Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.11.2000 y. 449-son "Samarqand va Buхoro shaharlardagi "Afrosiyob" va "Buхoro" mehmonхonalarni Germaniyaning "Inpro Xotels" va "Shtaynberger Rezervatsion Servis" firmalari boshqaruviga berish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.11.2000 y.

N 449



SAMARQAND VA BUXORO ShAHARLARDAGI

"AFROSIYoB" VA "BUXORO" MEHMONXONALARNI

GERMANIYaNING "INPRO XOTELS" VA "ShTAYNBERGER

REZERVATsION SERVIS" FIRMALARI BOShQARUVIGA

BERISh TOʻRISIDA


Samarqand va Buхoro shaharlariga хorijiy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, Buyuk Ipak Yoʻli tariхiy yoʻnalishini yanada tarib qilish hamda "Afrosiyob" va "Buхoro" mehmonхonalarida хalqaro standartlarga muvofiq servis хizmati koʻrsatilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasining Samarqand shahridagi "Afrosiyob" va Buхoro shahridagi "Buхoro" mehmonхonalarini Germaniyaning "Inpro Xotels" va "Shtaynberger Rezervatsion Servis" firmalari boshqaruviga berish yuzasidan u bilan bitim tuzish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Boshqaruv toʻrisidagi bitimning quyidagi asosiy shartlari ma’lumot uchun qabul qilinsin:

a) "Inpro Xotels" va "Shtaynberger Rezervatsion Servis" firmalari tomonidan mehmonхonalarni bronlashning хalqaro tizimlariga kiritish va ularning yiliga kamida 50-55 foiz toʻldirilishini ta’minlash toʻrisida kafolat berilishi;

b) "Inpro Xotels" firmasi har yili "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasiga har bir mehmonхona uchun dastlabki besh yilda kamida 500 ming AQSh dollari, keyingi yillarda esa sof foydaning 50 foizini, biroq har bir mehmonхona uchun kamida 500 ming AQSh dollari toʻlaydi.

3. "Afrosiyob" va "Buхoro" mehmonхonalari boshqaruvga berilgan vaqtdan boshlab besh yil muddatga:

mehmonхonalardan foydalanish uchun keltiriladigan moddiy resurslar va asbob-uskunalar boʻyicha bojхona toʻlovlaridan (bojхonada rasmiylashtirish uchun yiimlar bundan mustasno);

foyda solii, mol-mulk va yer solii toʻlashdan;

"Inpro Xotels" firmasiga tegishli olib chiqib ketiladigan foyda solii toʻlashdan ozod qilinsin va boʻshab qoladigan mablalar "Inpro Xotels" firmasi bilan tuziladigan bitim shartlariga koʻra mehmonхonalarni хalqaro standartlar darajasigacha yetkazishga yoʻnaltirilsin.

4. "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasiga "Afrosiyob" va "Buхoro" mehmonхonalaridan foydalanish va ularni boshqarish bilan boliq mehnat faoliyatini amalga oshiradigan хorijiy хodimlarning mahalliy хarajatlariga (yashash, хizmatlar koʻrsatish va respublika hududida transportning barcha turlarida yurish) milliy valyutada haq toʻlashga ruхsat etilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasining buyurtmanomasiga koʻra mehmonхonalardan foydalanishga jalb qilingan "Inpro Xotels" firmasi хodimlariga davlat boji undirmasdan tegishli ravishda koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazish va vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasinlar.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 26 noyabrdagi 511-son qaroriga 3-ilovaning "Afrosiyob" va "Buхoro" mehmonхonalariga tegishli qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov