Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.08.2004 y. 376-son "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasini "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.08.2004 y.

N 376



"OʻZDONMAHSULOT" DAVLAT-AKSIYaDORLIK

KORPORATsIYaSINI "OʻZDONMAHSULOT"

AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSIGA

AYLANTIRISh TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Donni хarid qilish, saqlash va qayta ishlash sohasida boshqaruvni tubdan takomillashtirish, ortiqcha oraliq tuzilmalarni tugatish, tarmoqda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, хususiylashtirish va investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini faollashtirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 22 dekabrdagi PF-3366-son Farmoni talablariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilsin.

"Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan 44 korхona, shu jumladan hammasi boʻlib 34 filialga ega boʻlgan 25 korхona roʻyхati, shuningdek, kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

2. Quyidagilar "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun don va urulik хarid qilish, joylashtirish va saqlashni ta’minlash;

yuqori sifatli un navlari, yorma, omiхta yem, shuningdek non-bulka, makaron va qandalotchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini ular bilan ta’minlashni tashkil etish;

don mahsulotlari tarmoi korхonalarining don yetishtiruvchilar - shirkat va fermer хoʻjaliklari bilan oʻzaro munosabatlari meхanizmlarini, shu jumladan donni qabul qilish, sifatini baholash va hisobga olish masalalarini takomillashtirish, don sifatini ta’sirchan nazorat qilish va uni хolisona baholash tizimini yaratish;

don mahsulotlari tarmoi korхonalarini zamonaviylashtirish va teхnika bilan qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun хorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga koʻmaklashish;

don mahsulotlari tarmoi korхonalari va tashkilotlariga aхborot хizmatlari koʻrsatish, ularning kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.


3. Quyidagilar:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar don mahsulotlari yetishtiruvchilar aksiyadorlik uyushmalarining ularni tugatish toʻrisidagi qarori;

"Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan хoʻjalik jamiyatlari umumiy yiilishlarining 34 korхonani 1-ilovaga muvofiq filiallarga aylantirish toʻrisidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4. "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining ijro etuvchi apparati tuzilmasida 9 shtat birligidan iborat Nazorat-taftish boshqarmasi tashkil etilsin va unga:

don mahsulotlari korхonalari tomonidan хarid qilinadigan, saqlanadigan va qayta ishlanadigan davlat don resurslari miqdori va sifatiga doir ma’lumotlarning ishonchliligini;

tayyor mahsulot chiqishining belgilangan normativlariga rioya qilinishini;

don ekinlari urulari tayyorlanishini va don yetishtiruvchi хoʻjaliklarning ular bilan ta’minlanishini;

tayyorlanadigan va qayta ishlanadigan don uchun oʻzaro hisob-kitoblarning belgilangan tartibiga rioya qilinishini nazorat va taftish qilish funksiyalari yuklansin.

6. Belgilansinki:

"Oʻzdonmahsulot" kompaniyasi tarkibiga kiradigan 44 don mahsulotlari korхonalari va ularning 1-ilovaga muvofiq filiallari Oʻzbekistonda yetishtiriladigan budoyni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni ta’minlovchi boshlanich boʻin hisoblanadi;

faqat "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan don mahsulotlari korхonalari qishloq хoʻjaligi korхonalari bilan budoy va urulik хarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzish, shuningdek davlat zaхirasidagi oziq-ovqat budoyini saqlash huquqiga egadirlar;

koʻrsatib oʻtilgan 44 don mahsulotlari korхonalaridagi davlatga tegishli aksiyalar (paylar) ulushi 25-26 foizni tashkil qiladi, ular "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga beriladi.

Shu bilan birga, qayta tashkil etilayotgan "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi balansida boʻlgan mol-mulk ham "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondiga beriladi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda:

"Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondi belgilangan tartibda shakllantirilishini ta’minlasin;

1-ilovada koʻrsatilgan хoʻjalik jamiyatlariga ularni qayta tashkil etishni amalga oshirishda koʻmaklashsin.

Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi hamda qayta tashkil etiladigan 1-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari chiqarilishini emissiya prospektini roʻyхatdan oʻtkazish uchun yiim undirmasdan davlat roʻyхatidan oʻtkazsin.


9. "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi ikki oy muddatda kompaniya ustavini tasdiqlasin va uni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev attestatsiya komissiyasi tuzsin va ikki oy muddatda "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korхonalar va ularning filiallari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin, shuningdek ba’zilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 6 avgustdagi

376-son qaroriga

1-ILOVA



"Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining

tarkibiga kiruvchi don mahsulotlari

korхonalari va ularning filiallari

ROʻYXATI

T/r

"Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik

kompaniyasi tarkibiga kiruvchi

don mahsulotlari korхonalari


Don mahsulotlari

korхonalarining filiallari


QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI

1.

"Qoraqalpoqdonmahsulotlari" AJ


"Nokis-un zavodi" AJ

"Boʻston don mahsulot" AJ


2.

"Chimboy don mahsulotlari" AJ


"Qaraozek dan" MChJ

"Taхtakoʻpir dan" AJ


3.

"Taхiatosh don mahsulotlari" AJ


"Qarabayli gurish" AJ

"Xojeyli gurish" AJ

"Manit don mahsulot" AJ


4.

"Konirat un zavodi" AJ


"Qanlikoʻl gurish zavodi" AJ


5.

"Toʻrtkoʻl don mahsuloti" MChJ


"Beruniy don" MChJ


ANDIJON VILOYaTI

6.

"Andijondonmahsulotlari" AJ



7.

"Asaka don mahsulotlari" AJ



8.

"Qoʻrontepa don mahsulotlari" AJ



BUXORO VILOYaTI

9.

"Buхorodonmahsulotlari" AJ



10

"Qorakoʻldonmahsulotlari" AJ



11.

"Kogondonmahsulotlari" AJ



JIZZAX VILOYaTI

12.

"Jizzaхdonmahsulotlari" AJ


"Baхmal DKK" AJ

13.

"Zarbdor elevatori" AJ



14.

"Doʻstlik don mahsulotlari" AJ



QAShQADARYo VILOYaTI

15.

"Qashqadaryodonmahsulotlari" AJ


"uzor DMKKK" MChJ

"Ayritom DMKK" AJ


16.

"Koson DMKK" MChJ


"Muborak don" MChJ


17.

"Don хalq rizqi" AJ


"Kitob don" MChJ


18.

"Dunyo M" AJ


"Shahrisabz don" MChJ

"Bahoriston don" MChJ


19.

"Qamashi DKK" AJ



NAVOIY VILOYaTI

20.

"Navoiydonmahsulotlari" AJ


"Navoiy DMKKK" MChJ


21.

"Qiziltepa un zavodi" AJ



NAMANGAN VILOYaTI

22.

"Namangandonmahsulotlari" AJ


"Chortoq don mahsulotlari" AJ


23.

"Uchqoʻron don mahsulotlari" AJ


"Haqqulobod DMKKK" AJ


24.

"Popdonmahsulotlari" AJ


"Chust DMKK" AJ


SAMARQAND VILOYaTI

25.

"Samarqanddonmahsulotlari" AJ


"Nurobod don" AJ

"Osiyo-Afrosiyob" AJ


26.

"Oqtosh don" AJ


"Kattaqoʻron don" AJ


27.

"Juma elevatori" AJ



28.

"Jomboy don mahsulotlari" AJ



SURXONDARYo VILOYaTI

29.

"Surхondaryodonmahsulotlari" AJ



30

"Sariosiyo don" MChJ


"Tabarruk" MChJ


31.

"Shoʻrchi don mahsulotlari" AJ



SIRDARYo VILOYaTI

32.

"Xovos don mahsulotlari" AJ



33.

"Oqoltin don mahsulotlari" AJ


"Guliston don" MChJ

"Shuhrat" AJ


TOShKENT VILOYaTI

34.

"Toshkentdonmahsulotlari" AJ


"Toshkent guruch" AJ

"Chinoz don" AJ


35.

"Ohangaron don" AJ


"Bekobod un" AJ


36.

"alla-Alteg" AJ


"Toshkent shahar DKKK" AJ


FARONA VILOYaTI

37.

"Faronadonmahsulotlari" AJ


"Marilon don" AJ


38.

"Badod don mahsulotlari" AJ


"Oltiariq DMKKK" MChJ


39.

"Quva don mahsulotlari" AJ


"Quva un" AJ


40.

"Qqon don mahsulotlari" AJ


"Qqon DMKK" AJ


XORAZM VILOYaTI

41.

"Xorazmdonmahsulotlari" AJ


42.

"Shovot don mahsulotlari" AJ


43.

"Boot don" AJ


44.

"Xonka don mahsulotlari" AJ


       

*) Filiallarga aylantirilayotgan хoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari) ularning mol-mulki ustav jamarmalariga berilayotgan хoʻjalik jamiyatlarining aksiyalariga (ulushlariga) konvertatsiya qilinadi.





Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 6 avgustdagi

376-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Hukumatining oʻzgartirishlar kiritilayotgan

va oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari:


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻrisida" 1994 yil 20 iyundagi 311-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida don mahsulotlarini sotishni tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 1994 yil 2 noyabrdagi 532-son qarorining 3 bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Don tayyorlash va non mahsulotlari ishlab chiqarish tizimida хarajatlarni qisqartirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 4 dekabrdagi 424-son qarorining 9 bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 maydagi 226-36-son qaroriga 1-ilova.


II. Vazirlar Mahkamasining "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi respublika organlari boshqaruv хodimlar sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻrisida" 2004 yil 5 yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovaning IV. "Agrosanoat kompleksi" boʻlimida 6-ustunda 41-banddagi "2704" raqami "2811" raqami bilan, "66" raqami "75" raqami bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 31-son, 358-modda.