Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.01.2002 y. PF-3022-son "Sugʻurta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tabdirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

31.01.2002 y.

N PF-3022


SUURTA BOZORINI YaNADA

ERKINLAShTIRISh VA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TABDIRLARI TOʻRISIDA


Suurta хizmatlari sohasidagi erkinlashtirish jarayonini yanada rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, respublikada suurta bozorini taraqqiy ettirishning iqtisodiy omillarini kuchaytirish, suurta tashkilotlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash hamda ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida:


1. 2002 yilning 1 fevralidan boshlab, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, suurta tashkilotlari 3 yil muddatga daromad (foyda) solii toʻlashdan ozod qilinsin va buning natijasida boʻshaydigan mablalar aniq maqsadni koʻzlagan holda mazkur tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirishga, mintaqalarda keng tarmoqli agentlik shaхobchalarini tashkil etishga, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, shu jumladan, chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashga yoʻnaltirilsin.


2. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:

soliq olishdan boʻshaydigan mablalarni tarkibida davlat ulushi boʻlgan suurta tashkilotlari ustav jamarmalarini koʻpaytirishga yoʻnaltirish choida mazkur mablalar davlatga tegishli ulush miqdoriga qoʻshib hisoblanadi;

2002 yilning 1 fevralidan boshlab toʻrt yil mobaynida suurta tashkiloti tugatilgan yoki u suurta faoliyatini toʻхtatgan hollarda daromad (foyda) soliining summasi ushbu Farmonga muvofiq berilgan butun imtiyozli davr uchun toʻliq miqdorda undirib olinadi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

6. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                     I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2002 yil, 2-son


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 2002 yil 1-son, 34-modda