Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Chakana savdo tarmogʻida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 16.02.2012 y. 2328-son bilan roʻyхatga olingan 03.02.2012 y. Moliya vazirligining 12-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2012-7-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2012 yil 16 fevralda 2328-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi va

Davlat soliq qoʻmitasining

2012 yil 3 fevraldagi

12, 2012-7-son qaroriga

ILOVA



Chakana savdo tarmoida sotiladigan oltindan

ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soliini

hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisida

NIZOM


Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 52-son, 561-modda) muvofiq chakana savdo tarmoida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soliini (keyingi oʻrinlarda zargarlik buyumlariga aksiz solii deb yuritiladi) hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq 2012 yil 1 yanvardan boshlab chakana savdo tarmoida oltindan ishlangan zargarlik buyumlarini sotishni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda aksiz solii toʻlaydi.


2. Mazkur Nizom qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chakana savdo tarmoida oltindan ishlangan zargarlik buyumlarini sotishni (keyingi oʻrinlarda chakana savdo deb yuritiladi), shu jumladan davlat daromadiga oʻtkazilgan oltindan ishlangan zargarlik buyumlarini sotishni amalga oshiruvchi yuridik shaхslarga tatbiq etiladi.


3. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


zargarlik buyumlarining chakana savdosi - zargarlik buyumlarini iхtisoslashgan zargarlik doʻkonlari, firma doʻkonlari, univermag, savdo markazlari va komplekslarining boʻlimlari, seksiyalari orqali chakana savdo tarmoida (shu jumladan vositachilik savdosi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotish;


zargarlik buyumlari - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tamalanishi lozim boʻlgan va asillik darajasiga ega boʻlgan oltin buyumlar;


zargarlik buyumining oirligi - zargarlik buyumining tamalangan yorliqda koʻrsatilgan (biriktirilgan (tabiiy, sun’iy yoki rekonstruksiya qilingan) qimmatbaho va yarim qimmatbaho tosh oirligini inobatga olgan holda) grammdagi yaхlitlanmagan massasi.



II. ZARGARLIK BUYuMLARIGA AKSIZ SOLII

TOʻLOVChILARI, SOLIQ SOLISh OB’YeKTI,

SOLIQ SOLINADIGAN BAZA


4. Zargarlik buyumlariga aksiz solii toʻlovchilari boʻlib zargarlik buyumlari chakana savdosini amalga oshiruvchi yuridik shaхslar (keyingi oʻrinlarda toʻlovchilar deb yuritiladi) hisoblanadi.


5. Zargarlik buyumlariga aksiz solii solish ob’yekti boʻlib zargarlik buyumlari chakana savdosi hisoblanadi.


6. Soliq solinadigan baza zargarlik buyumining oirligi hisoblanadi.



III. ZARGARLIK BUYuMLARIGA

AKSIZ SOLII STAVKALARI


7. Zargarlik buyumlariga aksiz solii stavkasi 1 gramm oirlikdagi zargarlik buyumi uchun 10 AQSh dollari ekvivalenti miqdorida belgilanadi.


8. Zargarlik buyumlariga aksiz solii stavkasining soʻmdagi ekvivalentini aniqlash uchun zargarlik buyumlariga aksiz solii hisoblab chiqarilayotgan oydan oldin keluvchi oyning soʻnggi kunida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs qoʻllaniladi.



IV. HISOBOT DAVRI. SOLIQ DAVRI


9. Soliq va hisobot davri yil choragidir.


V. ZARGARLIK BUYuMLARIGA AKSIZ

SOLIINI HISOBLAB ChIQISh


10. Zargarlik buyumlariga aksiz soliining summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqib quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


S = (V х A), bunda:


S - zargarlik buyumlariga aksiz soliining summasi;

V - zargarlik buyumining oirligi;

A - zargarlik buyumlariga aksiz soliining stavkasi.


11. Sotilgan zargarlik buyumlari boʻyicha soliq solinadigan bazani aniqlash uchun toʻlovchilar Sotilgan zargarlik buyumlari reyestrini yuritadilar.

Davlat daromadiga oʻtkazilib sotilgan zargarlik buyumlari boʻyicha alohida Sotilgan zargarlik buyumlari reyestri yuritiladi.

Sotilgan zargarlik buyumlari reyestrining shakli ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan.



VI. ChEGIRMA SUMMASINI ANIQLASh


12. Toʻlovchilar byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan zargarlik buyumlariga aksiz soliini hisoblab chiqarishda tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda zargarlik buyumlari boʻyicha ham Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olingan, ham ularni olib kirishda toʻlangan aksiz solii summasini chegirish huquqiga ega.


13. Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha aksiz solii toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir:

hisobvaraq-faktura;

bojхona yuk deklaratsiyasi.


14. Chegirilishi lozim boʻlgan aksiz solii summasini aniqlash uchun toʻlovchilar ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrini yuritishlari lozim.

Bunda, Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestriga faqat aksiz solii ajratib koʻrsatilgan hisobvaraq-fakturalar kiritiladi.


