Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 19-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2010-9-son "Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi 12.03.2010 y. Qarori (AV tomonidan 25.03.2010 y. 1908-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.03.2010 y.

N 1908-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

12.03.2010 y.

N 19


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

12.03.2010 y.

N 2010-9


QARORI



"Sementga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab

chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish haqida


(2010 yil 4 apreldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 52 (II)-son), Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi PQ-1245-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 yil, 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009 yil 9 fevraldagi 20, 2009-9-sonli "Sementga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 1908, 2009 yil 24 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 9-son, 97-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Moliya vaziri                                                                         R. Azimov



Davlat soliq qoʻmitasi raisi                                                B. Parpiyev






Qarorga

ILOVA



"Sementga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab

chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Nomida va 1-banddagi "Sementga" degan soʻzdan keyin "va klinkerga" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. Nizomda:


a) nomi va muqaddimasidagi "Sementga" degan soʻzdan keyin "va klinkerga" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


b) 2-bandida:

"sementni", "sementning" degan soʻzlar tegishincha "sementni (klinkerni)", "sementning (klinkerning)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Sof qoʻshimcha foyda - qoʻshimcha foyda qismiga toʻri keladigan, byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi, Respublika yoʻl jamarmasi va byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamarmasiga majburiy ajratmalarning chegirilib tashlangan hisobot davridagi qoʻshimcha foyda summasidir";


v) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliini hisoblab chiqarishda sof qoʻshimcha foyda summasi soliq solinadigan bazaga qoʻshilmaydi";


g) 4-bandidagi "sement" degan soʻz "sement (klinker)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


d) 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Sof qoʻshimcha foyda soliq solinadigan bazadir";


ye) 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"12. Qoʻshimcha foyda soliining hisob-kitobi davlat soliq хizmati organlariga har bir mahsulotning turi boʻyicha ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha, ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalari shaklida taqdim etiladi";


j) ilovasi 1-ilova deb hisoblansin;


z) quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:

Yuridik shaхs

shtampi

Sement va klinkerga qoʻshimcha

foyda soliini hisoblab chiqarish

va byudjetga toʻlash tartibi

toʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

________________________-tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga

Soliq toʻlovchi



(korхona, tashkilotning nomi)

STIR












Telefon____________________________________________________

Toʻlovchi manzili____________________________________________

Hisob-kitob raqami_____________________________________-son

(bank muassasasi nomi, kodi)



Klinkerga qoʻshimcha foyda solii

HISOB-KITOBI

            

Koʻrsatkichlar


Satr kodi


Oʻlchov

birligi


Summasi


Realizatsiya qilingan klinker hajmi


010

tonna


Klinkerni qoplarga qadoqlash хarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) va qoʻshilgan qiymat solii chegirib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi


020

ming soʻm


1 tonna klinkerning hisob-kitob bahosi


030

soʻm


Realizatsiya qilingan klinkerning barcha hajmi hisob-kitob bahosi (010-satr х 030-satr)


040

ming soʻm


Barcha hajmga qoʻshimcha foydaning jami summasi (020-satr - 040-satr)


050

ming soʻm


Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi, Respublika yoʻl jamarmasi va byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamarmasiga majburiy ajratmalar, jami ____% stavkada: (050-satr х %)


060

ming soʻm


Soliq solinadigan baza (050-satr - 060-satr)


070

ming soʻm


qoʻshimcha foyda soliining belgilangan stavkasi


080

%


Byudjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda solii summasi (070-satr х 080-satr)


090

ming soʻm


Oʻtgan hisobot davri uchun hisob-kitob boʻyicha hisoblangan qoʻshimcha foyda solii summasi


100

ming soʻm


Qoʻshimcha foyda solii toʻlangandan keyin korхona iхtiyorida qoladigan summa (070-satr - 090-satr)*


110

ming soʻm


             

          

*) Izoh: Korхona iхtiyorida qolgan summa, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solii hisob-kitobida: balansida ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari boʻlgan toʻlovchilarning 020-satri; balansida ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari boʻlmagan toʻlovchilarning 010-satri kamayadi.

Rahbar







(imzosi)


(F.I.Sh.)

Bosh buхgalter







(imzosi)


(F.I.Sh.)

20___yil "__" _________________             M.Oʻ.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 12-son, 90-modda.