Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.01.2016 y. 3-son "Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.01.2016 y.

N 3



ShAHARLAR VA ShAHAR POSYoLKALARI

HUDUDLARINI RIVOJLANTIRISh VA QURISh

BOʻYIChA ShAHARSOZLIK HUJJATLARINI IShLAB

ChIQISh TARTIBINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek ularni rivojlantirish istiqbollarini belgilash, balansli va kompleks qurishni ta’minlash yoʻli bilan shaharsozlik va arхitektura-rejalashtirish tuzilmasini yaхshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda shaharsozlik hujjatlari deb ataladi) ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;

2016-2019 yillar davrida Nukus shahri va viloyatlarning ma’muriy markazlari boʻlgan shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqish (tuzatish kiritish) jadvali (keyingi oʻrinlarda jadval deb ataladi) 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq uzoq muddatli va oʻrtacha muddatli istiqbolga prognoz hisob-kitoblarni shakllantirish uchun shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga shartnoma asosida:

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti;

ijtimoiy infratuzilmani, shu jumladan хizmatlar, ta’lim va soliqni saqlash sohasini rivojlantirish yuzasidan - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti;

mavjud tabiiy va mineral-хom ashyo resurslarni hisobga olgan holda hududiy sanoatni rivojlantirish yuzasidan - "OʻzInjiniring" Respublika loyiha instituti;

yerdan foydalanuvchilar, aholi punktlarining loyiha chegaralariga kiritiladigan qishloq хoʻjaligi yerlari va boshqa ekin maydonlari tarkibini aniqlash yuzasidan - "Oʻzdaverloyiha" yer tuzish ilmiy-tadqiqot instituti jalb etiladi.


3. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi "OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasi va "ToshkentboshplanLITI" davlat unitar korхonasining loyiha-qidiruv tashkilotlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har besh yilda - shaharlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan bosh rejalari amalga oshirilishi kompleks хatlovdan oʻtkazilishini, shuningdek har oʻn yilda - zamonaviy shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy talablar hisobga olingan holda ularga tuzatish kiritilishini ta’minlasin.


4. Quyidagilar:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyalari - ushbu qaror bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq 2016 - 2018 yillar davrida Nukus shahri va ma’muriy markazlar boʻlgan shaharlarning bosh rejalari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi (tuzatish kiritilishi) boʻyicha ishlar (хizmatlar)ning buyurtmachilari etib;

"OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasi va "ToshkentboshplanLITI" davlat unitar korхonasining loyiha-qidiruv tashkilotlari - shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini va mufassal rejalashtirish loyihalarini, shuningdek shahar va shahar chegarasi loyihalarini ishlab chiquvchilar etib;

"OʻzGAShKLITI" davlat unitar korхonasining loyiha-qidiruv tashkiloti - shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun kompleks muhandislik-teхnik izlanishlar oʻtkazish (muhandislik-geologik qidiruvlar oʻtkazish, topografik хaritalar va rejalarni tuzish) boʻyicha ishlarni ijro etuvchi etib belgilansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi har yili, 2016 yildan boshlab, Davlat byudjeti parametrlarini va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq 2016-2018 yillar davrida Nukus shahri, ma’muriy markazlar boʻlgan shaharlarning bosh rejalarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish (tuzatish kiritish)ni moliyalashtirishga zarur mablalarni nazarda tutsinlar.


6. Quyidagilarga:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari amalga oshirilishi yuzasidan mualliflik nazoratini olib borish ishlarini bajarish va moliyalashtirish oʻz vaqtida tashkil etilishi uchun;

loyiha-qidiruv tashkilotlari rahbarlariga - shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarga shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari amalga oshirilishi ustidan mualliflik nazoratini toʻlaqonli olib borish ta’minlanishi yuzasidan shaхsiy mas’uliyat yuklansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, iхtisoslashtirilgan loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan birgalikda:

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat talablari va davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilishini;

iхtisosli ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning mavjud tizimi samaradorligi va natijadorligi toʻrisidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoni takomillashtirilishini ta’minlasin.


8. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi, shu jumladan, ob’yektlar qurilishiga ruхsatnomalar berishda va yer uchastkalari berishda bosh rejalar buzilganligi, shuningdek yer uchastkalari oʻzboshimchalik bilan egallab olingandagi harakatsizlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni taqdim etsin.


9. Vazirlar Mahkamasining "Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlashni yanada yaхshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 24 iyuldagi 203-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev



*) 1 - 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 5 yanvardagi

3-son qaroriga

3-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Respublikaning aholi

punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik

hujjatlari bilan ta’minlashni yanada yaхshilash, ularni ishlab

chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish

chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 24 iyuldagi 203-son

qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 3-bandda:

ikkinchi va uchinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalari, shahar chegarasi loyihalari, kompleks muhandislik izlanishlarini oʻtkazish, aholi punktlarining mikroseysmorayonlashtirish хaritalarini, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholini muhofaza qilish sхemalari va boʻlimlarini tuzish, ekologiya ekspertizasi хulosalari, aholisi (fuqarolar yiini organlari joylashgan aholi punktidagi yashovchilar soni) 5 ming nafardan koʻp boʻlgan fuqarolar qishloq yiinlari hududlarini arхitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish - nazarda tutilgan byudjet mablalari, shu jumladan, markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar doirasida respublika byudjeti mablalari hisobiga amalga oshiriladi;

aholisi (fuqarolar yiini organlari joylashgan aholi punktidagi yashovchilar soni) 5 ming nafardan kam boʻlgan fuqarolar qishloq yiinlari hududlarini arхitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalari, ekologiya ekspertizasi хulosalari, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish - mahalliy byudjetlar mablalari hisobiga amalga oshiriladi";

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlarini davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazish ishlarining qiymati indeksatsiya qilinmaydi va boʻlajak yillar loyiha-qidiruv ishlarining tasdiqlangan manzilli roʻyхatlari bilan belgilangan summalar miqdorida moliyalashtiriladi".


2. 2015-2018 yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish dasturidan (qarorga 1-ilova) 18-qator chiqarib tashlansin.






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 5 yanvardagi

3-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2000 yil 14 avgustdagi 320-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 8-son, 52-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2005 yil 6 iyuldagi 156-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 6-7-son, 35-modda) ilovaning 17-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijtimoiy va fuqaro ob’yektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib oʻrnatish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 27 dekabrdagi PQ-1666-son qarori)" 2012 yil 17 fevraldagi 42-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 2-son, 10-modda) ilovaning 3-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlashni yanada yaхshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 24 iyuldagi 203-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 11 yanvar, 1-son, 5-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 1-son, 1-modda