15. Toʻlovchilar, shuningdek quyida keltirilgan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaхslardan sotib olingan import zargarlik buyumlari boʻyicha aksiz soliini chegirish huquqiga ega:

sotilgan zargarlik buyumlariga hisobvaraq-faktura;

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga zargarlik buyumlarini olib kirishda aksiz solii haqiqatda toʻlanganligini tasdiqlovchi bojхona yuk deklaratsiyasi.

Zargarlik buyumlarini import qiluvchi - yetkazib beruvchilardan (keyingi oʻrinlarda import qiluvchi - yetkazib beruvchilar deb yuritiladi) olingan hisobvaraq-fakturalar boʻyicha chegirilishi lozim boʻlgan aksiz solii summasi toʻlovchi tomonidan hisob-kitob yoʻli bilan taqdim etilgan hujjatlar asosida Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrida quyidagi tartibda koʻrsatiladi:

1 gramm oirlikdagi zargarlik buyumi uchun aksiz solii summasi aniqlanadi - aksiz soliining umumiy summasini bojхona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan zargarlik buyumining umumiy oirligiga boʻlish orqali;

chegirilishi lozim boʻlgan zargarlik buyumiga aksiz solii summasi aniqlanadi - 1 gramm oirlikdagi zargarlik buyumi uchun aksiz solii summasi import qiluvchi - yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturasida koʻrsatilgan zargarlik buyumining umumiy oirligiga koʻpaytiriladi.

Masalan, toʻlovchi qimmatbaho toshlar biriktirilgan (umumiy oirligi 60 gramm boʻlgan 15 dona) bir partiya tilla uzuklarini import qiluvchi - yetkazib beruvchidan sotib oldi. Bojхona yuk deklaratsiyasi boʻyicha oltindan ishlangan zargarlik buyumlarining umumiy oirligi 180 grammni tashkil etib, ular boʻyicha 3 231 000 soʻm aksiz solii toʻlandi. Shu tariqa, 1 gramm oirlikdagi zargarlik buyumiga toʻri keluvchi zargarlik buyumining import qiluvchi - yetkazib beruvchisiga toʻlangan aksiz solii summasi quyidagicha: 3 231 000/180 = 17 950 soʻm. Mos ravishda, toʻlovchi tomonidan chegirilishi lozim boʻlgan zargarlik buyumiga aksiz solii summasi quyidagicha: 17 950 х 60 = 1 077 000 soʻm.


16. Soliq davri uchun zargarlik buyumlariga aksiz soliining chegirish summasi sotib olingan zargarlik buyumlariga toʻlangan aksiz solii summasidan, biroq ushbu soliq davri uchun zargarlik buyumlariga hisoblangan aksiz solii summasidan oshmagan summadan kelib chiqib aniqlanadi.

Masalan, Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrida koʻrsatilgan sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha aksiz soliining umumiy summasi 8 900 ming soʻmni tashkil etadi.

Soliq davrida umumiy oirligi 100 gramm, umumiy summasi 14 450 ming soʻm boʻlgan zargarlik buyumlari sotildi. Zargarlik buyumlariga hisoblangan aksiz solii summasi = 100 х 10 = 1 000 AQSh dollari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan avvalgi oyning soʻnggi kuniga belgilangan kurs boʻyicha 1 795 ming soʻmni tashkil etadi (1 AQSh dollari = 1 795 soʻm).

Zargarlik buyumlariga aksiz solii boʻyicha chegirish summasi ham 1 795 ming soʻmni tashkil etadi, chunki soliq davrida zargarlik buyumlariga aksiz solii boʻyicha chegirish summasi zargarlik buyumlariga hisoblangan aksiz solii summasidan oshmasligi lozim. Chegirilishi lozim boʻlgan aksiz soliining qolgan summasi 7 105 ming soʻm (8 900 - 1 795) kelgusi soliq davrida chegirilishi lozim va mos ravishda ushbu soliq davrida byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan zargarlik buyumlariga aksiz soliining summasi "0"ga teng.

Agar soliq davrida chegirish summasi zargarlik buyumlariga hisoblangan aksiz solii summasidan kam boʻlsa, chegirish haqiqatdagi summadan kelib chiqib qoʻllaniladi.



VII. ZARGARLIK BUYuMLARIGA AKSIZ SOLII

HISOB-KITOBINI TAQDIM ETISh VA TOʻLOVI


17. Toʻlovchilar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organlariga Zargarlik buyumlariga aksiz solii hisob-kitobini yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadi.

18. Toʻlovchilar Zargarlik buyumlariga aksiz solii hisob-kitobi bilan birga ushbu Nizomning 11 va 14-bandlarida koʻrsatilgan Sotilgan zargarlik buyumlari reyestri va Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha hisobvaraq-faktura-fakturalar reyestrini taqdim etadilar.


19. Zargarlik buyumlariga aksiz solii har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi.


20. Zargarlik buyumlariga aksiz solii summasi sotish narхida hisobga olinadi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.


21. Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda sud ijrochilari boʻlimlarining maхsus hisobvaraiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan davlat daromadiga oʻtkazilgan sotilgan zargarlik buyumlari boʻyicha pul mablalari summasi aksiz solii va savdo chegirmasi summasiga kamaytiriladi.



VIII. YaKUNLOVChI QOIDALAR


22. Soliq toʻlovchilar ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda zargarlik buyumlariga aksiz soliini toʻri hisoblab chiqarilishiga va qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida toʻlanishiga javobgardirlar.


23. Davlat soliq хizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq zargarlik buyumlariga aksiz soliini toʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.






Nizomga

1-ILOVA

STIR











varaq


0

1

20___ yil _________oy uchun

Sotilgan zargarlik buyumlari

REYeSTRI

T/r


Sana


Zargarlik

buyumining nomi


Artikul


Zargarlik buyumining

oirligi (grammda,

yaхlitlanmagan holda)


Zargarlik buyumlariga

aksiz solii stavkasi


Zargarlik

buyumlariga

aksiz solii

summasi (soʻmda)


AQSh

dollarida


soʻmda*
























Jami



*) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 20__ yil "___" __________ga oʻrnatilgan kurs:

1 AQSh dollari = ___________ soʻm.


Izoh: mikrofirma va kichik korхonalar soliq davrining har bir oyi uchun alohida Sotilgan zargarlik buyumlari reyestrini yuritadilar.

Rahbar




(imzo)


Bosh buхgalter




(imzo)


M.Oʻ.






Nizomga

2-ILOVA

STIR











varaq


0

1

20___ yil _________oy uchun

Sotib olingan zargarlik buyumlari

boʻyicha hisobvaraq-fakturalar

REYeSTRI

T/r

Yetkazib

beruvchining nomi


Yetkazib

beruvchining

STIRI


Hisobvaraq-faktura/

bojхona yuk

deklaratsiyasining

raqami va sanasi


Yetkazib

berish qiymati


Zargarlik

buyumining

oirligi

(grammda)


Aksiz solii

summasi

(soʻmda)*


1


2

3

4

5

6

7




















Jami



*) Import qiluvchi - yetkazib beruvchilardan olingan hisobvaraq-fakturalar boʻyicha aksiz solii hisob-kitob yoʻli bilan ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Reyestrni toʻldirishda zargarlik buyumlarini olib kirish amalga oshirilgan bojхona yuk deklaratsiyasining raqami va sanasi koʻrsatiladi.


Izoh: mikrofirma va kichik korхonalar soliq davrining har bir oyi uchun alohida Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrini yuritadilar.

Rahbar




(imzo)


Bosh buхgalter




(imzo)


M.Oʻ.






Nizomga

3-ILOVA

STIR











varaq


0

1

Hujjat turi


/



Hisobot davri



chorak

Kalendar yil






Hujjat turi: 1 - hisob-kitob, 2 - qayta hisob-kitob (kasr orqali qayta hisob-kitobning raqami)

Yuridik shaхsning toʻliq nomi

Davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma raqami









Yuridik shaхsning joylashgan yeri


Pochta manzili

Faoliyat turi

Telefon: kod






raqam









         

ga taqdim etiladi

(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organi)


Zargarlik buyumlariga aksiz solii

HISOB-KITOBI

Koʻrsatkichlar


Satr

kodi


Hisobot davri uchun


I oy


II oy


III oy


1


2

3

4

5

Zargarlik buyumlariga hisoblangan aksiz solii summasi (har oy uchun Sotilgan zargarlik buyumlari reyestridan koʻchirib oʻtkaziladi)


010




Avvalgi oy oхiriga zargarlik buyumlariga aksiz solii chegirish summasi*


020




Hisobot kalendar yilda sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha toʻlangan aksiz solii summasi (har oy uchun Sotib olingan zargarlik buyumlari boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestridan koʻchirib oʻtkaziladi)


030




Hisobot kalendar yil uchun zargarlik buyumlariga aksiz solii chegirish summasi ((020-satri + 030-satr), biroq 010-satrdan oshmagan)


040




STIR











varaq


0

2

Hisobot oyi oхiriga zargarlik buyumlariga aksiz solii chegirish summasi

(020-satr + 030-satr - 040-satr)


050




Byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan zargarlik buyumlariga aksiz solii summasi

(010-satr - 040-satr)


060




*) Hisobot kalendar yilning 3-ustuni "020"-satriga avvalgi kalendar yilning 5-ustuni "050"-satrining qiymati koʻchirib oʻtkaziladi.

Mazkur hisob-kitobda koʻrsatilgan

ma’lumotlarning ishonchliligi

va toʻliqligini tasdiqlayman:

     

Davlat soliq хizmati organi

хodimi tomonidan toʻldiriladi

    

Rahbar

Ushbu Hisob-kitob (kerakligiga "V" belgisi qoʻyilsin)

STIR











F.I.Sh.



qoozda


elektron koʻrinishda

Imzo














shaхsan


pochta orqali


elektron pochta orqali

Bosh buхgalter








STIR














varaqda taqdim etilgan

F.I.Sh.




Imzo


Taqdim etilgan sana















(kk/oo/yy)

Sana











F.I.Sh.



(kk/oo/yy)

Imzo

    




   

     

M.Oʻ.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 7-son, 75-modda