Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 24.02.2016 y. 2765-son bilan roʻyхatga olingan 28.01.2016 y. Moliya vazirligining 2-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2016-03-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2016 yil 24 fevralda 2765-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi va

Davlat soliq qoʻmitasining

2016 yil 28 yanvardagi

2, 2016-03-son qaroriga

ILOVA



Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqaruvchi

korхonalar tomonidan suv resurslaridan

foydalanganlik uchun soliqni hisoblab

chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korхonalar soliq solish tizimidan (soliq solishning umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan tartibi) qat’i nazar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni ushbu Nizomda belgilangan tartibda hisoblab chiqadilar va toʻlaydilar.


2. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan 2011 yil 28 yanvarda 05-268-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Umumdavlat tasniflagichi O`zDT 005:2011 "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichiga (2-tahrir) muvofiq "Spirtsiz ichimliklar ishlab chiqarish; butilkada mineral suvlar va boshqa suvlar ishlab chiqarish" (11.07-sinf) faoliyat turiga quyidagilar kiradi:

butilkalardagi, shu jumladan, plastik butilkalardagi tabiiy mineral suvni va boshqa suvlarni ishlab chiqarish;

alkogolsiz хushboʻylashtirilgan va/yoki bir oz shirin ichimliklarni (limonad, oranjad, kola, mevali ichimliklar, toniklar va h.k.) ishlab chiqarish.



2-BOB. SOLIQ SOLISh OB’YeKTI,

SOLIQ SOLINADIGAN BAZA


3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning soliq solish ob’yekti yer usti va yer osti manbalaridan foydalaniladigan suv resurslari hisoblanadi.


4. Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun foydalaniladigan suv hajmi soliq solinadigan baza hisoblanadi.

Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi deganda, iste’mol idishidagi tayyor mahsulotga toʻri keladigan suv hajmi tushuniladi.

Boshqa maqsadlar uchun foydalaniladigan suv hajmi deganda alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmidan tashqari suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suvning umumiy hajmi tushuniladi.


5. Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi kub.m.da quyidagi formula orqali aniqlanadi.


Valkogolsiz ichimliklar uchun suv = VTM i/ch. х N / 1000, bunda:


VTM i/ch. - alkogolsiz ichimliklar tayyor mahsuloti ishlab chiqarishning yillik hajmi, litrda;

N - 1 litr tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suvning hisob-kitob normativi (N=1).


6. Boshqa maqsadlar uchun foydalaniladigan suv hajmi kub.m.da quyidagi formula orqali aniqlanadi:


Vboshqa maqsadlar uchun suv = Volingan suv - Valkogolsiz ichimliklar uchun suv, bunda:


Volingan suv - yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv resurslari hajmi.



3-BOB. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK

UChUN SOLIQ STAVKALARI, SOLIQ DAVRI


7. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq suv resurslaridan foydalanish maqsadlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan tabaqalashtirilgan stavkalardan kelib chiqib hisoblanadi:

alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi boʻyicha;

boshqa maqsadlar uchun foydalaniladigan suv hajmi boʻyicha.


8. Kalendar yil soliq davridir.



4-BOB. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK

UChUN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh


9. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi yil uchun soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.


10. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilingan yillik soliq summasidan kelib chiqib joriy soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha ma’lumotnoma asosida toʻlanadigan joriy toʻlovlar summasi aniqlanadi.


11. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha ma’lumotnoma suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq хizmati organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013 yil 4 martdagi 23, 2013-8-son "Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 2439, 2013 yil 22 mart) 6-ilovaga muvofiq shakllar boʻyicha taqdim etiladi.


12. Soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash joriy toʻlovlarni hisobga olgan holda hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.



5-BOB. SOLIQ TOʻLOVChILARNING JAVOBGARLIGI VA

DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARINING NAZORATI


13. Soliq toʻlovchilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning toʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.


14. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning toʻri hisoblab chiqilishi va toʻlanishi ustidan nazorat davlat soliq хizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 29 fevral, 8-son, 82-modda