Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.1997 y. 130-son "Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qoʻllash tizimi toʻgʻisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.03.1997 y.

N 130



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOLIQ

TOʻLOVChILARNING IDENTIFIKATsIYa

RAQAMLARINI BERISh VA QOʻLLASh

TIZIMI TOʻISIDA


Oʻzbekisgon Respublikasida soliq tizimini yanada takomillashtiish va mustahkamlash, soliq toʻlovchilarni hisobga olishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 1997 yil 1 apreldan boshlab soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qoʻllash tizimini joriy etsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qoʻllash tizimi toʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinmoqda)


3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 1997 yil 1 aprelgacha soliq toʻlovchilarniig identifikatsiya raqamlarini bank hujjatlarining barcha shakllariga majburiy kiritish toʻrisidagi masalani hal qilish tavsiya etilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Oʻ. Sultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1997 y., N 3, 10-modda.