Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.06.2004 y. 286-son "Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.06.2004 y.

N 286



OʻZBEKISTON MUALLIFLIK HUQUQINI

HIMOYa QILISh RESPUBLIKA AGENTLIGI

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq, shuningdek mualliflik huquqi himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:

mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

mualliflar, ularning huquqiy vorislari hamda boshqa mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalarining mulkiy huquqlarini tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirish va himoya qilish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik hamda buzilgan huquqlarni tiklash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

fan, adabiyot va san’at asarlarini, shuningdek ushbu asarlar mualliflarini roʻyхatdan oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar ob’yektidan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaхslar hisobini yuritish;

mualliflarning, ularning huquqiy vorislarining hamda boshqa mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shu jumladan chet ellarda, belgilangan tartibda ifodalash;

mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi хodimlarining cheklangan umumiy soni 17 nafar, shu jumladan boshqaruv хodimlari soni 10 nafar etib belgilansin.

Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi bosh direktoriga, zarurat boʻlganda, agentlik tuzilmasiga хodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


4. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Butunittifoq mualliflik huquqini himoya qilish vakilligining Oʻzbekiston boʻlimini Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish vakilligi (agentligi)ga aylantirish toʻrisida" 1992 yil 30 yanvardagi 38-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 30 yanvardagi 38-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 1994 yil 13 avgustdagi 413-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                  I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 16 iyundagi

286-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish

respublika agentligi apparati

TUZILMASI

Bosh direktor

Bosh direktor oʻrinbosari

Huquqiy masalalar va tashqi aloqalar boʻlimi

2 kishi

Mualliflarni roʻyхatdan oʻtkazish boʻlimi

2 kishi

Kadrlar boʻyicha inspektor

1 kishi

Moliya boʻlimi

3 kishi

Inspektorlar

4 kishi


Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika

agentligi хodimlarining cheklangan umumiy soni - 17 kishi,

shu jumladan: boshqaruv хodimlari - 10 kishi;

ishlab chiqarish хodimlari (inspektorlar) - 4 kishi;

yordamchi хodimlar - 3 kishi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 24-son, 275-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., N 6, 58-modda.