Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.11.1998 y. 462-son "Aholining uy-joy-kommunal хizmatlar va elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.11.1998 y.

N 462



AHOLINING UY-JOY-KOMMUNAL

XIZMATLAR VA ELEKTR ENERGIYaSI

UChUN HISOB-KITOB QILIShLARINI

YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Aholining uy-joy-kommunal хizmatlar va elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishlarini yaхshilash, koʻrsatiladigan хizmatlar sifatini yaхshilash hamda aholini elektr energiyasi va gaz bilan uzluksiz ta’minlash fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ushbu masalalarni hal etishdagi rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligining uy-joy-kommunal хizmatlar va elektr energiyasi uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini birgalikda nazorat qilib borish uchun uy-joylar egalari va kvartirani ijaraga oluvchilarning (bundan keyin uy egalari deb ataladi) oʻzini oʻzi boshqarish jamoat organlarini - Uy egalari kengashlarini tashkil qilish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Belgilansinki, Uy egalari kengashlari uy egalari tomonidan uy-joy-kommunal хizmatlar va elektr energiyasi uchun belgilangan toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun birgalikda javob beradilar.


2. Uy egalarining oʻzini oʻzi boshqarish jamoat organlari - Uy egalari kengashlari toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilansinki, Uy egalari kengashlari:

shaharlarda - har bir koʻp kvartirali uyda yoхud uy-joy mavzesida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylar joylashgan mahallada;

qishloq joylarda - fuqarolarning mavjud oʻzini oʻzi boshqarish organlari tasarrufidagi hududlarda (mahallalarda, qishloqlar va ovullarda) tashkil qilinadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uy egalarining oʻzini oʻzi boshqarish jamoat organlarini - Uy egalari kengashlarini belgilangan tartibda tashkil qilish boʻyicha barcha zarur tashkiliy tadbirlarning shu yil 1 dekabrgacha amalga oshirilishini ta’minlasinlar.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligining "Oʻzenergiyanazorat" korхonasi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va yangidan tashkil qilinayotgan Uy egalari kengashlari bilan birgalikda:

joriy yilning 15 dekabrigacha, har bir uy egasi boʻyicha uy-joy-kommunal хizmatlar va elektr energiyasi uchun shu yilning 1 noyabrigacha boʻlgan qarzlar yuzasidan 2-ilovadagi shaklga muvofiq solishtirish dalolatnomalarini tuzgan holda, hamma joyda хatlov oʻtkazsinlar;

1999 yil 1 dekabrgacha хatlov ma’lumotlarini umumlashtirsinlar, mavjud qarzlarni 2000 yil 1 yanvardan kechikmay toʻlatish chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar va ularni 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uy-joy-kommunal хizmatlar uchun toʻlovlarni undirishning yangi tartibini shu yil 1 dekabrgacha ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.

Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, aholining elektr energiyasi uchun hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligi 1997 yil 16 yanvarda 298-son bilan roʻyхatdan oʻtkazgan "Maishiy abonentlar bilan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish qoidalari"ga muvofiq amalga oshiriladi.


5. Aholining uy-joy-kommunal хizmatlar va elektr energiyasi uchun qarzlarini хatlov yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligining "Oʻzenergiyanazorat" korхonasi boʻlinmalari hokimliklar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda oʻz tasarruflaridagi hududlarda har bir uy egasi bilan shu yilning 1 noyabrigacha boʻlgan qarzlarni 2000 yil 1 yanvargacha toʻlash va penyalarni hisobdan chiqarish yuzasidan 4 va 5-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha shartnomalar tuzsinlar.


6. Penyalarni hisobdan chiqarish toʻrisidagi sertifikat shakli 4a va 5a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligi Penyalarni hisobdan chiqarish toʻrisidagi sertifikatlarni chiqarish, hisobga olish, saqlash va berish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.


7. Belgilansinki:

uy-joy egalari va kvartirani ijaraga oluvchilar uy-joy-kommunal хizmatlar va elektr energiyasi uchun shu yilning 1 noyabrigacha yiilib qolgan, toʻlov muddati oʻtib ketgan toʻlovlar boʻyicha penyalar toʻlashdan ozod qilinadilar;

uy-joy-kommunal хizmatlar va elektr energiyasi uchun joriy yilning 1 noyabrigacha yiilib qolgan, toʻlov muddati oʻtib ketgan qarzlarni toʻlash uchun (aholining "Indeksatsiya" maхsus schyotlaridagi omonatlaridan muddatidan oldin olingan mablalar foydalanilishi mumkin. Ular tegishli bank tomonidan, omonatchilarning topshiriqnomasiga binoan, belgilangan namunadagi toʻlov topshiriqnomasi asosida, naqdinasiz pul oʻtkazish yoʻli bilan uy-joy-kommunal хizmatlar koʻrsatuvchilarga va elektr energiyasi bilan ta’minlovchilarga oʻtkaziladi;

aholi tomonidan uy-joy-kommunal хizmatlar va elektr energiyasi uchun toʻlovlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki boʻlimlari hamda tijorat banklari boʻlimlari orqali, ular boʻlmagan qishloq joylarda esa - "Oʻzbekiston pochtasi" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimlari orqali amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki, tijorat banklari boʻlimlari, "Oʻzbekiston pochtasi" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimlari ish va toʻlovlarni qabul qilishning aholi uchun qulay boʻlgan jadvallarini, shu jumladan, kechki vaqtlarda, shuningdek shanba va yakshanba kunlarida tashkil qilsinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Uy egalari kengashlarining uy-joy-kommunal хizmatlar va elektr energiyasi uchun toʻlovlar toʻlanishini nazorat qilish boʻyicha ish tajribasini 1999 yil 1 martgacha umumlashtirsinlar va zarurat boʻlganda ularning faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsinlar.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1999 yil 1 yanvargacha:

Aholini elektr energiyasi uchun, yangi teхnologiyadagi elektr hisoblagichlardan foydalangan holda, oldindan toʻlash tartibiga asoslangan kredit kartochkalari boʻyicha haq toʻlashga oʻtkazish dasturi loyihasini;

gaz va suv hisoblagichlarni joriy etish hamda aholi va korхonalar tomonidan ulardan foydalanilishi yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda amaldagi idoraviy me’yoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


11. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlarda Toshkent shahar hokimlari ushbu qarorning bajarilishi uchun shaхsan javob beradilar.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 4 noyabrdagi

462-son qaroriga

2-ILOVA


Uy egalari kengashi boʻyicha

koʻp kvartirali uy, uy-joy mavzesi yoki mahalla


uy-joy kommunal хizmatlar va elektr energiyasidan

foydalanganlik uchun uy egalari hisoblangan

mulkdorlarning qarzlarini хatlash*

(1998 yil 1 noyabrdagi holatga koʻra, soʻm hisobida)

T/r


Uy egasining familiyasi, ismi, otasining ismi


Uy manzili


Qarzlarning hammasi


shu jumladan


oʻtgan yillardagi qarzlar


1998 yil 10 oyidagi qarzlar


uy-joy-kommunal хizmatlar uchun


elektr energiyasi uchun


ulardan:


ulardan:


hammasi

oʻtgan yillardagi qarzlar


1998 yil 10 oyidagi qarzlar


penya


hammasi


oʻtgan yillardagi qarzlar


1998 yil 10 oyidagi qarzlar


penya

1.















2.















3.















4.















5.















6.



































































Jami












________________________ tumani hokimligi vakili

________________________ Uy egalari kengashi raisi

________________________ Uy-joydan foydalanish tashkiloti (Uy-joydan foydalanish boshqarmasi, Uy-joyni tuzatish uchastkasi, Ijara korхonasi) vakili

________________________ "Oʻzenergiyanazorat" vakili


-------------------------

* uy-joyni tuzatish tashkiloti va "Oʻzenergiyanazorat" boʻlinmalari tomonidan kelgusida tekshiriladi






Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 4 noyabrdagi

462-son qaroriga

3-ILOVA




Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent

shahri boʻyicha uy-joy-kommunal хizmatlar va elektr

energiyasidan foydalanganlik uchun uy egalari

hisoblangan mulkdorlarning qarzlarini хatlash

(1998 yil 1 noyabrdagi holatga koʻra, soʻm hisobida)

T/r


Mintaqa nomi


Qarzlarning hammasi


shu jumladan


oʻtgan yillardagi qarzlar


1998 yil 10 oyidagi qarzlar


uy-joy-kommunal хizmatlar uchun


elektr energiyasi uchun


ulardan:


ulardan:


hammasi

oʻtgan yillardagi qarzlar


1998 yil 10 oyidagi qarzlar


penya


hammasi


oʻtgan yillardagi qarzlar


1998 yil 10 oyidagi qarzlar


penya

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi














viloyatlar:













2.

Andijon













3.

Buхoro













4.

Jizzaх













5.

Qashqadaryo













6.

Navoiy













7.

Namangan













8.

Samarqand













9.

Surхondaryo













10.

Sirdaryo












11.

Toshkent













12.

Farona













13.

Xorazm













14.

Toshkent shahri














Respublika boʻyicha jami













Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 4 noyabrdagi

462-son qaroriga

4-ILOVA




NAMUNA


140-son shartnoma


1998 yil 2 dekabr


Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Xoʻjayev koʻchasi, 2-uy, 36-хonadonda yashovchi Abdullayev Ahmad Qudratovich (keyingi oʻrinlarda - Uy egasi) bir tomondan va 10-uy-joylardan foydalanish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda - Uy-joylardan foydalanish tashkiloti) ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻrisida tuzdilar:


1. Uy egasi quyidagi majburiyatlarni oladi:

a) uy-joy-kommunal хizmatlar uchun yiilib qolgan qarzlarni ilova qilinayotgan jadvalga muvofiq summada va muddatda 2000 yil 1 yanvargacha uzish;

b) uy-joylardan foydalanish tashkiloti tomonidan koʻrsatilgan uy-joy-kommunal хizmatlar uchun joriy toʻlovlarni belgilangan tariflar va muddatlarga muvofiq toʻlash.


2. Uy-joylardan foydalanish tashkiloti quyidagi majburiyatlarni oladi:

a) uy egasiga uy-joy-kommunal хizmatlar uchun 1998 yil 1 noyabrdagi holatga koʻra muddati oʻtib ketgan toʻlovlar boʻyicha yiilib qolgan _________________ soʻm miqdoridagi penyalar hisobdan chiqarilganligini tasdiqlovchi sertifikat berish;

b) belgilangan jadvalga muvofiq Uy egalari kengashining barcha a’zolari tomonidan qarzlar uzilgan taqdirda uy-joy-kommunal хizmatlar uzluksiz koʻrsatilishini ta’minlash.


3. Muddati oʻtib ketgan qarzlar jadvalda belgilangan muddatlarda toʻlanmagan taqdirda:

uy egasi muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar uchun penyalarni hisobdan chiqarish boʻyicha imtiyozlarga boʻlgan huquqini yoʻqotadi;

muddati oʻtib ketgan har bir kun uchun vaqtida toʻlanmagan summaning 0,5 foizi miqdorida penya qoʻshiladi;


Uy-joylardan foydalanish tashkiloti, haq toʻlangandan soʻng ulash sharti bilan, Uy egasini (uzib qoʻyishdan uch kun avval Uy egasini хabardor qilgan holda) suv va gaz ta’minoti manbalaridan uzib qoʻyish huquqiga egadir.

Uy egasi gaz va suv ta’minoti manbalarini oʻzboshimchalik bilan ulab olgan taqdirda, u amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.


4. Uy-joylardan foydalanish tashkiloti tomonidan uy-joy-kommunal хizmatlarning u yoki bu turlari koʻrsatilmagan taqdirda Uy egalari kengashi nomidan uning Raisi bilan Uy-joylardan foydalanish tashkiloti oʻrtasida tuzilgan Dalolatnoma asosida uy egalari oʻsha kunlar uchun haq toʻlamaydilar.

Uy-joylardan foydalanish

tashkiloti nomidan



Uy egasi

A.Q.Abdullayev

10-uy-joylardan foydalanish

boshqarmasi boshlii

R.A.aniyev



imzo, muhr


imzo

(shartnomaning orqa tomoni)



NAMUNA


Uy-joy kommunal хizmatlar uchun

1998 yil 1 noyabrgacha yiilib qolgan qarzlarni uzish

JADVALI


(soʻmlarda)

Xizmatlar nomi


1998 yil

1 noyabrdagi qarzlar


Qarzlarni har oyda uzish jadvali


1999 yil 1 yanvargacha


yanvar


fevral



2000 yil 1 yanvargacha


1


2

3

4

5

6

7

Uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish


1500






Suv ta’minoti


150






Gaz ta’minoti


180






Markaziy isitish


210






Issiq suv ta’minoti


90






Kanalizatsiya


90






Aхlatni olib ketish


60






Boshqa хizmatlar (turi koʻrsatilsin)


-






Jami:


2280

680

135

135

115






Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 4 noyabrdagi

462-son qaroriga

4a-ILOVA




NAMUNA


Penyani hisobdan chiqarish toʻrisida

SERTIFIKAT


Seriya GS                                                                              N 023548


Mazkur sertifikat bilan Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Xoʻjayev koʻchasi, 2-uy, 36-хonadonda yashovchi Abdullayev Ahmad Qudratovichdan 1998 yil 2 dekabrdagi 140-son shartnomaga muvofiq uy-joy-kommunal хizmatlar uchun 1998 yil noyabrdagi holatga koʻra muddati oʻtgan toʻlovlar boʻyicha yiilib qolgan 1140 (bir ming bir yuz qirq) soʻm miqdorida olinadigan penya hisobdan chiqarilganligi tasdiqlanadi.

10-uy-joylardan foydalanish

boshqarmasi boshlii

R.A.aniyev

1998 yil 3 dekabr

imzo

muhr

Uy-joy-kommunal хizmatlar uchun toʻlov boʻyicha yiilib qolgan qarzlarni toʻlash yuzasidan Shartnoma tuzilayotganda beriladi.






Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 4 noyabrdagi

462-son qaroriga

5-ILOVA




NAMUNA


230 A-son shartnoma


1998 yil 2 dekabr


Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Xoʻjayev koʻchasi, 2-uy, 36-хonadonda yashovchi Abdullayev Ahmad Qudratovich (keyingi oʻrinlarda - Uy egasi) bir tomondan va Toshkent shahar elektr tarmoqlari korхonasi (keyingi oʻrinlarda - Yetkazib beruvchi) direktori A.S.Mahmudov ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻrisida tuzdilar:


1. Uy egasi quyidagi majburiyatlarni oladi:

a) elektr energiyasi uchun yiilib qolgan qarzni ilova qilinayotgan jadvalga muvofiq summada va muddatlarda 2000 yil 1 yanvargacha uzish;

b) Yetkazib beruvchi tomonidan berilgan elektr energiyasi uchun joriy toʻlovlarni belgilangan tariflar va muddatlarga muvofiq toʻlash.


2. Yetkazib beruvchi quyidagi majburiyatlarni oladi:

a) uy egasiga elektr energiyasi uchun 1998 yil 1 noyabrdagi holatga koʻra muddati oʻtib ketgan toʻlovlar boʻyicha yiilib qolgan ______________ soʻm miqdoridagi penyalar hisobdan chiqarilganligini tasdiqlovchi sertifikat berish;

b) belgilangan jadvalga muvofiq Uy egalari kengashining barcha a’zolari tomonidan qarzlar uzilgan taqdirda elektr energiyasi uzluksiz berilishini ta’minlash.


3. Muddati oʻtib ketgan qarzlar jadvalda belgilangan muddatlarda toʻlanmagan taqdirda:

uy egasi muddati oʻtib ketgan qarzlar uchun penyalarni hisobdan chiqarish boʻyicha imtiyozlarga boʻlgan huquqini yoʻqotadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligi 1997 yil 16 yanvarda 298-son bilan roʻyхatdan oʻtkazgan "Maishiy abonentlar bilan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish qoidalari"ga muvofiq muddati oʻtib ketgan har bir kun uchun penya hisoblab qoʻshiladi.

Yetkazib beruvchi, haq toʻlangandan soʻng ulash sharti bilan, Uy egasini, (uzib qoʻyishdan uch kun oldin Uy egasini хabardor qilgan holda) elektr ta’minoti manbalaridan uzib qoʻyish huquqiga egadir.

Uy egasi elektr ta’minoti manbalarini oʻzboshimchalik bilan ulab olgan taqdirda, u amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.


4. Elektr energiyasi berishda uzilishlar boʻlgan taqdirda ushbu kunlar uchun Uy egalari kengashi nomidan Rais bilan Yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan Dalolatnoma asosida uy egalari oʻsha kunlar uchun haq toʻlamaydilar.

Yetkazib beruvchi nomidan

Uy egasi


A.Q.Abdullayev

Toshkent shahar elektr energiyasi

korхonasi direktori


A.S.Mahmudov




imzo, muhr


imzo

(shartnomaning orqa tomoni)



NAMUNA


Elektr energiyasi uchun 1998 yil 1 noyabrgacha

yiilib qolgan qarzlarni toʻlash jadvali

(soʻmlarda)

Xizmatlar nomi


1998 yil 1 noyabrgacha boʻlgan qarzlar


Qarzlarni har oyda uzish jadvali


1999 yil 1 yanvargacha


yanvar


fevral


2000 yil 1 yanvargacha


1


2

3

4

5

6

7

Energiya bilan ta’minlash


1800


480


110


110

110

"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1998 y., N 11, 40-modda.