Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.2015 y. 107-son “Korхonalarni shaharni tashkil etuvchi korхonalar va ularga tenglashtirilgan korхonalar jumlasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.04.2015 y.

N 107



KORXONALARNI ShAHARNI TAShKIL ETUVChI

KORXONALAR VA ULARGA TENGLAShTIRILGAN

KORXONALAR JUMLASIGA KIRITISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


"Bankrotlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 156-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻrisida" 2013 yil 15 iyuldagi PQ-2003-son qaroriga muvofiq, shuningdek korхonalarni shaharni tashkil etuvchi korхonalar va ularga tenglashtirilgan korхonalar jumlasiga kiritish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Korхonalarni shaharni tashkil etuvchi korхonalar va ularga tenglashtirilgan korхonalar jumlasiga kiritish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning maqsadi, mohiyati va mazmunini tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida tushuntirish tadbirlari tashkil etilishini va oʻtkazilishini ta’minlasin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 4 may, 17-son, 210-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 4-son, 33-modda