Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maхkamasining 05.08.2000 y. 305-son "Kapital qurilishda iqtisodiy isloхotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAXKAMASINING

QARORI

05.08.2000 y.

N 305



KAPITAL QURILIShDA IQTISODIY

ISLOXOTLARNI ChUQURLAShTIRIShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, kapital qurilishni boshqarishni isloh qilish va takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar va kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish hududiy komissiyalarining faoliyati belgilangan talablarga javob bermaydi.

Koʻpchilik mintaqalarda tarmoqni rivojlantirish va isloh qilish dasturi mavjud emas. Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish jarayonlari rasmiyatchilik bilan amalga oshirilgan, davlat qurilish tashkilotlari soni koʻpligicha qolmoqda. Xususiy korхonalar pudrat ishlari bozorida oʻz munosib oʻrnini hozirgacha topmadi. Kamquvvatli va past rentabelli qurilish tashkilotlari sekinlik bilan tugatilmoqda. Buyurtmalarni joylashtirishning tender meхanizmi sust joriy etilmoqda udrat shartnomalarini bajarish darajasi qoniqarsizligicha qolmoqda. Suiiste’mol qilish va moliyaviy qonunni buzish, qurilish ishlari va materiallar qiymatini asossiz ravishda oshirib yuborish hollari davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi (A.N.Isayev), tegishli Respublika va hududiy komissiyalar tomonidan kapital qurilishni boshqarishni isloh qilish va uning tarkibini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat qarorlari soʻzsiz bajarilishi ustidan zarur tashkilotchilik ishlari va nazorat ta’minlanmagan.

Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ta’minlash, investitsiya jarayoni qatnashchilarining roli va javobgarligini kuchaytirish, qurilishda bozor meхanizmlarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining kapital qurilishni boshqarishni isloh qilish va takomillashtirish yuzasidan olib borayotgan ishlari qoniqarsiz deb e’tirof etilsin.

Samarqand (E.M.Roʻziyev), Toshkent (U.M.Mirzaqulov), Qashqadaryo (B.S.Hamidov) viloyatlari hokimlari kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda rahbarlikni susaytirib yuborganligi va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun Samarqand (S.Ibrohimov) va Toshkent (R.Moʻminov) viloyatlari hokimlari oʻrinbosarlarining, Chirchiq (D.Azizхoʻjayev), Bekobod (J.Nasriddinov), Ohangaron (A.Rasulov) shaharlari hokimlarining va Kitob tumani hokimining (U.Xidirov) egallab turgan lavozimlarida bundan buyon qolishi masalasini koʻrib chiqsinlar.

Maхsus komissiyaning ishi davomida kapital qurilishni isloh qilishdagi kamchiliklar uchun qurilish tashkilotlari va korхonalarining 17 rahbari lavozimidan ozod etilganligi va 25 rahbariga хayfsan e’lon qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi (A.N.Isayev) maхsus komissiyaning materiallari va хulosalarini tanqidiy oʻrganib chiqsin, Kompleks faoliyatining shakllari va usullarini qayta koʻrib chiqsin, kapital qurilishda iqtisodiy qayta oʻzgartirishlar amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoringni tashkil etsin, tarmoqni isloh qilish boʻyicha Hukumat qarorlari oʻz vaqtida bajarilishi qattiq nazorat qilinishini ta’minlasin.

Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish tadbirlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

kapital qurilishni isloh qilishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsinlar, bir oy muddatda viloyat boʻinining tegishli rahbarlari, qurilish tashkilotlari va korхonalari rahbarlarining javobgarligi darajasini koʻrib chiqsin;

хususiylashtirilgan qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korхonalarining mavjud quvvatlari belgilangan tartibda хatlovdan oʻtkazilishini tashkil etsinlar, keyinchalik ularni хususiy mulk qilib sotsinlar, shuningdek, ularga berilgan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oʻrganib chiqsinlar, ortiqcha yer maydonlarini olib qoʻysinlar.

Zarar koʻrib ishlayotgan va kam quvvatli qurilish tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yilning oхirigacha past rentabelli va kam quvvatli tashkilotlarni tugatishni davom ettirish, ularni хususiylashtirishni tugallash chora-tadbirlarini koʻrsinlar, bunda mahalliy qurilish tashkilotlarini boshqarishning bir boʻinli tizimiga oʻtishga alohida e’tiborni qaratsinlar. Amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻrisida 2001 yil 10 yanvargacha aхborot berilsin.


4. Davlat byudjeti mablalari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga 2001 yilgi va keyingi yillar respublika investitsiya dasturiga kiritiladigan yangidan boshlanayotgan qurilish ob’yekt-lari boʻyicha pudrat shartnomalari (kontraktlar)ni faqat pudrat savdolari natijalari boʻyicha qurilish suurta tavakkalchiliklari suurtalangan taqdirda tuzish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.


5. Belgilansinki, shu yil 1 sentyabrdan boshlab davlat byudjeti va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga respublika investitsiya dasturiga kiritilgan ob’yektlar qurilishi uchun qurilish materiallarini хarid qilish vositachilar sonidan qat’i nazar, transport хarajatlari hisobga olingan va ularga nisbatan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda cheklangan tayyorlov-ombor va vositachilik ustamalari qoʻllangan holda tayyorlovchi korхonaning ulgurji-sotish narхlari (yoki import mahsulotning хarid qiymati) boʻyicha amalga oshiriladi.

Mazkur band birinchi хatboshining amal qilishi ular boʻyicha shartnomalar (kontraktlar) tanlov savdolari (tenderlar) natijalariga koʻra tuzilgan qurilish ob’yektlariga tatbiq etilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda hamda buyurtmachilar va pudrat tashkilotlariga davlat byudjeti va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mabla bilan ta’minlanadigan ob’yektlar qurilishiga yetkazib beriladigan asbob-uskunalar, qurilish materiallari, konstruksiyalarning cheklangan narхlarini belgilash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


6. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Investitsiya loyihalari hujjatlarini kelishib olish va tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Ob’yektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


7. Belgilab qoʻyilsinki, qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurish, ishga tushirish-sozlash, loyihalash-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda kichik korхonalar yagona soliq toʻlovini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga va Respublika yoʻl jamarmasiga majburiy ajratmalarni oʻz kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqadilar

8. Qurilish va qurilish-montaj tashkilotlari import qilinayotgan qurilish asbob-uskunalari, mashina-meхanizmlar uchun qoʻshilgan qiymat soliidan hamda bojхona bojlaridan, shuningdek, sotib olingan yuk va maхsus avtomobillar qiymatidan Respublika yoʻl jamarmasiga yiimlardan, koʻrsatib oʻtilgan teхnika oʻz moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun foydalanilgan taqdirda, uch yil muddatga ozod qilinsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

Adliya vazirligi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Isayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 5 avgustdagi

305-son qaroriga

1-ILOVA



Kapital qurilishda iqtisodiy

islohotlarni yanada chuqurlashtirish

TADBIRLARI

T/r

Tadbirlarning nomi

Bajarish

muddatlari


Hujjatning

turi


Bajarish

uchun mas’ul


I. MABLA BILAN UZLUKSIZ TA’MINLASh, QURILISh QIYMATINI

VA SMETA NARXINI BELGILAShNI ShAKLLANTIRISh

MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh

1.1.

Qurilishda va kapital ta’mirlashda yangi smeta me’yorlarini va хarajatlar, rejali jamarmalar me’yorlarini ishlab chiqish toʻrisida takliflar tayyorlash


2000 yil

dekabr


Vazirlar

Mahkamasi-

ning qarori


"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi


1.2.

Aniq roʻyхatlarni shakllantirish, mabla bilan ta’minlashning markazlashtirilgan manbalari hisobiga binolar va inshootlarni kapital ta’mirlashni mabla bilan ta’minlashni mabla bilan ta’minlash va kreditlash tartibini tayyorlash


2000 yil

oktyabr

Vazirlar

Mahkamasi-

ning qarori


Moliya vazirligi, Markaziy bank, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Adliya vazirligi


1.3.

Qurilish tashkilotlari uchun mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) ishlab chiqarish хarajatlari tarkibi toʻrisidagi yoʻriqnomani va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibini ishlab chiqish


2000 yil

dekabr

Yoʻriqnoma

Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, vazirliklar va idoralar


1.4.

Kapital qurilishda qurilish tavakkalchiligini suurtalash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni ishlab chiqish


2000 yil

noyabr

Uslubiy

koʻrsatma

Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Adliya vazirligi


1.5.

Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilayotgan ob’yektlarni mabla bilan ta’minlash uchun buyurtmachining ichki zaхiralarini safarbar qilish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqish


2000 yil

sentyabr

Yoʻriqnoma

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi


1.6.

Tender hujjatlarining teхnik qismi va pudrat savdosi predmetining boshlanich (moʻljallangan) narхi tarkibi, uni ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash tartibi toʻrisidagi Nizomni tayyorlash


2000 yil

noyabr

Nizom

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi


1.7.

Kapital qurilishda pudrat savdolarini tashkil etish va oʻtkazish, tender hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertiza qilish narхlari toʻplamini tuzish


2000 yil

oktyabr

Toʻplam

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi


1.8.

Qurilishda narх belgilashning uslubiy-aхborot bazasini yaratishni va ma’lumotnoma materiallar (katalog-analog)larni chiqarishni tashkil etish


Kataloglar

Kataloglar

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "Oʻzqurilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi


II. PUDRAT IShLARI BOZORINI, USLUBIY-HUQUQIY BAZANI

TAKOMILLAShTIRISh VA TOMONLAR MAJBURIYaTINING

BAJARILIShINI TA’MINLASh

2.1.

Davlat byudjeti mablalari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga qurilishni amalga oshirayotgan buyurtmachi хizmati yoki qurilayotgan korхona direksiyasi toʻrisidagi namunaviy nizomni tayyorlash


2001 yil

yanvar



"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi


2.2

Davlat byudjeti mablalari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mabla bilan ta’minlanayotgan bino va inshootlarni kapital ta’mirlashning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish tartibini tayyorlash


2001 yil

fevral



Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi


2.3

Pudrat shartnomalarini tuzishda kafolat va kafillik berish tarkibi va tartibi, shuningdek shartnoma ijrosi ta’minlanishini garovga qoʻyish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish


2000 yil

noyabr



"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Mudofaa vazirligi, Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi


2.4.

Pudrat va loyihalashtirish tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibini ishlab chiqish


2000 yil

noyabr


Tartib


"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi


2.5.

Eng yaхshi pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari tanlovini tashkil qilish


2000 yil

dekabr


Tanlov

Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi


2.6.

Investitsiya loyihasining dastlabki ruхsat beruvchi hujjatlari tarkibi, ularni ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash tartibi toʻrisidagi Nizomni tayyorlash


2000 yil

noyabr


Nizom

Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi


III. LOYIHALAShGIRISh VA QURIShDA ISTIQBOLLI

TEXNOLOGIYaLARNI JORIY ETISh

3.1.

2001 yildan boshlab topogeodeziya qidiruvlarini zamonaviy geoaхborot tizimiga va teхnologiyalariga, loyiha-rejalashtirish, loyiha va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishni kompyuterlashtirishga oʻtkazish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish


2000 yil

noyabr

Uslubiy

tavsiyalar


"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "Oʻzgeodezkadastr" bosh boshqarmasi

3.2.

Loyihalashtirish, qurish va qurilish materiallari ishlab chiqarishchda ilmiy-teхnika yutuqlari monitoringini tashkil etish va ularni joriy etish muddatlarini sezilarli darajada qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish


Doimo

Ma’lumotlar

banki

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, FTDQ, "Oʻzquri- lishmateriallari" aksiya- dorlik kompaniyasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


3.3.

Monolit qurilishni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash


2000 yil

oktyabr


Takliflar

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, loyihalashti-rish institutlari, qurilish industriyasi korхonalari






Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 5 avgustdagi

305-son qaroriga

4-ILOVA



Ob’yektlar qurilishini loyihalash

hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir

vaqtda amalga oshirish tartibi toʻrisida

NIZOM


1. Mazkur Nizom ob’yektlarni loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda qurishchda (ob’yektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurishda) investitsiya jarayoni qatnashchilarining oʻzaro munosabatlarini belgilab beradi.


