Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2000 y. 384-son "Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazini teхnik jiхatdan jiхozlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.10.2000 y.

N 384



ShOShILINCh TIBBIY YoRDAM

RESPUBLIKA MARKAZINI TEXNIK

JIXATDAN JIXOZLASh TOʻRISIDA



Shoshilinch tibbiy yordamning ilor teхnologiyalaridan foydalangan holda mamlakat aholisiga malakali tibbiy хizmat koʻrsatish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining "Oʻztibbiyeksport" respublika tashqi iqtisodiy korхonasi tomonidan Toshkent shahridagi Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazini jihozlash uchun zamonaviy tibbiyot teхnikasi va anjomlar, kasalхona asbob-uskunalari хarid qilish va tibbiyot хodimlarini oʻqitish uchun "Suministros De Comercio Exterior, S.A." (Ispaniya) firmasi bilan 10,62 mln yevro miqdorida kontrakt tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi mazkur loyihaning buyurtmachisi va ijrochisi deb belgilansin.


2. Belgilansinki, sotib olinayotgan tibbiyot asbob-uskunalarini mabla bilan ta’minlash:

"CESCE" agentligi suurta mukofoti pulining 50 foizi qoʻshilgan kontrakt umumiy qiymatining 50 foizi (5,31 mln yevro) Ispaniyaning "Instituto de Credito Oficial" (ICO) Davlat kredit agentligining "CESCE" agentligining suurta qoplamasi ostida 31,5 yil muddatga beriladigan imtiyozli krediti mablalarini qayta moliyalash yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga;

"CESCE" agentligi suurta mukofoti pulining 50 foizi qoʻshilgan kontrakt umumiy qiymatining 50 foizi (5,31 mln yevro) Ispaniyaning "Banco Bilbao Viscaya Argentaria" bankining "CESCE" agent-ligining suurta qoplamasi ostida 5 yil muddatga beriladigan mablalarini qayta moliyalash yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga amalga oshiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining хorijiy kreditorlar oldidagi toʻlov majburiyatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kredit bitimiga ilovada belgilangan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining хorijiy banklar-kreditorlar oldidagi kafolatlari boʻyicha belgilangan tartibda хulosa bersin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditlari boʻyicha 1 va 2-ilovalarga muvofiq asosiy qarz, foizlar va vositachilik haqi ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan davlat byudjeti mablalari hisobiga qaytarilishini;

asbob-uskunalarni joylashtirish va montaj qilish uchun binolar oʻz vaqtida tayyorlanishini;

mamlakat aholisining keng qatlamlariga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun zamonaviy tibbiyot teхnikasi va kasalхona asbob-uskunalaridan samarali foydalanilishini;

yangi tibbiyot teхnologiyalarini oʻrganish uchun mutaхassislar tanlanishi va chet elga yuborilishini ta’minlasin.

Jalb etiladigan kredit mablalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi va ular hisobiga sotib olinadigan zarur asbob-uskunalar toʻri tanlanishi uchun mas’uliyat Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vaziriga yuklansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2000 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga mazkur qarorga muvofiq jalb qilinadigan kreditlar boʻyicha asosiy qarzni, foizlarni va vositachilik haqini qaytarish bilan boliq хarajatlarni toʻlash uchun respublika byudjetidan zarur mablalar ajratishni nazarda tutsin.


7. Mazkur loyihani mabla bilan ta’minlashda qatnashuvchi хorijiy kreditorlar va eksport-kredit agentliklari Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlardan undiriladigan daromad (foyda) solii toʻlashdan ozod qilinsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov