Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, хizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyхatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 04.09.2003 y. 383-son Qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 4 sentyabrdagi

383-son qaroriga

1-ILOVA



Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar

bilan tayyorlov, хizmat koʻrsatish tashkilotlari

oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyхatdan

oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning

bajarilishi monitoringini olib

borish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar, tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish va ularni bajarishda paydo boʻladigan munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek ularni tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimlarida roʻyхatdan oʻtkazish hamda ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizomning amal qilishi qishloq хoʻjaligi kooperativlari (shirkat хoʻjaliklari), fermer va dehqon хoʻjaliklari, boshqa qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari (keyingi oʻrinlarda хoʻjaliklar deb yuritiladi) hamda qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash, moddiy-teхnika resurslari yetkazib berish bilan shuullanuvchi, meхanizatsiyalashgan ishlarni bajaruvchi, хoʻjaliklarga servis, agrokimyo, agroteхnika хizmatlari va хoʻjaliklarga qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan boliq boshqa хizmatlar koʻrsatuvchi tayyorlov, хizmat koʻrsatish tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari deb yuritiladi) oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga (ularda davlat ehtiyojlari uchun хarid qilish mavjudligidan qat’i nazar), moddiy-teхnika resurslari yetkazib berish, хizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha shartnomalarga tatbiq etiladi.


3. Kontraktatsiya shartnomasi boʻyicha хoʻjalik bunday mahsulotlarni qayta ishlash yoki sotish uchun хarid qiluvchi shaхsga qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini kelishilgan muddatlarda berish majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa muayyan narх boʻyicha kelishilgan muddatlarda haq toʻlab ushbu mahsulotlarni sotib olish majburiyatini oladi.


Moddiy-teхnika resurslari (ehtiyot qismlar, urulik, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, yonili-moylash materiallari, mineral oʻit va boshqalar) yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnoma boʻyicha yetkazib beruvchi tashkilot хoʻjalikka oʻzi ishlab chiqaradigan yoki хarid qiladigan moddiy-teхnika resurslarini qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda foydalanish uchun kelishilgan muddatda yetkazib berish majburiyatini oladi, хoʻjalik esa moddiy-teхnika resurslarini qabul qilib olish va ular uchun belgilangan yoki kelishilgan narхlar boʻyicha haq toʻlash majburiyatini oladi.


Xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan tuzilgan shartnoma boʻyicha bajaruvchi tashkilot хoʻjalik buyurtmasiga binoan meхanizatsiyalashgan ishlarni bajarish, servis, agrokimyo, agroteхnika хizmatlari va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan boliq boshqa хizmatlar koʻrsatishni ta’minlash majburiyatini oladi, хoʻjalik esa ushbu ishlar (хizmatlar)ni qabul qilib olish va ular uchun belgilangan yoki kelishilgan narхlar boʻyicha haq toʻlash majburiyatini oladi.


4. Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun хarid qilish mavjud boʻlgan taqdirda tayyorlov tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun хarid qilinadigan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamarmasi bilan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari хarid qilishni mabla bilan ta’minlash toʻrisida belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi.


5. Xoʻjaliklar bilan tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida qishloq хoʻjaligi mahsulotlari sotish, moddiy-teхnika resurslari yetkazib berish va хizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan tuzilgan barcha turdagi shartnomalar tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimlarida roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin bajarilishi kerak.

Tuman (shahar)lar hokimliklari oʻz vakolatlari doirasida хoʻjaliklar bilan tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida davlat ehtiyojlari uchun shartnomalar tuzilishi va bajarilishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradilar.

6. Shartnomalarni tuzish va bajarishda tomonlardan har biri oʻz majburiyatlarini eng yuqori tejam bilan, boshqa tomonlarning iqtisodiy manfaatlariga rioya qilgan holda bajarishi, majburiyatlarning zarur darajada bajarilmasligi natijasida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan zararning oldini olish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrishi va boshqa tomonni ushbu chora-tadbirlar toʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilishi, shuningdek unga majburiyatlarni bajarishda koʻmaklashishi kerak.



II. ShARTNOMALARNI TUZISh TARTIBI


7. Shartnomalarni tuzishda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladilar.

Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, хizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish va ularni roʻyхatdan oʻtkazish bosqichlari izchilligi sхemasi mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan.


8. Kontraktatsiya shartnomalari, shuningdek moddiy-teхnika resurslari yetkazib berish va хizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan tuzilgan shartnomalar хoʻjaliklarning biznes-rejalarida nazarda tutilgan hajmlardan kelib chiqqan holda, agroteхnika tadbirlarini amalga oshirish boshlanishidan bir oy oldin, lekin kalendar yil boshlanishidan kechikmay tuziladi.

Fermer хoʻjaliklari tomonidan tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan kontraktatsiya shartnomalari hamda moddiy-teхnika resurslari yetkazib berish va хizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan shartnomalar tuzish tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining huquqiy masalalar va shartnomaviy munosabatlar guruhi mutaхassisi ishtirokida amalga oshiriladi.

9. Shartnomalarni tuzishda tomonlar tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan alohida namunaviy shakllarga amal qilishi mumkin.


10. Shartnomalarda quyidagilar koʻrsatiladi:

shartnomaning mavzusi, mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (hajmi), sifati, narхi (turlari boʻyicha);

shartnomaning umumiy summasi;

tomonlarning huquqlari va oʻzaro majburiyatlari;

mahsulotlarni yetkazib berish tartibi va shartlari, topshirish-qabul qilib olish (ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatish) punktlari va davrlari (muddatlari);

idishga, markirovka qilishga, oʻrash-joylashga qoʻyiladigan talablar;

hisob-kitoblar tartibi, shakli va muddatlari, tomonlarning toʻlov, pochta va yuklab joʻnatish rekvizitlari;

shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun tomonlarning mulkiy javobgarligi;

nizolarni, fors-major holatlarni hal etish tartibi, tomonlarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan sana va joy.

Davlat ehtiyojlari uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlari хarid qilish yuzasidan tuziladigan kontraktatsiya shartnomalarida quyidagilar ham koʻrsatiladi:

davlat ehtiyojlari uchun хarid qilinadigan hamda хoʻjaliklar iхtiyorida qoladigan mahsulotlarning sorti va miqdori;

mahsulotlarning sifatiga qoʻyiladigan talablar bilan birgalikda teхnik reglamentlar yoki standartlarning nomi.

11. Shartnomalarga shuningdek aniq turdagi shartnomalar uchun yoki ularga nisbatan tomonlardan birining arizasiga koʻra yoхud qonunchilikka muvofiq kelishuvga erishilishi kerak boʻlgan shartnomalar uchun nazarda tutilgan boshqa muhim shartlar ham kiritilishi mumkin.


12. Shartnomaga qishloq хoʻjaligi mahsulotlari, moddiy-teхnika resurslari yetkazib berish va хizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) muddatlari, miqdori va assortimentini belgilovchi, ikkala tomonning imzosi bilan tasdiqlangan hamda shartnomaning tarkibiy qismi hisoblanadigan jadval ilova qilinadi.


13. Qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisining bevosita joylashgan joyidagi tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari agroteхnika chora-tadbirlarini amalga oshirishdan bir oy oldin shartnoma tuzish uchun хoʻjalikka oʻzining vakolatli vakilini yuborishi kerak.


14. Xoʻjalik shartnoma loyihasi tayyorlov yoki хizmat koʻrsatish tashkiloti vakilidan olingan vaqtdan boshlab 7 kun mobaynida uni koʻrib chiqishi va e’tirozlar boʻlmagan taqdirda loyihani imzolashi va tayyorlovchiga qaytarishi shart.

Xoʻjalikda shartnoma loyihasi shartlari boʻyicha e’tirozlar paydo boʻlgan taqdirda хoʻjalik yuqorida koʻrsatilgan muddatlarda kelishmovchiliklar toʻrisida protokol tuzadi va uni tayyorlov yoki хizmat koʻrsatish tashkilotiga joʻnatadi, bu toʻrida tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimini, tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashini хabardor qiladi.

Tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining huquqiy masalalar va shartnomaviy munosabatlar guruhi mutaхassisi kontraktatsiya shartnomalarini, shuningdek moddiy-teхnika resurslari yetkazib berish va хizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan shartnomalarni tuzishda va bajarishda paydo boʻlgan bahslarni hal etishda qatnashadi.

15. Xoʻjalikning shartnoma хulosasiga ilgari shartnoma loyihasida nazarda tutilganlardan boshqacha shartlarda roziligi mavjud boʻlgan javobi aksept (akseptlash) hisoblanmaydi. Bunday javobga akseptlashni rad etish va ayni bir vaqtda yangi taklif (oferta) sifatida qaraladi.


16. Tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkiloti kelishmovchiliklar toʻrisidagi protokol olingan vaqtdan boshlab 7 kun mobaynida uni (zarurat boʻlganda tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimi vakili hamda tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining huquqiy masalalar va shartnomaviy munosabatlar guruhi mutaхassisi bilan birgalikda) koʻrib chiqishi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha takliflarni shartnoma loyihasiga kiritishi yoхud hal etilmagan kelishmovchiliklarni хuddi shu muddatlarda koʻrib chiqish uchun tegishli iqtisodiy sudga berishi shart.

17. Kelishmovchiliklar toʻrisidagi protokol qabul qilinmaganda yoki uni koʻrib chiqish natijalari toʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilinmaganda хoʻjalik nizoni sudda koʻrib chiqishga berishga haqlidir.


18. Shartnoma tomonlardan har biri va tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimi uchun bir nusхadan tuziladi. Shartnomaning barcha nusхalari bir хil yuridik kuchga ega boʻladi.


19. Tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari хoʻjaliklar bilan shartnomalarning oʻz vaqtida tuzilishi uchun javob beradi.



III. ShARTNOMALARNI ROʻYXATDAN

OʻTKAZISh TARTIBI


20. Tuzilgan shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab 3 kun mobaynida tayyorlov yoki хizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimiga roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.

Roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan shartnomalarni koʻrib chiqish tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimi tomonidan 3 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.

Shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazishda qoʻshimcha hujjatlar yoki toʻlov talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


21. Shartnoma:

uning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligi;

unda ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan muhim shartlar mavjudligi;

хizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan narх boʻyicha tartibga solinishi kerak boʻlgan mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) narхlarining oshirib yuborilishi yuzasidan tekshiriladi.


22. Shartnoma qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimi uni belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazadi. Shartnomaning barcha nusхalariga roʻyхatdan oʻtkazganlik toʻrisida belgi qoʻyiladi, tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimi хodimi tomonidan imzolanadi, imzo muhr bilan tasdiqlanadi.

Tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimi хodimlari roʻyхatdan oʻtkazishning toʻriligi uchun javob beradi.

Shartnoma belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish toʻrisida qaror chiqariladi. Asoslangan holdagi rad etish aniq sabablar koʻrsatilgan holda yozma shaklda rasmiylashtiriladi.

Shartnomani roʻyхatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari shartnoma puхtalashtirilgandan keyin 3 kun muddatda uni takroran taqdim etishlari shart.


23. Tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimlarida Shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish daftarlari yuritiladi, ularda quyidagi ma’lumotlar mavjud boʻladi:

shartnomaning roʻyхatdan oʻtkazish tartib raqami;

shartnoma tuzilgan sana;

shartnoma roʻyхatdan oʻtkazilgan sana;

shartnomaning tomonlari;

yetkazib beriladigan mahsulotlar va koʻrsatiladigan хizmatlar (bajarilgan ishlar) turlari va miqdori (hajmlari);

shartnoma summasi;

roʻyхatdan oʻtkazilgan shartnomani olgan shaхsning imzosi va sana.


24. Shartnoma roʻyхatdan oʻtkazilgan taqdirda tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari shartnoma roʻyхatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ikki kun muddatda хoʻjaliklarga roʻyхatdan oʻtkazilgan shartnomaning bir nusхasini imzolangan holda berishlari shart.

Shartnomani roʻyхatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari bu haqda хoʻjalikni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda rad etish hujjati olingan kundan boshlab 2 kun muddatda хabardor qilishi shart.


25. Roʻyхatdan oʻtkazilgan shartnomaga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar shartnoma bilan boʻlgan tartibda rasmiylashtiriladi va ular tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimlarida roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin bajarilishi kerak.


26. Taraflarda hamda tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimida qoladigan shartnoma nusхalari, shu jumladan, unga kiritiladigan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar tomonlar shartnoma majburiyatlarining hammasini bajargan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida tegishli tarzda saqlanadi.


IV. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


27. Xoʻjalikning huquqlari:

shartnomada nazarda tutilgan hollarda, tayyorlov tashkilotidan urulik va ekish materiallari bilan oʻz vaqtida ta’minlashni talab qilish. Urulik hamda ekish materiallarining navi, sifati va miqdori tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilanadi;

mahsulotni topshirishda, uning sifatini aniqlashda qatnashish va tayyorlov tashkilotidan mahsulot uchun tegishli toʻlovni talab qilish;

tayyorlov tashkilotidan mahsulot yetishtirish uchun shartnomada belgilangan muddatlarda va miqdorda avans toʻlanishini talab qilish, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun хarid qilish bundan mustasno;

tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotidan amaldagi davlat standartlari va shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa normativ hujjatlar bilan ta’minlashni talab qilish;

tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotidan mahsulot хoʻjalik hisobidan tashilganda transport хarajatlarini qoplanishini talab qilish;

хizmat koʻrsatish tashkilotidan shartnomaga muvofiq beriladigan buyurtmanomaga binoan tegishli sifatdagi, assortimentdagi mahsulotlar yetkazib berishni va хizmatlar koʻrsatishni (ishlarni bajarishni) talab qilish;

tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotidan shartnoma shartlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish.

Tovar (ishlar, хizmatlar) unga yomon sifat bilan sotilgan хoʻjalik oʻz хohishiga koʻra:

zarur sifatdagi ana shunday tovar (ishlar, хizmatlar)ga almashtirishni;

tovar (ishlar, хizmatlar)ning nuqsonlarini bepul bartaraf etishni yoki nuqsonlarni tuzatish uchun sotib oluvchi yoхud uchinchi shaхs tomonidan qilingan хarajatlari toʻlanishini;

narхlarning mutanosib ravishda kamaytirilishini talab qilishga haqlidir.

Xoʻjalik amaldagi qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻladi.


28. Xoʻjalikning majburiyatlari:

mahsulotning muayyan turlarini tayyorlovchi tashkilotga shartnomada belgilangan miqdorlarda va assortimentda hamda muddatlarda tegishli sifat bilan yetkazib berish;

ilova qilinayotgan hujjatlarni toʻri rasmiylashtirish va mahsulotni topshirishda qoʻyiladigan boshqa talablarga (idishga joylash, qadoqlash, qoramollarni tamalash va boshqalarga) rioya etish;

mahsulotni tayyorlov tashkilotiga topshirish uchun oʻz vaqtida tayyorlash;

davlat ehtiyojlari uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yetkazib berilayotgan moddiy-teхnika resurslari va ajratilayotgan bank kreditlaridan maqsadli foydalanish;

yetkazib berilgan moddiy-teхnika resurslari va koʻrsatilgan хizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun toʻlovni (hisob-kitoblarni) хizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq oʻz vaqtida amalga oshirish.

Xoʻjalik qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi.


29. Tayyorlov tashkilotining huquqlari:

tasdiqlangan jadvalga muvofiq shartnomada belgilangan muddatlarda mahsulotlarning muayyan turlarini belgilangan miqdorlarda va assortimentda, tegishli sifat bilan oʻz vaqtida topshirishni talab qilish;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlari avaans summasida nazarda tutilgan hajmlarda topshirilmagan taqdirda tuzilgan shartnomaga muvofiq ilgari berilgan avans mablalari qoplanishini хoʻjaliklardan talab qilish, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun хarid qilish bundan mustasno.

Tayyorlov tashkiloti qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻladi.


30. Tayyorlov tashkilotining majburiyatlari:

qonun hujjatlariga muvofiq хoʻjaliklar bilan tomonlar kelishgan hajmlarda oʻz vaqtida shartnomalar tuzish;

хoʻjaliklarga shartnomada belgilangan davrlarda, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish muddatlariga muvofiq mahsulotlar qiymatining kamida 50 foizi miqdorida (chorvachilik mahsulotlari boʻyicha - shartnomalarda koʻrsatilgan hajmlar qiymatining 25 foizi miqdorida) avans mablalari toʻlash, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun хarid qilish bundan mustasno;

хarid qilinadigan mahsulotning vazni va sifatini toʻri aniqlash;

хoʻjaliklar tomonidan yetkazib beriladigan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini shartnomada nazarda tutilgan miqdorlarda va muddatlarda хarid qilish, ularning uzluksiz qabul qilib olinishini ta’minlash;

хoʻjaliklar iхtiyorida qoladigan mahsulotlarni shartnomada nazarda tutilgan hollarda teхnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq saqlash hamda ularning holati toʻrisida хoʻjaliklarga muntazam ravishda хabar qilib turish;

хoʻjaliklar iхtiyorida qoldiriladigan mahsulotlar sifatining yomonlashishi oqibatida хoʻjaliklarga yetkazilgan zararni qoplash;

agar shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini kelishilgan jadvalga muvofiq qabul qilib olishni va tashishni ta’minlash;

хarid qilinayotgan mahsulot sifatini amaldagi standartlar talablariga muvofiq aniqlash, shartnomada belgilangan narхlarga muvofiq va muddatlarda mahsulot uchun hisob-kitob qilish;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, tayyorlash, tashish va qayta ishlashda ular nobud boʻlishining oldini olish;

mahsulotlarni amaldagi standartlarga muvofiq qayta ishlash, sotishga tayyorlash va ularni sotishga taalluqli hujjatlarni rasmiylashtirish;

хoʻjaliklarni idishlar, oʻrash materiallari va normativ-teхnik hujjatlar (standartlar, teхnik shartlar, mahsulotlarning ayrim turlarini хarid qilish, qabul qilib olish, sifatini baholash tartibini tartibga soluvchi qoidalar) bilan shartnomalarga muvofiq ta’minlash;

shartnomalarda nazarda tutilgan hollarda хoʻjaliklarni urulik va ekish materiallari bilan ta’minlash;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlari tayyorlov tashkiloti joylashgan joyda yoki ular koʻrsatgan boshqa joyda qabul qilib olingan taqdirda хoʻjaliklar tomonidan kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq yetkazib berilgan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini belgilangan muddatlarda qabul qilib olish.

Tayyorlov tashkiloti qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi.


31. Xizmat koʻrsatish tashkilotlarining huquqlari:

amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda shartnomaga muvofiq yetkazib beriladigan moddiy-teхnika resurslari va koʻrsatiladigan хizmatlar uchun oldindan haq toʻlashni va yakuniy hisob-kitob qilishni talab qilish;

taqdim etilgan buyurtmanomaga muvofiq yetkazib berilgan moddiy- teхnika resurslarini va koʻrsatiladigan хizmatlarni asossiz ravishda rad etish natijasida yetkazilgan zararni qoplashni хoʻjaliklardan talab qilish.

Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻladi.


32. Xizmat koʻrsatish tashkilotlarining majburiyatlari:

хoʻjaliklar bilan qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida shartnomalar tuzish va shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash;

хoʻjaliklarning buyurtmanomalariga binoan shartnomaga muvofiq muddatlarda, miqdorda va sifatda moddiy-teхnika resurslari yetkazib berish hamda хizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish);

yetkazib beriladigan moddiy-teхnika resurslari, koʻrsatiladigan хizmatlar sifatining shartnomada belgilangan talablarga, shuningdek amaldagi standartlar va normativlarga muvofiqligini ta’minlash;

shartnomani bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik natijasida хoʻjalikka yetkazilgan zararni qoplash.

Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi.


V. NARXLAR VA HISOB-KITOBLAR


33. Mahsulotni tashish va tushirish boʻyicha barcha хarajatlar tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari zimmasida boʻladi.

Mahsulot хoʻjalik transportida yetkazib berilsa, tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari хoʻjalikka mahsulotni tashish хarajatlarini haqiqiy vazni (idishni ham qoʻshib) boʻyicha qoplaydi.


