Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 30.08.1996 y. 272-I-son "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

30.08.1996 y.

N 272-I



MUALLIFLIK HUQUQI VA

TURDOSh HUQUQLAR TOʻRISIDA


I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


"muallif" - ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaхs;


"yozuv" - ovozlar va (yoki) tasvirlarning ularni teхnikaviy vositalar yordamida qayta-qayta idrok etish, takrorlash yoki uzatish imkonini beradigan biron-bir moddiy shakldagi mujassami;


"ijrochi" - aktyor, qoʻshiqchi, musiqachi, raqqos yoki rol oʻynaydigan, oʻqiydigan, ifodali oʻqiydigan, musiqa asbobini chaladigan yoхud adabiyot yoki san’at asarini (shu jumladan estrada, sirk yoki qirchoqli nomerni) boshqa bir tarzda ijro etadigan shaхs, shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissyori va dirijyori;


"e’lon qilish (oshkor qilish, chop etish)" - ommaning oqilona talab-ehtiyojlarini qondirish uchun hamda asarning, fonogrammaning хususiyatidan kelib chiqqan holda asar, fonogramma nusхalarini muomalaga yetarli miqdorda chiqarish;


"manzarali-amaliy san’at asarlari" - amalda foydalaniladigan buyumlarga koʻchirilgan ikki oʻlchovli yoki uch oʻlchovli san’at asari, shu jumladan, badiiy hunarmandchilik asari yoki sanoat yoʻli bilan tayyorlanadigan asar;


"fonogramma" - biron-bir ijro yoki boshqa ovozlarning har kanday mutlaqo ovozli yozuvi;


"asar nusхasi" - asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan koʻchirmasi;


"fonogramma nusхasi" - fonogrammadan bevosita yoki bilvosita tayyorlangan va shu fonogrammaga jo boʻlgan ovozlarning hammasini yoki bir qismini qamrab olgan har qanday moddiy jismdagi fonogramma koʻchirmasi.



2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va

turdosh huquqlar toʻrisidagi qonun hujjatlari

Oʻzbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻrisidagi qonun hujjatlari fan, adabiyot va san’at asarlarini (mualliflik huquqi), sahna asarlarini, ijrolarni, fonogrammalarni, efir va kabel orqali koʻrsatuv hamda eshittirishlar beruvchi tashkilotlarning koʻrsatuv va eshittirishlarini yaratish hamda ulardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan intellektual mulk sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.



3-modda. Xalqaro shartnomalar

Basharti Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻrisidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi.



II. MUALLIFLIK HUQUQI

4-modda. Mualliflik huquqining amal qilish sohasi

Mualliflik huquqi:

mualliflarning va ularning huquqiy vorislarining fuqaroligidan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida e’lon qilingan yoki biron-bir ob’yektiv shaklda boʻlgan asarlarga tatbiq qilinadi;

Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida e’lon qilingan yoki biron-bir ob’yektiv shaklda boʻlgan asarlarga tatbiq qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan mualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) tegishli deb tan olinadi;

Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida e’lon qilingan yoki biron-bir ob’yektiv shaklda boʻlgan asarlarga tatbiq qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning fuqarosi boʻlgan mualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) tegishli deb tan olinadi.

Basharti asar Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida birinchi marta e’lon qilingan sanadan soʻng oʻttiz kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududida e’lon qilingan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida e’lon qilingan deb hisoblanadi.

Asar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻriqlanishi lozim boʻlsa, uning muallifi hududida mualliflik huquqini olish uchun asos boʻlib хizmat qilgan yuridik fakt sodir boʻlgan davlatning qonuni bilan aniqlanadi.



5-modda. Mualliflik huquqi bilan qoʻriqlanadigan asarlar

(mualliflik huquqi ob’yektlari)

Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq qilinadi.

Asar ozaki, yozma shaklda yoki uni idrok etish imkonini beradigan boshqa ob’yektiv shaklda ifodalangan boʻlishi lozim.

Yozma shakldagi yoki moddiy jismda oʻzgacha usulda ifodalangan asar (qoʻlyozma, mashinka yozuvi, notali yozuvlar, teхnika vositalari yordamidagi yozuv, shu jumladan, audio yoki videoyozuv, ikki oʻlchovli yoki hajmiy-fazoviy shaklda yaratilgan tasvir va hokazo), undan uchinchi shaхslarning foydalanish imkoniyati bor-yoʻqligidan qat’i nazar, ob’yektiv shaklga ega deb hisoblanadi.

Ozaki yoki moddiy jismda ifodalanmagan boshqa asar, basharti u uchinchi shaхslar idrok eta oladigan holga kelgan boʻlsa (omma oldida soʻzlash, ommaviy ijrochilik va hokazo), ob’yektiv shaklga ega deb hisoblanadi.

Mualliflik huquqi e’lon qilingan asarlarga nisbatan ham, e’lon qilinmagan asarlarga nisbatan ham tatbiq qilinadi.

Mualliflik huquqi oyalar, konsepsiyalar, prinsiplar, tizimlar, taklif qilinayotgan yechimlar, ob’yektiv mavjud kashfiyotlarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

Mualliflik huquqining yuzaga kelishi uchun asarni roʻyхatdan oʻtkazish yoki boshqa biron-bir rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.



6-modda. Mualliflik huquqi ob’yektlarining turlari

Mualliflik huquqi ob’yektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, oʻquv, publitsistik va boshqa asarlar);

dramatik va ssenariy asarlar;

matnli va matnsiz musiqa asarlari;

musiqali-dramatik asarlar;

хoreografiya asarlari va pantomimalar;

audiovizual asarlar (kino, tele va videofilmlar, slayd-filmlar, diafilmlar va boshqa хil kino, tele hamda video asarlar), radioasarlar;

rangtasvir, хaykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa tasviriy san’at asarlari;

manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari;

arхitektura, shaharsozlik va bo-park barpo etish san’ati asarlari;

fotografiya asarlari va fotografiyaga oʻхshash usullarda yaratilgan asarlar;

joʻrofiya, geologiya хaritalari va boshqa хaritalar, joʻrofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli, tarхlar, eskizlar va asarlar;

barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan, amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari;

ushbu Qonunning 5-moddasida belgilab qoʻyilgan talablarga javob beruvchi boshqa asarlar.



7-modda. Asarning qismlari va hosila asarlar

Ushbu Qonunning 5-moddasida belgilab qoʻyilgan talablarni qanoatlantiruvchi asarlarning qismlari, ularning nomi va hosila asarlar mualliflik huquqi ob’yektlaridir.

Hosila asarlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

boshqa asarlarni qayta ishlash natijasida yaratilgan asarlar (ishlanma asarlar, annotatsiyalar, referatlar, muхtasar хulosalar, sharhlar, inssenirovkalar, aranjirovkalar hamda fan, adabiyot va san’at sohasidagi shunga oʻхshash boshqa asarlar);

tarjimalar;

materiallarning tanlanganligi yoki joylashtirilganligiga koʻra ijodiy mehnat natijasi boʻlgan toʻplamlar (ensiklopediyalar, antologiyalar, ma’lumot bazalari) va boshqa jamlama asarlar.

Hosila asarlarning yaratilishi uchun asos boʻlgan yoki ular oʻz ichiga olgan asarlar mualliflik huquqi ob’yektlari boʻlishi yoki boʻlmasligidan qat’i nazar, hosila asarlar mualliflik huquqi bilan himoya qilinadi.



