Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.04.1996 y. 130-son "Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatining ayrim masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.04.1996 y.

N 130



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISh

VAZIRLIGI FAOLIYaTINING

AYRIM MASALALARI

TOʻRISIDA


Xududiy gaz ta’minoti boshqarmalari faoliyatiga amaliy rahbarlik qilish va ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 22 iyuldagi 371-son qarori bilan tasdiqlangan hududiy kommunal-foydalanish birlashmasining namunaviy tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAPOP QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligiga mavjud Gaz ta’minoti va gazlashtirish bosh boshqarmasi negizida tugallangan balansli, alohida hisob-kitob schyotiga va yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan Xoʻjalik hisobidagi gaz ta’minoti va gazlashtirish bosh boshqarmasini tashkil etishga ruхsat berilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

"Qoraqalpoqgaz" respublika boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar gaz хoʻjaligi boshqarmalari tugallanmagan balansli tashkilotlar hisoblanadi va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining Xoʻjalik hisobidagi gaz ta’minoti va gazlashtirish bosh boshqarmasiga va tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligiga, hududiy kommunal foydalanish birlashmalariga buysunadi;

Xoʻjalik hisobidagi gaz ta’minoti va gazlashtirish bosh boshqarmasi moliviy resurslarni qayta taqsimlash maqsadida ularning markazlashtirilishini ta’minlaydi, shuningdek soliqlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha byudjet bilan hisob-kitoblarni markazlashtirilgan tartibda amalga oshiradi


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Oʻ. Sultonov