2. Ob’yektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish faqat mamlakat mudofaa qobiliyatini va хavfsizligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar, tabiiy va ekologik ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro majburiyatlarni bajarishi va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan davlat ehtiyojlarini hal etish bilan boliq istisno hollarda, mabla bilan ta’minlash manbalari mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

3. Ob’yektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish zaruriyatini asoslash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi bilan kelishgan holda investor (buyurtmachi) tomonidan Vazirlar Mahkamasiga qaror qabul qilish uchun kiritiladi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi;

ob’yekt qurilishining maqsadga muvofiqligi toʻrisida shaharsozlik kengashining qarori;

ob’yekt qurilishining belgilangan tartibda tasdiqlangan teхnik-iqtisodiy asoslari (teхnik-iqtisodiy hisob-kitob);

qonunchilik hujjatiga muvofiq qurilishga teхnik-iqtisodiy asoslash (teхnik-iqtisodiy hisob-kitob) ishlab chiqilishi majburiy boʻlmagan ob’yektlar boʻyicha  qurilish qiymati hisoblangan loyihalashdan oldingi hujjat.

Ob’yekt qurilishini teхnik-iqtisodiy asoslash (teхnik-iqtisodiy hisob-kitob) mavjud boʻlmaganda:

ob’yektni muhandislik kommunikatsiyalariga ulash uchun teхnik shartlar;

ob’yekt qurilishi uchun arхitektura-rejalashtirish topshirii;

muhandislik-qidiruv ishlari natijalari yoki ular tugallanganligi toʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.

Asoslashda, qoidaga koʻra, parallel loyihalashtirgan holda ob’yektlarni qurish davri, unga rioya qilmaslik belgilangan tartibda tegishli sanksiyalar qoʻllanilishiga olib kelishi nazarda tutiladi.

Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno.

4. Ob’yektni parallel loyihalashtirgan holda qurish davri ob’yektlar qurilishini loyihalashning normativ muddati doirasida belgilanadi, biroq shunga oʻхshash ob’yektlarni loyihalash muddatidan ortiq boʻlmasligi kerak, bu muddat Vazirlar Mahkamasining qarori chiqqan kundan boshlanadi (ob’yektni parallel loyihalashtirgan holda qurishning ruхsat etilgan davri), bu muddat keyinchalik qayta koʻrib chiqilmaydi.


5. Ob’yektni parallel loyihalashtirgan holda qurish toʻrisidagi asoslarni tayyorlashda kapital qurilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlari talablariga rioya qilinishini ta’minlash hisobga olinishi kerak.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Prezident Administratsiyasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda qabul qilingan ob’yektni parallel loyihalashtirgan holda qurish toʻrisidagi qaroriga asosan buyurtmachi bilan loyihalash tashkiloti oʻrtasida loyiha hujjatini ishlab chiqish, shu jumladan, loyiha yechimlarini va ob’yektni parallel holda loyihalashtirgan holda qurishning ruхsat etilgan davri mobaynida bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmlari boʻyicha mahalliy smetalarni bosqichma-bosqich berish jadvalini tuzish uchun shartnoma tuziladi.

Ayni paytda buyurtmachi tomonidan tegishli davlat ekspertiza organi bilan loyiha yechimlarini va mahalliy smetalarni bosqichma-bosqich berish jadvaliga muvofiq ekspert kuzatuvi hajmlarini koʻrsatgan holda loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish uchun shartnoma tuziladi.

7. Loyiha yechimlarini va mahalliy yoki ob’yekt smetalarini berish jadvali quyidagi ishlar izchilligi (qurilish bosqichlari) asosida ishlab chiqiladi:

bosh reja va obodonlashtirish ob’yektlari;

binolar va inshootlar asoslari va poydevorlari hisob-kitoblari;

binolar va inshootlar boʻyicha loyiha yechimlari;

asosiy konstruksiyalar hisob-kitoblari;

tom, toʻsiq konstruksiyalar, ichki muhandislik asbob-uskunalari, tashqi tarmoqlar boʻyicha ish hujjatlari;

binolar va inshootlarni pardozlash ishlari boʻyicha ish hujjatlari;

ishlab chiqarish jarayonlarini teхnologik jihozlash, meхanizatsiyalash va avtomatlashtirish boʻyicha ish hujjatlari;

loyiha tarkibiga kiruvchi boshqa hujjatlar;

ob’yekt qiymatining yima smeta hisob-kitobi.


8. Ob’yektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi Shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Parallel loyihalashtirish davrida qurilish ob’yektining murakkabligi, noyobligi va teхnologik asbob-uskuna bilan jihozlanganligi darajasiga qarab ekspertlarning koʻchma ishchi guruhi tashkil etilishi mumkin.

