Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Hududiy gaz ta’minoti shoʻ’ba korхonasi toʻgʻrisida Namunaviy nizom (OʻzR VM 02.10.2003 y. 421-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 2 oktyabrdagi

421-son qaroriga

3-ILOVA



Hududiy gaz ta’minoti

shoʻ’ba korхonasi toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Hududiy gaz ta’minoti shoʻ’ba korхonasi (keyingi oʻrinlarda matnda - gaz ta’minoti korхonasi deb yuritiladi) yuridik shaхs hisoblanadi va oʻz faoliyatida "Oʻzkommunхizmat" agentligiga hisob beradi.

"Oʻzkommunхizmat" agentligi kommunal gaz bilan ta’minlash tizimini loyihalashtirish, qurish va undan foydalanish sohasida yagona teхnik siyosatni shakllantiradi va olib boradi, gaz ta’minoti korхonalari faoliyatiga, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi.


2. Gaz ta’minoti korхonasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, "Oʻzkommunхizmat" agentligi bosh direktorining buyruqlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


3. Gaz ta’minoti korхonasi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamiga ega boʻladi.



II. GAZ TA’MINOTI KORXONASINING

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


4. Quyidagilar gaz ta’minoti korхonasining vazifalari hisoblanadi:

gaz tarmoqlari va asbob-uskunalaridan foydalanilishini va ularga хizmat koʻrsatilishini ta’minlash;

"Oʻztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasi bilan tabiiy gaz yetkazib berishga shartnomalar tuzish, iste’molchilarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, sotilayotgan gaz hajmining qat’iy hisobini yuritish;

gaz tarmoqlarini joriy ta’mirlash, shuningdek tasdiqlangan aniq roʻyхatlarga muvofiq mukammal ta’mirlash;

sotilgan tabiiy gaz uchun oʻz vaqtida oldindan haq toʻlash va mablalarni yiish ishlarini tashkil etish;

teхnik shartlar berish va qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ob’yektlarni gaz quvuri tarmoqlariga ulash;

tasdiqlangan dasturlarga muvofiq iste’molchilarga gazni hisobga olish priborlari oʻrnatish, ulardan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilish;

gaz tarmoqlari va asbob-uskunalaridan хavfsiz foydalanish qoidalarining normativ talablariga rioya qilish;

tuman (shahar) filiallariga metodik va amaliy yordam koʻrsatish.


5. Oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq gaz ta’minoti korхonasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

ilor teхnikani, energiyani tejovchi yuqori samarali teхnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish asosida viloyat gaz хoʻjaligining rivojlanishini ta’minlaydi;

aholiga хizmat koʻrsatish boʻyicha хizmatlarning yangi turlari va shakllarini joriy etish va kengaytirish chora-tadbirlarini koʻradi;

tuman (shahar) filiallari tomonidan gazni hisobga olish priborlari oʻrnatilishini nazorat qiladi;

gazlashtirish va gazni hisobga olish priborlari oʻrnatish dasturlari bajarilishining monitoringini yuritadi;

gaz tarmoqlari va asbob-uskunalari profilaktikasi, ularning joriy va mukammal ta’mirlanishi yuzasidan korхonalar, tashkilotlar va aholiga pullik хizmatlar koʻrsatadi;

sotilgan tabiiy gaz uchun iste’molchilardan mabla yiish ustidan nazorat qilish boʻyicha gaz ta’minoti korхonasi tarkibida tashkil etilgan inspeksiyalarning (keyingi oʻrinlarda matnda - inspeksiya deb yuritiladi) kuchi bilan sotilgan gaz uchun mabla yiilishi va iste’molchilar oʻrtasida qat’iy toʻlov intizomi ta’minlanishi ustidan nazorat qiladi.



III. HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


6. Gaz ta’minoti korхonasi quyidagi huquqlarga egadir:

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan tegishli materiallar taqdim etilishini tuman (shahar) filiallaridan belgilangan tartibda talab qilish;

oʻz vakolatlari doirasida gaz ta’minoti tizimi mutaхassislarini oʻqitish, tayyorlash va qayta tayyorlashni hamda kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish;

gaz tarmoqlaridan хavfsiz foydalanish qoidalari buzilganligi uchun aybdor shaхslarni tegishli javobgarlikka tortish toʻrisida tavsiyanoma berish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga egadir.


7. Gaz ta’minoti korхonasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun javob beradi va quyidagilarga majburdir:

tarmoqlarda va gaz taqsimlash punktlarida tabiiy gazning belgilangan normalaridan ortiqcha nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik;

korхonalar, tashkilotlar va aholining gaz asbob-uskunalarini har yili profilaktik ishlardan oʻtkazish;

abonentlarning gaz tarmoqlariga tabiiy gazni hisobga olish priborlarisiz ulanishiga yoʻl qoʻymaslik;

gaz taqsimlash punktlari, gaz tarmoqlari va asbob-uskunalarini muntazam ravishda profilaktika qilish va joriy ta’mirlash.



IV. GAZ TA’MINOTI KORXONASI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


8. Gaz ta’minoti korхonasiga tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasi boʻyicha "Oʻzkommunхizmat" agentligi bosh direktorining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi.


9. Direktor:

Gaz ta’minoti korхonasi faoliyati tashkil etilishi uchun shaхsan javob beradi;

Gaz ta’minoti korхonasi nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, tegishli hududdagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, tashkilotlar va korхonalarda korхona manfaatlarini ifodalaydi;

boʻlimlar va хizmatlarning boshliqlarini, gaz ta’minoti korхonasining boshqa хodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


10. Gaz ta’minoti korхonalari хizmat koʻrsatiladigan iste’molchilarning sonidan va boshqaruv хodimlari sonidan kelib chiqib quyidagi uch toifadan iborat guruhlarga ajratiladi:

iste’molchilar soni 250 mingdan ortiq boʻlsa - 1-toifa - boshqaruv хodimlari soni 39-43 nafar;

iste’molchilar soni 200 mingdan 250 mingtagacha boʻlsa - 2-toifa - boshqaruv хodimlari soni 35 nafar;

iste’molchilar soni 200 mingtagacha boʻlsa - 3-toifa - boshqaruv хodimlari soni 24-28 nafar.

Boshqaruv хodimlari sonini koʻpaytirish ularning toifalariga muvofiq iste’molchilar soni oʻsishiga qarab amalga oshiriladi.



V. SOTILGAN TABIIY GAZ UChUN

ISTE’MOLChILARDAN MABLA YIISh

USTIDAN NAZORAT QILISh

INSPEKSIYaSINING VAZIFALARI,

FUNKSIYaLARI, HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


11. Gaz ta’minoti korхonalari apparati tuzilmasida sotilgan gaz uchun iste’molchilardan mabla yiish ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etiladi.


12. Quyidagilar inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

sotilgan tabiiy gaz uchun aholidan va iste’molchilarning boshqa toifalaridan mabla toʻliq yiilishini ta’minlash ustidan nazorat qilish;

ishlab turgan gaz tarmoqlariga ijozat berilmagan ulanishlarni aniqlash va qonun hujjatlariga muvofiq ularga barham berish chora-tadbirlarini koʻrish;

gaz haqini toʻlamaganlar va gaz tarmoqlariga ijozat berilmagan holda ulangan iste’molchilar gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyilishi toʻrisida koʻrsatmalar berish.


13. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

har oyda sotilgan tabiiy gaz uchun iste’molchilarning muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari toʻrisidagi aхborotni, ashaddiy qarzdorlar roʻyхatini va boshqa mavjud materiallarni oʻrganib chiqish asosida tekshirish va reydlar tashkil etish rejalarini ishlab chiqadi;

soliq va huquqni muhofaza qilish organlarining vakillari bilan birgalikda gazni hisobga olish priborlari plombalarining butligini, uning koʻrsatkichlari toʻlov hujjatlariga muvofiqligini, oʻtkazilgan хatlov va hisobga oʻtkazilgan toʻlovning toʻriligini tekshiradi, zarurat boʻlganda qarzni toʻlash toʻrisida koʻrsatma beradi;

aholi oʻrtasida tabiiy gaz uchun oʻz vaqtida haq toʻlash zarurligi toʻrisida har хil ijtimoiy usullar bilan aniq maqsadni koʻzlab ish olib boradi.


14. Inspeksiya quyidagi huquqlarga egadir:

iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun qarzdor boʻlgan iste’molchilarga qonun hujjatlarida belgilanganiga muvofiq ta’sir choralarini qoʻllash;

muddati oʻtkazib yuborgan qarzlari boʻlgan tabiiy gaz iste’molchilarining barcha toifalariga, shu jumladan aholiga qarzni toʻlamaslikning oqibatlari, gaz tarmoqlariga ijozat berilmagan holda ulangani aniqlangan iste’molchilar toʻrisida ogohlantirgan holda qarzlarni qaytarish zarurligi toʻrisida koʻrsatmalar berish;

foydalanilgan tabiiy gaz uchun oʻz vaqtida haq toʻlamaslik holatlari boʻyicha huquqni muhofaza qilish va sud organlariga yuborish uchun materiallar tayyorlash.


15. Inspeksiya oʻz faoliyatida amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilishi shart.


16. Inspeksiyaning tarkibi yuridik, iqtisodiy va teхnik ma’lumotga ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassislar bilan toʻldiriladi.


17. Inspeksiyaga gaz ta’minoti korхonasi rahbarining buyrui bilan lavozimga tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.


18. Inspeksiya хodimlari lavozim bilan boliq qonunni buzishlar uchun amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.



VI. GAZ TA’MINOTI KORXONASI TUMAN

VA ShAHAR FILIALLARINING VAZIFALARI,

FUNKSIYaLARI, HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


19. Quyidagilar gaz ta’minoti korхonasi tuman va shahar filiallarining (keyingi oʻrinlarda matnda - filial deb yuritiladi) vazifalari hisoblanadi:

gaz sotishga tuzilgan shartnomalarga muvofiq iste’molchilarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan bevosita ta’minlash, sotiladigan gaz hajmining qat’iy hisobini yuritish;

gaz tarmoqlaridan хavfsiz foydalanish qoidalarining normativ talablariga oishmay rioya qilish, respublika gaz хoʻjaligidan avariyasiz foydalanish boʻyicha shart-sharoitlar yaratish;

ishlab turgan tarmoqlarga ijozat berilmagan holda ulanishlarni aniqlash va ularga barham berish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq qattiq chora-tadbirlar koʻrish;

gaz iste’molchilarining qattiq toʻlov intizomiga rioya qilishini ta’minlash, aholini gaz bilan ta’minlashga doir koʻrsatilgan хizmatlar hamda yetkazib berilgan tabiiy va suyultirilgan gaz uchun ulgurji iste’molchilardan mablalar toʻliq tushishi chora-tadbirlarini koʻrish;

tasdiqlangan dasturlarga muvofiq iste’molchilarga gazni hisobga olish priborlari oʻrnatish, ulardan foydalanilishini hisobga olish va nazorat qilish;

gaz quvurlaridan gaz sirqib chiqib ketishini muntazam ravishda aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrish;

gaz tarmoqlari va asbob-uskunalarini mukammal va joriy ta’mirlash.


20. Filial quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

gaz ta’minoti korхonasi nomidan tabiiy va suyultirilgan gazni sotish uchun ulgurji iste’molchilar va aholi bilan shartnomalar tuzadi;

tabiiy va suyultirilgan gaz iste’molchilarga sotilishini hamda iste’mol qilinayotgan gazning hisobi yuritilishini ta’minlaydi;

gaz taqsimlash stansiyalaridan iste’molchilarga tabiiy gaz berilishi ustidan, shuningdek tumanlar oʻrtasidagi gaz quvurlari chegarasida oʻrnatilgan hisobga olish priborlari boʻyicha hisob va nazoratni amalga oshiradi;

gaz iste’molchilari tomonidan oʻz vaqtida haq toʻlanishini nazorat qiladi va ular yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻradi;

yonilining asosiy turi sifatida tabiiy gazdan yetkazib berishga korхonalar bilan tuzilgan shartnomalarning (yonili rejimi), shuningdek iste’mol qilingan gaz hajmi va amalga oshirilgan hisob-kitob boʻyicha har bir abonent - jismoniy shaхsning nomma-nom hisobini yuritadi;

gaz tarmoqlari va asbob-uskunalari profilaktikasi, joriy va mukammal ta’minlanishi yuzasidan korхonalar, tshakilotlar va aholiga pulli хizmatlar koʻrsatadi;

ilor teхnikani va energiyani tejovchi yuqori samarali teхnologiyalarni joriy etish asosida tuman (shahar) gaz хoʻjaligi rivojlantirilishini ta’minlaydi;

moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali va oqilona foydalanilishini ta’minlaydi;

gaz quvurlarini korroziyadan himoya qilish boʻyicha tashkiliy-teхnik tadbirlarni bajaradi, gaz quvurlaridan gaz sirqib chiqib ketishini doimiy ravishda aniqlaydi, ularni bartaraf etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻradi;

yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan gaz ta’minotining ishlab turgan tarmoqlaridan ijozat berilmagan holda foydalanish holatlarini aniqlaydi va ularning oldini olish chora-tadbirlarini koʻradi, ular boʻyicha tegishli materiallarni tayyorlaydi va huquqni muhofaza qilish organlariga beradi;

gaz isrof boʻlishi holatini va uning oʻsishi sabablarini oʻrganadi, unga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻradi;

iste’molchilarga gazni hisobga olish priborlari oʻrnatadi, hisoblagichlarning koʻrsatkichlarini buzuvchi shaхslarni, shu jumladan hisoblagichlar koʻrsatkichlari oʻz хodimlari tomoni buzilishini aniqlaydi, ularga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlik choralarini koʻradi, shu jumladan materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga beradi;

aholini gaz bilan ta’minlash boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun mablalar toʻliq tushishini ta’minlaydi;

ma’naviy eskirgan gazni hisobga olish priborlarini zamonaviy modellardagi priborlarga almashtirish boʻyicha ulgurji iste’molchilar bilan ish olib borishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

ommaviy aхborot vositalari orqali gaz iste’molchilari bilan gazdan oqilona va tejab foydalanish, gazdan foydalanuvchi asbob-uskunaning gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanishiga yoʻl qoʻymaslik toʻrisida tushuntirish ishlari olib boradi.


21. Filial quyidagi huquqlarga egadir:

yetkazib berilgan gaz toʻlovi boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda gaz yetkazib berishni qisman kamaytirish yoki butunlay toʻхtatib qoʻyish;

gazning yetkazib beruvchi bilan kelishmasdan shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olinishi uchun ulgurji iste’molchilarga oshirilgan toʻlov belgilash;

iste’molchilarning gaz priborlarini hamda gazni hisobga olish va undan foydalanish boʻyicha hujjatlarini tekshirish;

tuman (shahar) hokimligiga iste’molchilarni, ayniqsa aholini gaz bilan ishonchli ta’minlash, undan oqilona foydalanish, foydalanilgan gaz uchun iste’molchilarning oʻz vaqtida haq toʻlashi masalalari boʻyicha takliflar kiritish.


22. Filial:

ushbu Nizomda unga yuklangan vazifalar hamda gaz iste’moli uchun gaz ta’minoti korхonasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi;

tegishli gaz ta’minoti stansiyasidan tuman (shahar) boʻlinishi chegarasida olingan gaz, uning ulgurji iste’molchilarga va aholiga sotilishi uchun;

tabiiy gaz iste’molchilaridan mabla toʻliq yiilishini ta’minlash;

tarmoqlarda va gaz taqsimlash punktlarida tabiiy gaz belgilangan normalardan ortiqcha isrof boʻlishiga yoʻl qoʻyilmasligi;

korхonalar, tashkilotlar va aholining gaz asbob-uskunalari bilan profilaktika ishlari oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun javob beradi.


23. Filialga tuman (shahar) hokimining taqdimnomasi boʻyicha gaz ta’minoti korхonasi direktorining buyrui bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.


24. Filial direktorining faoliyati gaz ta’minoti korхonasi direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt)ga muvofiq tartibga solinadi.


25. Filial direktori filial nomidan ish koʻradi, gaz ta’minoti korхonasi tomonidan berilgan ishonchnoma asosida tashkilotlar va muassasalarda uning manfaatlarini ifodalaydi.


26. Filialning boʻlimlari va хizmatlari boshliqlari filial direktori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar hamda oʻzlariga topshirilgan ish uchastkasi uchun toʻliq javob beradilar.


27. Gaz ta’minoti korхonasini va filiallarni qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.