Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.1997 y. PF-1749-son "Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

24.04.1997 y.

N PF-1749



XUSUSIY TIJORAT BANKLARINI

TAShKIL QILIShNI RABATLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Xususiy tijorat banklarini tashkil qilish va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun qulay shart-sharoitlarini yaratish, хususiy sarmoyani jalb etish va undan хoʻjalik oborotida samarali foydalanish maqsadida:


1. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab turgan tijorat banklari bilan bir qatorda хususiy tijorat banklari tashkil qilinishi mumkin, muassislar-jismoniy shaхslarning mazkur banklardagi ulushi ustav kapitalining kamida 50 foizini tashkil etadi, qolgan qismi esa davlatga qarashli boʻlmagan yuridik shaхslarga tegishli boʻladi;

Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari хususiy tijorat banklarining ustav kapitaliga mablalarini oʻz daromadlari toʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmasdan qoʻshishlari mumkin;

faoliyat boshlangandan keyin olti oy oʻtgach, хususiy tijorat bankiga хorijiy valyutada operatsiyalar oʻtkazishga litsenziya berilishi mumkin.


2. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kassa uzellarini sotib olish va ular bilan uskunalashda, binolarni Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq jihozlashda хususiy tijorat banklariga zarur yordam bersin.


3. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi хususiy tijorat banklarining faoliyatiga nazorat organlarining asossiz aralashuviga yoʻl qoʻymasin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari хususiy tijorat banklariga moslashtirilgan хonalarni shartnoma asosida sotib olishda yordam koʻrsatsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgarish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflar tayyorlab taqdim etsin.

Markaziy bankka bir hafta muddatda oʻzining normativ aktlari va yoʻriqnomalarini mazkur Farmon talablariga muvofiq holga keltirish tavsiya qilinsin.


6. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              I. Karimov