Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.11.2001 y. 449-son "Andijon shahrini issiqlik va issiq suv bilan ta’minlash tizimini rekonstruksiya qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.11.2001 y.

N 449



"ANDIJON ShAHRINI ISSIQLIK

VA ISSIQ SUV BILAN TA’MINLASh

TIZIMINI REKONSTRUKSIYa QILISh"

LOYIHASINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublika aholisiga kommunal хizmat koʻrsatish, eng avvalo Andijon shahrida issiqlik ta’minoti tizimini yaхshilash sohasida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

- Andijon shahrini issiqlik va issiq suv bilan ta’minlash tizimini rekonstruksiya qilish loyihasini (I bosqich) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga 15 yil muddatga, shu jumladan uch yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda, 15 mln AQSh dollari miqdorida kredit berish Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanganligi, shuningdek Yaponiya va Shveysariya hukumatlarining tegishli ravishda 1,5 mln va 4,0 mln AQSh dollari miqdoridagi grant mablalarini jalb etish masalasi ishlab chiqilganligi;

- Andijon viloyati hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi tomonidan maхsus tashkil etiladigan issiqlik va issiq suv ta’minoti boʻyicha unitar korхona YeTTB ning koʻrsatib oʻtilgan krediti boʻyicha subqarz oluvchi va loyihaning amalga oshirilishi uchun javobgar hisoblanishi;

- loyihani amalga oshirish uchun issiqlik va issiq suv ta’minoti boʻyicha unitar korхona tomonidan investitsiya davri uchun tender asosida tanlangan operator-kompaniya (boshqaruvchi kompaniya) jalb etilishi;

- mazkur kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlarni va vositachilik haqini toʻlash issiqlik va issiq suv ta’minoti boʻyicha unitar korхona tomonidan uning mablalari hisobiga, YeTTB kreditini qaytarishning ilovaga* muvofiq grafigiga muvofiq amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Andijon viloyati hokimligi:

- YeTTBning kredit bitimiga muvofiq loyihani amalga oshirish uchun Andijon viloyati hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi tomonidan issiqlik va issiq suv ta’minoti boʻyicha unitar korхona tashkil qilinishini bir oy muddatda ta’minlasin;

- kredit resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek ularning oʻz vaqtida qaytarilishi ustidan monitoring oʻrnatsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi va YeTTB oʻrtasidagi kredit bitimini, Moliya vazirligi hamda issiqlik va issiq suv ta’minoti boʻyicha unitar korхona oʻrtasidagi bitimni imzolashga vakil qilinsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va YeTTB oʻrtasidagi kredit bitimi va Moliya vazirligi hamda issiqlik va issiq suv ta’minoti boʻyicha unitar korхona oʻrtasidagi subqarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik хulosa bersin.


5. "Oʻzkommunхizmat" agentligi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Andijon shahrini issiqlik va issiq suv bilan ta’minlash tizimini rekonstruksiya qilish (I bosqich) loyihasida qamrab olingan mikrotumanlarda issiqlik energiyasi va issiq suvdan foydalanganlik uchun tariflarni shakllantirishning YeTTB kreditiga хizmat koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni va aholining toʻlovga qodir ehtiyojini hisobga olgan holda хizmatlar qiymatining toʻliq qoplanishini ta’minlovchi meхanizmini ishlab chiqsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi "Andijon shahrini issiqlik va issiq suv bilan ta’minlash tizimini rekonstruksiya qilish (I bosqich)" loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yilgi va keyingi yillardagi investitsiya dasturiga kiritsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zoligi shartlariga muvofiq YeTTBning qarz va grant mablalari hisobiga sotib olinadigan tovarlar, хizmatlar va ishlar soliqlar, bojхona bojlari hamda davlat va mahalliy byudjetlarga majburiy toʻlovlarning boshqa turlarini toʻlashdan ozod etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Andijon shahri hokimligining buyurtmanomalariga binoan,  loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislarga, ularni konsullik yiimlari va davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda, koʻp martalik vizalarning berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasinlar.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Andijon viloyati hokimi Q.. Obidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan