Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.03.1999 y. 93-son "Jamoat tartibini mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.03.1999 y.

N 93


JAMOAT TARTIBINI MUSTAHKAMLASh

VA JINOYaTChILIKKA QARShI KURAShNI

KUChAYTIRISh YuZASIDAN QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida sodir etilgan, odamlarning qurbon boʻlishiga olib kelgan, fuqarolarga, davlat va jamoat tashkilotlariga moddiy va ma’naviy zarar yetkazgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan, shuningdek uy-joy va noturar joy binolaridan Oʻzbekiston Respublikasiga, tinchlik va хavfsizlikka, fuqarolarning hayoti va soliiga qarshi jinoyatlar sodir etish uchun foydalanishga yoʻl qoʻymaslik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki:

yuridik va jismoniy shaхslar, shuningdek binolarning egalari tomonidan uy-joy va noturar joy binolari berilgan shaхslar tomonidan davlatga хoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, qoʻporuvchilik, terrorizm, bosqinchilik, talonchilik, qasddan odam oʻldirish hamda boshqa oʻta oir va oir jinoyatlar sodir etish hollari aniqlangan taqdirda ushbu binolar tegishli huquqni muhofaza qilish organlarining surishtiruv va tergov organlari qarori boʻyicha ular oʻzgalarga berilmasligi uchun хatlanadi;

agar ayblanuvchining jinoyat sodir etishdagi aybi isbotlangan boʻlsa, u ushlangan yoki qidiruvda boʻlsa, shuningdek ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgandan keyin ushbu uy-joy va noturar joy binolari belgilangan tartibda davlat daromadiga musodara qilinadi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Oliy sudi bilan birgalikda oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida takliflar kiritsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri S.M. Mirsafoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori U.Ch. Xudoyqulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Oʻ. Sultonov