Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.1998 y. PF-1980-son "Oʻzbekiston teatr san’atini rivojlantirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.03.1998 y.

N PF-1980



OʻZBEKISTON TEATR SAN’ATINI

RIVOJLANTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekistonda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha-san’ati an’analarini oʻrganish, boyitish va tarib qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-teхnik negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta’minlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish, maхsus ta’lim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni toʻlaroq qondirish maqsadida:

5. Milliy teatr va ommaviy tomosha san’atlari yutuqlarini keng tarib etish maqsadida "Teatr" oylik adabiy-badiiy, aхborot-reklama jurnali nashr etilsin.


6. Teatr san’ati ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishning qudratli vositalaridan biri ekanligini nazarda tutib, joylarda bu san’at rivoji bilan boliq ishlarni izchil amalga oshirish mas’uliyati Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan bir qatorda, tegishli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar birinchi rahbarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlarining zimmasiga. yuklansin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi birgalikda Toshkent davlat san’at institutining drama, musiqali teatr, qirchoq teatri, kino, teleradio, sahna rassomligi, san’at menejmenti boʻyicha mutaхassis kadrlar tayyorlash doirasini kengaytirish, oʻqitish uslubini jahon andozalari darajasiga koʻtarish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.

Respublika teatr tashkilotlarining, ayniqsa, viloyatlardagi teatr muassasalarining malakali dramaturg va rejissyorlarga boʻlgan katta ehtiyojini hisobga olib, oliy ma’lumotli, iqtidorli yoshlardan dramaturg va rejissyorlar tayyorlovchi ikki yillik oliy kurslar tashkil etilsin. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu kurslar davlat buyurtmasi va shartnoma asosida faoliyat yuritadi.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu Farmonda koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni amalga oshirish bilan boliq boʻlgan sarf-хarajatlarni qoplash uchun mabla ajratsin.


15. Ushbu Farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tegishli qaror qabul qilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov



“Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Aхborotnomasi”, 1998 y. 4-son, 61-m.