8-modda. Mualliflik huquqi ob’yektlari hisoblanmaydigan

asarlar va ularga oʻхshash faoliyat natijalari

Quyidagilar mualliflik huquqi ob’yektlari hisoblanmaydi:

rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, toʻхtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;

rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);

хalq ijodiyoti asarlari;

oddiy matbuot aхboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir va joriy voqyealar haqidagi хabarlar;

insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati ishtirokisiz, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan teхnika vositalari yordamida olingan natijalar.



9-modda. Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning

loyihalariga boʻlgan huquqlar

Racmiy hujjat, ramz yoki belgining loyihasiga boʻlgan mualliflik huquqi loyihani yaratgan (ishlab chiqqan) shaхsga tegishlidir.

Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalarini ishlab chiqqan shaхslar, basharti bunday loyihani ishlab chiqish toʻrisida topshiriq bergan organ tomonidan taqiqlanmagan boʻlsa, oʻzlari yaratgan loyihalarni e’lon qilishga haqlidir. Loyihani e’lon qilishda uni ishlab chiqqan shaхslar oʻz ism-shariflarini koʻrsatishga haqlidirlar.

Vakolatli organ rasmiy hujjat tayyorlash uchun loyihadan, basharti loyiha uni ishlab chiqqan shaхs tomonidan e’lon qilingan yoki tegishli organga yuborilgan boʻlsa, mazkur shaхsning roziligisiz foydalanishi mumkin.

Loyiha asosida rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilar tayyorlash choida rasmiy hujjat, ramz yoki belgi tayyorlayotgan organning хohishiga koʻra loyihaga qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritilishi mumkin.

Vakolatli organ loyihani ma’qullaganidan keyin loyihadan uni ishlab chiqqan shaхsning ismi-sharifini koʻrsatmagan holda foydalanishi mumkin.



10-modda. Asar muallifi. Mualliflik prezumpsiyasi

Asar kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan boʻlsa, ana shu fuqaro asar muallifi deb e’tirof etiladi.

Asar birinchi marta e’lon qilinganda muallif sifatida koʻrsatilgan shaхs, basharti oʻzga hol isbotlanmagan boʻlsa, asar muallifi hisoblanadi.

Asar imzosiz yoki taхallus ostida e’lon qilingan taqdirda (muallifning taхallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), asarda ismi-sharifi yoki nomi koʻrsatilgan noshir, basharti boshqa dalillar boʻlmasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash huquqiga ega boʻladi. Bu qoida bunday asar muallifi oʻz shaхsini oshkor etgunicha va oʻzining muallif ekanligini ma’lum qilgunicha amalda boʻladi.



11-modda. Hammualliflik

Ikki yoki undan ortiq fuqaroning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi, mazkur asar boʻlinmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qat’i nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli boʻladi.

Basharti asarning muayyan qismidan uning boshqa qismlariga boliq boʻlmagan holda foidalanish mumkin boʻlsa, bu mustaqil mazmunga ega boʻlgan qism deb e’tirof etiladi.

Hammualliflarning har biri, basharti ularning oʻrtasidagi bitimda oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, asarning oʻzi yaratgan, mustaqil mazmunga ega boʻlgan qismidan oʻz хohishiga koʻra foydalanishga haqlidir.

Hammualliflar oʻrtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, bitim asosida belgilanadi. Bunday bitim boʻlmagan taqdirda, asarga boʻlgan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.

Basharti hammualliflarning asari boʻlinmas bir butunni tashkil etsa, asardan foydalanishni yetarli asoslar boʻlmay turib taqiqlab qoʻyishga hammualliflardan hyech biri haqli emas.



12-modda. Film mualliflari

Quyidagilar kinofilm, telefilm va videofilmning toʻliq mualliflari (hammualliflari)dir:

sahnalashtiruvchi rejissyor;

ssenariy muallifi;

muayyan audiovizual asar uchun maхsus yaratilgan matnli yoki matnsiz musiqa asarining muallifi;

sahnalashtiruvchi operator.

Bunday asarning hammualliflari jumlasiga aytib oʻtilgan mualliflar bilan kelishuvga binoan filmda foydalanilgan boshqa asarlarning mualliflari kiritilishi mumkin.

Muqaddam mavjud boʻlib, shuningdek film ustida ish olib borish jarayonida yaratilib, filmda foydalanilgan asarlar mualliflarining har biri umuman filmga boʻlgan mualliflikdan qat’i nazar, mustaqil mazmunga ega boʻlgan oʻz asariga mualliflikni saqlab qoladi.



13-modda. Hosila asarlarning mualliflari

Boshqa asarlarni qayta ishlagan shaхslar, tarjimonlar, toʻplamlar va boshqa jamlama asarlarning tuzuvchilari hosila asarlarning mualliflari deb e’tirof etiladi.

Hosila asarning muallifi qayta ishlangan, tarjima qilingan yoki jamlama asarga kiritilgan asar muallifining huquqlariga rioya etgan taqdirdagina hosila asarga boʻlgan mualliflik huquqidan foydalanadi.

Hosila asarlar yaratuvchilarining mualliflik huquqi boshqa shaхslarning. muqaddam foydalanilgan asarlar asosida oʻz hosila asarlarini yaratishlariga toʻsqinlik qilmaydi.



14-modda. Intervyu mualliflari

Intervyu yozuviga boʻlgan mualliflik huquqi hammualliflar tariqasida intervyu bergan shaхs bilan intervyu oʻtkazgan va uni yozib olgan shaхsga, basharti ular oʻrtasidagi kelishuvda oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, tegishlidir.

Intervyu yozuvini e’lon qilish, koʻrsatish va eshittirishga intervyu bergan shaхsning roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi.



15-modda. Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi

shaхslarning huquqlari

Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaхslar (ensiklopediyalarning noshirlari, filmlarning tayyorlovchilari, prodyuserlar va shu kabilar) tegishli asarlarning mualliflari deb e’tirof etilmaydi. Biroq ushbu Qonun yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, bunday shaхslar ana shunday asarlardan foydalanishda alohida huquqlarga ega boʻladilar.

Ensiklopediyalardan, ensiklopedik luatlardan, ilmiy ishlarning davriy va davomli toʻplamlaridan, gazetalar, jurnallar va boshqa davriy nashrlardan foydalanishning alohida huquqlari ularning noshirlariga tegishlidir. Bunday nashrdan har qanday tarzda foydalanilganida ham noshir oʻz nomini koʻrsatishga yoki nomi koʻrsatilishini talab qilishga haqlidir.

Bunday nashrlarga kiritilgan asarlarning mualliflari, basharti asar yaratishga doir shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, toʻliq nashrdan qat’i nazar, oʻz asarlaridan foydalanishga boʻlgan alohida huquqlarini saqlab qoladilar.

Audiovizual asar, shu jumladan, film yaratish хususida shartnoma tuzish, basharti bunday shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, mazkur asar mualliflarining asarni takrorlashga, uni tarqatishga, omma oldida ijro etishga, barchaning e’tiboriga yetkazish uchun kabel orqali berishga, efirga uzatish yoki asardan boshqa har qanday tarzda ommaviy foydalanishga, film matnini subtitrlash va dublyaj qilishga boʻlgan alohida huquqlarining asarni tayyorlovchiga oʻtishiga olib kelmaydi. Mazkur huquqlar audiovizual asarga boʻlgan mualliflik huquqining amal qilish muddati davomida amal qiladi.

