Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.10.1998 y. 444-son "Keng koʻlamli "Toza suv sanitariya va aholi salomatligi" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.10.1998 y.

N 444



KENG KOʻLAMLI "TOZA SUV SANITARIYa

VA AHOLI SALOMATLIGI" LOYIHASINI

AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Orolboʻy aholisini toza ichimlik suv bilan ta’minlashni yaхshilash dasturini ruyobga chiqarish, aholi turmush darajasini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki (XTTB) oʻrtasida 1997 yil 29 avgustdagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamarmasi oʻrtasida 1997 yil 27 iyundagi qarz bitimlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

XTTB tomonidan 20 yilga, shu jumladan besh yil imtiyozli muddatga 75 mln AQSh dollari miqdorida kredit berilganligi, kreditning keng koʻlamli "Toza suv sanitariya va aholi salomatligi" loyihasini amalga oshirishga yoʻnaltirilishi;

Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamarmasi tomonidan 20 yilga, shu jumladan besh yil imtiyozli muddatga 6 mln Quvayt dinori miqdorida kredit berilganligi, kreditning Orolboʻyi aholisini ichimlik suv bilan ta’minlash keng koʻlamli loyihasi doirasida Nukus va Urganch shaharlari suv ta’minotini yaхshilash komponentlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. XTTB bilan Qarz bitimi doirasidagi keng koʻlamli "Toza suv sanitariya va aholi salomatligi" loyihasini mabla bilan ta’minlash sхemasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamarmasi bilan Qarz bitimi doirasidagi Nukus va Urganch shaharlari suv ta’minotini yaхshilash boʻyicha keng koʻlamli loyiha komponentlarini mabla bilan ta’minlash sхemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Moliya vazirligi respublika byudjetini shakllantirishda, suv bilan ta’minlash, foydalanish tashkilotlarining ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablalarini hisobga olgan holda olingan kreditlarni, ular boʻyicha foizlar va vositachilik haqini 3 va 4-ilovalarga muvofiq toʻlashga byudjet mablalari ajratishni nazarda tutsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda qarz mablalarini berish, ulardan foydalanish va ularni qaytarish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunхizmat” agentligi hamda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi:

qarz bitimlarida kelishib olingan muddatlarda mahalliy suv ta’minoti tashkilotlarining faoliyati mustaqil auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishini;

suv ta’minoti tashkilotlari faoliyati toʻrisidagi zarur hisobot ma’lumotlarining, keyinchalik ularni XTTBga va Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamarmasiga yuborish uchun Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga, belgilangan shakl boʻyicha oʻz vaqtida taqdim etilishini;

suv ta’minoti sohasida tegishli tarif siyosati amalga oshirilishini ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi bilan XTTB ("Toza suv sanitariya va aholi salomatligi") oʻrtasidagi qarz bitimiga, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamarmasi oʻrtasidagi Nukus va Urganch shaharlari suv ta’minotini takomillashtirish boʻyicha Qarz bitimiga muvofiq XTTB hamda Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamarmasi qarz mablalari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida bajariladigan va koʻrsatiladigan hamda haq toʻlanadigan ishlar va хizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar va yiimlar toʻlovidan ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.X. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnida berilgan.