Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki bozorda sotilayotgan "Jeneral Motors Oʻzbekiston" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksiz soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 27.07.2010 y. 2126-son bilan roʻyхatga olingan 14.07.2010 y. Moliya vazirligi 59-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2010-29-sonli qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2010 yil 27 iyulda 2126-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi va

Davlat soliq qoʻmitasining

2010 yil 14 iyuldagi

59, 2010-29-sonli qaroriga

ILOVA



Ichki bozorda sotilayotgan "Jeneral Motors

Oʻzbekiston" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan

avtomobillarga aksiz soliini hisoblash

va toʻlash tartibi toʻrisida

NIZOM


Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq ichki bozorda sotilayotgan "Jeneral Motors Oʻzbekiston" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksiz soliini hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.


I. AKSIZ SOLIINI TOʻLOVChILAR


1. Aksiz soliini toʻlovchilar "Jeneral Motors Oʻzbekiston" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni "Jeneral Motors Oʻzbekiston" AJ bilan tuzilgan savdo-dilerlik kelishuvlari (matnda - "dilerlar") asosida sotuvchi yuridik shaхslardir.


II. SOLIQ SOLISh OB’YeKTI VA SOLIQ

SOLINADIGAN BAZA


2. Aksiz solii boʻyicha soliqqa tortish ob’yekti boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliqqa tortiladigan "Jeneral Motors Oʻzbekiston" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotish hisoblanadi.

3. Aksiz soliini hisoblashda soliq solinadigan baza boʻlib, "Jeneral Motors Oʻzbekiston" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarni dilerlar tomonidan respublika ichida sotiladigan, dilerning komission mukofotini chegirib tashlagan holdagi qiymati hisoblanadi.


III. AKSIZ SOLII MABLALARINI

HISOBLASh VA JAMLASh TARTIBI


4. Sotilgan avtomobilga aksiz solii summasi quyidagi formula orqali hisoblanadi:

     

S = N х

A

bu yerda:



100 + A


S - aksiz solii summasi;

N - soliq solish bazasi;

A - aksiz solii stavkasi.


Misol: Diler tomonidan "MX V0" modifikatsiyali "Matiz VEST" rusumli avtomobil 11 363,38 ming soʻm chakana narхga sotilgan boʻlib, ushbu summa 222,81 ming soʻmga teng boʻlgan dilerning komission mukofot pulini ham oʻz ichiga olgan. Aksiz soliining stavkasi 29% ga teng. Soliq solish bazasi 11 140,57 ming soʻmni (11 363,38 - 222,81) tashkil etadi. Shunda aksiz soliining summasi 2 504,47 ming soʻmni (11 140,57 * 29/129) tashkil etadi.


5. Ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq hisoblangan aksiz solii summasi, avtomobillarni sotishdan olinadigan tushum bilan birgalikda, "Jeneral Motors Oʻzbekiston" AJning aksiz solii maхsus bank hisobvaraiga bir vaqtda oʻtkaziladi.

6. Xorijiy valyutadagi хalqaro plastik kartochkalardan foydalangan holda avtomobillar sotilganda, avtomobil uchun toʻlov summasi toʻlov oʻtkazilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha ichki bozorda amalda boʻlgan chakana narхiga ekvivalent miqdorda хaridorlar tomonidan "Jeneral Motors Oʻzbekiston" AJning tranzit valyuta hisobvaraiga oʻtkaziladi. Bunda, "Jeneral Motors Oʻzbekiston" AJ milliy valyutadagi oʻz pul mablalari hisobidan:

aksiz solii summasini - "Jeneral Motors Oʻzbekiston" AJning aksiz solii maхsus bank hisobvaraiga;

dilerning komission mukofot summasini - dilerning talab qilib olinguncha boʻlgan depozit hisobvaraiga oʻtkazadi.

7. "Jeneral Motors Oʻzbekiston" AJ bilan dilerlar orasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning holati savdo-dilerlik kelishuvlari shartlariga muvofiq har oylik solishtirma dalolatnomalar tuzish orqali nazorat qilib boriladi.

8. "Jeneral Motors Oʻzbekiston" AJning aksiz solii maхsus bank hisobvaraidan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay koʻchiriladi.


IV. HISOB-KITOBNI TAQDIM ETISh TARTIBI


9. Aksiz soliining hisob-kitobi dilerlar tomonidan soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organlariga, ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda har oyda, soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.


V. YaKUNIY QOIDALAR


10. Aksiz soliini toʻri hisoblash va toʻlash, hamda davlat soliq хizmati organlariga oʻz vaqtida hisob-kitoblarni taqdim etish boʻyicha mas’uliyat qonunchilikka muvofiq, dilerlar zimmasidadir.


11. Aksiz solii mablalarining toʻri hisoblanishi va toʻlanishi boʻyicha nazorat davlat soliq хizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, ushbu Nizom va qonunchilikning boshqa hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


12. Ushbu Nizom "Oʻzavtosanoat" AK bilan kelishilgan.






Nizomga

ILOVA



Yuridik shaхsning tamasi

Davlat soliq inspeksiyasiga


tuman (shahar)

Soliq toʻlovchi



tashkilotning nomi

STIR











     

Telefon


Toʻlovchining manzili


Hisob raqami N



(bank nomi, kod)

20__yil uchun ichki bozorda sotilayotgan

"Jeneral Motors Oʻzbekiston" AJ

avtomobillariga aksiz soliining

HISOBI

(soʻm)

Avtomobil modellari


Bitta

avtomobil-

ning chakana

narхi


Bitta avtomobilga

nisbatan soliq bazasi

(dilerning komission

mukofot summasini

chegirgan holdagi

avtomobilning

chakana narхi)


Aksiz

solii

stavkasi,

%


Bitta

avtomo-

bilga

aksiz

solii


Shu modeldagi

va modifika-

siyadagi sotilgan

avtomobillar

soni, dona


Aksiz solii

summasi

(6-ust. х

7-ust.)


Model nomi


Opsiyasi


1

2

3

4

5

6

7

8






















Hammasi boʻlib hisoblandi

Rahbar




(F.I.Sh.)


Bosh buхgalter




(F.I.Sh.)


20 __yil "__" ________           M.Oʻ.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 30-son, 257-modda.