Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.08.2002 y. 301-son "Toshkent shahrida voyaga yetmaganlar qarovsizligi va ular orasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.08.2002 y.

N 301




TOShKENT ShAHRIDA VOYaGA

YeTMAGANLAR QAROVSIZLIGI VA ULAR

ORASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI

OLISh IShLARINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 6 iyundagi qarorining bajarilishini ta’minlash, Toshkent shahrida bolalar va oʻsmirlar qarovsizligini, ular orasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, voyaga yetmaganlarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasiga qarashli Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi tugatilsin va uning negizida Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tasarrufidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi tashkil etilsin.

Belgilab qoʻyilsinki tashkil etilgan Markaz voyaga yetmaganlar oʻrtasida qarovsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini amalga oshiruvchi, ularga tarbiyaviy ta’sir koʻrsatuvchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga joylashtirish uchun joʻnatiladigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish uchun boshqa davlatlarning shunday muassasalaridan keltiriladigan voyaga yetmaganlarni qabul qiluvchi muassasa hisoblanadi.


2. Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markaz хodimlarining shtat jadvalini asoslangan hisob-kitoblar asosida ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


3. Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi oʻn kun muddatda Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasining Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazining binosi, mol-mulki va transport vositalari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tasarrufidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi balansiga berilishini ta’minlasinlar.


4. Toshkent shahar hokimligi ikki oy muddatda mahalliy byudjet hisobidan Markaz binosini ta’mirlash ishlari tugallanishini, Markazga zarur boʻlgan barcha vositalar, anjomlar, buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak berilishini ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Oʻ. Sultonov