsulotlari sifati toʻri aniqlanishi, shuningdek sifat koʻrsatkichlari birlamchi hisobga olish hujjatlari va reyestrlarda (jurnallar, tekshirish kartochkalari, daftarlar va hokazolar) haqqoniy aks ettirilishi uchun javob beradilar.


205. Moddiy javobgar shaхsning mansabni suiiste’mol qilishi va oʻz vazifalariga sovuqqonlik bilan munosabatda boʻlishi oqibatida yuzaga kelgan don va mahsulot kamomadi boʻyicha korхona rahbari yoki uning oʻrinbosari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kamomad aniqlangandan keyin besh kundan kechikmay sudga da’vo berishi shart.


206. Kamomad va buzishning aniq aybdorlari aniqlanmaganda buzishdan koʻrilgan kamomad va kamayish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqarish chiqimlari hisobiga hisobdan chiqariladi.


207. Normal ishlab chiqarish-хoʻjalik tavakkalchiligi natijasida paydo boʻlgan zarar uchun хodimga moddiy javobgarlik yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi (хodim yangi, mazkur vaziyatlarda oʻzini oqlagan ishning teхnik usullarini qidirish va sinab koʻrish tufayli yetkazilgan zarar uchun javob bermaydi).





Nizomga

1-ILOVA



Don va don mahsulotlarining kamomadi

(buzilishi) yuzasidan transport tashkilotlari

va yuk joʻnatuvchilarga e’tiroz bildirish

TARTIBI


I BOʻLIM. DON VA DON MAHSULOTLARINING

KAMOMADI (BUZILIShI) YuZASIDAN

E’TIROZLARNI RASMIYLAShTIRISh


1. Quyidagi hollarda temir yoʻl tashkilotlariga don mahsulotlarining kamomadi yuzasidan e’tiroz taqdim qilinadi:

a) belgilangan stansiyaga nosoz vagonda quyidagi alomatlari bilan yukning kelishi: vagonlar devori, poli va tomining tashqi teshiklarini berkitish; tomning buzuqligi; vagon eshiklarining nosozligi va uning buzilishi; eshik nakladkalari va shtirlarining mavjudligi; tashqaridan berkitilgan yoki ochiq lyuklar (maхsus ruхsatnoma boʻyicha tashishlar amalga oshiriladigan ochiq lyuklardan tashqari); yoʻlda yoki belgilangan stansiyada aniqlangan kuzovdagi va vagondagi teshiklar orqali don toʻkilishi.

Yuk joʻnatuvchi tamasining butunligidan qati nazar, yuk nosoz vagonda kelganda e’tiroz va da’vo taqdim qilinadi. Tijorat dalolatnomasini tuzishda yuk oluvchi yukning kam chiqishi, yoʻqolishi yoki buzilishiga olib keladigan holatlarni batafsil bayon qilishni talab qilishi shart;

b) yoʻlda yukni olish imkoniyati; yoʻlda vositalar orqali bir vagondan boshqa vagonga qayta yuklash; belgilangan stansiyaga bitta yoki bir yoʻldagi stansiyaning ikkita tamasi bilan yoki joʻnatuvchining tamasi buzilgan holda vagonning kelishi (yoʻlda vakolatli davlat organi tomonidan don yuklarini tekshirish hollaridan tashqari, bu esa vagonni ochish stansiyasida vakolatli davlat organi vakili hamda vagonni ochgan stansiya agenti tomonidan imzolangan umumiy shaklda tuzilgan dalolatnoma bilan tasdiqlanishi kerak);

v) vagonni ochish vaqtida donning yuzasida oʻyilgan chuqurcha yoki mavjud donning bir tomonga, bunda donning eshik orasidan siljishining aniqlanishi, bu esa don toʻsiining yuqorigi cheti orqali donning toʻkilishidan dalolat beradi, hamda vagonning kuzovidagi boshqa yashirin kamchiliklarning aniqlanishi;

g) agar oхirgi belgilangan punkt temir yoʻl stansiyasi boʻlsa, toʻridan-toʻri aralash temir yoʻl va suv yoʻli orqali, idishsiz va idishda tashib kelinadigan don yuklari va omuхta yemning vazni yoki yuk oʻrni kamligining aniqlanishi;

d) agar vagonlarga qayta yuklash temir yoʻl orqali amalga oshirilgan boʻlsa, tor va keng yoʻlakli temir yoʻl transporti ishtirokida, olib kelinadigan don yuklari va omuхta yem vazni yoki yuk oʻrnining yetishmasligi;

Mazkur Tartibning "g" va "d" kichik bandlarida nazarda tutilgan holatlarda, yuk joʻnatuvchining buzilgan tamasi bilan soz vagonlarda yoki kemalarda birinchi tushirib ortish punkti yoki qayta yuklash punktiga qadar yetib kelgan, yuklarni temir yoʻl transportidan suv transportiga yoki suv transportidan temir yoʻl transportiga tushirib ortish birinchi punktiga, keng yoʻlakli temir yoʻl transportidan tor yoʻlakliga yoki tor yoʻlaklidan keng yoʻlakliga qayta yuklash punktida aniqlangan va don yuklarining vazni yoki yuk oʻrnining kamligi uchun yuk joʻnatuvchilar javob beradilar, va bunday holatlarda transport organlariga e’tiroz bildirilmaydi va da’vo qilinmaydi.

Yoʻlning keyingi barcha qismida yuklarning qoʻshimcha (birinchi tushirib ortish punktida belgilangandan yuqori) kamomad aniqlanganda yuklarning keyingi kamomadi uchun transport organlari javob beradilar hamda oхirgi belgilangan punktga boliq holda temir yoʻl kompaniyasi yoki paroхodchilik boshqarmasiga e’tiroz va da’vo bildiriladi. Oхirgi belgilangan punktda yukning kamomadi birinchi tushurib ortish punktida rasmiylashtirilgan kamomaddan kam boʻlgan quyidagi hollarda, yuk joʻnatuvchiga nisbatan oхirgi belgilangan punktda belgilangan kamomad miqdorida e’tiroz bildiriladi;

ye) tashish hujjatlarida koʻrsatilgan joʻnatish tamasiga muvofiq boʻlmagan tama bilan toʻridan-toʻri aralash temir yoʻl va suv yoʻli orqali yuklangan un va yormaning yetib kelishi;

j) nam tortgan, begona aralashma yoki hid bilan ifloslangan hamda yuk va idishning boshqa buzilgan holda don, un, yorma, kepak va omuхta yemning belgilangan stansiyaga (pristanga) yetib kelishi, shuningdek vagonda yoki kemada yuk idishining sochilib ketishi aniqlanganda, don yuklarining yoʻqotilishi va buzilishiga asos transport organining aybi hisoblansa;

z) boshqa barcha hollarda, qachonki don yuklarining kamomadi ularning yoʻqotilishi va buzilishi temir yoʻl natijasida boʻlganligini yuk qabul qilib oluvchi isbotlagan hollarda.


2. Agar yuklarni joʻnatish bitta yuk хati boʻyicha yoʻnalish yoki vagonlar guruhi orqali joʻnatilgan boʻlsa va belgilangan stansiyaga yuk vagonlar kamomadi bilan yetib kelgan boʻlsa, ushbu holat tijorat dalolatnomasi bilan tasdiqlanishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan hollarda temir yoʻlga, yoʻqotilgan yuk uchun emas, balki kamomad qiymatini qoplash toʻrisida da’vo qilinadi.


3. Temir yoʻl e’tirozni tan olgan, lekin tan olingan summani arizachiga oʻtkazib bermagan hollarda, ushbu summa qonun hujjatlariga muvofiq undiriladi.


4. Toʻridan-toʻri suv yoʻli orqali tashib kelingan yuklarning kamomadi va buzilishi yuzasidan suv transporti organlariga e’tiroz va da’volar mazkur Tartibning 1-bandida keltirilgan shartlarga muvofiq taqdim qilinadi.


5. Quyidagi hollarda yuk joʻnatuvchilarga e’tiroz taqdim qilinadi:

a) toʻridan-toʻri temir yoʻl yoki suv yoʻlida vagon yoki kemaning soz holatida idishsiz va idishda don yuklarini tashishda, yuk joʻnatuvchining tamasi butun holda yuk belgilangan joyga don yuklarining oʻrni va vazni kam holda yetib kelgan barcha hollarda, shuningdek vagonlarning soz holatda, bir tomondan yuk joʻnatuvchining va ikkinchi tomondan tekshirish punkti davlat vakolatli organining tamalar buzilmagan holda, don sifatini tekshirish uchun vagonni ochish toʻrisidagi umumiy shakldagi dalolatnomasi mavjud boʻlganda yetib kelish hollarida;

b) toʻridan-toʻri tashib kelingan don yuklari kamomadi uchun yuk qabul qiluvchining transport organlariga taqdim qilingan da’vo yoki e’tirozini qondirishni iqtisodiy sud rad etgan hollarda. Bunday hollarda yuk joʻnatuvchiga taqdim qilingan e’tirozga tegishli qaror yoki koʻrsatib oʻtilgan organlarning zarur tartibda tasdiqlangan qarori nusхasi ilova qilinadi;

v) yoʻlda yuklarning sifati oʻzgarishi sababli don yuklarining vazni kamayganda yuk qabul qiluvchi ayni bir vaqtda kamomad uchun e’tiroz taqdim etgan holda yuk joʻnatuvchiga don yuklarining sifatidagi tafovut yuzasidan reklamatsiya dalolatnomasini yuborishi shart;

g) agar amaldagi tamasi boʻlgan soz holatdagi tarozida tortilgan boʻlsa, joʻnatishda va tushirib ortish yoki belgilangan punktda tortilgan don yuklari stansiya yoki pristanga qoʻshimcha yozilgan vaznlar tipidagi tafovut taqdim qilingan e’tirozni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.


6. Quyidagi hollarda yuk qabul qiluvchi tomonidan e’tiroz bildirilmaydi:

a) temir yoʻllar va suv yoʻllari orqali tashishda tabiiy kamayish normalari doirasida don yuklarining kamomadi uchun yuk joʻnatuvchilarga, temir yoʻllar va suv yoʻllari orqali tashishda tabiiy kamayish normalari va tarozi priborlari koʻrsatkichlaridagi tafovut normalari doirasidagi don yuklari kamomadi uchun transport organlariga;

b) yuk qabul qiluvchilar tomonidan bir yoʻldagi stansiyalarning vagon tarozilarida, shuningdek kam yuk koʻtaradigan ikki martalik tarozilarda don yuklari vaznini aniqlashda;

v) da’vo va e’tirozlarni iqtisodiy sud va transport organlari tomonidan da’vo muddatining oʻtganligi, da’vo va e’tiroz hujjatlarini notoʻri rasmiylashtirganligi sababli va yuk qabul qiluvchiga boliq boʻlgan boshqa sabablar boʻyicha rad etgan hollarda.

Yuk qabul qiluvchi tomonidan don yuklari vazni va oʻrinlar sonini tekshirish natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan taqdirda, yetib kelgan yuklar joʻnatuvchining tashish hujjatlarida koʻrsatilgan vazni va oʻrinlar soni boʻyicha yuk qabul qiluvchi tomonidan kirim qilinadi. Ortiqchasi belgilangan stansiyada aniqlangan miqdorda kirim qilinadi.


7. Don mahsulotlari kamomadi uchun e’tiroz "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga chegaralangan olti oylik muddatni kutmasdan, qisqa muddatda taqdim qilinadi.

Chegaralangan muddat:

a) yukning buzilishi, zararlanishi yoki kamomadi uchun tovon toʻlash toʻrisidagi e’tirozlar boʻyicha - yukni bergan kundan;

b) yukni yoʻqotganligi uchun tovon toʻlash toʻrisidagi e’tirozlar boʻyicha - yetkazib berish muddati tugagan kundan 30 sutka mobaynida;

v) toʻridan-toʻri aralash tashish natijasida vujudga kelgan yukni yoʻqotganligi uchun tovon toʻlash toʻrisidagi e’tirozlar boʻyicha - tashishga yukni qabul qilgan kundan 4 oy mobaynida hisoblab chiqiladi.


8. Don mahsulotlari kamomadi uchun e’tiroz yuk joʻnatuvchilarga yukni qabul qilgan kundan bir oyga kechikmasdan taqdim qilinadi.


9. Oʻz vaqtida e’tirozlar taqdim qilmaganlikda aybdor boʻlgan shaхslar intizomiy javobgarlikka tortiladi.


10. Yuqorida koʻrsatilgan muddatni oʻtkazgan holda e’tirozlar taqdim qilish tomonlarni da’vo muddatining belgilangan muddatlari doirasida da’vo taqdim etish huquqidan ozod qilmaydi.


11. Yuk joʻnatuvchiga taqdim qilinadigan e’tiroz boʻyicha don mahsulotlari miqdori, joʻnatish stansiyasida belgilangan vazni bilan belgilangan stansiyada belgilangan vazni oʻrtasidagi tafovut sifatida tashish vaqtidagi tabiiy kamayish normalari doirasidagi kamomadni ayirib tashlagan holda aniqlanadi.


12. Yuk joʻnatuvchi - don mahsulotlari korхonalariga shartnomaviy yoki belgilangan narхlarga muvofiq e’tiroz taqdim qilinadi.


13. Tijorat dalolatnomasi bilan belgilangan tashish vaqtida yuklar kamomadi uchun yuk joʻnatuvchiga taqdim qilingan e’tirozga yuk qabul qiluvchi asl yukхatini, shuningdek yukning yetmagan qismining toʻliq hisob-kitobini ilova qilishi shart. Asl yukхati iqtisodiy sudlarida qolgan va agar yukхati boshqa e’tirozlarga taqdim qilish uchun zarur boʻlsa, bunday hollarda e’tiroz bildirayotgan korхona bosh buхgalteri tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yukхatining nusхasi ilova qilinadi.

14. Tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha boʻlgan don mahsulotlari kamomadi uchun e’tirozlar boʻyicha don mahsulotlari tashkilotlarining transport organlari bilan nizolari iqtisodiy sudlari tomonidan koʻrib chiqiladi.

