Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.1996 y. 341-son "Oʻzavtoyoʻl" davlat konserni tomonidan shaharlarni obodonlashtirishga doir bajarilayotgan ishlardan 1996 yilda soliq olish boʻyicha imtiyozlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.09.1996 y.

N 341



"OʻZAVTOYOʻL" DAVLAT KONSERNI TOMONIDAN

ShAHARLARNI OBODONLAShTIRIShGA DOIR

BAJARILAYoTGAN IShLARDAN 1996 YILDA

SOLIQ OLISh BOʻYIChA IMTIYoZLAR

TOʻFRISIDA


"Oʻzavtoyoʻl" davlat konserni tashkilotlarining kuch va mablalarining Toshkent shahri, boshqa viloyat markazlari koʻchalarini qayta barpo etish va qurish, shuningdek maktablar, kasalхonalarni va ijtimoiy soha boshqa ob’yektlarini  obodonlashtirish ishlariga jalb etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzavtoyoʻl" davlat konserni tashkilotlari foyda va qoʻshilgan qiymat soliqlari boʻyicha boqimandalar summasini, shu jumladan 1993-1995 yillarda Respublika yoʻl jamarmasi mablalari hisobiga shaharlar koʻchalarini,   shuningdek ijtimoiy maqsadlardagi ob’yektlarga boriladigan yoʻllarni qurish, tuzatish va obodonlashtirishga doir bajarilgan ishlar hajmlari boʻyicha vujudga kelgan penya va jarimalarni byudjetga toʻlashdan ozod qilinsinlar,


2. Amaldagi qonunchilik bilan umumiy foydalanishdagi yoʻllarni qurish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanishga doir ishlar uchun foyda hamda qoʻshilgan qiymat soliqlarini toʻlashdan ozod qilish boʻyicha imtiyozlar 1996 yilda "Oʻzavtoyoʻl" davlat konserni tashkilotlari tomonidach shaharlar koʻchalarini, shuningdek ijtimoiy maqsadlaridagi ob’yektlarga boriladigan yoʻllarni qurish, tuzatish va obodonlashtirish borasida bajariladigan ishlarga istisno tartibida tatbiq etilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov