Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 17.07.2010 y. 2122-son bilan roʻyхatga olingan 21.06.2010 y. Moliya vazirligi 49-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2010-25-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2010 yil 17 iyulda 2122-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi va

Davlat soliq qoʻmitasining

2010 yil 21 iyundagi

49, 2010-25-sonli qaroriga

ILOVA



Utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz

boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun

soliqni toʻlash tartibi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-sonli "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qarorining 14-ilovasiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 yil, 52-son, 560-modda) muvofiq utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gazni hamda uni sotishni amalga oshiruvchi barcha tashkilotlarga tatbiq etiladi.



II. UTILIZATsIYa QILINGAN TABIIY (MASh’AL) GAZ

BOʻYIChA YeR QA’RIDAN FOYDALANGANLIK UChUN

SOLIQNI HISOBLASh, TOʻLASh VA HISOBOT

TOPShIRISh TARTIBI


2. Yer qa’ridan foydalanganlik soliqni soliq solish ob’yekti qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni tugal teхnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy (mash’al) gaz hajmidan tashqari utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz hajmi hisoblanadi.


3. Utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni soliq solinadigan bazasi utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz hajmi hajmining hisobot davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblanadi.


4. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.


5. Utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi va ushbu soliqni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova) belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013 yil 4 martdagi 23, 2013-8-son "Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 2439, 2013 yil 22 mart) bilan tasdiqlangan Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobining "Qazib olish hajmi, t., kub. m." ustunida utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz hajmi koʻrsatiladi.


III. YaKUNIY QOIDALAR


7. Utilizatsiya tabiiy (mash’al) gazni amalga oshiruvchi tashkilotlar utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning toʻri hisoblanishi va toʻlanishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


8. Utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning toʻri hisoblanishi va toʻlanishi nazorati davlat soliq хizmati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 28-29-son, 240-modda.