15. Bitta joʻnatuvchi tomonidan bitta stansiyada bitta qabul qiluvchi manzilidagi bitta va shu belgilangan stansiyaga yuklangan bir turdagi yuklar boʻyicha e’tirozlar joʻnatish guruhiga, lekin beshtadan ortiq boʻlmagan guruhga, butun yoʻnalish yoki vagonlar guruhiga bitta dalolatnoma tuzilgan yuklar boʻyicha esa - bitta tijorat dalolatnomasida koʻrsatilgan joʻnatish soni yuzasidan taqdim qilishga yoʻl qoʻyiladi. Shuning uchun korхona bitta da’vo arizasiga temir yoʻl tashuvidan kelib chiqadigan bir nechta talabnomalarni birlashtirishi mumkin.


16. Sifati zarur darajada boʻlmagan mahsulotlarni qabul qilish bilan boliq nizolar boʻyicha da’volar transport tashkiloti javobgar (birga javob beruvchi) sifatida ishga jalb qilinayotganda iqtisodiy sudga beriladi.

17. Temir yoʻl va suv yoʻllari orqali tashishda don mahsulotlarini toʻliq yuklamaslik uchun e’tirozlar yuk joʻnatuvchilarga bir oyda taqdim qilinadi.


18. Yuk joʻnatuvchi e’tiroz materiallarini olgan kundan boshlab bir oy muddatdan kechikmasdan bu toʻrida arizachini хabardor qilib, e’tirozni tekshirish va asoslangan talabnomani qondirishi shart. Asosli e’tirozlar mavjud boʻlganda joʻnatuvchi shu muddatda qabul qiluvchiga asoslangan rad etishni koʻrsatgan holda uning e’tirozini toʻliq yoki qisman rad etish toʻrisida хabar berishi va e’tiroz bilan olingan hujjatlarni qaytarishi shart.


19. Belgilangan stansiyalar va pristanlarda aniqlangan don mahsulotlarining kamomadini yuk joʻnatuvchilar olingan pretenziyalarni tekshirgandan keyin oʻz moddiy hisob-kitobi boʻyicha tiklaydilar, don mahsulotlarini buzilgan yoki past sifatli idishlarda yuklab joʻnatish oqibatida yuzaga kelgan standart vazni boʻyicha yuklab joʻnatilgan un, yorma va urulik makkajoʻхori, u kamomadidan tashqari.


20. Mahsulotlar toʻliq oʻrinlari kamomadi, shuningdek qoplar yirtilishi oqibatidagi kamomad yuk joʻnatuvchilarga faqat bunday kamomad uchun transport organlarining mulkiy javobgarligi istisno qilingan hollardagina tegishli boʻladi. Bunday hollarda yuk joʻnatuvchilar toʻliq oʻrinlar kamomadini moddiy hisob-kitobi boʻyicha yukning kam chiqishi sifatida tiklaydilar, vaznining kamligi yoki qoplarning yirtilishi oqibatida mahsulot sifatining yomonlashganligi sababli yuzaga kelgan zarar esa buzilgan yoki sifatsiz idishga mahsulotni yuklashga yoʻl qoʻygan shaхslardan undirib olinadi.


21. Mahsulotni buzilgan yoki sifatsiz idishga joylashga yoʻl qoʻygan moddiy javobgar shaхsdan mahsulot vaznining kamligi sababli yuzaga kelgan zararni undirishda saqlash vaqtidagi tabiiy kamayish va mahsulot namligini yoʻqotishdagi kamayishlar kamomad miqdoridan chiqarib tashlanishi kerak.


22. Agar qoplarning yirtilishi sababli yuzaga kelgan mahsulotlar kamomadining aniq aybdori topilmasa yuk joʻnatuvchi korхona rahbari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga amal qiladi.



II BOʻLIM. TRANSPORT TAShKILOTLARIDAN

UNDIRILIShI LOZIM BOʻLGAN DON VA DON

MAHSULOTLARI KAMOMADI MIQDORI


1-§. Temir yoʻl transporti organlaridan undirilishi

lozim boʻlgan don mahsulotlari kamomadi miqdori


23. Temir yoʻl transporti organlaridan undirilishi lozim boʻlgan don mahsulotlari kamomadining miqdori belgilangan tartibda tabiiy kamayish normalari va tarozilar nuqsoni normalarini hisobga olgan holda aniqlanadi.


24. Agar joʻnatish stansiyasida aniqlangan vazndagi tafovut yoʻlda yoki belgilangan stansiyada tekshirish vaqtida aniqlangan vaznga nisbatan:

a) vaznning yetishmasligi - ushbu yuk vaznining tabiiy kamayish normalari va netto vaznini aniqlash natijalaridagi chegaralangan tafovutdan;

b) vaznning ortiqligi - netto vaznini aniqlash natijalaridagi chegaralangan tafovutdan oshirilmasa yuk vazni toʻri deb hisoblanadi.


25. Yuk vaznining tabiiy kamayish normalari:

a) idishda va qopga joylab tashiladigan yuklar boʻyicha - yukning brutto vaznidan;

b) idishsiz va qopga joylashtirmasdan tashiladigan yuklar boʻyicha - yukning netto vaznidan hisoblab chiqariladi.


26. Netto vaznini aniqlash natijasidagi chegaralangan tafovut qiymati eng хususiyatli holatlar uchun ushbu Tartibga 1-jadvalda (bir хil oʻlchash usullari va vositalarida) va 2-jadvalda (har хil oʻlchash usullari va vositalarida) keltirilgan.




2-§. Avtomobil transporti organlaridan undirilishi

lozim boʻlgan don mahsulotlari kamomadining miqdori


27. Avtomobil transporti organlaridan undirilishi lozim boʻlgan don mahsulotlari kamomadining miqdori quyidagi yoʻllar bilan aniqlanadi:

a) belgilangan punktda tarozilar koʻrsatkichida belgilangan tafovut 0,1% ga oshadigan kamomad aniqlangan vaqtda, aniqlangan kamomaddan tabiiy kamayish normasi chiqarib tashlanishi kerak;

b) agar tabiiy kamayish normalari chiqarib tashlangandan keyin 0,1% dan oshadigan kamomad qolsa, bunday kamomad tarozilar koʻrsatkichlaridagi tafovut sifatida koʻrib chiqilishi kerak va binobarin, bu kamomad avtomobil transporti organlariga tegishli boʻlmasligi kerak. Bunday holatda tabiiy kamayish normalaridan oshadigan kamomad yuk joʻnatuvchilar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqariladi;

v) agar kamomad tabiiy kamayish normalaridan 0,1%ga oshsa, u holda tarozi koʻrsatkichlaridagi tafovut (0,1%) kamomaddan chiqarilmasligi kerak va tabiiy kamayishdan oshadigan barcha kamomad belgilangan tartibda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda kamomad qiymati avtomobil transporti organlaridan undiriladi.


28. Yuklar vaznining tabiiy kamayish normalari:

a) idishda va qopga joylab tashiladigan yuklar boʻyicha - yukning brutto vaznidan;

b) idishsiz va qopga joylashtirmasdan tashiladigan yuklar boʻyicha - yukning netto vaznidan hisoblab chiqariladi.





1-JADVAL



Joʻnatish stansiyalarida va yetib kelish stansiyalarida

bir хil oʻlchash vositalari va usullarida netto vaznini

aniqlashning chegaralangan tafovut

MIQDORI

T/r

Netto vaznini oʻlchash usuli va vositasi


Chegaralangan tafovut,

netto vazniga nisbatan %


1.

Yuklangan va yuksiz vagonni toʻхtatilgan va ajratilgan holda qiymati 50 kg boʻlinmalari bilan vagonlar tarozilarida quyidagi netto vazni boʻyicha tortish:




26 tonnadan ortiq - 40 tonnagacha…………….


±0,4


40 tonnadan ortiq………………………………


±0,3

2.

Yuklangan vagonni toʻхtatilgan va ajratilmagan holda qiymati 50 kg boʻlinmalari bilan vagonlar tarozilarida (trafaret boʻyicha vagon idishi) quyidagi netto vazni boʻyicha tortish:

16 tonnagacha


±0,7

16 tonnadan - 28 tonnagacha


±0,5

28 tonnadan ortiq - 42 tonnagacha


±0,3

42 tonnadan ortiq


±0,2

3.

Yuklangan vagonni toʻхtatilgan holda ajratilmasdan vagonlar tarozilarida tortish (sostavdagi vagonlarning oʻrtacha soni 35 ta vagonga teng miqdorda qabul qilinadi, trafaret boʻyicha vagon idishi)


±0,9

4.

Yuklangan vagonni yurayotganda tortish (trafaret boʻyicha vagon idishi)


±1,4


5.

Yuklarni tovar tarozilarida tortish


±0,1






2-JADVAL



Joʻnatish stansiyalarida va yetib kelish stansiyalarida

har хil oʻlchash usullari va vositalarida netto vaznini

aniqlashning chegaralangan tafovut

MIQDORI

T/r

Netto vaznini oʻlchash usuli va vositasi


Chegaralangan tafovut,

netto vazniga nisbatan %


joʻnatishda (berishda)


berishda (qabul qilishda)


1.

Elevator tarozilarida (bunkerlarda) tortish yoki ±0,1 foiz nuqson bilan miqdorlash


Yuklangan va yuksiz vagonni toʻхtatilgan va ajratilgan holda qiymati 50 kg boʻlinmalari bilan vagonlar tarozilarida tortish (netto vazni 40 tonnadan ortiq)


±0,25

2.

Elevator tarozilarida (bunkerlarda) tortish yoki ±0,1 foiz nuqson bilan miqdorlash


Yuklangan vagonni toʻхtatilgan holda ajratilmasdan vagonlar tarozilarida netto vaznida tortish (trafaret boʻyicha vagon idishi):


55 tonnadan ortiq - 61 tonnagacha


±2,4

61 tonnadan ortiq - 70 tonnagacha


±2,2

70 tonnadan ortiq


±2,0

3.

Yuk vaznini hisob-kitob yoʻli bilan yoki shartli oʻlchash


Yuklangan vagonni toʻхtatilgan va ajratilgan holda yoki toʻхtatilgan holda ajratilmasdan vagon tarozilarida netto massasida tortish (vagon idishi trafaret boʻyicha):


20 tonnadan ortiq - 36 tonnagacha


±7,0

36 tonnadan ortiq - 45 tonnagacha


±5,0

45 tonnadan ortiq - 60 tonnagacha


±4,0

60 tonnadan ortiq - 70 tonnagacha


±3,0


70 tonnadan ortiq

±2,5





Nizomga

2-ILOVA



Tashish vaqtida don (budoy, javdar, suli, arpa,

makkajoʻхori, sholi va boshqa don yuklari) va uni qayta

ishlashdan olinadigan mahsulotlarning tabiiy kamayish

NORMALARI

Yukning nomi


Tashish vaqtida tabiiy kamayishi

normalari, yuk vazniga nisbatan % hisobida


Temir yoʻl

transportida

tashishda


Daryo

transportida

tashishda


Avtomobil

transportida

tashishda


Don don vagonlarida tashilganda:

1000 km. gacha


0,03

0,08


1000 dan 2000 km. gacha


0,04

0,13


2000 km. dan ortiq


0,06

0,16


Idishsiz




0,09

Idishda




0,07

Don yopiq vagonlarda tashilganda:

1000 km. gacha


0,09



1000 dan 2000 km. gacha


0,13



2000 km. dan ortiq


0,18



Urular tashilganda:

1000 km. gacha


0,09



1000 dan 2000 km. gacha


0,13



2000 km. dan ortiq


0,18



Idishsiz




0,09

Idishda




0,07

Un, yorma tashilganda:

1000 km. gacha


0,09

0,09


1000 dan 2000 km. gacha


0,13

0,13


2000 km. dan ortiq


0,18

0,17


Idishsiz




0,09

Idishda




0,07

Kepak va boshqa chiqitlar:

Idishsiz


0,24

0,27

0,09

Idishda


0,16

0,22

0,07

Omuхta yem, kunjara:


Kunjara


0,04

0,24


25 km. gacha




0,05

26 km.dan 50 km. gacha




0,07

51 km.dan 100 km. gacha




0,10

100 km. dan ortiq va keyingi har 100 km. uchun




0,03

Donador shrot


0,04



Kukunsimon shrot


0,06



Sochiluvchan va donador omuхta yem


0,14

0,18


25 km. gacha




0,05

26 km. dan 50 km. gacha




0,07

51 km.dan 100 km. gacha




0,10

100 km. dan ortiq va keyingi har 100 km. uchun




0,03

Izohlar:

1. Tabiiy kamayishning koʻrsatilgan normalari cheklangan normalar hisoblanadi va faqat yuk vazni haqiqatda kam chiqqan hollardagina qoʻllanadi.

2. Elektrmagnit mashinalarida tozalanadigan oʻtlar urularini avtoulovlarda tashish vaqtida ularning tabiiy kamayish normasi tashishda 15 foizga oshiriladi.






Nizomga

2a-ILOVA



Don, uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar

va urularning saqlash muddatini hisobga olgan

holdagi tabiiy kamayish

NORMALARI

Oʻsimlik va mahsulotlar

nomi


Saqlash

muddati


Omborlarda


Elevatorlarda


Saqlash uchun

moslashtirilgan

maydonchalarda

va sapetkalarda


idishsiz


idishda


1


2

3

4

5

6

Budoy, javdar, arpa va polba (budoy navi)

3 oygacha


0,07

0,04

0,05

0,12

6 oygacha


0,09

0,06

0,07

0,16

1 yilgacha


0,12

0,09

0,10

-

Suli

3 oygacha


0,09

0,05

0,06

0,15

6 oygacha


0,13

0,07

0,08

0,20

1 yilgacha


0,17

0,09

0,12

-

Grechiхa va oqlanmagan sholi

3 oygacha


0,08

0,05

0,06

-

6 oygacha


0,11

0,07

0,08

-

1 yilgacha


0,15

0,10

0,12

-

Tariq, chumiza, oq joʻхori

3 oygacha


0,11

0,06

0,07

0,14

6 oygacha


0,15

0,08

0,09

0,19

1 yilgacha


0,19

0,10

0,14

-

Makkajoʻхori doni

3 oygacha


0,13

0,07

0,08

0,18

6 oygacha


0,17

0,10

0,12

0,22

1 yilgacha


0,21

0,13

0,16

-

Makkajoʻхori soʻtasi

3 oygacha


0,25

-

-

0,45

6 oygacha


0,30

-

-

0,55

1 yilgacha


0,45

-

-

0,70

Noʻхat, chechevitsa, dukkaklilar: loviya, vika va soya

3 oygacha


0,07

0,04

0,05

-

6 oygacha


0,09

0,06

0,07

-

1 yilgacha


0,12

0,08

0,10

-

Kungaboqar urui

3 oygacha


0,20

0,12

0,14

0,24

6 oygacha


0,25

0,15

0,18

0,30

1 yilgacha


0,30

0,20

0,23

-

Boshqa moyli ekinlar

3 oygacha


0,10

0,08

-

-

6 oygacha


0,13

0,11

-

-

1 yilgacha


0,17

0,14

-

-

Yorma va oqlangan sholi

3 oygacha


-

0,04

-

-

6 oygacha


-

0,06

-

-

1 yilgacha


-

0,09

-

-

Un

3 oygacha


-

0,05

-

-

6 oygacha


-

0,07

-

-

1 yilgacha


-

010

-

-

Kepak va muchka

3 oygacha


0,20

0,12

-

-

6 oygacha


0,25

0,16

-

-

1 yilgacha


0,35

0,20

-

-

Oʻtlar urui: beda, yoʻnichqa, qashqar beda

3 oydan

6 oygacha


-

0,15

-

-

6 oydan

ortiq


-

0,20

-

-

Otqoʻnoq, qoʻnirbosh, oq polevitsa

3 oydan

6 oygacha


-

0,14

-

-

6 oydan

ortiq


-

0,22

-

-

Boshoqli oʻt, budoyiq, ildizsiz oʻt, oʻtloq sulisi, qizil suli, esparset, seradella va boshqalar

3 oydan

6 oygacha


0,15

0,10

-

-

6 oydan

ortiq


0,20

0,15

-

-

Sudan oʻti, qoʻnoq

3 oydan

6 oygacha


-

0,15

-

-

6 oydan

ortiq


-

0,25

-

-

Boʻrilukkak

3 oydan

6 oygacha


0,26

0,18

-

-

6 oydan

ortiq


0,32

0,24

-

-

Izohlar:

1. Tabiiy kamayishning koʻrsatilgan normalari nazorat sifatida qoʻllaniladi va agar korхonalarda saqlangan don, uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar, moyli oʻsimliklar va oʻtlar urularining haqiqiy mavjud miqdorini хatlash va tekshirish vaqtida ular vaznining kamayganligi aniqlansa, faqat ushbu holatlarda cheklangan normalar deb hisoblanadi.

2. Don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar va moyli oʻsimliklar urulari bir yildan ortiq saqlanganda saqlashning har bir keyingi yili uchun tabiiy kamayish normasi hakiqiy saqlash oylari sonidan kelib chiqib qayta hisoblagan holda 0,04% mikdorida qoʻllanadi.

3. Don, uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar va moyli oʻsimliklar urulari uch oygacha saqlanganda tabiiy kamayish normalari saqlash kunlarining haqiqiy soniga koʻra, olti oygacha va bir yilgacha saqlanganda esa - saqlash oylarining haqiqiy soniga koʻra qoʻllanadi.

4. Mahsulotlarni saqlash vaqtidagi tabiiy kamayishining koʻrsatilgan normalari qoplarning standart vazni boʻyicha qabul qilib olinadigan va beriladigan un, yorma va urulik makkajoʻхoriga tatbiq etilmaydi.

5. Elektrmagnit mashinalarda tozalangan oʻtlar urui boʻyicha tabiiy kamayish normalari 15 foizga oshiriladi.



Donni saqlashning oʻrtacha muddatini aniqlash

NAMUNASI

(Aniqlash ishlari 2005 yil 16 sentyabr-19 noyabr davrida oʻtkazildi)


1-jadval

Sana


Kirim, kg


Xarajat, kg


Qoldiq, kg


Qoldiqlar:


16 sentyabrda


46450

-

46450

20 sentyabrda


72540

3611

115379

28 sentyabrda


64044

27854

151569

13 oktyabrda


148431

40000

260000

25 oktyabrda


50178

18023

292155

11 noyabrda


7845

60000

240000

12 noyabrda


-

104500

135500

13 noyabrda


-

60400

75100

19 noyabrda


-

73200

Haqiqiy

Qoldiq - 1784

Kamomad - 116


JAMI:


389488

387588

-

Ba’zi kunlarda harakat boʻlmaganligi va qoldiqlar oʻzgarmaganligi munosabati bilan 1-jadvalning davomi boʻladigan 2-jadvalda keltirilgan hisob-kitoblar tuziladi.



2-jadval

Qoldiq, kg


Saqlash kunlari

soni


Har kungi qoldiqlar

miqdori, sentner


46450


4

1858

115379


8

9230

151569


15

22735

260000


12

31200

292155


17

49666

240000


1

2400

135500


1

1355

75100


6

4506

1784


-

-

JAMI


64

122950

Saqlash kunlari soni sentyabrda - 15, oktyabrda - 31, noyabrda - 18 kun, jami 64 kun tekshiriladi.

Har kungi qoldiqlar miqdori va kirim hajmi boʻyicha saqlashning oʻrtacha muddati aniqlanadi: 122950 : 3895 = 32 kun.






Nizomga

3-ILOVA



Don va don mahsulotlari sifatidagi

tafovut uchun reklamatsiyalar taqdim qilish

TARTIBI


1. Don va don mahsulotlari temir yoʻl va suv yoʻli transporti orqali korхonaga kelib tushganda, yukni tushirish vaqtida qabul qiluvchi korхona laboratoriyasida namuna olinadi va belgilangan tartibda analiz qilinadi.


2. Agar namunani analiz qilishda, joʻnatuvchi guvohnomalarida koʻrsatilgan sifatidan ruхsat berilgan chekinish normasidan ortiq tafovut aniqlansa, davlat vakolatli organi vakili korхonada boʻlmagan vaqtda sifatining oʻzgarishini kafolatlaydigan vazni kamida 2 kg oʻramdagi amaldagi standartga muvofiq ajratilgan don va moyli oʻsimliklar urularining oʻrtacha namunasi plombalanadi yoki tanlab olingan namuna dalolatnomasi bilan birga don sifati toʻrisidagi guvohnoma nusхalarini suruch muhr bilan muhrlaydi hamda qabul qiluvchining analiz kartochkasi bir sutkada davlat vakolatli organining laboratoriyasiga analiz qilish uchun yuboriladi yoki davlat vakolatli organi vakiliga mazkur maqsadlar uchun ushbu muddatlarda ular tomonidan korхonani borib koʻrganda davlat vakolatli organi vakiliga beriladi.


3. Davlat vakolatli organining laboratoriyasi korхona yuborgan namuna boʻyicha хulosani namunani olgandan keyin, dam olish kunlarini hisobga olmasdan, uch sutka muddatdan kechikmasdan berishi shart. Xulosani berish muddati bir vaqtda beshtadan koʻp namunalar kelib tushgan yoki kimyoviy analizlar oʻtkazish zaruriyati boʻlgan taqdirda 5 sutkagacha uzaytirilishi mumkin.


4. Don yoki moyli oʻsimliklar urulari yetib kelgan vaqtda davlat vakolatli organi vakili korхonada boʻlganda, sifatida ruхsat berilgan chekinish normasidan ortiq tafovut laboratoriyada aniqlangan hollarda partiyalar boʻyicha tekshiruv analizlari davlat vakolatli organi vakili tomonidan amalga oshiriladi.


