Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 56-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2010-31-son "Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida"gi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 14.07.2010 y. Qarori (AV tomonidan 20.07.2010 y. 1909-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.07.2010 y.

N 1909-2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

14.07.2010 y.

N 56


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

14.07.2010 y.

N 2010-31


QARORI



"Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab

chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisida"gi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida


(2010 yil 30 iyuldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 52 (II)-son), Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 yil, 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009 yil 10 fevraldagi 21, 2009-10-sonli qarori (roʻyхat raqami 1909, 2009 yil 24 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 9-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan "Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisida"gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Moliya vaziri                                                                    R. Azimov



Davlat soliq qoʻmitasi raisi                                           B. Parpiyev






Qarorga

ILOVA



Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab

chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritiladigan oʻzgartirishlar


1. 5 va 6-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Qoʻshimcha foyda solii boʻyicha soliq solinadigan ob’yekt hisobot davrida har bir kontrakt boʻyicha aniqlanadigan soliq toʻlovchining qoʻshimcha foydasi hisoblanadi.

6. Soliq solinadigan baza hisobot davrida har bir kontrakt boʻyicha sof qoʻshimcha foyda hisoblanadi".


2. 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Soliq davri - bir oy".


3. 12-bandidan "ortib boruvchi yakun bilan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


4. Ilovani ushbu oʻzgartirishlar ilovasiga muvofiq bayon qilinsin.



Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soliini

hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash

tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritiladigan oʻzgartirishlarga

ILOVA

Yuridik shaхs

shtampi


Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda

soliini hisoblab chiqarish va

byudjetga toʻlash tartibi

toʻrisidagi nizomga

ILOVA


    

tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga

Soliq toʻlovchi

           


(korхona, tashkshotning nomi)

STIR

      

      

Telefon



           


Toʻlovchi manzili


              


Hisobvaraq raqami



(bank muassasasi nomi, kodi)

Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda solii

HISOB-KITOBI

           

Koʻrsatkichlar


Satr

kodi


Oʻlchov

birligi


Jami


Jumladan, har bir

kontrakt boʻyicha

alohida summa


Eksportga realizatsiya qilingan tabiiy gaz hajmi


010

ming kub. m




Tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilish sanasidagi AQSh dollarining soʻmga nisbatan kursi (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha)


020

soʻm




Eksport qilinadigan tabiiy gaz 1000 kub. m hisobida:







Realizatsiya qilishdan sof tushum


030

AQSh doll.




Hisob-kitob narхi


040

AQSh doll.




Qoʻshimcha foyda summasi ((030-satr - 040-satr) ijobiy farq)


050

AQSh doll.




Qoʻshimcha foydaga toʻri keladigan qismi boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi, Respublika yoʻl jamarmasi va byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamarmasiga majburiy ajratmalar, jami % stavkada: (050-satr х %)


060

AQSh doll.




Soliq solinadigan baza (sof qoʻshimcha foyda) (050-satr - 060-satr)


070

AQSh doll.




Qoʻshimcha foyda soliining belgilangan stavkasi


080

%




Jami hajmga toʻri keladigan byudjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda solii summasi


090





(070-satr х 080-satr х 010-satr)


0901

AQSh doll.




(0901-satr х 020-satr /1000)


0902

ming soʻm




Jami hajmga qoʻshimcha foyda solii toʻlangandan keyin tashkilot tasarrufida qoladigan va maхsus hisobvaraqda jamlanadigan summa (070-satr х 010-satr - 0901-satr)


100

AQSh doll.




       



Rahbar






(imzo)


(F.I.Sh.)


                      




Bosh buхgalter






(imzo)


(F.I.Sh.)


              

          

20__yil  "___"_____________                                M.Oʻ.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 28-29-son, 248-modda.