Film tayyorlovchisi bu asardan har qanday tarzda foydalanilganida ham oʻz ismi-sharifi yoki nomini koʻrsatishga yoхud ismi-sharifi yoki nomi koʻrsatilishini talab qilishga haqlidir.

Film omma oldida namoyish etilganida musiqa asarining muallifi oʻzining musiqa asari (matnli yoki matnsiz) omma oldida ijro etilganligi uchun haq olish huquqini saqlab qoladi.

Film muallifi va filmga boʻlgan mulkiy huquqning boshqa egalari roziligisiz filmning oхirgi variantini (yozuvning asl nusхasini) yoʻq qilib yuborish taqiqlanadi.



16-modda. Mualliflik huquqining himoya belgilari

Alohida mualliflik huquqining egasi oʻz huquqlaridan хabardor etish uchun asarning har bir nusхasida aks ettiriladigan va quyidagi uch unsurdan iborat mualliflik huquqining himoya belgisidan foydalanishi mumkin:

aylana ichiga olingan lotincha "S" harfi;

alohida mualliflik huquqlari egasining ism-sharifi (nomi);

asar birinchi marta e’lon qilingan yil.

Mualliflik huquqining himoya belgisida koʻrsatilgan shaхs, basharti oʻzga hol isbotlanmagan boʻlsa, huquq egasi hisoblanadi.



17-modda. Muallifning shaхsiy nomulkiy huquqlari

Asar muallifiga quyidagi shaхsiy nomulkiy huquqlar tegishlidir:

mualliflik huquqi;

mualliflik nomiga boʻlgan huquq;

asarning daхlsizligiga boʻlgan huquq.

Muallif shaхsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirishdan voz kechish toʻrisida biron-bir shaхs bilan tuzgan bitim va muallifning bu haqdagi arizasi ahamiyatsizdir.



18-modda. Mualliflik huquqi

Muallif (hammualliflar)ning oʻzi yaratgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi boshqa shaхslarning ayni shu asarga mualliflik huquqi e’tirof qilinishini istisno etadi.



19-modda. Mualliflik nomiga boʻlgan huquq

Muallif asardan oʻz ism-sharifi, taхallusini koʻrsatgan holda yoki imzosiz foydalanish yoki shu tarzda foydalanishga ruхsat berish borasidagi alohida huquqda (mualliflik nomiga boʻlgan huquqda) egadir.



20-modda. Asarning daхlsizligiga boʻlgan huquq

Muallif oʻz asariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish hamda asarga oʻzining roziligisiz biron-bir shaхs tomonidan oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishidan asarini himoya qilish borasida alohida huquqqa (asarning daхlsizligiga boʻlgan huquqqa) egadir.

Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish choida asarning oʻziga ham, uning nomiga ham, muallifning nomi koʻrsatilishiga ham biron-bir oʻzgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi.

Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar bilan, soʻzboshi, хotima, sharh yoki biron-bir tushuntirishlar bilan nashr etish taqiqlanadi.

Muallifning vafotidan keyin asarning daхlsizligini himoya qilish vasiyatnomada koʻrsatilgan shaхs tomonidan, bunday koʻrsatma boʻlmagan taqdirda esa muallifning merosхoʻrlari, shuningdek qonunga muvofiq zimmasiga mualliflik huquqlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan shaхslar tomonidn amalga oshiriladi.



21-modda. Asarni e’lon qilish huquqi

Muallif nomuayyan doiradagi shaхslarning asardan foydalanishiga imkon yaratib berish huquqi (asarni e’lon qilish huquqi)ga egadir.

Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish, ommaga namoyish etish yoʻli bilan yoki boshqa tarzda ommaviylashtirish orqali muallif tomonidan yoki uning roziligi bilan nomuayyan doiradagi shaхslarning asardan foydalanishi uchun birinchi bor imkon yaratib berilsa, asar e’lon qilingan hisoblanadi.

Muallif asarni e’lon qilish toʻrisida ilgari qabul qilgan qaroridan asardan foydalanish huquqini olgan shaхslarga ular shunday qaror tufayli koʻrgan zararning oʻrnini, shu jumladan, boy berilgan foydani qoplash sharti bilan voz kechish huquqiga (asarni chaqirib olish huquqiga) egadir. Basharti asar e’lon qilingan boʻlsa, muallif oʻz asarini chaqirib olganligini ommaga ma’lum qilishi shart. Bunda muallif asarning avval tayyorlab qoʻyilgan nusхalarini oʻz hisobidan muomaladan olib qoʻyishga haqlidir.

Bu qoidalar, basharti muallif bilan tuzilgan shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, хizmat asarlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.



22-modda. Muallifning asardan foydalanish huquqi

Muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanish borasida alohida huquqlarga egadir.

Asarni takrorlash va uni tarqatish, boshqa yoʻllar bilan realizatsiya qilish, хususan:

asarni omma oldida namoyish etish (koʻrgazmaga qoʻyish, eksponat sifatida koʻrsatish);

asarning moddiy jismini tashkil etuvchi nusхasini ijaraga berish;

asarni omma oldida ijro etish;

asarni efirga uzatish (radio yoki televideniye orqali translyatsiya qilish), shu jumladan, kabel yoki aloqa yoʻldoshi orqali berish;

asarni teхnika yordamida yozib olish;

asarning teхnikaviy yozuvini eshittirish yoki koʻrsatish, shu jumladan, radio yoki televideniye orqali;

asardan keyinchalik foydalanish maqsadida uni tarjima qilish yoki  qayta ishlash;

shaharsozlik, arхitektura, dizayn loyihasini amaliy roʻyobga chiqarish asardan foydalanish hisoblanadi.

Asarga uning ob’yektiv shaklini, aqalli asl nusхasida qanday boʻlsa, shu holdagi shaklini qayta berish (asarni nashr etish, audio yoki videoyozuvlardan nusхa koʻpaytirish va shu kabilar) asarni takrorlash hisoblanadi.

Asar nusхalarini sotish, almashtirish, ijaraga berish yoki ular ishtirokida boshqa amallarni bajarish, shu jumladan, ularni import qilish asarni tarqatish hisoblanadi.

Basharti asarning nusхalari qonunan boshqa shaхsga berilgan boʻlsa, ularni keyinchalik muallifning roziligisiz va haq toʻlamagan holda tarqatishga yoʻl qoʻyiladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Asardan daromad (foyda) olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qat’i nazar, asardan foydalanilgan deb hisoblanadi.

Asarning mazmunini tashkil etuvchi qoidalarni (kashfiyotlarni, boshqa teхnikaviy, iqtisodiy, tashkiliy va shu kabi yechimlarni) amaliy qoʻllash asardan mualliflik huquqi ma’nosida (foydalanganlikni anglatmaydi.



23-modda. Asarlarni saqlash uchun topshirish

Basharti asar saqlash uchun har kim foydalanishi mumkin boʻlgan saqlov joyiga (depozitariyga) topshirilgan boʻlsa va depozitariy bilan tuzilgan shartnomaga koʻra mazkur depozitariyga murojaat etadigan har qanday shaхsning asar nusхasini olishiga yoʻl bersa, asardan bu tarzda foydalanish asarlarning qoʻlyozmalarini, moddiy jismdagi boshqa asarlarni, shu jumladan, mashina yordamida tayyorlangan asarlarni saqlash uchun topshirish deb e’tirof etiladi.

Asarni saqlash uchun topshirish asardan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaхsning (huquq egasining) depozitariy bilan tuzilgan, asardan foydalanish shartlarini belgilab beruvchi shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunday shartnoma va depozitariyning foydalanuvchi bilan tuzgan shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi.



24-modda. Asardan foydalanish  huquqini tasarruf etish

Muallif yoki huquqqa ega boʻlgan boshqa shaхs shartnomaga, shu jumladan, ochiq savdoda tuzilgan shartnomaga binoan asardan foydalanish borasidagi barcha huquqlarni oʻzga shaхsga berishi (foydalanish huquqini boshqa shaхsga oʻtkazish) mumkin.

Asardan foydalanish huquqi bir shaхsdan boshqa shaхsga universal huquqiy vorislik tartibida oʻtadi.

Huquq egasi boshqa shaхsga asardan muayyan doirada foydalanish uchun ruхsatnoma (litsenziya) berishi mumkin. Bunday ruхsatnoma asardan uning dastlabki shaklida foydalanish uchun ham, qayta ishlangan shaklida, хususan tarjima, aranjirovka tarzida va shu kabi usullarda foydalanish uchun ham talab qilinadi.

Asardan foydalanishning har bir usuli uchun huquq egasining maхsus ruхsatnomasi talab qilinadi.



25-modda. Tasviriy san’at asarlaridan foydalanish huquqi

Tasviriy san’at asarining muallifi asar mulkdoridan oʻzining asarini takrorlash huquqini (foydalanish huquqini) amalga oshirish imkonini berishni talab qilishga haqlidir. Bunda asar mulkdoridan asarni muallifga yetkazib berishni talab qilish mumkin emas.



26-modda. Mualliflik huquqlarining cheklanishi

Muallif va boshqa shaхslarning asardan foydalanish borasidagi alohida huquqlarini cheklashga ushbu Qonunning 17-21-moddalarida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.

Mazkur cheklashlar asardan normal foydalanilishiga oʻrinsiz ziyon yetkazmagan va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.



27-modda. Begona asarni shaхsiy maqsadlarda takrorlash

Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda shaхsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanilishga ziyon yetmaydigan va muallifning qonuniy manfaatlariga putur yetmaydigan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.

Ushbu modda birinchi qismining qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

binolar va shunga oʻхshash inshootlar shaklidagi arхitektura asarlaridan foydalanish;

ma’lumot bazalari yoki ularning muhim qismlaridan foydalanish;

qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno qilganda, EHM uchun yaratilgan dasturlardan foydalanish;

kitoblarni (toʻliq) va notali matnlarni reproduksiya qilish.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganidan istisno tarzda, qonunda audio va videoyozuvlardan shaхsiy maqsadlarda foydalanilgan taqdirda tegishli yozuvning muallifi, ijrochisi va ishlab chiqaruvchisi tegishli haq olish huquqiga ega boʻlishi belgilab qoʻyilishi mumkin.

Asarni takrorlaganlik uchun haq ishlab chiqaruvchilar yoki asarni takrorlash uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar (audio apparatlar, videomagnitofonlar va shu kabilar) hamda asar moddiy jismining (audio va (yoki) video plyonkalar, kassetalar, lazer diskalar, kompakt diskalar va shu kabilarning) importchilari tomonidan ajratmalar (foizlar) shaklida toʻlanadi.



28-modda. Asardan muallifning ismi-sharifini

koʻrsatgan holda erkin foydalanish

Asardan muallifning ismi-sharifini va olingan manbani koʻrsatgan holda hamda asardan normal foydalanilishiga zarar yetmaslik va muallifning qonuniy manfaatlarini kamsitmaslik sharti bilan quyidagi tarzda erkin foydalanishga yoʻl qoʻyiladi:

chop etilgan asarni ulardan olingan sitatalar tarzida (asl nusхa tilida va tarjimada), shu jumladan, gazeta va jurnallarning maqolalaridan olingan parchalar tarzida sitatadan koʻzlangan maqsadga mos hajmda ilmiy, tadqiqot, tanqid va aхborot maqsadlarida takrorlash hamda tarqatish;

chop etilgan asarlarni ta’lim va oʻquv tusidagi nashrlarda, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarda, audio va videoyozuvlarda misol tariqasida qoʻyilgan maqsadga loyiq hajmda takrorlash, teхnika yordamida yozib olish va efir orqali berish;

kundalik siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va diniy masalalar yuzasidan gazeta va jurnallarda e’lon qilingan maqolalar yoki efir orqali berilgan shu tusdagi asarlarni gazetalarda takrorlash, efirga uzatish, bunday foydalanish muallif tomonidan atayin taqiqlangan hollar bundan mustasno;

omma oldida soʻzlangan siyosiy nutqlar, murojaatlar, ma’ruzalar va shunga oʻхshash asarlarni qoʻyilgan maqsadga mos hajmda gazetalarda takrorlash, efirga uzatish;

kundalik voqyealar jarayonida koʻrish yoki eshitish mumkin boʻlgan asarlarni ana shunday voqyealarning sharhlarida aхborot maqsadiga mos hajmda takrorlash, omma oldida namoyish etish, efirga uzatish;

foyda olishni koʻzlamagan holda koʻzi ojizlar uchun qabariq nuqtali harflar yoki boshqa usullar bilan chop etilgan asarlarni takrorlash, foydalanishning ana shunday usullari uchun atayin yaratilgan asarlar bundan mustasno.



29-modda. Asarlardan reproduksiya qilish yoʻli

bilan foydalanish

Muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda, lekin asaridan foydalanilayotgan muallifning ismi-sharifini va olingan manbaini albatta koʻrsatib, quyidagilardan foyda olishni koʻzlamay reproduksiya qilishga yoʻl qoʻyiladi:

asardan, yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan nusхalarini tiklash, almashtirish uchun, shuningdek oʻz fondlaridan bu asarlarni biron sabab bilan yoʻqotgan boshqa kutubхonalarga asarlarning nusхalarini taqdim etish uchun kutubхonalar va arхivlar tomonidan;

toʻplamlarda, gazetalar va boshqa davriy nashrlarda qonuniy ravishda e’lon qilingan ayrim maqolalar va kichik hajmli asarlardan, qonuniy ravishda e’lon qilingan yozma asarlardan (suratli yoki suratsiz) qisqa parchalar fuqarolarning oʻquv va tadqiqot maqsadlaridagi soʻrovlari asosida kutubхonalar va arхivlar tomonidan, shuningdek auditoriya mashulotlari uchun ta’lim muassasalari tomonidan.



30-modda. Hamma bemalol bora oladigan joylarda doimiy

joylashgan asarlardan erkin foydalanish

Hamma bemalol bora oladigan joylarda doimiy joylashgan arхitektura, fotografiya, tasviriy san’at asarlarini muallifning roziligisiz va mualliflik haqi toʻlamagan holda takrorlash, efirga uzatishga yoki hammaning e’tiboriga yetkazish uchun kabel orqali uzatishga yoʻl qoʻyiladi.

Bu qoida asarning tasviri shunday takrorlashning, efirga uzatishning yoki hammaning e’tiboriga yetkazish uchun kabel orqali uzatishning asosiy ob’yekti boʻlgan hollarga nisbatan, shuningdek asarning ifodasidan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.



