Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.03.2005 y. PF-3588-son "Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

29.03.2005 y.

N PF-3588



XALQ BADIIY HUNARMANDChILIKLARI

VA     AMALIY     SAN’ATINI     YaNADA

RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini rivojlantirishni rabatlantirish, хalq ijodiyoti sohasiga aholining keng qatlamlarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 31 martdagi "Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-1741-sonli Farmonining 2-bandida koʻzda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2008 yilning 1 apreliga qadar uzaytirilsin.


2. Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy-bezak san’ati buyumlari asosiy turlarining yangilangan roʻyхati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1997 yil 31 martdagi PF-1741-sonli Farmoniga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 12-13-son, 90-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2005 yil, 3-4-son, 129-modda