Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 4-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-2-son "Chakana savdo tarmogʻida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 17.01.2013 y. Qarori (AV tomonidan 08.02.2013 y. 2328-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.02.2013 y.

N 2328-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

17.01.2013 y.

N 4


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

17.01.2013 y.

N 2013-2


QARORI



Chakana savdo tarmoida sotiladigan oltindan

ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soliini

hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453-son "Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 yil, 29-son, 327-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012 yil 3 fevraldagi 12, 2012-7-sonli qarori (roʻyхat raqami 2328, 2012 yil 16 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 yil, 7-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Chakana savdo tarmoida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soliini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

      





Qarorga

ILOVA



Chakana savdo tarmoida sotiladigan oltindan

ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soliini

hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"9. Soliq va hisobot davri yil choragidir.".


2. 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"17. Toʻlovchilar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organlariga Zargarlik buyumlariga aksiz solii hisob-kitobini yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadi.".


3. 3-ilovada:

"Soliq davri" degan soʻzlar "Kalendar yil" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

nomidan "(mikrofirma va kichik korхonalar uchun)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


4. 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 11 fevral, 6-son, 83-modda