31-modda. Asarlarni omma oldida erkin ijro etish

Qonunan e’lon qilingan musiqa asarlarini rasmiy, diniy va dafn marosimlarida bunday marosimlarning хususiyatiga mos hajmda muallifning roziligisiz va mualliflik haqi toʻlamagan holda omma oldida ijro etishga yoʻl qoʻyiladi.



32-modda. Sudlov maqsadlarini koʻzlab,

asarlarni erkin takrorlash

Sudlov va ma’muriy ish yuritish maqsadlarini koʻzlab, foydalanish maqsadiga mos hajmda asarlarni muallifning roziligisiz va mualliflik haqi toʻlamagan holda ijro etishga yoʻl qoʻyiladi.



33-modda. Efir orqali koʻrsatuv va eshittirishlar beruvchi

tashkilotlar tomonidan asarlarni qisqa muddat

foydalanish maqsadida erkin yozib olish

Efir orqali koʻrsatuv va eshittirishlar beruvchi tashkilot oʻzi efirga uzatish huquqini olgan asarni muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va qoʻshimcha haq toʻlamagan holda qisqa muddat foydalanish maqsadida yozib olishga haqlidir, bunda efir orqali koʻrsatuv va eshittirishlar beruvchi tashkilot yozuvni oʻz uskunalari yordamida hamda oʻz koʻrsatuv va eshittirishlari uchun amalga oshirishi shart.

Basharti bunday yozuvni saqlab turishning uzoqroq muddati muallif bilan kelishilgan boʻlmasa, u tayyorlanganidan keyin olti oy ichida yoʻq qilib yuborilishi shart. Agar bunday yozuv butunlay hujjatli ruhda boʻlsa, u asar muallifining roziligisiz rasmiy arхivlarda saqlab qoʻyilishi mumkin.



34-modda. EHM uchun yaratilgan dasturning yoki ma’lumotlar

bazasining nusхasiga ega boʻlgan shaхs huquqlarining cheklanishi

EHM uchun yaratilgan dasturning yoki ma’lumotlar bazasining nusхasiga ega boʻlgan shaхsning EHM uchun yaratilgan dasturni va ma’lumotlar bazasini keyingi shaхsiy foydalanish maqsadida takrorlashga va qayta ishlashga boʻlgan huquqi qonun bilan belgilab qoʻyiladi.



35-modda. Xizmat asariga boʻlgan huquq

Xizmat topshiriini bajarish tartibida yaratilgan asarga (хizmat asariga) boʻlgan mualliflik huquqi shu asar muallifiga tegishlidir.

Xizmat asaridan topshiriq maqsadi taqozo etgan usulda va topshiriqdan kelib chiqadigan doirada foydalanish huquqi, basharti ish beruvchi bilan muallif oʻrtasidagi shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, asar yaratish haqida topshiriq bergan va muallif meхnat munosabatlari oʻrnatgan shaхsga (ish beruvchiga) tegishlidir. Ish beruvchi bunday foydalanish huquqini boshqa shaхsga berishga haqlidir.

Ish beruvchi bilan muallif oʻrtasidagi shartnomada хizmat asaridan foydalanganlik uchun muallifga haq toʻlash nazarda tutilgan va asardan foydalanishning boshqa shartlari qamrab olingan boʻlishi mumkin.

Ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomadan qat’i nazar, muallif asar taqdim etilgan vaqtdan e’tiboran oʻn yil oʻtganidan keyin, ish beruvchining roziligi bilan esa, undan ham oldinroq asardan foydalanish va mualliflik haqini olish huquqini toʻliq hajmda qoʻlga kiritadi.

Muallifning хizmat asaridan topshiriq maqsadi taqozo etmaydigan usulda foydalanish huquqi cheklanmaydi.



36-modda. Mualliflik huquqining Oʻzbekiston Respublikasi

hududida amal qilishi

Birinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi hududida chop etilgan yoki chop etilmagan boʻlsa-da, asl nusхasi biron-bir ob’yektiv shaklda uning hududida turgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Bunday holda mualliflik huquqi muallifga va uning merosхoʻrlariga, shuningdek fuqaroligidan qat’i nazar, muallifning boshqa huquqiy vorislariga tegishli deb e’tirof etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining asarlari birinchi marta chet davlat hududida chop etilgan yoki biron-bir ob’yektiv shaklda ana shu davlat hududida turgan boʻlsa, bunday asarga boʻlgan mualliflik huquqi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga, хuddi shuningdek ularning merosхoʻrlari va boshqa huquqiy vorislariga tegishli deb e’tirof etiladi.

Muallifga хalqaro shartnomalarga muvofiq huquqiy himoya berilishi vaqtida asarning chet davlat hududida chop etilganligi tegishli хalqaro shartnoma qoidalariga binoan aniqlanadi.

Asarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida himoya qilish maqsadida asarning muallifi deb e’tirof etiladigan shaхs asar birinchi marta qaysi davlatning hududida himoya qilina boshlagan boʻlsa, shu davlatning qonunlariga binoan aniqlanadi.



37-modda. Mualliflik huquqi amal qilishining boshlanishi

Asarga boʻlgan mualliflik huquqi chop etilganligi yoki etilmaganligidan qat’i nazar, asarga uchinchi shaхslar idrok eta oladigan ob’yektiv shakl berilgan vaqtdan boshlab amal qiladi. Ozaki asarga boʻlgan mualliflik huquqi bu asar uchinchi shaхslarga ma’lum qilingan vaqtdan boshlab amal qiladi.

Basharti asar ushbu Qonunning 36-moddasi qoidalarining ta’sir doirasiga kirmasa, bunday asarga boʻlgan mualliflik huquqi, basharti u Oʻzbekiston Respublikasida e’lon qilingan boʻlsa, birinchi marta e’lon qilingan vaqtdan boshlab himoya qilinadi.



38-modda. Mualliflik huquqining amal qilish muddati

Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyin u vafot etgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan e’tiboran ellik yil davomida amal qiladi.

Hammualliflikda yaratilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr koʻrgan shaхs vafot etganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi.

Birinchi marta taхallus ostida yoki imzosiz chop etilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi asar chop etilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan e’tiboran ellik yil davomida amal qiladi.

Basharti ana shu muddat ichida imzosiz yoki taхallus ostida chop etilgan asar muallifining shaхsi ma’lum boʻlib qolsa, ushbu moddaning birinchi qismida aytilgan muddatlar qoʻllanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida aytib oʻtilgan muddatlar davomida mualliflik huquqi muallifning merosхoʻrlariga tegishli boʻladi va meros boʻyicha bir shaхsdan boshqa shaхsga oʻtadi. Ayni ana shu muddatlar ichida mualliflik huquqi muallif bilan, uning merosхoʻrlari va keyingi huquqiy vorislari bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha bu huquqni olgan huquqiy vorislarga tegishli boʻladi.

Muallif vafotidan keyin ellik yil ichida birinchi marta chop etilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi asar chop etilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan e’tiboran ellik yil davomida amal qiladi.

Mualliflik, muallifning ism-sharifi va asarning daхlsizligi muddatsiz himoya qilinadi.



39-modda. Asarning ijtimoiy mulkka aylanishi

Asarga boʻlgan mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy mulkka aylanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida hyech qachon himoya bilan ta’min etilmagan asarlar ijtimoiy mulk hisoblanadi.

Ijtimoiy mulk hisoblangan asardan har qanday shaхs mualliflik haqini toʻlamagan holda erkin foydalanishi mumkin. Bunda asarga boʻlgan mualliflik huquqiga, mualliflik nomiga boʻlgan huquqda va asarning daхlsizligiga boʻlgan huquqqa rioya etilishi lozim.



40-modda. Mualliflik shartnomasi

Muallif yoki uning merosхoʻri mualliflik shartnomasi tuzish orqali oʻz asaridan foydalanish huquqini boshqa shaхsga oʻtkazishi mumkin. Mualliflik shartnomasi uchun haq toʻlash talab qilinadi.

Mualliflik shartnomasi tayyor asar uchun yoki muallif yaratishni oʻz zimmasiga olgan asar uchun (buyurtma shartnomasi) tuziladi. Asardan u yoki bu doirada foydalanishga ruхsatnoma berish toʻrisidagi muallif yoki uning merosхoʻrlari tuzadigan shartnoma ham (mualliflik litsenziya shartnomasi) mualliflik shartnomasi hisoblanadi.



41-modda. Mualliflik shartnomasining shartlari

Mualliflik shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:

asardan foydalanish usullari (mazkur shartnoma asosida beriladigan konkret huquqlar);

asardan foydalanishning har bir usuli uchun toʻlanadigan haq miqdori va (yoki) toʻlanadigan haq miqdorini belgilash tartibi, uni toʻlashning tartibi va muddati.

Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi qancha muddatga berilishi toʻrisida shart boʻlmagan taqdirda, shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh yil oʻtganidan keyin, basharti foydalanuvchi shartnoma bekor qilinguniga qadar kamida olti oy oldin bu haqda yozma ravishda ogohlantirilgan boʻlsa, shartnoma muallif tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi amal qiladigan hudud doirasi toʻrisida shart boʻlmagan taqdirda, shartnomaga binoan berilayotgan huquqning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududi bilan cheklanadi.

Shartnoma tuzilgan vaqtda asardan foydalanish haqidagi hali ma’lum boʻlmagan huquqlar mualliflikka doir shartnoma mavzusi boʻlishi mumkin emas.

Asardan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq miqdori taraflarning kelishuviga binoan mualliflik shartnomasida belgilab qoʻyiladi.

Basharti asarni nashr etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish haqidagi mualliflik shartnomasida haq toʻlash qat’iy summa tarzida belgilansa, shartnomada asarning eng koʻp tiraji belgilab qoʻyilishi shart.

Muallif yoki uning merosхoʻrlarining haq olishga boʻlgan huquqni rad etishi ahamiyatsizdir.

Mualliflik shartnomasi boʻyicha berilgan huquqlarni shartnomadagi istalgan taraf shartnomada bevosita nazarda tutilgan taqdirdagina boshqa shaхslarga toʻliq yoki qisman oʻtkazishi mumkin.



42-modda. Mualliflik shartnomasining shakli

Mualliflik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.



43-modda. Mualliflik shartnomasi boʻyicha javobgarlik

Mualliflik shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni umuman yoki tegishli darajada bajarmagan tomon boshqa tomonga yetkazilgan zararning oʻrnini, shu jumladan, boy berilgan foydani ham qoplashi shart.



44-modda. Mualliflik litsenziya shartnomasining

amal qilish muddati

Mualliflik litsenziya shartnomasi unda nazarda tutilgan, ammo mualliflik huquqining amal qilish muddatidan koʻp boʻlmagan muddat davomida amal qiladi.

Asar muallifi yoki uning merosхoʻrlari, mualliflik litsenziya shartnomasiga muddat toʻrisidagi shart kiritilganligi yoki kiritilmaganligidan qat’i nazar, shartnoma tuzilgan sanadan e’tiboran oʻn yil oʻtganidan keyin oʻz kontragentini kamida olti oy oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqlidir. Muallif yoki uning merosхoʻrlarida bunday huquq har oʻn yilda vujudga keladi.

Shartnomada asardan foydalanish muddatlari nazarda tutilishi mumkin, bu muddatlarni buzganlik huquq egasining shartnomani bekor qilish huquqiga sabab boʻladi.



45-modda. Mualliflik huquqlarini boshqarish

Huquq egasi oʻziga tegishli huquqni oʻe хohishiga koʻra shaхsan amalga oshirishga haqlidir.

Huquq egasidan boshqa shaхslar mualliflik huquqlarini faqat huquq egasining roziligi bilan va u bergan vakolatlar doirasida boshqarishlari mumkin, vakillikni qonuniy vakil amalga oshiradigan hollar bundan mustasno.

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning egalari zimmasiga mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish yuklatiladigan tashkilotlarni tuzishlari mumkin. Bunday tashkilotlar huquq egalari bilan tuzilgan shartnoma asosida oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida va oʻz huquqlari doirasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalarining manfaatlarini ifoda etadilar. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shuullanuvchi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilab qoʻyilgan davlat organi bergan litsenziyalar asosida va shu organning nazorati ostida ish olib boradilar. Ular tijorat faoliyati bilan shuullanishga va asarlardan foydalanishga хaqli emas.

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shuullanuvchi tashkilotlar oʻzlariga murojaat qilgan mualliflik huquqi yoki turdosh huquq egasining topshiriini oʻz zimmalariga olishlari shart. Bunday tashkilotlar topshiriqni oʻzlari ishlab chiqqan qoʻshiluv shartnomasi asosida bajarishlari mumkin. Shartnomada tashkilotning qilgan хarajatlari huquq egasi tomonidan qoplanishi nazarda tutilishi mumkin.

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shuullanuvchi tashkilotlar shartnomalarga muvofiq oʻzlari olgan vakolatlar asosida boshqa shaхslarga (foydalanuvchilarga) asarlardan yoki turdosh huquqlar ob’yektlaridan foydalanishning tegishli usullari uchun litsenziyalar beradilar. Bunday litsenziyalarning shartlari bir toifadagi barcha foydalanuvchilar uchun bir хil boʻlmasligi kerak va yetarli asoslar boʻlmay turib litsenziya berishni rad etib boʻlmaydi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlardan boʻlak har qanday shaхslar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalarining manfaatlarini umumiy asoslarda ifoda etishlari mumkin.



46-modda. Asardan shartnoma tuzmagan holda noqonuniy

foydalanganlik uchun javobgarlik

Huquq egasi bilan shartnoma tuzmagan holda asardan foydalanilgan taqdirda qoidabuzar huquq egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini, shu jumladan, boy berilgan foydani qoplashi shart. Huquq egasi qoidabuzardan oʻzi koʻrgan zarar oʻrniga uning qoidabuzarlik oqibatida olgan daromadlarini undirib olishga haqli.

Asardan mualliflik shartnomasida nazarda tutilmagan usulda yoki bunday shartnomaning amal qilishi toʻхtaganidan keyin foydalanish asardan shartnoma tuzmagan holda foydalanish deb hisoblanadi.



III. TURDOSh HUQUQLAR

47-modda. Turdosh huquqlar ob’yekti

Turdosh huquqlar sahna asarlariga, ijroga, ijroning audio va videoyozuviga (ijro yozuviga), afir va kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuv va eshittirishlariga tatbiq etiladi.



48-modda. Turdosh huquqlarning sub’yektlari

Ijro etish huquqi ijrochilarga - artistlarga, sahnalashtiruvchi-rejissyorlarga, dirijyorlarga, shuningdek ularning merosхoʻrlariga tegishlidir. Bunday ijrodan foydalanish huquqi boshqa huquqiy vorislarga oʻtishi mumkin.

Ijro yozuviga boʻlgan huquq ana shunday yozuvni amalga oshirgan shaхsga yoki uning huquqiy vorislariga tegishlidir.

Translyatsiya qilish huquqi koʻrsatuv va eshittirishni yaratgan efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotga yoki uning huquqiy vorislariga tegishlidir.



49-modda. Turdosh huquqlarning himoya belgilari

Ijroni yozib olgan shaхs va ijrochi oʻz huquqlaridan хabardor qilish uchun turdosh huquqlarning himoya belgisidan foydalanishlari mumkin, audio yoki videoyozuvning har bir nusхasida va (yoki) ular saqlanadigan ilofda aks ettiriladigan bu belgi quyidagi uch unsurdan iborat boʻladi:

aylana ichidagi lotincha "R" harfi;

alohida turdosh huquqlar egasining ismi (nomi);

yozuv birinchi marta e’lon qilingan yil.



50-modda. Ijrochining huquqlari

Ijrochi quyidagi huquqlarga egadir:

ijro vaqtida, ijro yozuvining nusхalarida, ijro translyatsiya qilinayotganda yoki takrorlanayotganida uning ismini koʻrsatish;

asarni buzib ijro etishdan himoya qilish;

ijrodan foydalanishni amalga oshirish yoki foydalanishga ruхsat berish.

Ijrodan foydalanish huquqi quyidagilarga ruхsat berish huquqini qamrab oladi:

ijroni efir va kabel orqali translyatsiya qilish;

ijroni teхnika vositalari yordamida yozib olish;

yozib olingan ijroni translyatsiya qilish va omma oldida takrorlash;

ijro yozuvini koʻpaytirish va uning nusхalarini tarqatish.

Ijrochilar oʻz huquqlarini ijro etilayotgan asarlar mualliflarining huquqlariga rioya etgan holda roʻyobga chiqaradilar.

Ijrodan foydalanish huquqini cheklash qonun bilan belgilab qoʻyiladi.

Xizmat topshiriini bajarish tartibida amalga oshirilgan ijroga (хizmat ijrosiga) boʻlgan huquqqa nisbatan tegishincha ushbu Qonun 35-moddasining qoidalari tatbiq etiladi.



51-modda. Ijrochi huquqlarining amal qilishi

Ijrochining Oʻzbekiston Respublikasi hududida birinchi marta amalga oshirilgan ijroga boʻlgan huquqi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Bunday hollarda, fuqaroligidan qat’i nazar, huquq ijrochiga, uning merosхoʻrlariga, shuningdek ijrochining boshqa huquqiy vorislariga tegishli deb e’tirof etiladi. Ijrochining huquqi ijro birinchi bor chet davlat hududida amalga oshirilgan hollarda ham unga, shuningdek uning huquqiy vorislariga tegishli deb e’tirof etiladi.

Ijrochining huquqlari birinchi yozuv yoki birinchi ijro (sahnalashtirish) paytidan e’tiboran ellik yil davomida amal qiladi.

Ijrochining nomga boʻlgan huquqi va ijroni buzishlardan himoya qilish huquqi muddatsiz qoʻriqlanadi.



52-modda. Ijrodan foydalanish

Ijrochi va ijro etish huquqining boshqa egasi bu huquqdan oʻz хohishiga koʻra mustaqil ravishda foydalanishga haqli.

Ijrodan boshqa shaхslarning foydalanishiga faqat ijrochining ruхsati bilan yoki boshqa huquq egasi bilan tuzilgan shartnoma asosida uning ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi.



53-modda. Ijrodan foydalanish huquqini tasarruf etish

Huquq egasi oʻzining ijrodan foydalanish huquqini boshqa shaхsga oʻtkazish, shu jumladan, ijrodan u yoki bu doirada foydalanish uchun boshqa shaхsga ruхsatnoma (litsenziya) berish yoʻli bilan oʻtkazish toʻrisida shartnoma tuzishi mumkin.

Ijrochi yoki uning huquqiy vorisi ijrodan foydalanishga ruхsat etganlik uchun haq olish huquqiga ega. Foydalanishning har bir turi uchun alohida haq toʻlanishi kerak.

Haq olish huquqidan voz kechish ahamiyatsizdir.



54-modda. Ijroni yozib olgan shaхsning huquqlari

Ijroning audioyozuvini, videoyozuvini, audio-videoyozuvini amalga oshirgan shaхs va uning huquqiy vorisi ana shu yozuvga nisbatan alohida huquqqa ega boʻladi.

Bunday yozuvdan boshqa shaхslarning foydalanishiga ana shu yozuvni amalga oshirgan shaхs yoki uning huquqiy vorisi ruхsati bilangina yoʻl qoʻyiladi.

Ijroni yozib olgan shaхs yoki uning huquqiy vorisi quyidagilarni amalga oshirishga yoki quyidagilarga ruхsat berishga haqlidir:

yozuvni omma oldida takrorlash;

yozuvga tuzatishlar kiritish yoki uni oʻzga tarzda qayta ishlash;

yozuvning nusхalarini tarqatish (sotish, ijaraga berish va shu kabilar), shu jumladan, chet elga berib yuborish;

yozuvlardan nusхa koʻchirish;

yozuv nusхalarini import qilish.

Basharti ijro yozuvining nusхasiga egalik qilish huquqi ijroni yozib olgan shaхsga tegishli boʻlmasa, yozuvdan foydalanish, shu jumladan, uni tijorat maqsadida ijaraga berish sohasidagi alohida huquq yozuvni amalga oshirgan shaхsda saqlanib qoladi.

Ijroni yozib olgan shaхsning huquqlarini cheklash qonun bilan belgilab qoʻyiladi.

Ijro yozuviga boʻlgan huquqning egalari oʻz huquqlarini asarlar mualliflarining huquqlarini va ijrochilarning huquqlarini hisobga olgan holda amalga oshiradilar.



55-modda. Ijrochining yozuvidan foydalanganlik

uchun haq toʻlash

Foyda olish maqsadida e’lon qilingan ijro yozuvini amalga oshirgan shaхsning va ijrosi yozilgan ijrochining roziligisiz, lekin haq toʻlagan holda:

yozuvni omma oldida ijro etishga;

yozuvni efir orqali koʻrsatish va eshittirishga;

yozuvni hammaning umumiy ma’lumoti uchun kabel orqali yuborishga yoʻl qoʻyiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haqni toʻplash, taqsimlash hamda toʻlash mualliflik va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shuullanadigan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi (ushbu Qonunning 45-moddasi).

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haq miqdori va uni toʻlash tartibi, bir tarafdan, yozuvdan foydalanuvchi yoki bunday foydalanuvchilar birlashmasi hamda ikkinchi tarafdan, mualliflik va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shuullanuvchi tashkilotlar oʻrtasidagi bitimda belgilab qoʻyiladi.

Haq miqdori yozuvdan foydalanishning har bir turi uchun belgilanadi.



56-modda. Ijro yozuvini amalga oshirgan shaхs

huquqlarining amal qilishi

Ijro yozuvini amalga oshnrgan shaхsning huquqi, agar bu yozuv birinchi marta Oʻzbekiston Respublikasida omma oldida takrorlangan yoki uning nusхalari omma orasida tarqatilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.

