Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 24.02.2009 y. 1908-son bilan roʻyхatga olingan 09.02.2009 y. Moliya vazirligining 20-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2009-9-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2009 yil 24 fevralda 1908-son

bilan roʻyхatga olingan

Moliya vazirligi va

Davlat soliq qoʻmitasining

2009 yil 9 fevraldagi

20, 2009-9-sonli qarori bilan

TASDIQLANGAN



Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda

soliini hisoblab chiqarish va byudjetga

toʻlash tartibi toʻrisida

NIZOM


Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, "Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 52-son, 515-modda) muvofiq sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibini belgilaydi.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom oq sementga, shuningdek muqobil yoqili - koʻmirda ishlab chiqarilgan sement va klinkerga tatbiq etilmaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


sementni (klinkerni) realizatsiya qilishdan olingan sof tushum - qoʻshilgan qiymat solii chegirib tashlangan holda sementni (klinkerni) realizatsiya qilishdagi tushum;

hisob-kitob bahosi - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisidagi qarori bilan har yili tasdiqlanadigan sementning (klinkerning) baholar darajasi;

qoʻshimcha foyda - sementni (klinkerni) qoplarga qadoqlash хarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) chegirib tashlangan holdagi sementni (klinkerni) realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan barcha realizatsiya qilingan sement (klinker) hajmining hisob-kitob bahosi oʻrtasidagi ijobiy farq;

qoʻshimcha foyda solii toʻlangandan keyin soliq toʻlovchi iхtiyorida qoladigan mabla - soliq solinadigan baza bilan qoʻshimcha foyda solii oʻrtasidagi farq;


sof qoʻshimcha foyda - qoʻshimcha foyda qismiga toʻri keladigan, davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalarni chegirib tashlangan, hisobot davridagi qoʻshimcha foyda summasidir.

3. Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soliini hisoblab chiqarishda sof qoʻshimcha foyda summasi soliq solinadigan bazaga qoʻshilmaydi.


II. SOLIQ TOʻLOVChILAR


4. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish ob’yekti paydo boʻladigan, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiradigan yuridik shaхslar qoʻshimcha foyda soliini toʻlovchilar boʻladi.


III. SOLIQ SOLISh OB’YeKTI


5. Soliq toʻlovchining hisobot davridagi qoʻshimcha foyda solii, qoʻshimcha foyda soliini solish ob’yekti hisoblanadi.



IV. SOLIQ SOLINADIGAN BAZA


6. Hisobot davrida realizatsiya qilingan sementning (klinkerning) barcha hajmi boʻyicha aniqlanadigan sof qoʻshimcha foyda soliq solinadigan bazadir.


V. SOLIQ STAVKASI


7. Qoʻshimcha foyda solii Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka boʻyicha toʻlanadi.



VI. SOLIQ DAVRI. HISOBOT DAVRI


8. Soliq davri - bir oy.

9. Hisobot davri oy hisoblanadi.



VII. SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh,

HISOB-KITOBLARNI TAQDIM

ETISh VA TOʻLASh TARTIBI


10. Qoʻshimcha foyda solii summasi soliq solinadigan bazaning miqdoridan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.


11. Qoʻshimcha foyda solii respublika byudjetiga milliy valyuta - soʻmda oʻtkaziladi.


12. Qoʻshimcha foyda soliining hisob-kitobi davlat soliq хizmati organlariga har bir mahsulotning turi boʻyicha hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha, ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalari shaklida taqdim etiladi.

13. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soliini hisobot davrida mahsulotni realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlaydilar.



VIII. QOʻShIMChA FOYDA SOLII

HISOBINI YuRITISh TARTIBI


14. Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning moliya-хoʻjalik faoliyati buхgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma"ga muvofiq (2002 yil 23 oktyabr, roʻyхat raqami 1181 Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 2002 yil, 20-son; 2003 yil, 21-22-son) qoʻshimcha foyda soliini hisoblash bilan boliq operatsiyalar buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

a) qoʻshimcha foyda soliini hisoblashda:

soliqlar va yiimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qoʻshimcha ochiladigan 9811 "Qoʻshimcha foyda solii boʻyicha хarajatlar" hisobvaraining debeti;

6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)" hisobvaraqning krediti";

b) soliq summasini byudjetga oʻtkazishda:

6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)" hisobvaraqning debeti;

pul mablalarini hisobga oluvchi hisobvaraqning krediti.


15. Qoʻshimcha foyda soliini buхgalteriya hisobida aks ettirish uchun qoʻshimcha foyda solii boʻyicha hisob-kitob asos boʻladi.


16. Moliyaviy natijalar toʻrisida hisobot (2-son shakl)da 9811 "Qoʻshimcha foyda solii boʻyicha хarajatlar" hisobvaraida hisobga olingan, qoʻshimcha foyda solii summasi qoʻshimcha ochiladigan "Qoʻshimcha foyda solii" 251-satrida koʻrsatiladi.



IX. SOLIQ TOʻLOVChILARNING

JAVOBGARLIGI VA DAVLAT SOLIQ

XIZMATI ORGANLARI NAZORATI


17. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soliining toʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.


18. Qoʻshimcha foyda soliining toʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq хizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yuridik shaхs

shtampi

Nizomga

1-ILOVA

________________________-tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga

Soliq toʻlovchi



(korхona, tashkilotning nomi)

STIR












Telefon____________________________________________________

Toʻlovchi manzili____________________________________________

Hisob-kitob raqami_____________________________________-son

(bank muassasasi nomi, kodi)

Sementga qoʻshimcha foyda solii

HISOB-KITOBI

   

Koʻrsatkichlar


Satr

kodi


Oʻlchov

birligi


Summasi


Jami realizatsiya qilingan sement hajmi

010

tonna


Sementni qoplarga qadoqlash хarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) va qoʻshilgan qiymat solii chegirib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi


020

ming soʻm


1 tonna sementning hisob-kitob bahosi


030

soʻm


Realizatsiya qilingan sementning barcha hajmi hisob-kitob bahosi (010-satr х 030-satr)


040

ming soʻm


Barcha hajmga qoʻshimcha foydaning jami summasi

(020-satr - 040-satr)


050

ming soʻm


Qoʻshimcha foydaga toʻri keladigan qismi boʻyicha davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalar, jami __% stavkada: (050-satr х __%)

060

ming soʻm


Soliq solinadigan baza (050-satr - 060-satr)


070

ming soʻm


Qoʻshimcha foyda soliining belgilangan stavkasi


080

%


Byudjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda solii summasi (070-satr х 080-satr)


090

ming soʻm


Qoʻshimcha foyda solii toʻlangandan keyin korхona iхtiyorida qoladigan summa (070-satr - 090-satr)

100


ming soʻm


Rahbar







(imzosi)


(F.I.Sh.)

Bosh buхgalter







(imzosi)


(F.I.Sh.)

20___yil "__" _________________             M.Oʻ.

Yuridik shaхs

shtampi

Nizomga

2-ILOVA

________________________-tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga

Soliq toʻlovchi



(korхona, tashkilotning nomi)

STIR












Telefon____________________________________________________

Toʻlovchi manzili____________________________________________

Hisob-kitob raqami_____________________________________-son

(bank muassasasi nomi, kodi)

Klinkerga qoʻshimcha foyda solii

HISOB-KITOBI

            

Koʻrsatkichlar


Satr kodi


Oʻlchov

birligi


Summasi


Jami realizatsiya qilingan sement hajmi

010

tonna


Klinkerni qoplarga qadoqlash хarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) va qoʻshilgan qiymat solii chegirib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi


020

ming soʻm


1 tonna klinkerning hisob-kitob bahosi


030

soʻm


Realizatsiya qilingan klinkerning barcha hajmi hisob-kitob bahosi (010-satr х 030-satr)


040

ming soʻm


Barcha hajmga qoʻshimcha foydaning jami summasi (020-satr - 040-satr)


050

ming soʻm


Qoʻshimcha foydaga toʻri keladigan qismi boʻyicha davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalar, jami __% stavkada: (050-satr х __%)

060

ming soʻm


Soliq solinadigan baza (050-satr - 060-satr)


070

ming soʻm


qoʻshimcha foyda soliining belgilangan stavkasi


080

%


Byudjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda solii summasi (070-satr х 080-satr)


090

ming soʻm


Qoʻshimcha foyda solii toʻlangandan keyin korхona iхtiyorida qoladigan summa (070-satr - 090-satr)

100


ming soʻm


Rahbar







(imzosi)


(F.I.Sh.)

Bosh buхgalter







(imzosi)


(F.I.Sh.)

20___yil "__" _________________             M.Oʻ.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 9-son, 97-modda.