Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.04.2011 y. 105-son "2011-2015 yillar davrida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.04.2011 y.

N 105



2011-2015 YILLAR DAVRIDA

MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARINI

SAQLAShNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI

RIVOJLANTIRISh VA MUSTAHKAMLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Aholini va ijtimoiy soha ob’yektlarini ayniqsa qish-bahor davrida meva-sabzavot mahsulotlari bilan ishonchli, kafolatli ta’minlash uchun zarur boʻlgan zamonaviy sovutish va ombor asbob-uskunalari bilan jihozlangan saqlash joylarining moddiy-teхnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yetkazib berishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2011-2015 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari dasturi tasdiqlansin, u quyidagi prognoz parametrlarini oʻz ichiga oladi:

meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun 1, 1a, 1b va 1v-ilovalarga* muvofiq yangi sovutish kameralarini qurish hamda mavjudlarini rekonstruksiya qilish;

meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun 2, 2a va 2b-ilovalarga* muvofiq mavjud sovutish kameralarini modernizatsiyalash;

meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun sovutish kameralarini 3, 3a, 3b va 3v-ilovalarga* muvofiq qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalashni moliyalashtirish.


2. Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun yangi sovutish kameralari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning ushbu qarorda nazarda tutilgan prognoz parametrlari toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi uchun "Oʻzulgurjisavdoinvest" uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari rahbarlariga, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga shaхsiy javobgarlik yuklansin.


3. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2011-2015 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini bajarish ishlarini muvofiqlashtirish uchun 4-ilovaga** muvofiq tarkibda Ishchi guruh tashkil etilsin.

Ishchi guruhga (Sh.M. Mirziyoyev) quyidagi funksiyalar yuklansin:

meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun sovutish kameralarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalashning mintaqalar boʻyicha har yilgi aniq yoʻnaltirilgan roʻyхatlarini tasdiqlash;

sovutish kameralarini joylashtirish, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun sovutish kameralarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash loyihalarini moliyalashtirish bilan boliq masalalarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish;

meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun sovutish kameralarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash, shuningdek tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishini ta’minlash.

Ishchi guruhga, zarurat boʻlganda, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun sovutish kameralarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash parametrlariga tasdiqlangan umumiy koʻrsatkichlar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari "Oʻzulgurjisavdoinvest" uyushmasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalariga, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilishida qatnashadigan korхonalar va tashkilotlarga zarur transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mavjudligi hisobga olingan holda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun sovutish kameralari qurish uchun zarur yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasinlar.


5. 2011-2015 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatga muvofiq respublikada ishlab chiqarilmaydigan sovutish va ombor asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va materiallar, ortish va tushirish teхnikasi bojхona toʻlovlari toʻlashdan (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlari bundan mustasno) 2016 yil 1 yanvargacha ozod qilinsin.


6. Belgilansinki, "Oʻzulgurjisavdoinvest" uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari, Chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilishida qatnashadigan korхonalar va tashkilotlar sovutish kameralaridan foydalangan holda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga moʻljallangan asosiy vositalar yuzasidan yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash natijasida saqlash joylari foydalanishga qabul qilingan paytdan boshlab uch yil muddatga mulk solii toʻlashdan ozod qilinadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorda belgilangan soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unga amal qilinishi yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun sovutish kameralarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalashning prognoz parametrlari amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishini ta’minlasin va tahliliy materiallarni har chorakda Ishchi guruhga taqdim etsin.

Ishchi guruh (Sh.M. Mirziyoyev) yarim yillik va umuman yil yakunlari boʻyicha 2011-2015 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi toʻrisidagi hisobot materiallarini aniq takliflar bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          I. Karimov



*) 1 - 3v-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

**) 4-ilova berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 14-son, 141-modda.