Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining k-3-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining k-3-son “Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi 12.03.2015 y. Qarori (AV tomonidan 23.03.2015 y. 2604-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

23.03.2015 y.

N 2604-1

OʻZBEKISTON

STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYa

VA SERTIFIKATLAShTIRISh

AGENTLIGINING

12.03.2015 y.

N k-3


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OʻZBEKISTON NEFT MAHSULOTLARI

VA GAZDAN FOYDALANIShNI NAZORAT

QILISh DAVLAT INSPEKSIYaSINING

12.03.2015 y.

N k-3


QARORI


Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan

oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning

22-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 11 dekabrdagi OʻRQ-381-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2014 yil 7 iyuldagi k-3 va k-1-son qarori (roʻyхat raqami 2604, 2014 yil 30 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 31-son, 387-modda) bilan tasdiqlangan Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 22-bandidagi "Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan tashkilotlarga (bundan buyon matnda ta’mirlash tashkilotlari deb yuritiladi)" degan soʻzlar "ta’mirlash tashkilotlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qaror "Oʻzbekneftgaz" MXK, "Oʻztransgaz" AK va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston standartlashtirish,

metrologiya va sertifikatlashtirish

agentligining bosh direktori

A. Kurbanov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan

foydalanishni nazorat qilish davlat

inspeksiyasi boshlii

L. Akbarхodjayev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 30 mart, 12-son, 141-modda