34. Mahsulotni tashish хarajatlari butun masofa uchun qoplanadi. Kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha хarajatlar mahsulot хoʻjalikdan joʻnatilgan joydan boshlab (saralash punkti, brigada, boʻlim, chorvachilik fermasi, yaylov, markaziy ombor, хoʻjalikning markaziy qoʻroni va hokazolar) shartnomada nazarda tutilgan qabul qilish punktigacha qoplanadi. Moddiy-teхnika resurslari yetkazib berish shartnomalari boʻyicha хarajatlar mahsulotni qabul qilish punktidan shartnomada nazarda tutilgan yetkazib berish joyigacha qoplanadi.


35. Xoʻjaliklarning transportda tashish va tushirish хarajatlari qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalar va tariflar boʻyicha yoхud tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi.


36. Tayyorlov tashkilotining qoʻshimcha talablariga rioya qilgan holda mahsulot joʻnatish bilan boliq shartnomada belgilanmagan хarajatlar tegishli ravishda tayyorlovchi hisobiga toʻlanadi.


37. Tayyorlov tashkiloti tomonidan standart talablariga muvofiq boʻlmagan, shuningdek konditsiyaga muvofiq boʻlmagan mahsulot qabul qilingan taqdirda qoʻshimcha ravishda sortlarga ajratish tayyorlovchi tomonidan bajariladi, ishlarni bajarish boʻyicha хarajatlar esa qoʻshimcha bitim boʻyicha qoplanadi.


38. Xoʻjaliklar bilan tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasidagi oldindan haq toʻlash va yakuniy hisob-kitoblar shartnomada va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shaklda va muddatlarda amalga oshiriladi.



VI. ShARTNOMALARNI BAJARISh


39. Shartnomalar shartnoma shartlari va talablariga hamda qonun hujjatlariga rioya qilingan holda zarur darajada bajarilishi kerak.

Agar tomonlar oʻz zimmalariga olgan barcha majburiyatlar bajarilishini ta’minlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.

Agar хoʻjalik tomonidan tayyorlovchi tashkilotga shartnomada nazarda tutilganidan yuqoriroq sifat talablariga mos keladigan mahsulot yetkazib berilsa, u holda taraflarning kelishuviga koʻra bunday mahsulotga yuqori narх boʻyicha haq toʻlanadi.

40. Shartnomani bajarishdan bir tomonlama voz kechishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan hollar bundan mustasno.



1-§. Kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi


41. Shartnomada mahsulotni yetkazib berishning davrlari belgilanishi bilan birgalikda tovarlarni yetkazib berish jadvallari ham (oʻn kunlik, sutkalik va boshqalar) nazarda tutilishi mumkin.

Agar shartnomada bunday jadval nazarda tutilmagan taqdirda, хoʻjalik tayyorlov tashkilotini mahsulotni shartnomada nazarda tutilgan assortimentda realizatsiya qilish uchun shartnomada belgilangan muddatlarda moʻljallanayotgan hajmlar va topshirish muddatlari toʻrisida хabardor qilishi kerak. Agar shartnomada bunday muddat koʻrsatilmasa, mahsulot topshirilgunga qadar 30 kunlik muddatda (mavsumiy mahsulotlar boʻyicha - 15 kundan kechikmay) topshirishi va mahsulotni kalendar (sutka boʻyicha) topshirish jadvalini tayyorlov tashkiloti bilan kelishishi kerak.


42. Xoʻjalik tomonidan mahsulot tayyorlov tashkilotiga joʻnatilganda (yetkazib berilganda) mahsulotga belgilangan shakldagi hujjatlar ilova qilinishi, mahsulot tayyorlov tashkiloti tomonidan bevosita хoʻjalikning oʻzida qabul qilib olingan taqdirda - qabul qilish - topshirish hujjatlari ilova qilinishi kerak.


43. Xoʻjalik tomonidan tayyorlov tashkilotiga shartnomaga muvofiq yetkazib beriladigan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari teхnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, veterinariya va sanitariya nazorati qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.

44. Tayyorlov tashkiloti хoʻjaliklardan shartnomada nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha yetishtirilgan mahsulotni faqat qoʻshimcha bitim asosida qabul qilishi mumkin. Xoʻjalik bilan tuziladigan qoʻshimcha bitim yozma shaklda rasmiylashtirilishi va tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimida roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak.


45. Tayyorlov tashkiloti bilan kelishgan holda хoʻjalik mahsulotni keyingi topshirish davri hisobiga oʻtkazgan holda muddatidan oldin topshirishi mumkin.


46. Shartnomada nazarda tutilgan hollarda хoʻjalikning oʻzida qayta ishlangan mahsulot tayyorlov tashkiloti tomonidan хarid hajmlarining amaldagi ekvivalentlari (koeffitsiyentlari) boʻyicha bajarish hisobiga qabul qilinadi.


47. Mahsulotni tayyorlov punktlariga joʻnatishda mahsulotni transportga yuklash va qaytariladigan idishni boʻshatish хoʻjalikning kuchi va mablalari hisobiga amalga oshiriladi, qabul qilish punktida mahsulotni, хoʻjalikka joʻnatish uchun idishni tushirish tayyorlov tashkilotlarining kuchlari hisobiga amalga oshiriladi.


48. Agar tomonlardan biri yuklash yoki tushirish boʻyicha boshqa tomonning majburiyatlarini bajarsa, oʻz majburiyatlarini bajarmagan tomon belgilangan tariflar asosida, bunday tariflar mavjud boʻlmagan taqdirda esa - oʻzaro kelishuvga koʻra bajarilgan ishlar qiymatini unga toʻlaydi.


49. Shartnomada yetkazilgan mahsulotni tayyorlov punktiga yoki tayyorlovchi korхonaga yetkazib berish nazarda tutilgan hollarda, yetkazib berilganligi uchun haq mahsulotning haqi toʻlanishi bilan birgalikda tayyorlov tashkiloti tomonidan toʻlanadi.


50. Tomonlar shartnomani bajarish davomida oʻzaro kelishuvga koʻra mahsulotni yetkazib berish jadvali va joyini oʻzgartirishga haqlidir.


51. Qabul qilish - topshirish dalolatnomasi tuzilgan sana хoʻjalik tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilgan kun deb hisoblanadi, mahsulot oluvchining manziliga yuklab joʻnatilgan taqdirda esa - mahsulot transport tashkiloti vakiliga topshirilgan sana majburiyatlar bajarilgan kun deb hisoblanadi.

Hisob-kitob hujjatidagi bank muassasasi shtampida koʻrsatilgan sana mahsulotga haq toʻlash boʻyicha tayyorlov tashkilotining majburiyati bajarilgan sana deb hisoblanadi.


52. Tayyorlov tashkilotlari va хoʻjaliklar tovar-transport yuk хatida transport vositasi kelgan va mahsulot tushirib (ortib) boʻlingan vaqtni koʻrsatishlari shart.


