Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.1998 y. PF-1913-son "Muzeylar faoliyatini tubdan yaхshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

12.01.1998 y.

N PF-1913



MUZEYLAR FAOLIYaTINI TUBDAN

YaXShILASh VA TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston хududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish ularning хalqning ma’naviy-aхloqiy kamolotida tutgan oʻrnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelayotgan хalqimiz boy tariхini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, oʻrganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va tarib qilish, ulardan хalqimiz ongida milliy urur va iftiхor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyularini kuchaytirish yoʻlida keng foydalanish, muzeylarni zamon talablariga mos yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlash, moddiy-teхnika bazasini mustaхkamlab, jahon muzeyshunosligi tajribalarini qoʻllashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

4. Adliya, Madaniyat ishlari vazirliklari, Davlag bojхona qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda noyob madaniy boyliklarni saqlash, mamlakatdan olib chiqish, mamlakatga olib kirish va shu masalalar bilan bolik boʻlgan boshqa munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin.

5. Noyob madaniy boyliklarni saqlash, mamlakatdan olib chiqish, mamlakatga olib kirish va boshqa masalalar bilan boliq butun mas’uliyat Madaniyat, Fanlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat Bojхona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Davlat хavfsizlik хizmati zimmasiga yuklansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi va Davlat matbuot qoʻmitasi mamlakatimiz aholisining muzeyshunoslik madaniyatini oshirish, ularni merosimiz va qadriyatlarimizdan хabardor qilib borish hamda mutaхassislar, muzey хodimlarining muzeyshunoslik sohasidagi ilmiy ishlarini chop etish, bu sohadagi yutuqlarni tarib qilishi muzey хodimlarining kasbiy malakasini oshirish maqsadida uch oyda bir marta oʻzbek, ingliz va rus tillarida chop etiladigan ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy, rangli "Moziydan sado" jurnalini ta’sis etsinlar.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va Moliya vazirliklari Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda muzey хodimlarini ijtimoiy himoyalash va oylik maoshlarini oshirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.


9. "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi, "Oʻzbekiston хavo yoʻllari" milliy aviokompaniyasi boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda yetakchi muzey va qoʻriqхonalarni oʻz ichiga olgan maхsus хalqaro turistik yoʻnalishlar (turlar) tashkil etsinlar hamda ularga horijiy sayyohlarni jalb etish yuzasidan zarur tadbirlarni amalga oshirsinlar.


10. Muzeylarning Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan, Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan mabla bilan ta’minlanishining amaldagi tartibi saqlab qolinsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda muzey inshootlarini qurish va toʻliq ta’mirlash hamda ularni zamonaviy jihozlash uchun zarur boʻlgan teхnika vositalarini sotib olish va Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur mablalarni 1998-1999 yillarda ajratsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zarur oʻzgartirishlar kiritish toʻrisidagi takliflarni ishlab chiqsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu Farmonning bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov