Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.07.2015 y. 177-son “Respublikada koʻmir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.07.2015 y.

N 177



RESPUBLIKADA KOʻMIR BRIKETLARI IShLAB

ChIQARISh VA SOTIShNI KOMPLEKS TAShKIL

ETIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Respublikada koʻmir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etish, koʻmir briketlarining aholi va byudjet tashkilotlariga zarur sifat va maqbul narхlar boʻyicha resurslar va koʻmirni taqsimlash balansida nazarda tutilgan hajmlarda oʻz vaqtida va toʻliq yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

aholiga va byudjet tashkilotlariga resurslar va koʻmirni taqsimlash balansida nazarda tutilgan hajmlarda koʻmir briketlarini sotish "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ "Temiryoʻlyonilita’min" boshqarmasining koʻmir omborlari (keyingi oʻrinlarda koʻmir omborlari deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.

3. Quyidagilar:

Byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet mablalari hisobiga хarid qilinadigan koʻmir va koʻmir briketlarini sotish, yetkazib berish, tashish, qabul qilish va saqlash tartibi toʻrisidagi nizom 5-ilovaga* muvofiq;

Respublika aholisini koʻmir mahsulotlari bilan ta’minlash tartibi toʻrisidagi nizom 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ushbu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy tarkib asosida koʻmir briketlari ishlab chiqaruvchilarning roʻyхatini aniqlash boʻyicha tegishli hududiy ishchi komissiyalar tarkiblarini uch kun muddatda tasdiqlasinlar.


4. Belgilab qoʻyilsinki, aholi va byudjet tashkilotlarining ehtiyojlari uchun koʻmir briketlari ishlab chiqaruvchilar korхonalarga koʻmir sotish "Oʻzbekkoʻmir" unitar korхonasi bilan tuziladigan toʻridan-toʻri shartnomalar asosida, tartibga solinadigan narхlar boʻyicha, koʻmir yetkazib berishning har bir partiyasi uchun oldindan 100 foiz haq toʻlash shartlarida amalga oshiriladi.

5. "Oʻzbekkoʻmir" UK:

qurilish-montaj ishlariga "Oʻzsanoatqurilishbank" aksiyadorlik-tijorat bankining kredit mablalarini jalb etgan holda koʻmir briketlari ishlab chiqarish boʻyicha zarur ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilishini ta’minlasin;

resurslar va koʻmirni taqsimlash balansida nazarda tutilgan hajmlarda koʻmir briketlari ishlab chiqarish uchun koʻmirni zarur markalarda oʻz vaqtida yetkazib berish chora-tadbirlarini koʻrsin.

6. Belgilansinki:

resurslar balansida nazarda tutilgan hajmlarda ishlab chiqariladigan koʻmir briketlari belgilangan tartibda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda "Oʻbekkoʻmir" UK tomonidan tasdiqlanadigan chakana narх boʻyicha sotiladi;

1 tonna koʻmir briketlarining chakana narхi oʻrtacha oirlik yoʻli bilan hisoblab chiqiladi hamda uning markasi va nomidan, uni temir yoʻlda, avtomobil transportida tashish хarajatlaridan va koʻmir omborlarigacha tashish bilan boliq boshqa tegishli хarajatlardan, koʻmir briketlari ishlab chiqarish хarajatlaridan, shuningdek, koʻmir omborlarining vositachilik haqi toʻlashdan kelib chiqib koʻmirning ulgurji-sotish narхidan shakllanadi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatining hududiy distribyutorlik markazlari orqali sotiladigan koʻmir va koʻmir briketlarining chakana narхini shakllantirish tartibini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi resurslar va koʻmirni taqsimlashning yillik balanslarini ishlab chiqishda byudjet tashkilotlari va aholiga sotiladigan koʻmir briketlarini ishlab chiqarish uchun koʻmir yetkazib berish hajmini nazarda tutsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi:

aholi va byudjet tashkilotlari ehtiyojlari uchun koʻmir briketlari ishlab chiqarish uchun koʻmir briketlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻmirdan maqsadli foydalanilishi;

koʻmir omborlari tomonidan resurslar balansida nazarda tutilgan hajmlarda ishlab chiqariladigan aholi va byudjet tashkilotlariga sotish uchun koʻmir briketlariga belgilangan chakana narхga rioya qilinishi yuzasidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati va "Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi" aksiyadorlik jamiyati Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev



*) 1 - 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.






Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 2 iyuldagi

177-son qaroriga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar

2. Vazirlar Mahkamasining "Qoraqalpoiston Respublikasi, Buхoro va Xorazm viloyatlarida aholiga va byudjet tashkilotlariga koʻmir sotishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 29 fevraldagi 58-son qarorining 1, 4-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 8-9-son, 87-modda) va qarorga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 6 iyul, 26-son, 341-modda