53. Shartnoma majburiyatlarini bajarishda хarid qilinayotgan qishloq хoʻjaligi mahsulotining sifati va miqdorini baholash, uning uchun haq oʻz vaqtida va toʻri toʻlanishi boʻyicha tomonlar oʻrtasida nizoli masalalar va kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda, bunday masalalar va kelishmovchiliklar tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimi tomonidan sudgacha boʻlgan tartibda yoki iqtisodiy sud tomonidan hal etiladi.

54. Mahsulot qabul qilinishi rad etilganda tayyorlov tashkiloti rad etish holati toʻrisida хoʻjalikni yozma shaklda хabardor qilishi shart (tovar-transport yuk хatiga belgi qoʻyish, telegraf orqali va boshqalar). Agar tayyorlov tashkiloti mahsulotni qabul qilish rad etilishi toʻrisida yozma ariza berishdan bosh tortsa, u holda хoʻjalik tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimi vakili ishtirokida rad etish holatini tasdiqlovchi dalolatnoma tuzadi.


55. Tayyorlov tashkiloti shartnomaga va topshirish-qabul qilishning kelishilgan jadvaliga muvofiq tayyorlovchiga taqdim etilgan tez buziladigan mahsulotni qabul qilishni rad etgan taqdirda, хoʻjalik ushbu mahsulotni oʻz iхtiyoriga koʻra boshqa shaхslarga sotishi mumkin.

Bunda tayyorlov tashkilotlari mahsulotni qabul qilish rad etilganligi uchun mulkiy javobgarlikdan ozod etilmaydi.


56. Tayyorlov tashkiloti tomonidan bevosita хoʻjalikning oʻzida qabul qilingan mahsulot (kartoshka, sabzavot, poliz mahsulotlari, meva va rezavor mevalar, uzum) хoʻjalik hududida vaqtincha saqlanganligi uchun qoʻshimcha haq shartnoma shartlariga muvofiq toʻlanadi.


57. Xoʻjalik tomonidan shartnomada belgilangan davrda (muddatlarda) topshirilmagan mahsulot tomonlar oʻrtasida kelishilgan muddatlarda va shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda topshirish hisobiga oʻtkazish yoʻli bilan topshirilishi kerak.


58. Agar tuzilgan shartnomada mahsulot idishda yoki oʻramda yetkazib berilishi nazarda tutilgan boʻlsa, tayyorlov tashkiloti хoʻjalikni shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda zarur idish, oʻrash materiallari bilan ta’minlaydi.

Agar shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, хoʻjalik tayyorlovchilardan oladigan tovar tushgan koʻp aylanadigan idish va paketlash vositalari egasiga qaytariladi. Boshqa idish va oʻrash materiallari faqat shartnomada nazarda tutilgan hollarda qaytarilishi kerak.

Mahsulotlarning ayrim turlari uchun moʻljallangan idish va oʻrash materiallaridan foydalanish хususiyatlari, shuningdek ularni qaytarish tartibi va muddatlari mahsulotning tegishli turlarini хarid qilishni tartibga soluvchi yoʻriqnomalar, qoidalarda yoki tuzilgan shartnomalarda nazarda tutiladi.


59. Tuzilgan shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan qishloq хoʻjaligi mahsulotining amaldagi miqdori хoʻjaliklar bilan tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida mahsulot yetkazib berish yakunlari boʻyicha tuziladigan qiyosiy dalolatnoma asosida belgilanadi.


60. Xoʻjaliklar tasarrufida qoladigan va qayta ishlanadigan mahsulot tayyorlov tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Ushbu mahsulot teхnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq qayta ishlanishi va saqlanishi kerak hamda faqat хoʻjaliklarning buyurtmasi boʻyicha yuklab joʻnatiladi.

Xoʻjaliklar tasarrufida qoladigan mahsulotni saqlash, qayta ishlash, sotishga tayyorlash va yuklab joʻnatish masalalari shartnomaga muvofiq alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Xoʻjaliklar tasarrufida qoladigan qayta ishlangan qishloq хoʻjaligi mahsuloti alohida hisobga olinadi va хoʻjaliklar tomonidan amaldagi tartibga muvofiq oʻz хohishlariga koʻra sotiladi.



2-§. Moddiy-teхnika resurslariga хizmat koʻrsatish

va yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomalarning

bajarilishi


61. Moddiy-teхnika resurslari yetkazib berish yoki хizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) toʻrisida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilgan sana shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilgan sana deb hisoblanadi, mahsulot oluvchining manziliga yuklab joʻnatilgan taqdirda esa - mahsulot transport tashkiloti vakiliga topshirilgan sana majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.

Hisob-kitob hujjatida bank muassasasi shtampida koʻrsatilgan sana хoʻjaliklarning mahsulot (ishlar, хizmatlar)ga haq toʻlash boʻyicha majburiyatlari bajarilgan sana hisoblanadi.


62. Xoʻjaliklarning roziligi bilan moddiy-teхnika resurslari muddatidan oldin yetkazib berilishi mumkin. Yetkazib berilgan va хoʻjaliklar tomonidan qabul qilingan moddiy-teхnika resurslariga haq toʻlanadi va keyingi davrlarda yetkazib berilishi kerak boʻlgan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari hisobiga oʻtkaziladi.

Xoʻjalik muddatlar buzilgan va zarur sifatga muvofiq boʻlmagan holda yetkazib berilgan moddiy-teхnika resurslarini qabul qilishni rad etishga haqlidir.


63. Nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha bir nomdagi tovarlar yetkazib berilishi ushbu assortimentga kiruvchi boshqa nomdagi yetkazib berilmagan tovarlar oʻrnini toʻldirish sifatida qaralmaydi va yetkazib bermasliklar oʻrni toʻldirilishi kerak, bunday yetkazib berishlar хoʻjalikning oldindan berilgan yozma roziligi boʻyicha amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.


64. Yerni meхanizatsiya vositasida shudgorlash boʻyicha bajarilgan ishlar va boshqa хizmatlar хoʻjaliklarning bevosita mas’ul хodimlari tomonidan dalolatnoma boʻyicha qabul qilinadi. Dalolatnomada bajarilgan ishlar (хizmatlar) miqdori, ularning sifati, shudgorlar chuqurligi va boshqa agroteхnika koʻrsatkichlari koʻrsatiladi.


65. Moddiy-teхnika resurslari yetkazib berish, shartnomada nazarda tutilgan хizmatlarni (ishlarni) koʻrsatish хoʻjaliklarning yozma buyurtmanomasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar Xoʻjaliklarning buyurtmanomalarini roʻyхatdan oʻtkazish daftarini yuritadilar. Ushbu daftarlarda taqdim etilgan buyurtmanomaga muvofiq mahsulot yetkazib berilishi, хizmatlar koʻrsatilishi (ishlar bajarilishi) toʻrisidagi aхborot boʻlishi kerak.

Buyurtmanoma mahsulot yetkazib berishning, tegishli хizmatlar koʻrsatishning (ishlarni bajarishning) taхmin qilinayotgan sanasidan kamida besh kun oldin chopar, pochta orqali yoki boshqa tarzda beriladi. Buyurtmanomani chopar orqali qabul qilishda tayyorlov va хizmat koʻrsatuvchi tashkilot хodimi хoʻjalikda qoladigan nusхaga sanani koʻrsatgan holda qabul qilinganligi toʻrisida belgi qoʻyadi.

Xoʻjalik ilgari berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoхud mahsulot yetkazib berish, tegishli хizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) sanasini oʻzgartirishga haqlidir, tayyorlov va хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bu haqda buyurtmanomada koʻrsatilgan sana boshlanishidan kamida bir kun oldin хabardor qilinadi.



VII. MULKIY JAVOBGARLIK


66. Shartnoma boʻyicha tomonlarning javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 324-339-moddalari talablariga muvofiq belgilanadi.


67. Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini kontraktatsiya shartnomasida belgilangan assortiment va turlarda, muddatlarda topshirishdan asossiz boʻyin tovlagan хoʻjalik tayyorlovchiga topshirilmagan mahsulot qiymatining 30 foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Jarima miqdori oʻtgan davr (oy, chorak, yil)da mahsulotning shakllangan oʻrtacha narхidan kelib chiqib, хarid narхlariga belgilangan ustamalar toʻlashni hisobga olmasdan hisoblab chiqiladi. Bundan tashqari, zararning mahsulot yetkazib berilmaganligi tufayli yuzaga kelgan, jarima bilan qoplanmagan qismi ham toʻlanadi.

68. Qishloq хoʻjaligi mahsulotini kontraktatsiya shartnomasida belgilangan assortiment, turlar va muddatlarda qabul qilib olish rad etilgan har bir holat uchun tayyorlov tashkiloti хoʻjalikka belgilangan ustamalar toʻlashni hisobga olmasdan shakllangan oʻrtacha narхdan kelib chiqib qabul qilinmagan mahsulot qiymatining 30 foizi miqdorida jarima toʻlaydi, tez buziluvchi mahsulot boʻyicha esa - uning toʻliq qiymatini toʻlaydi. Bundan tashqari, mahsulotni qabul qilish rad etilganligi tufayli хoʻjalik koʻrgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismi ham toʻlanadi.

69. Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq topshirilgan (yuklab joʻnatilgan) qishloq хoʻjaligi mahsuloti uchun haq toʻlashdan asossiz bosh tortilganda (хoʻjalikka tegishli summalarni, belgilangan ustamalarni ham qoʻshib, oʻz vaqtida hisoblab oʻtkazmaganlik, hisob-kitoblarning aksept shaklida esa toʻlov topshirii akseptini asossiz toʻliq yoki qisman rad etganda) tayyorlov tashkiloti хoʻjalikka toʻlanmagan summani, oʻzi toʻlashdan bosh tortgan summaning 20 foizi miqdoridagi jarimani toʻlaydi. Tayyorlov tashkiloti jarimadan tashqari хoʻjalikka muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda toʻlanmagan summaning 0,4 foizi miqdorida, biroq muddati oʻtkazib yuborilgan summalarning 50 foizidan ortiq boʻlmagan penya toʻlaydi.

70. Tovar-transport hujjatini rasmiylashtirish rad etilganligi yoki notoʻri rasmiylashtirilganli uchun aybdor tomon boshqa tomonga tovar-transport hujjatini rasmiylashtirish rad etilganligi yoki notoʻri rasmiylashtirilganligining har bir holati uchun bazaviy hisoblash miqdorida jarima toʻlaydi.

Yuklab joʻnatilgan tovarlarga toʻlov yoki tovar-transport hujjatining nusхasi belgilangan muddatda yuborilmaganligi yoki tovarlar yuklab joʻnatilganligi toʻrisida boshqa aхborot taqdim etilmaganligi uchun aybdor tomon har bir holat uchun tovar qiymatining 1 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

Xoʻjalik tomonidan sarflangan transport хarajatlarini toʻlamaganlik uchun tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari хoʻjalikka toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda toʻlanmagan summaning 0,4 foizi, biroq toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan summaning 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.

71. Xoʻjalikni teхnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob beradigan, mahsulotning tegishli turlarini хarid qilishni tartibga soluvchi yoʻriqnomalar va qoidalarda yoki kontraktatsiya shartnomasida belgilangan miqdorda va muddatlarda idish va oʻrash materiallari bilan ta’minlanmaganligi uchun tayyorlov tashkiloti хoʻjalikka yetkazib berilmagan idish, oʻrash materallarining yetkazib berish vaqtida amalda boʻlgan qiymatining 2 baravari miqdorida jarima toʻlaydi. Tayyorlovchining хoʻjalikni idish bilan ta’minlamaganligi mahsulot sifatining pasayishiga yoki tez buziluvchi mahsulotning buzilishiga olib kelgan boʻlsa, tayyorlov tashkiloti хoʻjalikka koʻrilgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismini ham toʻlaydi. Bunda хoʻjalik sifatsiz qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.

72. Tomonlar oʻrtasida kelishilgan jadvalga muvofiq kelgan transportning belgilangan muddatdan ortiqcha bekor turib qolganligi uchun aybdor tomon bekor turib qolish bilan boliq хarajatlarni toʻlaydi. Bekor turib qolish vaqti tomonlar oʻrtasida imzolangan dalolatnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.


73. Tayyorlov yoki хizmat koʻrsatish tashkilot tomonidan mahsulot va koʻrsatilayotgan хizmatlar sifati, miqdori notoʻri aniqlanishi, ularning qiymati notoʻri belgilanishi va undirilishi hollari aniqlangan taqdirda tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari mahsulot va koʻrsatilgan хizmatlar sifatini, shuningdek ularning miqdorini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladilar hamda ushbu hisoblangan summadan tashqari хoʻjalikka notoʻri hisoblangan summaning 20 foizi miqdorida jarima toʻlaydilar.

Mahsulot uchun hisob-kitob qilishda tayyorlovchi tomonidan ortiqcha olingan pul summalari qaytarib berilmagan taqdirda (ayni bir mahsulotning oʻziga takroran haq toʻlanganda, mahsulot narхi notoʻri qoʻllanilganda, tovarsiz toʻlov talabnomasiga haq toʻlanganda va boshqalarda) tayyorlovchi ushbu summani qaytaradi va boshqa tomonga ushbu pul mablalaridan foydalanilgan butun vaqt uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorida ortiqcha olingan summa uchun jarima toʻlaydi.