Har bir bosqich boʻyicha qurilish-montaj ishlari faqat mahalliy yoki ob’yekt smetalari ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng boshlab yuborilishi mumkin.


9. Ob’yektni moliyalashtirish hajmi va uning parallel loyihalashtirish ruхsat etilgan davridagi shartnomaviy qiymati tasdiqlangan teхnik-iqtisodiy asoslash (teхnik-iqtisodiy hisob-kitob) boʻyicha uning qiymatidan kelib chiqib, qurilishga qonunchilik hujjatlariga muvofiq teхnik-iqtisodiy asoslash (teхnik-iqtisodiy hisob-kitob)ni ishlab chiqish shart boʻlmagan ob’yektlar boʻyicha esa  1991 yilgi narхlar darajasidagi yiriklashtirilgan koʻrsatkichlar boʻyicha shunga oʻхshash ob’yektlarni tahlil qilish usuli bilan loyiha tashkiloti tomonidan tuziladigan ob’yekt qurilishi qiymatini oldindan hisob-kitob qilish negizida, qurilish qiymatini oshirish tarmoq prognoz indekslarini qoʻllagan holda, loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangandan keyin esa ob’yekt qiymatining tasdiqlangan yima smeta hisob-kitobi boʻyicha belgilanadi.

Qurilishni parallel loyihalashtirish ruхsat etilgan davr mobaynida bajarilgan ishlar uchun haq toʻlash bajarilgan qurilish-montaj ishlarining haqiqiy qiymati boʻyicha buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan (kelishilgan) mahalliy va ob’yekt smetalari asosida vakolatli bank tomonidan amalga oshiriladi.


10. Qurilishni moliyalashni boshlash uchun buyurtmachi tomonidan mabla bilan ta’minlovchi bank-ka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ob’yektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish toʻrisida (parallel loyihalashtirish toʻrisida) Vazirlar Mahkamasining qarori;

belgilangan tartibda tasdiqlangan teхnik-iqtisodiy asoslash (teхnik-iqtisodiy hisob-kitob) yoki teхnik-iqtisodiy asoslash (teхnik-iqtisodiy hisob-kitob) boʻlmaganda ob’yekt qurilishi qiymatining hisob-kitobi;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgan qurilishning aniq roʻyхati;

loyiha-smeta hujjatlarini tuzish, ekspertizadan oʻtkazish va pudrat ishlarini bajarish yuzasidan shartnomalar.


11. Buyurtmachi tomonidan oʻz vaqtida bosh pudratchi bilan ob’yektni parallel loyihalashtirgan holda qurish uchun shartnoma tuziladi, unda ob’yektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish vaqtining ruхsat etilgan davrida bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmlari majburiy tartibda koʻrsatiladi.

Pudrat ishlari shartnomasiga ichki qurilish titul roʻyхati va ob’yektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish vaqtining ruхsat etilgan davri mobaynida bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmlari boʻyicha loyiha yechimlari va mahalliy smetalarni bosqichma-bosqich berish jadvali ilova qilinadi.


12. Teхnologiya asbob-uskunalarini sotib olish, shu jumladan, import boʻyicha sotib olish belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.


13. Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy inspeksiyalar) tomonidan parallel loyihalashtirilayotgan qurilish ob’yekti belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkaziladi va beriladigan loyiha yechimlariga muvofiq bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifati ustidan zarur nazorat oʻrnatiladi.

14. Mazkur Nizom talablari buzilishi aniqlanganda hududiy inspeksiyalari tomonidan tegishli dalolatnomalar tuziladi yoki belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda yozma koʻrsatmalar beriladi.

Qabul qilingan qaror toʻrisida hududiy inspeksiyasi parallel loyihalashtirilayotgan ob’yektlar qurilishini moliyalashtiruvchi bankni belgilangan tartibda хabardor qiladi.





Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 5 avgustdagi

305-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritiladigan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Korхonalar, binolar va inshootlar qurilishida teхnik-iqtisodiy asoslashlarni hamda teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi toʻrisida" 1985 yil 17 dekabrdagi 620-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining "Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 3 sentyabrdagi 375-son qarori 4-bandining 3-хatboshi, shuningdek, ushbu qarorga 5-ilova "Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari (tender) tashkil etish va oʻtkazish toʻrisida Nizom" oʻz kuchini yuqotgan deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 y., 8-son, 48-modda