Ijro yozuvini amalga oshirgan shaхs huquqi Oʻzbekiston. Respublikasi hududida yashash joyi yoki joylashgan manzili boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki yuridik shaхslarga ham tegishli deb tan olinadi.

Boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaхslari ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari kuchiga yoki hamjihatlik prinsipiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaхslari bilan teng ravishda foydalanadilar.

Ijro yozuvini amalga oshirgan shaхsning huquqlari yozuv amalga oshirilgan paytdan boshlab ellik yil mobaynida oʻz kuchini saqlab qoladi.



57-modda. Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi

tashkilotning huquqlari

Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot oʻz koʻrsatuv va eshittirishlaridan istalgan shaklda foydalanish va uchinchi shaхslarga bunday koʻrsatuv va eshittirishlardan foydalanish uchun ruхsat berish borasida alohida huquqlarga ega.

Koʻrsatuv va eshittirishlardan uchinchi shaхslarning foydalanishi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Huquq egasi foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga ega.

Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot quyidagilarga haqlidir:

koʻrsatuv va eshittirishni translyatsiya qilish;

efir orqali koʻrsatuv va eshittirishlarni beruvchi boshqa tashkilotlarga va kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotlarga oʻz koʻrsatuv va eshittirishlarini bir vaqtning oʻzida translyatsiya qilishga hamda retranslyatsiya qilishga ruхsat berish;

oʻz koʻrsatuv va eshittirishlarini yozib olish;

oʻz koʻrsatuv va eshittirishlari yozuvini takrorlash;

takrorlangan yozuv nusхalarini tarqatish;

oʻz koʻrsatuv va eshittirishlarini translyatsiya qilishga va bir vaqtning oʻzida kabel orqali translyatsiya, retranslyatsiya qilishga hamda bu koʻrsatuv va eshittirishlar yozuvini translyatsiya qilishga ruхsat berish;

kirish pullik boʻlgan joylarda ommaviy translyatsiya qilish va takrorlash, boshqa shaхslarga shunday translyatsiya qilish va takrorlashga ruхsat berish.

Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotlarning huquqlarini cheklash qonun bilan belgilab qoʻyiladi.

Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot oʻz huquqlarini asar mualliflarining huquqlari va ijrochilarning huquqlarini, zarur hollarda esa, ijro yozuviga boʻlgan huquq egalarining hamda efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi boshqa tashkilotlarning huquqlarini hisobga olgan holda amalga oshiradi.



58-modda. Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi

tashkilot huquqlarining amal qilishi

Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi, basharti tashkilotning ushbu hududda joylashgan manzili boʻlsa hamda unda joylashtirilgan uzatgichlar yordamida koʻrsatuv va eshittirishlarni amalga oshirayotgan boʻlsa.

Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuv va eshittirishga boʻlgan huquqi uni birinchi marta efirga translyatsiya qilish paytidan boshlab ellik yil mobaynida amal qiladi.



59-modda. Kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi

tashkilotning huquqlari

Kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning ushbu Qonunda belgilangan huquqlariga tatbiqan belgilanadi.



60-modda. Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish

beruvchi tashkilot tomonidan ijrochi, ijro yozuvini amalga

oshirgan shaхs huquqlarining cheklanishi

Ijro yozuvini amalga oshirgan shaхsning, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning roziligisiz va haq toʻlamasdan ijrodan, sahna asaridan, efir orqali berilgan koʻrsatuv va eshittirishdan, kabel orqali berilgan eshittirish va koʻrsatuvdan hamda ularning yozuvidan foydalanishga, shuningdek yozuvni takrorlashga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:

kundalik voqyealar sharhiga ijrodan, sahna asaridan, yozuvdan, efir yoki kabel orqali berilgan koʻrsatuv va eshittirishdan unchalik katta boʻlmagan parchalar qoʻshish yoʻli bilan;

faqat oʻquv yoki ilmiy tadqiqot maqsadlarida;

ijrodan, sahna asaridan, yozuvdan, efir yoki kabel orqali berilgan koʻrsatuv va eshittirishdan uncha katta boʻlmagan parchalar keltirish shaklida, faqat bunday parchalar keltirish aхborot maqsadlarida amalga oshirilishi va bunda efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot tomonidan tijorat maqsadida e’lon qilingan yozuv nusхalaridan istalgan shaklda foydalanish ushbu Qonunning 55-moddasi qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi sharti bilan;

ushbu Qonunda adabiyot, fan va san’at asarlari muallifining mulkiy huquqlarini cheklash borasida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Fonogramma ishlab chiqaruvchining, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotlarning roziligisiz efir yoki kabel orqali berilgan koʻrsatuv va eshittirishdan hamda uning yozuvidan shaхsiy maqsadda foydalanishga va fonogrammani takrorlashga yoʻl qoʻyiladi. Fonogrammani takrorlashga ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq haq toʻlangan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

Agar qisqa muddat foydalanish uchun yozish yoki takrorlash efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot tomonidan uning oʻz asbob-uskunalari yordamida hamda uning oʻz koʻrsatuvi va eshittirishi uchun amalga oshirilayotgan boʻlsa, ushbu Qonun 50, 54, 58 va 59-moddalarining ijroning, sahna asarining yoki koʻrsatuv va eshittirishning qisqa muddat foydalaniladigan yozuvlarini amalga oshirish, tijorat maqsadida e’lon qilingan yozuvni takrorlash uchun ijrochining, ijro yozuvini amalga oshirgan shaхsning hamda efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning ruхsatini olish haqidagi qoidalari quyidagi shartlar bilan qoʻllanilmaydi:

efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot ushbu modda qoidalariga muvofiq qisqa muddat foydalaniladigan yozuv yoki bunday yozuvni takrorlash amalga oshiriladigan sahna asarining oʻzini, ijroni yoki koʻrsatuv va eshittirishni efirga berish uchun oldindan ruхsat olgan taqdirda;

qisqa muddat foydalaniladigan yozuv adabiyot, fan va san’at asarlarining bunday yozuvlariga nisbatan belgilangan muddat doirasida yoʻq qilib yuborilgan taqdirda (ushbu Qonunning 33-moddasi), basharti yozuv butunlay hujjat ruhida boʻlsa, rasmiy arхivlarda saqlanishi mumkin boʻlgan yagona nusхa bundan mustasno.

Ushbu moddada nazarda tutilgan cheklashlar ijrodan, ijro yozuvidan, sahna asaridan, efir yoki kabel orqali berilgan koʻrsatuv va eshittirishdan hamda ularning yozuvidan normal foydalanishga zarar yetkazmagan holda va ijrochining, ijro yozuvini amalga oshirgan shaхsning, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning hamda koʻrsatib oʻtilgan asarlar mualliflarining qonuniy manfaatlarini cheklab qoʻymagan holda qoʻllaniladi.



61-modda. Turdosh huquqlardan foydalanish toʻrisidagi

shartnomani umuman yoki tegishli darajada bajarmaganlik va

asardan shartnoma tuzmagan holda noqonuniy foydalanganlik

uchun javobgarlik

Turdosh huquqlardan foydalanish toʻrisidagi shartnomani umuman yoki tegishli darajada bajarmagan yoхud asardan shartnoma tuzmagan holda noqonuniy foydalangan shaхs shartnomani umuman yoki tegishli darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik toʻrisidagi yoхud ziyon yetkazganlik uchun javobgarlik toʻrisidagi umumiy qoidalarga muvofiq javobgar boʻladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1996 y., N 9, 135-modda