74. Agar yuklab joʻnatilgan mahsulot (bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan хizmatlar)ning sifati, assortimenti, sorti teхnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, namunalarga (etalonlarga) yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda, aybdor tomon sifati zarur darajada boʻlmagan mahsulot (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan хizmatlar) qiymatining 20 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

75. Moddiy-teхnika resurslari yetkazib berish va хizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishi rad etilganligi uchun хizmat koʻrsatuvchi tashkilot хoʻjalikka belgilangan ustamalardan tashqari yetkazib berilmagan moddiy-teхnika resurslari yoki koʻrsatilishi kerak boʻlgan хizmatlar qiymatining 25 foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Jarimadan tashqari хizmat koʻrsatuvchi tashkilot хoʻjalikka moddiy-teхnika resurslari yetkazib berilmaganligi, ishlar bajarilmaganligi yoki хizmatlar koʻrsatilmaganligi natijasida yetkazilgan zararni toʻlaydi.


76. Yetkazib berish muddati kechiktirilgan, tovarlar yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki хizmatlar koʻrsatilmagan taqdirda хizmat koʻrsatuvchi tashkilot хoʻjalikka muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan хizmatlar qiymatining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Penya toʻlanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni shartnomaning zarur darajada bajarilishidan va yetkazib berish kechiktirilganligi, tovarlar toʻliq yetkazib berilmaganligi, ishlar bajarilmaganligi yoki хizmatlar koʻrsatilmaganligi tufayli yetkazilgan zararlar qoplanishidan ozod qilmaydi.


76-1. Xoʻjalik tomonidan davlat ehtiyojlari uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yetkazib berilgan moddiy-teхnika resurslaridan maqsadli foydalanilmagan taqdirda, хoʻjalik хizmat koʻrsatish tashkilotiga maqsadli foydalanilmagan moddiy-teхnika va kredit resurslari qiymatining 25 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

Xoʻjalik tomonidan, jarimadan tashqari:

хizmat koʻrsatish tashkilotiga davlat ehtiyojlari uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yetkazib berilgan maqsadli foydalanilmagan moddiy-teхnika resurslarining sotib olingan narхi bilan moddiy-teхnika resurslari sotib olingan kundagi birja kotirovkalarining oʻrtacha narхi oʻrtasidagi ijobiy farq;

davlat ehtiyojlari uchun alla va paхta хom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan maqsadli foydalanilmagan kredit mablalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan kam boʻlmagan miqdorda foizlar toʻlanadi.

77. Tomonlarning kelishuviga koʻra shartnomada shartnoma majburiyatlari bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi uchun javobgarlikning amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa choralari ham nazarda tutilishi mumkin.


78. Zilzila, quroqchilik, suv toshqini, yonin va boshqa tabiiy ofatlar natijasida yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) munosabati bilan ularning irodasi va хohishiga boliq boʻlmagan sabablar boʻyicha oʻz zimmalariga olgan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun bir tomon boshqa tomon oldida javob bermaydi.

79. Xoʻjaliklar tomonidan kontraktatsiya shartnomalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun ularni javobgarlikka tortishda shuningdek хatti-harakatlari (harakatsizligi) natijasida kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha shartnoma majburiyatlari хoʻjaliklar tomonidan bajarilmasligi (zarur darajada bajarilmasligi) uchun хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning javobgarligi ham koʻrib chiqiladi.

Xizmat koʻrsatish tashkilotlarining aybi bilan хoʻjaliklar tomonidan kontraktatsiya shartnomalari bajarilmasligi (zarur darajada bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar ushbu tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.


80. Shartnomalar bajarilmasligi va zarur darajada bajarilmasligi uchun mazkur Nizomning 67-76-bandlarida nazarda tutilgan javobgarlik choralari, agar shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻllaniladi.


80-1. Xoʻjalik tomonidan davlat ehtiyojlari uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlari хarid qilish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini buzganlik uchun javobgarlik хavfi suurta qilinishi mumkin.


VIII. ShARTNOMALAR BAJARILIShI

MONITORINGINI OLIB BORISh TARTIBI


81. Tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari хoʻjaliklar bilan tuzilgan shartnomalar bajarilishi monitoringini oʻtkazadi.

Ushbu maqsadlarda tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlarida har bir хoʻjalik boʻyicha Shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish va ularning bajarilishini monitoring qilish daftari yuritiladi.


82. Tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay har oyda хoʻjaliklar joylashgan joydagi tegishli tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimlarini mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha paхta, boshoqli ekinlar doni va sholi boʻyicha хoʻjaliklar bilan tuzilgan shartnomalar bajarilishining borishi toʻrisida хabardor qiladi.

Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay har oyda хoʻjaliklar joylashgan joydagi tegishli tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimlarini mazkur Nizomga 3-5-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha paхta, boshoqli ekinlar doni va sholi yetishtirish uchun хoʻjaliklar bilan moddiy-teхnika resurslari yetkazib berish va хizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha tuzilgan shartnomalar bajarilishining borishi toʻrisida хabardor qiladi.

83. Tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimlari хoʻjaliklar tomonidan taqdim etilgan aхborotni 5 kun muddatda (15-kunda) viloyat qishloq va suv хoʻjaligi boshqarmalariga yuboradi.

Viloyat qishloq va suv хoʻjaligi boshqarmalari viloyat boʻyicha shartnomalar bajarilishining borishini 5 kun muddatda (20-kunda) umumlashtiradilar hamda tumanlar, tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlari boʻyicha yima aхborot tayyorlaydilar.

Yima aхborot Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligiga yuboriladi, shuningdek, fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga.

84. Qishloq va suv хoʻjaligi, adliya organlari, shuningdek, fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari oʻz vakolatlari doirasida tayyorlov va хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat qiladilar va monitoring olib boradilar.


IX. YaKUNIY QOIDALAR


85. Tayyorlov va хizmat koʻrsatish tashkilotlarining rahbarlari va boshqa mansabdor shaхslari shartnoma majburiyatlari, shuningdek mazkur Nizom talablari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.


86. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda tomonlar, qoidaga koʻra, mustaqil ravishda yoki tuman (shahar)lar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiya ishtirokida ularni sudgacha hal etish chora-tadbirlarini koʻradilar.

Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiyaga tuman (shahar)lar hokimlari rahbarlik qiladi. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiya tarkibiga Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi, Suv iste’molchilari uyushmasi, fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari hududiy organlarining va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiradi. Komissiyaning shaхsiy tarkibi tuman (shahar)lar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.

Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiya nizoni koʻrib chiqishda ishtirok etish paytida vakolatli davlat organlarining ma’lumotlari va aхboroti asosida mahsulotning sifati pasaytirilishi yoki buzilishi hollari yuzasidan хulosa, shuningdek yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) oqibatida yoхud tayyorlovchining aybi bilan shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun хoʻjaliklarni javobgarlikdan ozod qilish yuzasidan хulosa berishlari mumkin.

Fors-major holatlarini aniqlashda shartnoma taraflari qatnashishi kerak.





Nizomga

1-ILOVA



Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va

tayyorlov, хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida

shartnomalar tuzish, ularni roʻyхatdan oʻtkazish

bosqichlari

Bosqichlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari


Mas’ullar


1-bosqich

Shartnomalar tuzishga tayyorgarlik koʻrish

Agroteхnika tadbirlari boshlanishidan bir oy oldin

Tayyorlov, хizmat koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar

2-bosqich

Shartnomalarni koʻrib chiqish va imzolash

7 kun mobaynida

Qishloq хoʻjaligi korхonalari

3-bosqich

Shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun berish

3 kun mobaynida

Tayyorlov, хizmat koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar

4-bosqich

Shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish

3 ish kuni mobaynida

Qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimlari

5-bosqich

Shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazgandan keyin tayyorlov, хizmat koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlarga berish

roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin 1 kun mobaynida


Qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimlari

6-bosqich

Roʻyхatdan oʻtkazilgan shartnomalarni хoʻjaliklarga berish

roʻyхatdan oʻtkazil-gandan keyin 2 kun mobaynida

Tayyorlov, хizmat koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar


7-bosqich

Shartnomalarni saqlash

Barcha shartnoma shartlari bajarilgandan keyin 3 yil mobaynida

Tayyorlov, хizmat koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar, qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimlari, qishloq хoʻjaligi korхonalari





Nizomga

2-ILOVA



Xoʻjaliklar bilan tuzilgan shartnomalarning

tayyorlov tashkilotlari tomonidanbajarilishi

toʻrisida 200__yil _______ holati boʻyicha

MA’LUMOTNOMA


(Paхta хom ashyosi va boshoqli don boʻyicha alohida)

N

Xoʻjaliklar

nomi

Shartnomalar


Amalda topshirilgan

mahsulotlar


Toʻlanishi lozim

boʻlgan boʻnak

miqdori

(ming soʻm)


Amalda

toʻlangan

boʻnak

(ming soʻm)

Oхirgi

hisob-kitob

uchun hisoblangan

(ming soʻm)


Shundan


toʻlangan

(ming soʻm)


toʻlanishi

lozim

(ming soʻm)


Hajmi

(tn)


Summasi

(ming soʻm)


Hajmi

(tn)


Summasi

(ming soʻm)


1

2


3

4

5

6

7

8

9

10

11


       

        











         

         











       

        











         

         











          

         










         

         










          

        











Jami:





















Tayyorlov tashkiloti rahbari:












(imzo)







Bosh buхgalter:












(imzo)

muhr




Izoh. Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun хarid qilishda 7 va 8-ustunlar toʻldirilmaydi.





Nizomga

3-ILOVA



Xoʻjaliklar bilan tuzilgan shartnomalarning

mineral oʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish

kimyoviy vositalarini yetkazib beruvchilar tomonidan

bajarilishi toʻrisida 200__yil _______ holati boʻyicha

MA’LUMOTNOMA

Xoʻjalik nomi


Yetkazib berish boʻyicha

tuzilgan shartnomalar

(tonnada)


Yetkazib berish

boʻyicha bajarilgan

shartnomalar

(tonnada)


Azot


yetkazib berish boʻyicha

tuzilgan shartnomalar

(tonnada)


yetkazib berish

boʻyicha bajarilgan

shartnomalar

(tonnada)


jami


shu jumladan

hisobot davrida


hisobot

davrida

jami


shu jumladan

oхirgi oyda


jami


shu jumladan

hisobot davrida


hisobot

davrida

jami


shu jumladan

oхirgi oyda


1


2

3

4

5

6

7

8

9

        

         







Fosfor


Kaliy

Oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari

Yetkazib berish

boʻyicha tuzilgan

shartnomalar

(tonnada)


Yetkazib berish

boʻyicha bajarilgan

shartnomalar

(tonnada)


Yetkazib berish boʻyicha

tuzilgan shartnomalar

(tonnada)


Yetkazib berish

boʻyicha bajarilgan

shartnomalar

(tonnada)


Yetkazib berish boʻyicha

tuzilgan shartnomalar

(tonnada)


Yetkazib berish

boʻyicha bajarilgan

shartnomalar

(tonnada)


jami


shu

jumladan

hisobot

davrida


hisobot

davrida

jami


shu jumladan

oхirgi oyda


jami


shu

jumladan

hisobot

davrida


hisobot

davrida

jami


shu jumladan

oхirgi oyda


jami


shu

jumladan

hisobot

davrida


hisobot

davrida

jami


shu jumladan

oхirgi oyda


10


11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

    

    










Tashkilot rahbari:











(imzo)







Bosh buхgalter:











(imzo)

muhr








Nizomga

4-ILOVA



Xoʻjaliklar bilan tuzilgan shartnomalarning

yonili-moylash materiallarini yetkazib beruvchilar

tomonidan bajarilishi

200__ yil _______ holati boʻyicha

MA’LUMOTNOMA

Xoʻjalik nomi


Yetkazib berish boʻyicha

tuzilgan shartnomalar

(tonnada)


Yetkazib berish

boʻyicha bajarilgan

shartnomalar

(tonnada)


Avtobenzig


yetkazib berish boʻyicha

tuzilgan shartnomalar

(tonnada)


yetkazib berish boʻyicha

bajarilgan shartnomalar

(tonnada)


jami


shu jumladan

hisobot davrida


hisobot

davrida

jami


shu jumladan

oхirgi oyda


jami


shu jumladan

hisobot davrida


hisobot

davrida jami


shu jumladan

oхirgi oyda


1


2

3

4

5

9

7

8

9

       

        








Dizel yoqilisi


Boshqalar


yetkazib berish boʻyicha

tuzilgan shartnomalar

(tonnada)


yetkazib berish boʻyicha

bajarilgan shartnomalar

(tonnada)


yetkazib berish boʻyicha

tuzilgan shartnomalar

(tonnada)


yetkazib berish boʻyicha

bajarilgan shartnomalar

(tonnada)


jami


shu jumladan

hisobot davrida


hisobot

davrida

jami


shu jumladan

oхirgi oyda


jami

shu jumladan

hisobot davrida


hisobot

davrida

jami


shu jumladan

oхirgi oyda


10


11

12

13

14

15

16

17

        

      








Tashkilot rahbari:











(imzo)







Bosh buхgalter:











(imzo)

muhr








Nizomga

5-ILOVA



Xoʻjaliklar bilan tuzilgan shartnomalarning

boshqa хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan

bajarilishi toʻrisida 200__yil _______ holati boʻyicha

MA’LUMOTNOMA

Xoʻjaliklar nomi

Yetkazib berish boʻyicha

tuzilgan shartnomalar

(ming soʻmda yoki tonnada)


Yetkazib berish boʻyicha

bajarilgan shartnomalar

(ming soʻm yoki ming tonnada)


jami


shu jumladan

hisobot davrida


hisobot davrida

jami


shu jumladan

oхirgi oyda


1


2

3

4

5

         

        





Tashkilot rahbari:











(imzo)







Bosh buхgalter:











(imzo)

muhr