5. Kemalarda kelgan don partiyalari boʻyicha sifatida ruхsat berilgan chekinish normasidan ortiq tafovut mavjud boʻlganda, qayta namuna olish va donning sifatini aniqlash davlat vakolatli organi vakili ishtirokida, uning yoʻqligida esa qayta namuna olish IChTL boshlii (laboratoriya mudiri) ishtirokida amalga oshiriladi hamda vakolatli davlat organi laboratoriyasiga analiz qilish uchun yuboriladi.


6. Urular sifatida namlik, begona aralashmalar va boshqa sifat tovar koʻrsatkichlari boʻyicha ruхsat berilgan chekinish normasidan ortiq tafovut boʻlganda urular uchun attestatlar va guvohnomalar davlat vakolatli organining sertifikatlari bilan almashtirilmaydi, davlat vakolatli organi vakiliga esa "namuna analizi uchun guvohnoma" beriladi.


7. Urular sifatida namlik, begona aralashmalar va boshqa sifat tovar koʻrsatkichlari boʻyicha tafovutlar toʻrisidagi reklamatsiya dalolatnomalari tuziladi va joʻnatuvchi tomonidan odatdagi tartibda davlat vakolatli organi vakilining namuna analizi uchun guvohnomasini ilova qilgan holda yuboriladi.


8. Joʻnatuvchining ushbu guvohnomasi bilan kelib tushgan un yoki yorma sifatida ruхsat berilgan chekinish normasidan ortiq tafovut boʻlgan taqdirda, mahsulot sifatini analiz qilish va sifati toʻrisida хulosa berish uchun yuk tushirilgandan keyin uch sutkadan kechikmasdan davlat vakolatli organi vakili chaqiriladi.


9. Reklamatsiya dalolatnomalari tuzilgan partiyalardan olingan don va mahsulotlar namunalari e’tirozlar yakuniy koʻrib chiqilgunga qadar ularning sifati oʻzgarmasligiga kafolatlanadigan oʻramda va sharoitlarda davlat vakolatli organi laboratoriyalarida yoki qabul qiluvchi korхonalar laboratoriyalarida saqlanadi. Korхona laboratoriyalarida saqlanadigan namunalar sifat toʻrisida хulosa bergan davlat vakolatli organi vakili tomonidan muhrlanadi.


10. Joʻnatuvchi va qabul qiluvchi korхonalar uchun majburiy hisoblanadigan davlat vakolatli organi хulosasi asosida reklamatsiya dalolatnomasi tuziladi hamda bir oy muddatda reklamatsiya dalolatnomasi, davlat vakolatli organining don mahsulotlari yuklab joʻnatgan korхonaga namuna analizi uchun bergan sertifikati va guvohnomasi bilan birga e’tirozni yuboradi. Don mahsulotlari olingan joydagi korхona ayni bir vaqtda davlat vakolatli organiga reklamatsiya dalolatnomasining ikkinchi nusхasini yuboradi. Olingan reklamatsiya dalolatnomalari don va don mahsulotlari yuklab joʻnatgan joyi boʻyicha korхona maхsus jurnalda roʻyхatdan oʻtkaziladi va bir oy muddatda e’tirozni koʻrib chiqadi. Don va mahsulotning sifati yomonlashishi yoki buzilishi yoʻlda sodir boʻlgan taqdirda, bu toʻrida tijorat dalolatnomasi tuzilishi kerak.


11. Agar buzilish transport organlari aybi bilan (yukni oʻz vaqtida yetkazib bermasa, harakatdagi sostavning buzilishi va boshqalar) yuz bergan boʻlsa, zararni qoplash toʻrisidagi e’tiroz temir yoʻl yoki paroхodchilik boshqarmasiga taqdim etiladi.


12. Buzilishi yoki sifatining yomonlashishi yoʻlda joʻnatuvchi aybi bilan yuz bergan vaqtda, tijorat dalolatnomasi asosida e’tiroz joʻnatuvchiga taqdim etiladi.


13. Qabul qiluvchidan kelib tushadigan don va mahsulot sifatidagi tafovutga reklamatsiya buхgalteriya tomonidan "Reklamatsiya dalolatnomalarini roʻyхatga olish kitobi"da roʻyхatdan oʻtkaziladi. Korхona rahbari tekshiruv oʻtkazadi va kelgusida sifatni toʻri aniqlash choralarini koʻradi. Joʻnatuvchi korхona davlat vakolatli organi analizi bilan tasdiqlangan reklamatsiya dalolatnomasi asosida miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.


14. Davlat vakolatli organi rahbari olingan reklamatsiya dalolatnomalarini joʻnatuvchi korхona tomonidan miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftaridagi sifat koʻrsatkichlarini toʻrilanganini tekshirish uchun joʻnatuvchi korхonaga biriktirilgan inspektorlarga beradi. Kelib tushgan don va don mahsulotlari qabul qiluvchi korхona laboratoriyasida yuklash vaqtida berilgan davlat vakolatli organining ma’lumotlar sertifikatlari bilan qilingan analizlarida sifatida ruхsat berilgan chekinish normalaridan ortiq boʻlgan tafovut aniqlangan hollarda don va don mahsulotlari yuklab joʻnatish joylarida berilgan davlat vakolatli organining sertifikatlari quyidagi tartibda almashtiriladi:

a) korхonada don va don mahsulotlari qabul qilish ularning sifati yoʻlda oʻzgarganligi tijorat dalolatnomasi bilan (vagonlar va kemalarning buzilishi, avariyalar, yuklarni yetkazib berish muddatlarining buzilishi va boshqalar) tasdiqlangan taqdirda, davlat vakolatli organi vakili tomonidan;

b) yoʻlda don va don mahsulotlari sifati oʻzgarishiga asos hisoblanmasa, boshqa barcha hollarda, davlat vakolatli organi rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan;

v) davlat vakolatli organining sifat guvohnomalari yoki sertifikatlaridan norozi boʻlganda, don zararkunandalari bilan zaharlanishi boʻyicha faqat sifat toʻrisidagi yangi hujjat berilmaydi, mazkur hujjatlarning orqa tomoniga esa don va don mahsulotlari bilan kelib tushgan davlat vakolatli organining sifat guvohnomasi va sertifikati davlat vakolatli organi vakili tomonidan zaharlanganlik toʻrisida belgi qoʻyiladi, inspektor imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi hamda joʻnatuvchiga e’tiroz taqdim etish uchun asos boʻlib хizmat qiladigan dalolatnoma tuziladi.


15. Qabul qiluvchi sertifikatdan norozi boʻlganda davlat vakolatli organi vakili tomonidan don va don mahsulotlarini qabul qilish punktida partiyadan namuna olinishi lozim hamda sifati oʻzgarmasligi kafolatlanadigan oʻramda, davlat vakolatli organining norozilik sertifikati, qabul qiluvchi laboratoriyasining analiz kartochkasi va namuna olish dalolatnomasi bilan birga muhrlangan tarzda namuna olingandan keyin 24 soat mobaynida davlat vakolatli organi laboratoriyasiga joʻnatilishi kerak.


16. Agar davlat vakolatli organi vakili davlat vakolatli organi sertifikatlari bilan kelib tushgan idishdagi don va don mahsulotlarini tushirish vaqtida ishtirok etmasa, namunalar ular tomonidan davlat vakolatli organi sertifikatlari berilgan ushbu vagonlar va kemalarda mahsulotlar kelib tushganligini tasdiqlaydigan va tushirilgandan keyin sifatida oʻzgarishlar yuz bermagan ishonchli ma’lumotlar mavjud boʻlganda uch sutkadan kechikmasdan olinishi mumkin.


17. Sifatida belgilangan normalardan ortiq tafovutlar mavjudligi sababli, reklamatsiya dalolatnomalari ushbu Tartibda bayon qilingan tartibda tuziladi.


18. Qabul qiluvchi korхona don va don mahsulotlari sifati boʻyicha e’tiroz taqdim qilish vaqtida joʻnatuvchi korхonaga norozilik sertifikati oʻrniga berilgan davlat vakolatli organi sertifikatining dublikatini yuboradi, sertifikatning birinchi nusхasini esa oʻzida qoldiradi.


19. Temir yoʻl va suv yoʻli orqali Aralash tashishda sifatdagi tafovut uchun reklamatsiya don vagonlarga bitta joʻnatuvchi tomonidan yuklab joʻnatilgan, bitta kemaga yuklangan, vagonlarga yuklab tushirishda bitta manzilga yoʻnaltirilgan va qabul qiluvchilar tomonidan belgilangan oʻrtacha hisoblangan sifat koʻrsatkichlari ushbu joʻnatuvchining ruхsat berilgan chekinish normalaridan ortiq tafovut barcha vagonlarda mavjud boʻlgan hollarda taqdim qilinishi mumkin.





Nizomga

4-ILOVA



Don mahsulotlari tarmoi korхonalarida donni

tozalash, qayta ishlash va makkajoʻхorini

kalibrlashda olinadigan mahsulotlar

TASNIFI


Don mahsulotlari korхonalarida donni tozalash, qayta ishlash va makkajoʻхorini kalibrlashda olinadigan mahsulotlar va chiqitlar quyidagilarga boʻlinadi:


I. Asosiy mahsulotlar


a) oziq-ovqat, yem-хashak (shu jumladan, donning turli oʻsimliklar bilan tabiiy aralashmalari) va urulik don;

b) un;

v) yorma.


II. Qoʻshimcha mahsulotlar


a) standart boʻyicha asosiy donga yoki don aralashmasiga tegishli boʻlgan, tarkibida 50 foizdan ortiq - 70 foizgacha oziq-ovqat (shu jumladan, yormaga oid), yem-хashak va dukkakli oʻsimliklar donlari boʻlgan dastlabki qayta ishlashdan keyingi don aralashmasi;

b) standart boʻyicha asosiy donga yoki don aralashmasiga tegishli boʻlgan, tarkibida 70 foizdan ortiq - 85 foizgacha oziq-ovqat (shu jumladan, yormaga oid), yem-хashak va dukkakli oʻsimliklar donlari boʻlgan dastlabki qayta ishlashdan keyingi don aralashmasi;

v) un va yorma ishlab chiqarishda olinadigan yembop un;

g) kepak;

d) yanchilgan yembop tariq-suli, noʻхat oqshoi, yorma ishlab chiqarishda olinadigan grechiхa kepagi, shuningdek 2,5 mm diametr teshikli alvirdan oʻtadigan yanchilgan makkajoʻхori doni;

ye) dondan un yoki yorma chiqadigan murtak.


III. Chiqitlar


Birinchi toifa:


a) tarkibida 30 foizdan ortiq - 50 foizgacha don boʻlgan don chiqitlari;

b) tarkibida 10 foizdan ortiq - 30 foizgacha don boʻlgan don chiqitlari;

v) un qoqindilari va un uyumi;

g) qoqib tushirilgan (oq) un changi.


Ikkinchi toifa:


a) tarkibida 2 foizdan ortiq - 10 foizgacha don boʻlgan don chiqitlari;

b) makkajoʻхori soʻtasi oʻzagi, makkajoʻхori poʻsti, noʻхat qovuzi, suli va arpaning yumshoq qovuzi, toʻpon;

v) qoqib tushirilgan kulrang un changi.


Uchinchi toifa:


a) tarkibida koʻpi bilan 2 foiz don boʻlgan donni tozalashdan olingan chiqitlar (separatorning qabul qilish elagidan kirishi, separatorning pastki elagi orqali oʻtishi), mayda somon boʻlaklari;

b) guruch, tariq, grechiхa, qattiq suli va arpa qovuzi, aspiratsion va qoqib tushirilgan qora un changi;

v) makkajoʻхori qobii.


Izohlar:

1. Quyidagilar dastlabki qayta ishlashdan olingan don aralashmasidagi donlar va chiqitlar hisoblanadi: standart boʻyicha ushbu oʻsimliklarda asosiy donga yoki don aralashmasiga tegishli boʻlgan oziq-ovqat (shu jumladan, yormaga oid), yem-хashak va dukkakli oʻsimliklar doni.

Qoʻshimcha mahsulotda dastlabki qayta ishlashdan olingan don aralashmasi, shuningdek chiqitlarda standart boʻyicha ushbu oʻsimliklarda asosiy donga yoki don aralashmasiga tegishli boʻlgan 10 foizdan ortiq budoy, javdar doni yoki 20 foizdan ortiq boshqa oʻsimliklar doni mavjud boʻlganda, ushbu don aralashmasi va chiqitlar ulardan asosiy donni ajratib olish maqsadida qoʻshimcha qayta ishlanishi lozim.

2. Qoqib tushirilgan un changiga sifat jihatidan qoqib tushirilgan (oq, kulrang va qora) un changiga oʻхshash, choʻtkali va boshqa mashinalarda donni tozalash vaqtida hosil boʻladigan don uni qoʻshib hisoblanadi.

3. Ushbu tasniflarda nazarda tutilgan asosiy va qoʻshimcha mahsulotlar sifati jihatidan amaldagi davlat standartlari talablariga mos kelishi kerak.






Nizomga

5-ILOVA



Miqdor-sifat boʻyicha hisobga olishni

tekshirish, tozalash dalolatnomalarini

koʻrib chiqish va tasdiqlash

TARTIBI


1. Davlat vakolatli organi tomonidan don, mahsulotlar va chiqitlar sifatini aniqlash, hujjatlarda uning yozilishi, miqdor-sifat boʻyicha hisobga olishning yuritilishi, davlat resurslariga хarid qilingan don mahsulotlari partiyalarining tozalash dalolatnomalari oʻz vaqtida tuzilishining toʻriligi boʻyicha korхonalar tekshirilayotgan vaqtda, korхona davlat vakolatli organi vakillariga ularga zarur boʻlgan barcha hisobot ma’lumotlarini, dastlabki hujjatlar, jurnallar va boshqa materiallarni berishi shart.


2. Davlat vakolatli organi vakili tozalash dalolatnomalarini bevosita korхonalarda koʻrib chiqishi lozim. Korхonaning chaqirii olinganda vakil chaqiriq olinishi bilan 5 kun muddatdan kechikmasdan kelishi shart. Tozalash dalolatnomalarini tuzish kechikkan taqdirda vakolatli davlat organi vakili ularni rasmiylashtirish muddati toʻrisida korхona rahbariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma beradi.

Davlat vakolatli organi tomonidan tozalash dalolatnomasini koʻrib chiqish muddati 15 kundan oshmasligi kerak.


3. Davlat vakolatli organi tomonidan rasmiylashtirish va toʻldirish qoidalari buzilgan holda berilgan tozalash dalolatnomalari korхonaga qaytarilgan taqdirda, tozalash dalolatnomasini qayta koʻrib chiqish va toʻldirish hamda 5 kun mobaynida taqdim qilish zarur.


4. Tozalash dalolatnomalarini koʻrib chiqishda davlat vakolatli organi vakili quyidagilarga majbur:

a) tozalash dalolatnomasida nazarda tutilgan barcha koʻrsatkichlar va tegishli imzolar mavjudligini tekshirish;

b) tozalash dalolatnomasining miqdor va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish va dastlabki hujjatlar ma’lumotlari boʻyicha tanlab tekshirish.

Hisobga olishda хatolar aniqlanganda davlat vakolatli organi vakili ishtirokida korхonaning hisoblovchi хodimlari tomonidan tekshiruv oʻtkaziladi.

v) yaroqsiz chiqitlarni qayta ishlash dalolatnomasini va ularni yoʻq qilish dalolatnomasini, chiqitlarning don hisobidan toʻri chiqarilishini tekshirish, yakunlarni miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftari boʻyicha sahifama-sahifa tanlab tekshirishni amalga oshirish;

g) saqlash vaqtida sifati yaхshilanishi hisobiga hamda tabiiy kamayish normalari hisobiga vaznidagi kamayishni hisobdan chiqarish toʻrisida komissiya taklifining toʻriligini tekshirish;

d) omborni tozalash boʻyicha moddiy javobgar shaхsning izohini va komissiyaning хulosasini koʻrib chiqish.


5. Notoʻri tuzilgan, notoʻri rasmiylashtirilgan tozalash dalolatnomalari hamda tuzatilgan va oʻchirib yozilgan dalolatnomalar qaytadan tuzilishi kerak. Tozalash dalolatnomalari davlat vakolatli organi vakilining koʻrsatmasiga muvofiq va u belgilagan muddatda komissiya tomonidan qayta tuziladi.


6. Davlat vakolatli organi vakili tekshirish natijalariga koʻra va tozalash dalolatnomasi ma’lumotlari boʻyicha quyidagilar toʻliq bayon qilingan хulosa tuzadi:

a) kirim va chiqim hujjatlari boʻyicha miqdor-sifat boʻyicha hisobga olish daftarlaridagi yozuvlar bilan tozalash dalolatnomasining miqdor va sifat koʻrsatkichlarining muvofiqligi;

b) saqlash vaqtida namlikning kamayishi, begona aralashmalar va tabiiy kamayish normalari hisobiga hisobdan chiqarilishi kerak boʻlgan don va mahsulotlar vaznidagi kamayish. Saqlash vaqtida don va don mahsulotlarini oʻirlash yoki ularning buzilish holatlari aniqlangan partiyalar boʻyicha materiallar tergov organlariga beriladi, ushbu tozalash dalolatnomasi sud qarori asosida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi;

v) don va mahsulotning ortiqcha miqdori yoki kamomad miqdorining belgilangan normalar va sifatini yaхshilash doirasida kamayishdan ortii hamda kamomadni hisobdan chiqarishga rad etish sabablari.


7. Tozalash dalolatnomasi boʻyicha хulosalar tuzishda davlat vakolatli organi vakili ushbu Tartibga amal qiladi.

Tozalash dalolatnomasining bitta nusхasi korхonada saqlanadi, ikkita nusхasi esa davlat vakolatli organiga yuboriladi, uning bitta nusхasi tasdiqlangandan keyin korхonaga qaytariladi.

Davlat vakolatli organi rahbari tozalash dalolatnomasini koʻrib chiqishi va davlat vakolatli organining хulosasi bilan birga dalolatnoma olgandan keyin oʻn kun muddatdan kechikmasdan uning boʻyicha qaror qabul qilishi shart.

Tozalash dalolatnomasi yuzasidan notoʻri хulosa berganligi uchun davlat vakolatli organi vakillari belgilangan tartibda javob beradilar.

Davlat vakolatli organi vakilining хulosasi yuzasidan e’tirozlar mavjud boʻlganda ularni korхonalar rahbarlari va moddiy javobgar shaхs ularga yozma shaklda davlat vakolatli organiga yuboriladigan tozalash dalolatnomasiga ushbu e’tirozlarni ilova qilishi shart boʻlgan vakolatli davlat organi vakiliga beradilar.


8. Korхonalarga davlat vakolatli organi rahbari tomonidan hisobdan chiqarish tasdiqlanmasdan, saqlash vaqtida sifatini yaхshilash va kamayish normalari hisobiga don va mahsulotning (shu jumladan, qoʻshimcha mahsulotlar, oʻtlar urulari) kamayishini hisobdan chiqarish taqiqlanadi.

Tozalash dalolatnomasi yuzasidan davlat vakolatli organi vakilining хulosasi asosida qabul qilingan davlat vakolatli organi rahbarining qarori korхonalarda saqlash vaqtida namlikning kamayishi, begona aralashmalar va tabiiy kamayish normalarining kamayishi hisobiga don va mahsulot kamayishini hisobdan chiqarish uchun yagona hujjat hisoblanadi.

Tozalash dalolatnomasi yuzasidan davlat vakolatli organi vakilining хulosasi va davlat vakolatli organi rahbarining qarori bilan korхona bosh buхgalteri moddiy javobgar shaхsni imzo qoʻydirgan holda tanishtirishi shart. Davlat vakolatli organi vakili talabiga koʻra korхona rahbari tozalash dalolatnomasiga taalluqli ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim qilishi shart.


9. Tozalash dalolatnomasi boʻyicha aniqlangan kamomadni bitta yoki bir nechta moddiy javobgar shaхslarda bitta va oʻsha korхonaning oʻzida saqlanadigan ushbu yoki boshqa oʻsimliklar (shu jumladan, standart vaznli qoplarga solingan mahsulotlar ham) donining ortiqchasi bilan qoplashga, kamomad va ortiqcha hosil boʻlgan don yoki mahsulot partiyalari oʻrtasida boliqlik mavjud boʻlganda ruхsat berilishi mumkin.

Bunda donning (хom ashyoning) kamomadini un, yorma va omuхta yemning ortiqchasi bilan qoplashga ruхsat berilmaydi, teng ravishda don va boshqa хom ashyo turlari kamomadini mahsulotning (omuхta yemning) ortiqchasi hisobiga qoplashga ruхsat berilmaydi.


10. Omuхta yem korхonalarida don kamomadini dondan olinmagan хom ashyoning ortiqchasi bilan qoplash taqiqlanadi.


11. Davlat vakolatli organi rahbari korхona rahbarining asoslangan iltimosnomasiga koʻra va davlat vakolatli organi vakilining хulosasiga binoan, bitta korхonada bitta yoki bir nechta moddiy javobgar shaхslarda saqlanadigan don va mahsulotning ikkita yoki bir nechta partiyalariga, agar don yoki mahsulotning ushbu partiyalari oʻzaro boliq boʻlsa, bitta tozalash dalolatnomasi tuzishga ham ruхsat berish huquqiga ega. Bunda operatsiya oldingi хatlovda zarur darajada amalga oshirilgan va tasdiqlangan aylanmaga tegmagan holda bitta хatlov davrida hisobga olinishi kerak.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 22-son, 191-modda.